scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA TAKROR SO'ZLAR VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Imamova, Gulnora Talibovna

Full text

313 O‘ZBEK TILIDA TAKROR SO‘ZLAR VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Imamova Gulnora Talibovna JDPU o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17733506 Annotatsiya: Ushbu maqolada takror so‘zlar va ularning lingvopoetik xususiyatlari, ularning badiiy estetik vosita ekanligi she’riy va nasriy asarlar misolida tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: takror, lingvopoetika, bo‘lakli takror, birikmali takror, predikativ takror, anafora, epifora, mukarrar, takrir, tardi aks, emotsional-expressivlik. Ma‟lumki, ijodkorning har qanday badiiy asarni yaratishda, ya‟ni ushbu asarlarida hayotni badiiy aks ettirishda asosiy vosita sifatida tilning ishtiroki beqiyosdir.Inson til orqali kichik bir tomchini ummonga va aksincha, ulkan bir daryoni irmoqqa aylantira olishi mumkin.Chunki, badiiy matndagi har bir so„z o„z o„rniga tasviriy vosita vazifasida xizmat qila oladi.Tilning badiiy matndagi eng asosiy xususiyati uning so„zlar ishtirokida badiiy tasvirlash vositasi sifatida estetik vazifani bajara olishidadir.Albatta, tildagi har bir lisoniy birliklar, qolaversa, har badiiy matnda o„z salmog‟iga ega bo„lib, muallif ularni o„z ijod namunasi hisoblanadigan asarlarida o„z o„rnida qo„llay olishiga borib taqaladi. Tilshunoslikda takror so„zlar tilda keng tarqalgan va muhim leksik hodisadir. Ular o„zining grammatik va semantik xususiyatlari bilan tilning boy va ko„p qatlamli ifodalovchi vositalaridan biri sifatida ajralib turadi. Badiiy matnlarda takror so„zlarning asosiy qismi taqlidiy so„zlardan, ayniqsa, tovushga taqlid so„zlardan tuzilgan bo„lib, bunda ko„pincha takroriy so„zlarning ikkinchi komponenti turli o„zgarishlarga uchraydi: jiz-jiz-jiz-biz, g‟idi-bidi-g‟idig‟idi… So„z takrorlarining har ikki tamponentidagi natijasida ko„plab so„z variantilari yuzaga keladi: g‟ij-g‟ij, g‟ijg‟ich, qul-qul, bij-bij, vij-vij,bijirbijir, vijirvijir kabi. Bundan tashqari undovlardan tuzilgan takroriy so„zlarda ham so„z variantlari sermahsul hisoblanadi.Misol uchun: voy-voy, voy-voy, hayyo-hay, hayyohayt, hayyo-huv… Yuqorida izohlangan barcha so„z takrorlari xususidagi batafsil ma‟lumotlar G.Shukurovning “So„z variantlari “ nomli monografiyasida to„liq berilgan bo„lib takroriy so„z variantlari borasidagi fikrlari e‟tiborlidir. Muallif fikriga, “Mustaqil so„zlarning –ma yoki baelementini olgan holda takrorlanishi bilan ham qator so„z variantlari hosil bo„ladi: tarafmataraf, taraf-bataraf, nomma-nom, nombanom kabi” [1.37] 314 G.Shukurov ushbu monografiyasida affiksatsiya yordamida shakllangan so„z takrorlarini “orfografik variantlar” deb yuritishni e‟tirof etadi. Bu haqidagi fikrini quyidagicha izohlaydi: “Hozirgi ilmoda asli bir xil bo„lgan bu (-ma, ba-) elementlari “m” bilan aytilganda birinchi komponentiga, “b” bilan aytilganda keyingi komponentga qo„shib yozish qoidalashtirilgan.Shuning uchun ularni hozirgi orfografik variantlar deb yuritish ham mumkin” [1.59] O„zbek tilida yana shunday takroriy so„zlar ham uchrab turadiki, ular haqida hatto bahs-munozaralar ham mavjud.Olimlarning ta‟kidlashicha, sip-silliq, lop-loyiq, dum-dumaloq, yam-yashil, tappatayyor, qipqizil, yumyumaloq, ko„mko„k kabi so„zlarning birinchi komponentlari (qismlari)garchi mustaqil ma‟noda ishlatilmasada ular ham takroriy so„zlar qatoriga kiritiladi. Chunki ularning birinchi komponenti bunday so„zlarning takroridan hosil bo„lgan. Takror so„zlarning lingvistik mohiyatini quyidagicha izohlashimiz mumkin.Takror so„zlar ikki va undan takrorlangan komponentlardan iborat bo„lib, bit butun sema (ma‟no)ni ifodalovchi so„zni anglatadi.