scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAXONIYLAR DAVLATI BOSHQARUV TIZIMI: TURKIY AN'ANALAR VA ISLOMIY TAMOYILLAR UYG'UNLIGI

Xasanova Nodira Ibragimovna; Mamasaidova Ruxshona Qarshi qizi

Full text

214 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc QORAXONIYLAR DAVLATI BOSHQARUV TIZIMI: TURKIY AN’ANALAR VA ISLOMIY TAMOYILLAR UYG‘UNLIGI Xasanova Nodira Ibragimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Mamasaidova Ruxshona Qarshi qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti talabasi [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17733805 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraxoniylar davlati boshqaruv tizimi, uning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, turkiy davlat an’analari va islomiy tamoyillar uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan siyosiy-ma’muriy tuzilma yoritiladi. Maqolada markaziy hokimiyat, mahalliy boshqaruv organlari, xoqon va amaldorlarning vazifalari hamda davlat boshqaruvida qozilar va diniy ulamolarning roli o‘rganiladi. Shuningdek, Qoraxoniylar boshqaruv tizimining keyingi sulolalarga ta’siri va uning o‘rta asr Sharq davlatchiligidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Qoraxoniylar davlati, Yettisuv, Movarounnahr, al-Hoqoniya, qarluq, „qoraxon“,muhtasib, qozi ul-quzzot, Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig”, "Ilexon saltanati". Abstract: This article analyzes the governance system, governance and governance processes of the Karakhanid state. The state, the traditions of the Turkic state and the Islamic state, which were the basis of the political and spiritual development of the country, are highlighted. The article studies the role of the central government, the governing bodies, the administration of the khagan and officials, and the role of judges and religious scholars in state administration. , The influence of the Karakhanid state on subsequent dynasties and its role in the statehood of the Middle Ages is analyzed by scientific control. Keywords: Karakhanid state, Seven Waters, Movarunnahr, al-Haqaniya, qarluq, "karakhan", muhtasib, qazi ul-quzzat, Yusuf Khos Hajib, "Qutadgu bilig", "Ilekhan sultanate". Аннотация: В статье анализируется система государственного управления, процессы управления и управленческие процессы государства Караханидов. Рассматриваются государство, традиции тюркского и исламского государств, которые легли в основу политического и духовного развития страны. В статье исследуются центральное правительство, органы управления, администрация и должностные лица каганата, роль судей и религиозных учёных в государственном управлении. С помощью научного исследования анализируется влияние государства Караханидов на последующие династии и его место в средневековой государственности. Ключевые слова: государство Караханидов, Семь Вод, Моваруннахр, аль-Хакания, карлук, «Карахан», мухтасиб, кази уль-Куззат, Юсуф Хос Хаджиб, «Кутадгу билиг», «Илеханский султанат». Kirish: Qoraxoniylar davlati yoki qisqacha Qoraxoniylar 840-1212-yillar oraligʻida Oʻrta Osiyo va Movarounnahrda hukmronlik qilgan turk sulolasi. Bu Markaziy Osiyoda barpo etilgan birinchi islom sulolasi hisoblanadi. Qoraxoniylar davlati qarluq turkiy qabilalariga mansub bo‘lib 389-999-yillarda Ilekxon qoʻmondonligi ostidagi qoraxoniylarning hujumlari ularga Movarounnahr hududidagi hukmronlikni qoʻlga kiritish imkonini berdi. Bu hujumlar Somoniylar davlatining qulashi haqida ham xabar berdi. Chunki hujumlardan keyin Qoraxoniylar davlati mintaqadagi Somoniylar davlatining koʻp joylarini bosib olgan edi. Qoraxoniylar davlati ichki nizolar va boʻlinishlar bilan koʻp davrlarni boshidan kechirdi. Boʻlinishlar va ichki nizolar, tabiiyki davlat boshqaruvida sheriklik 215 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tizimini