scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA PENSIYA TIZIMI ISLOHOTLARI: TAJRIBA VA SABOQLAR

Abdulazizova Nargiza Baxodir qizi

Abstract

Ushbu maqola rivojlangan mamlakatlardagi pensiya tizimi islohotlarini tizimli jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda AQSh, Yaponiya, Shvetsiya va Singapur misollariga asoslangan holda islohotlarning asosiy yoʻnalishlari – parametrik oʻzgarishlar, tuzilmaviy transformatsiyalar va institutsional yangilanishlar batafsil koʻrib chiqiladi. Har bir mamlakatning amaliy tajribasi va amalga oshirilgan chora-tadbirlar pensiya tizimining adekvatligi va moliyaviy barqarorligini birgalikda ta'minlash borasidagi strategiyalarini yoritadi. Maqolada SWOT-analiz usuli orqali yuqoridagi mamlakatlardagi tizimlarning kuchli va zaif tomonlari, mavjud imkoniyatlar hamda xavf omillari baholanadi. Shu bilan birga, umumiy global tendensiyalar – koʻp pogʻonali tizimlarga oʻtish, avtomatik moslashuv, xususiy va majburiy jamgʻarmalarning rolini oshirish hamda raqamli transformatsiya – tizimli tahlil doirasida sintez qilinadi.

Full text

499 RIVOJLANGAN DAVLATLARDA PENSIYA TIZIMI ISLOHOTLARI: TAJRIBA VA SABOQLAR Abdulazizova Nargiza Baxodir qizi TDSHU mustaqil izlanuvchisi [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqola rivojlangan mamlakatlardagi pensiya tizimi islohotlarini tizimli jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda AQSh, Yaponiya, Shvetsiya va Singapur misollariga asoslangan holda islohotlarning asosiy yoʻnalishlari – parametrik oʻzgarishlar, tuzilmaviy transformatsiyalar va institutsional yangilanishlar batafsil koʻrib chiqiladi. Har bir mamlakatning amaliy tajribasi va amalga oshirilgan choratadbirlar pensiya tizimining adekvatligi va moliyaviy barqarorligini birgalikda taʼminlash borasidagi strategiyalarini yoritadi. Maqolada SWOT-analiz usuli orqali yuqoridagi mamlakatlardagi tizimlarning kuchli va zaif tomonlari, mavjud imkoniyatlar hamda xavf omillari baholanadi. Shu bilan birga, umumiy global tendensiyalar – koʻp pogʻonali tizimlarga oʻtish, avtomatik moslashuv, xususiy va majburiy jamgʻarmalarning rolini oshirish hamda raqamli transformatsiya – tizimli tahlil doirasida sintez qilinadi. Kalit soʻzlar: pensiya islohotlari, rivojlangan davlatlar, barqarorlik, aholi qarishi, koʻp ustunli tizim, saboqlar. Abstract: This article provides a systematic analysis of pension system reforms in developed countries. The study examines the main directions of reforms – parametric changes, structural transformations, and institutional innovations – based on the examples of the United States, Japan, Sweden, and Singapore. The practical experiences of each country and the measures undertaken highlight strategies aimed at ensuring both the adequacy and financial sustainability of pension systems. Using the SWOT analysis method, the article evaluates the strengths and weaknesses of the systems in the aforementioned countries, as well as existing opportunities and potential risks. In addition, global trends – such as the transition to multi-pillar systems, automatic adjustments, the growing role of private and mandatory savings, and digital transformation – are synthesized within the framework of a systematic analysis. Keywords: pension reforms, developed countries, sustainability, ageing, multipillar system, lessons Aholining demografik qarishi, umr davomiyligining uzayishi, mehnat bozorida strukturaviy oʻzgarishlarning kuchayishi dunyo davlatlarida pensiya tizimlari barqarorligiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda soʻnggi yarim asrda pensiya tizimlarini transformatsiya qilish, ularning moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy adekvatligini bir vaqtning oʻzida taʼminlash asosiy strategik yoʻnalishga aylandi. Pensiya siyosatining markaziy muammosi – pensiya tizimlari ijtimoiy adolat va moliyaviy barqarorlik oʻrtasida muvozanatni taʼminlashi lozimligidir. Rivojlangan mamlakatlarda hukumat aholining farovonligi va hayot turmush sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat qaratadi. ХХ asr oʻrtalarida oʻzini namoyon qila boshlagan aholi qarishi jarayonlari ushbu guruh davlatlari pensiya 500 tizimlarini demografik oʻzgarishlar nomutanosibligi, iqtisodiy noaniqlik va oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining oʻsishi, mehnatga layoqatlilar ulushining qisqarishi kabi qator muammolarning salbiy taʼsirlariga uchratdi va har oʻn yillikda muammo miqyosi tobora jiddiy tus oldi. Bu esa ijtimoiy siyosat, sogʻliqni saqlash va pensiya sohasida strategik qarorlarni talab qiladi. Ushbu muammolarga javoban mamlakatlar pensiya tizimini isloh qilishning quyidagi asosiy tendensiyalarini boshdan kechirmoqda: 1. Pensiya yoshini oshirish. Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiyada pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish orqali nafaqa xarajatlarini cheklash va mehnat faoliyati muddatini uzaytirish choralari koʻrinmoqda. 2. Koʻp darajali pensiya tizimlariga oʻtish. Davlat, jamgʻariluvchi va xususiy pensiya dasturlarini oʻzida birlashtirgan koʻp pogʻonali tizim keng tarqalgan. Bu yondashuv nafaqat byudjetga tushadigan yukni kamaytiradi, balki daromad manbalarini diversifikatsiya qilib, pensiya yetarliligini oshiradi. 3. Xususiy pensiya fondlari rivoji. Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyada xususiy pensiya fondlari davlat pensiyasini qoʻshimcha daromad bilan toʻldiruvchi muhim mexanizmga aylangan. OECD maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyada pensiya aktivlarining YaIMga nisbati 120 % 1 , AQSHda esa 132% dan oshib ketgan 2 . 4. Avtomatik indeksatsiya va moslashuvchan mexanizmlar. Demografik oʻzgarishlar taʼsirini yumshatish uchun rivojlangan davlatlarda pensiya miqdorini umr davomiyligi yoki makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga bogʻlab avtomatik tarzda moslashtirish mexanizmlari joriy etilgan. Masalan, Shvetsiya va Yaponiyada “avtomatik sozlash formulasi” nafaqalarni umr davomiyligi oʻsishiga qarab tuzatib boradi, bu esa tizimni siyosiy bosimlardan himoya qiladi. 5. Raqamlashtirish va boshqaruvni takomillashtirish. Soʻnggi yillarda pensiya tizimlarida raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bu jarayon shaffoflikni oshirish, maʼmuriy xarajatlarni kamaytirish va fuqarolarga qulay xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Masalan, Estoniya va Shvetsiyada pensiya hisobvaraqlari toʻliq onlayn yuritilmoqda 3 . Rivojlangan davlatlar pensiya islohotlari modellari turlicha boʻlib, muhim pensiya islohotlarini amalga oshirgan Shvetsiya, AQSh, Yaponiya va Singapur kabi davlatlarning tajribalarini koʻrib chiqamiz: AQSh tajribasi. AQSh pensiya tizimi uch pogʻonali modelga asoslangan: davlat ijtimoiy taʼminoti (Social Security), majburiy korporativ dasturlar (401(k), IRA) va xususiy shaxsiy jamgʻarmalar. Oxirgi yillarda davlat 401(k) va IRA dasturlarini yanada ragʻbatlantirish uchun soliqqa qoʻshimcha imtiyozlar, avtomatik roʻyxatga olish (autoenrollment), kichik biznes uchun soddalashtirilgan rejalar kabi islohotlarni joriy qilmoqda. Shu sababli pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish, xususiy jamgʻarmalarni kengaytirish, tizimga avtomatik roʻyxatdan oʻtishni joriy qilish kabi chora-tadbirlar orqali qamrovni oshirish amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, 1 OECD (2024), OECD Pensions Outlook 2024: Improving