(masalan: asta-asta, yuryur, qoraqura). Bu birliklar semantik(ma‟no) jihatdan davomiylik, takroriylik, kuchaytirish yoki emotsional ohangni ifoda etadi.Tilshunoslikda takror so„zlarni quyidagicha turlarga ajratiladi:  To‘liq takror: bir so„z ikki marta aynan takrorlanadi (masalan: tez-tez, ko„pko„p).  Qisman takror: so„zning bir qismi o„zgaradi (masalan: ola-bula, qora-qura)  Fonetik o‘zgarishli takror: tovush alamashinuvi bilan hosil bo„lgan (masalan, lipillablappilab, qing‟irqiyshiq). Takror so„zlar shakllarining har biri o„ziga xos poetik yuklamaga ega bo„lib, badiiy matnda turlicha ma‟no va vazifalarni bajaradi. So„zlarning takror qo„llanilishi badiiy matnda turli funksional vazifalarni bajaradi.Ularni quyidagicha izohlaymiz:  Ritmik uyg’unlik yaratadishe‟rda va nasriy asarda musiqiylik elementlarini kuchaytiradi.  Emotsional ta’sirni oshiradiqahramon holatini, ichki kechinmasini chuqur ifodalaydi.  Urg’u beradimuallif tomonidan muhim deb topilgan g‟oya yoki holatga alohida e‟tibor jalb qiladi. Hassos shoir Abdulla Oripovning she‟rida quyidagi misralar uchraydi: Yurt bu kun karvonlar boshida nordir, Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor. 315 Yurt bu kun ohuday xo„p ishvakordir, Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor. [“Hamid Olimjon xotirasiga” 191bet.] Ushbu misrada “Yurt bu kun” birikmasining takror holda qo„llanilishi tuyg‟uning kuchini matndagi ritmik uyg‟unlikni va estetik ta‟sirini oshiradi. Takror so„zlar nafaqat badiiy matnlarda o„ziga xos musiqiylik va semantik ma‟nolarga ega bo„libgina qolmay xalq og‟zaki ijodida, jumladan xalq maqollarida ham beqiyos o„ringa ega. Yura - yura topganoson topmas Oson topganqadrin bilmas. Ushbu maqolda “yura – yura” takroriy fe‟li kuchaytiruv ta‟kid ma‟nosini ifodalab o„zbek xalq tafakkurining ifoda shakliga aylanadi. Zamonaviy o„zbek poeziyasi va nasriy ijodida ham takror so„zlar estetik vosita sifatida keng qo„llaniladi.Yozuvchi va shoirlar o„z g‟oyasini chuqur yetkazish, matn ohagini boyitish, muayyan obrazni kuchaytrish uchun takrorlarga murojaat qiladi. Ayniqsa, bolalar adabiyotida bu vosita sezilarli darajada kuzatiladi, chunki takrorlash bolalarning eslab qolishiga va his qilishiga xizmat qiladi.Tilda mavjud bo„lgan har bir unsuri o„z vazifasiga ega. Albatta, bu vazifani u ma‟lum qoidalarga rioya qilgan jolda bajaradi. Ushbu qoida uning ma‟no doirasi, boshqa mavjud bo„lgan birliklar bilan bog‟lanish qonuniyatlariga asoslanganidan iborat. Badiiy matnlarda takror so„zlardan unumli foydalana olish, yozuvchi va shoirdagi badiiy qobilyatni namoyon etishning bir usuli sanaladi. Chunki, bir xil shakl, bir xil mazmundagi til birligi hisoblanmish so„zlarning dastlabki tartibdagi takrori orqali asardagi qahramonlarning, qolaversa, muallifning butun bir ichki hissiyoti, ruhiy kechinmalari aks etadi. Takror so„zlar til va adabiyotning ajralmas qismi bo„lib, ularning lingvopoetik xususiyatlarini o„rganish poetic tafakkurning chuqur qatlamlarini ochib beradi. Bunday birliklar matnga nafaqatgrammatik, balki estetik, emotsional va ritmik kuch bag‟ishlaydi. O„zbek xalq ijodi va zamonaviy adabiyotida takrorlar orqali g‟oya, tuyg‟u va musiqiylik uyg‟unligi yaratiladi. Lingvopoetik tahlil esa bu hodisaning nafaqat til balki madaniyatdagi o„rnini anglashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Shukurov. R. Fan haqida suhbatlar. – T.: O„zbekiston, 1987. 2. Mahmudov. N., O„zimiz va so„zimiz .– T.: G‟. G‟ulom, 1997. 3. Yo„ldoshev.M, Yadgarov. Q Badiiy matnning lisoniy tahlili. – T.: 2007. 4. A.Oripov “Tanlangan asarlar”. – T.: 2000.