qoʻllash natijasida sodir boʻlgan. Chunki davlatda bir vaqtning oʻzida ikki xil hukmdor boʻlgan: Buyuk xon va oddiy xon. Buyuk Xon davlatning sharqiy qismida istiqomat qilgan va sharqiy tomonni boshqargan. Boshqa xon gʻarbda istiqomat qilib davlatning gʻarbiy qismini boshqargan. Ayrim tarixiy manbalarda bu saltanat "Ilexon saltanati" deb yuritiladi. Topilgan tangalarning koʻpchiligida „Ilek (Ilik, qoʻl va boshqalar)“ tipik soʻz bor. Masalan, islomiy manbalarda Ali ibn alAsir bu sulola nomini al-Hoqoniya, al-Haniya yoki al-Afrasiya deb taʼriflagan. Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shimoliy-sharqiy hududlarida yashovchi turkiylar, qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab turkiy qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullandilar 1 Muhokama va natijalar: Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib oʻz navbatida uni rivojlantirib yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda IX asr oʻrtasi maʼmuriyboshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi „yabgʻu“ deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib xoqon noibi hisoblangan. Harbiy harakatlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan. Vaqt oʻtishi bilan Qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib takomillashib borgan. X asrning oʻrtalariga kelib Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib hududiy jihatdan kengayib katta siyosiy kuchga aylangach ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda „qoraxon“ unvoni bilan ulugʻlangan „buyuk xon“ oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar „qoraxon“ unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan 2 Qoraxoniylar davrida dargohda eng yetakchi lavozimlardan biri hojib bo‘lgan. Hojib davlat va fuqarolar ishlari bo‘yicha xonning yaqin maslahatchisi sifatida e’tirof etilgan. U oliy hukmdor bilan joybar (mahalliy aholining vakillari) o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirib turgan. Hojibning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi: qonun va odatlarga rioya etilishini nazorat qilish, rasmiy tantanalarni tashkil etish, fuqarolarning iltimos va shikoyatlarini qabul qilib, hukmdorga yetkazish, elchilarni qabul qilish ishlarini amalga oshirish. Dargohdagi muhim lavozimlardan yana biri Birin bo‘lib, u saroy ishlarini boshqarish va mehmonlarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan. Shuningdek, dargohda xazinachi, oshxona mutasaddisi, ov uyushtiruvchi va boshqa xodimlar ham faoliyat ko‘rsatgan. Qoraxoniylar davlati devonlari turli sohalarga bo‘lingan edi: bosh vazir devoni, moliya 1 Muhammad Nosir “Turon davlatlari va hukmdorlari yilnomasi: miloddan avvalgi III asrdan milodiy XX asr boshlariga qadar” – Toshkent-2011. 2 Bozorov Nurali “O‘rta Osiyoda birinchi renessans davrida davlat boshqaruvi taraqqiyoti”. Bitiruv malakaviy ishi – Toshkent, 2022. 216 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ishlari, rasmiy hujjatlarni ishlab chiqish, soqchilik (posbonlik), xat-xabarlarni yetkazish, muhtasib (shariat va axloqiy tartiblarni nazorat qiluvchi), vaqf ishlari, qozilik ishlari, lashkar (harbiy ishlar). Oliy hukmdorning xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus saralangan gvardiya va harbiy qo‘shin ham mavjud bo‘lgan. Shahar boshqaruvi esa rais qo‘lida bo‘lgan. Raislar orqali oliy hukmdor o‘z hukmini o‘tkazib turgan. Shaharlarda muhtasiblar faoliyat yuritgan. Qoraxoniylar o‘z hukmronligini mustahkamlash maqsadida musulmon ruhoniylar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatganlar 3 Qoraxoniylar davrida imomlar va shayxlarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati yanada kuchaygan. Ular xususan rais lavozimini shuningdek qozi lavozimini egallash huquqiga ega bo‘lganlar. Sudtartibot ishlarini