Asset-backed Pensions for Better Retirement Outcomes and More Resilient Pension Systems, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/51510909-en. 2 https://www.enpf.kz/ru/indicators/obzory-mezhdunarodnykh-ekspertov/mezhdunarodnaya-statistika/63911/ 3 Elif Arbatli, Csaba Feher, Jack J.K.Ree, Ikuo Saito and Mauricio Soto. Automatic Adjustment Mechanisms in Asian Pension Systems – World Bank – December 2016 501 aholining ijtimoiy tabaqalanishi, moliyaviy savodxonlik pastligi va ayrim guruhlar uchun pensiya adekvatligining yetishmasligi muammolari mavjud. Shvetsiya tajribasi. Shvetsiya 1990-yillarda strukturaviy islohot oʻtkazib, PAYG tizimini NDC (Notional Defined Contribution) modeliga aylantirdi. NDC hisobvaraqlari aktuar printsiplari asosida pensiya huquqini hisoblash va avtomatik muvozanatlashtirish omili orqali pensiya parametrlarini demografik va iqtisodiy shoklarga moslashtirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv – demografik bosimni kamaytirish, pensiyalarning real barqarorligini saqlash va mehnat bozoridagi ishtirokni ragʻbatlantirish maqsadlariga xizmat qildi. Shvetsiya uch pogʻonali tizimni (davlat, majburiy jamgʻariluvchi va xususiy koʻngilli pensiyalar) joriy qilgan va raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlamoqda. Shvetsiya pensiya tizimining oʻziga xosligi shundaki, har bir fuqaro uchun shaxsiy “shartli hisobvaraq” yuritiladi. Ish beruvchi va xodim tomonidan toʻlanadigan pensiya badallari (umumiy 18,5%: ish beruvchi – 11%, xodim – 7,5%) ushbu hisobvaraqlarda qayd etiladi. Biroq mazkur hisoblarda real mablagʻ yigʻilmaydi; ular joriy pensionerlarga toʻlanadi, hisobvaraqlar esa faqat statistik balansni aks ettiradi. Shuning uchun ham tizim “shartli jamgʻariluvchi” deb ataladi. Yaponiya tajribasi. Yaponiya dunyoda aholisi eng tez qarib borayotgan davlatdir. Bu sharoitda hukumat pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish, “avtomatik sozlash formulasi” orqali pensiya miqdorini umr davomiyligiga bogʻlash va koʻp darajali tizimni joriy qilish kabi islohotlarni amalga oshirmoqda. Yaponiya, shuningdek, korporativ va individual jamgʻarmalar orqali riskni diversifikatsiya qilishni targʻib qilmoqda, ammo demografik tendensiyalar tufayli PAYG-ga asoslangan segmentlar barqarorligini saqlash uchun doimiy parametrik moslashtirishni talab qiladi. Singapur tajribasi. Singapur pensiya tizimi toʻliq jamgʻariluvchi modelga asoslangan – CPF (Central Provident Fund). CPF yagona hisoblanuvchi majburiy tizim boʻlib, jamgʻarma nafaqat pensiya, balki uy-joy va sogʻliqni saqlash uchun ham ishlatiladi — bu “multi-pillar within one account” tamoyili asosida ishlaydi 1 . Jadval-1. Rivojlangan davlatlar pensiya tizimlari SWOT tahlili 2 Mamlakat Kuchli tomonlari (S) Zaif tomonlari (W) Imkoniyatlar (O) Tahdidlar (T) Shvetsiya -Aralash model:davlat, majburiy badallar, xususiy jamgʻarma; -demografiyaga chidamli NDC modeli; -soliqlar yuqori -kam maoshli ishchilar pensiyasi kam boʻlishi mumkin; -murakkab koʻp bosqichli tizim -investitsion fondlarda innovatsiyalar; -elastik pensiya yoshi, ishlovchi pensionerlar sonini oshirish; -raqamli xizmatlarni kengaytirish -uzoq umr koʻrish sabab demografik yuk ortishi -migratsiya jarayonlari -moliyaviy inqirozlarda fondlar daromadining kamayishi 1 CPF Board. https://www.cpf.gov.sg/member/cpf-overview 2 OECD va Jahon Banki hisobotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 502 -jamiyat ishonchi yuqori; -gender tengligi taʼminlangan Yaponiya -milliy pensiya va ishchilar sugʻurtasi majburiy -davlatga yuqori ishonch -barcha fuqarolarni qamrab oladi -tez qarib borayotgan aholiga ega yoshi eng katta davlatlardan biri -davlat qarzi juda katta -pensiya miqdori koʻp hollarda yetarli emas -xususiy jamgʻarmalarni (iDeCo, NISA) rivojlantirish -robototexnika va texnologiylar yordamida mehnat yukini kamaytirish -mehnat migrantlarini jalb qilish -ishchi kuchi keskin qisqarishi -past pensiyalar sabab ijtimoiy beqarorlik xavfi -Davlat qarzi ortish xavfi AQSh -Turli manbalar (Social Security, 401(k) xususiy jamgʻarmalar) -moliyaviy bozorlar rivojlangan -uzoq tarixga ega barqaror tizim - demografiyaga va byudjetga yuqori qaramlik -koʻpchilik yetarli jamʼgarmaydi -katta ijtimoiy tengsizlik -xususiy investitsiyalarni rivojlantirish -moliyaviy savodxonlikni oshirish -islohotlar (yoshni oshirish, soliq oʻzgarishlari) -2035 yilgacha Social Security kamomadi kutilmoqda -moliyaviy bozorlarning beqarorligi -siyosiy kelishmovchiliklar Singapur -CPF majburiy jamgʻarma -toʻliq jamgʻarma tizimi byudjetga qaramlik kam -jamgʻarmani turli ehtiyojlarga (uy-joy, tibbiyot) ishlatish mumkin -past daromadli qatlamda jamgʻarma yetarli emas -daromadlar farqi katta -investitsiyaga va iqtisodiy oʻsishga bogʻliq -kam daromadlilarni qoʻllabquvvatlashni kengaytirish -CPFni samarali investitsion vosita sifatida ishlatish - raqamlashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirish -iqtisodiy inqirozlarda jamgʻarma qiymati tushib ketishi -uzoq umr koʻrish sabab mablagʻ tez tugab qolishi -Singapurda yashash xarajatlari yuqoriligi 503 Oʻzbekiston pensiya tizimi ham demografik oʻzgarishlar, iqtisodiy transformatsiya va norasmiy bandlik sharoitida jiddiy oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi quyidagi saboqlarni beradi: - Pensiya yoshini moslashtirish – hayot davomiyligi ortib borayotgan sharoitda bosqichma-bosqich pensiya yoshini oshirish. - Koʻp darajali tizim – davlat pensiyasini majburiy jamgʻariluvchi va koʻngilli pensiya dasturlari bilan toʻldirish. - Jamgʻariluvchi pensiya fondlari – milliy pensiya fondlarini rivojlantirish va ularni professional boshqaruv orqali samarali investitsiyalash. - Raqamlashtirish – pensiya hisobvaraqlarini onlayn yuritish, shaffoflikni oshirish. - Moliyaviy savodxonlik – aholining pensiya rejalashtirish madaniyatini oshirish, xususiy jamgʻarmalarga jalb qilish. - Norasmiy bandlikni kamaytirish – pensiya tizimining qamrovini kengaytirish uchun mehnat bozoridagi islohotlar. Rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimi islohotlari shuni koʻrsatadiki, universal model mavjud emas, ammo ularning umumiy tajribasi – diversifikatsiya, avtomatik moslashuvchan mexanizmlar va raqamlashtirish asosiy muvaffaqiyat omillari ekanini koʻrsatadi. Oʻzbekiston uchun ham pensiya tizimini isloh qilishda koʻp darajali modelga oʻtish, jamgʻariluvchi fondlarni kuchaytirish, raqamlashtirish, hamda mehnat bozoridagi norasmiylikni kamaytirish ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda. Adabiyotlar roʻyxati 1. Allianz Global Pension Report. (2025). Allianz Research. France. pp.6-11. https://www.allianz.com/en/economic_research 2. Barr, Nicholas and Diamond, Peter (2009) Reforming pensions: principles, analytical errors and policy directions. International social security review, 62 (2). pp. 5-29. 3. Holzmann, R., & Hinz, R. (2005). Old-age income support in the 21st century. World Bank. Washington, D.C. pp.12-24 4. Mercer CFA Institute. (2024). Global Pension Index. Mercer.pp.45-53 5. Natixis Investment Managers. (2024). Global Retirement Index Report. Natixis.pp.23-26 6. OECD (2024), OECD Pensions Outlook 2024: Improving Asset-backed Pensions for Better Retirement Outcomes and More Resilient Pension Systems, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/51510909-en. 7. Palme, J. (2003). Pension reform in Sweden. Social Policy Review, 15(1), pp.33-50.