boshqarish esa qozi ul-quzzot (bosh qozi) qo‘lida to‘plangan. Joylarda esa sud ishlarini alohida qozilar olib borganlar. Yozma manbalarga ko‘ra, Qoraxoniylar davlatida ba’zi hollarda ma’muriy va qozilik ishlari bir shaxs qo‘lida jamlangan. Bu hol diniy va huquqiy tabaqaning siyosiy hayotda o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek bir vaqtning o‘zida mintaqada bir nechta siyosiy kuchlarning faoliyat yuritishi hamda Qoraxoniylar sulolasi ichidagi ichki kelishmovchiliklar dargohning tashqi ishlar (diplomatiya) masalalariga jiddiy e’tibor qaratishiga sabab bo‘lgan. Bu jarayon haqida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ham muhim ma’lumotlar uchraydi 4 Qoraxoniylar davrida tashqi siyosat bilan shug‘ullanuvchi mansabdorlarga xususan elchilarga juda katta talablar qo‘yilgan. Ularning shaxsiy fazilatlari qatorida bilimli, uquvli, yetuk, sheryurak, ko‘zi to‘q, hayo-andishali bo‘lish alohida ta’kidlangan. Shuningdek, elchilar uchun quyidagi ilmiy va amaliy talablar ham mavjud bo‘lgan: astronomiya, matematika va geodeziya fanlarini mukammal bilish, shaxmat va nard o‘yinlarida raqiblaridan ustun bo‘lish, harbiy san’atda benazir bo‘lish, hech qachon may ichmaslik, so‘z va iboralarning to‘g‘ri hamda ko‘chma ma’nolarini puxta bilish. Bu talablar Qoraxoniylar diplomatiyasining naqadar rivojlanganini va elchilar nafaqat davlat vakillari, balki yuksak madaniyat sohiblari bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘rta Osiyo o‘rta asrlar davri tarixida ikki yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan Qoraxoniylar sulolasi o‘sha davr O‘rta Osiyo xalqi davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston hududlarining deyarli barchasi Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan 5 Xulosa: Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki Qoraxoniylar davlati o‘rta asrlar Sharq davlatchiligi tarixida muhim bosqichlardan birini tashkil etadi. Ushbu sulola boshqaruv tizimi turkiy davlatchilik an’analari va islomiy tamoyillarning uyg‘unlashuvi natijasida shakllanib, o‘ziga xos siyosiy-ma’muriy modelni yaratdi. Davlatda xoqon boshchiligidagi markaziy hokimiyat, hojib va devon amaldorlari, rais va qozilar faoliyati orqali ijtimoiy-siyosiy hayot tartibga solingan. Shuningdek, dindorlar va ulamolarning davlat boshqaruvidagi mavqei sezilarli darajada mustahkam bo‘lib, bu davrda vaqf yerlarining kengayishi ham kuzatilgan. Qoraxoniylarning tashqi siyosati, diplomatik aloqalari hamda elchilarga qo‘yilgan yuksak talablar ushbu davlatning o‘z zamonasi uchun taraqqiy etgan boshqaruv tizimiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Qoraxoniylar davlati ikki yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan davr mobaynida nafaqat Movarounnahr, balki butun Markaziy Osiyo xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o‘rin egallab, keyingi sulolalarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. 3 O'zaydin, A. Qoraxoniylar. Turkiya Diyonat vaqfi Jamg'armasi Islom Ensiklopediyasi, 24, 410. Istanbul:Kumash A.sh. 2001yil. 4 Muhammadjonov A. R. “Oʻzbekiston tarixi”- Toshkent. 1994 5 A. Sh. Rajabov, J. O. Qodirov “Qoraxoniylar davlati” – Buxoro davlat pedagogika instituti. 217 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Muhammad Nosir “Turon davlatlari va hukmdorlari yilnomasi: miloddan avvalgi III asrdan milodiy XX asr boshlariga qadar” – Toshkent-2011. 2. Bozorov Nurali “O‘rta Osiyoda birinchi renessans davrida davlat boshqaruvi taraqqiyoti”. Bitiruv malakaviy ishi – Toshkent, 2022. 3. O'zaydin, A. Qoraxoniylar. Turkiya Diyonat vaqfi Jamg'armasi Islom Ensiklopediyasi, 24, 410. Istanbul:Kumash A.sh. 2001yil. 4. Muhammadjonov A. R. “Oʻzbekiston tarixi”- Toshkent. 1994. 5. A. Sh. Rajabov, J. O. Qodirov “Qoraxoniylar davlati” – Buxoro davlat pedagogika instituti.