scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA SURXON VOHASIDA INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISH SIYOSATINING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING NATIJALARI

Jonqobilov Jaxongirbek Normumin o'g'li

Full text

230 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA SURXON VOHASIDA INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISH SIYOSATINING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING NATIJALARI Jonqobilov Jaxongirbek Normumin o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Mustaqil tadqiqotchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17734040 Annotatsiya. Ushbu maqolada biz Surxon vohasining Surxon vohasi XX asrning ikkinchi yarmida mamlakatimizda to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli mayin va sifatli tola beradigan ingichka tolali paxta yetishtiruvchi yirik markaz bo‘lganligi. To‘qimachilik sanoati uchun o‘ta zarur bo‘lgan ingichka tolali paxta navining urug‘i (u «egiptyani» deb yuritilardi) 1930 yillarning boshida Misrdan keltirilib Markaziy Osiyoning eng janubiy hududlariga rayonlashtirilganligi haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: ingichka tolali paxta, paxta tozalash zavodi, “Egiptyani”, gʻoʻza, MTS, gektar, sentner, mashinasozlik sanoati, “Termiz-7”, “Surxon” РЕАЛИЗАЦИЯ ПОЛИТИКИ ВЫРАЩИВАНИЯ ТОНКОПЛЕНОЧНОГО ХЛОПКА В СУРХАНСКОМ ОАЗИСЕ ВО ВТОРОЙ ПОЛОВИНЕ XX ВЕКА И ЕЕ РЕЗУЛЬТАТЫ Аннотация. В этой статье мы узнаем о Сурханском оазисе, который во второй половине XX века был крупным центром выращивания тонковолокнистого хлопка, дававшего ценное мягкое и высококачественное волокно для текстильной промышленности нашей страны. Мы можем узнать о том, что семена тонковолокнистого сорта хлопка (который назывался «египетским»), столь необходимого для текстильной промышленности, были завезены из Египта в начале 1930-х годов и районированы в самых южных районах Средней Азии. Ключевые слова: тонковолокнистый хлопок, хлопкоочистительный завод, «Египетский», хлопок, МТС, гектар, центнер, машиностроительная промышленность, «Термез-7», «Сурхон» IMPLEMENTATION OF THE POLICY OF GROWING FINE-STRAP COTTON IN THE SURKHAN OASIS IN THE SECOND HALF OF THE 20TH CENTURY AND ITS RESULTS Abstract. In this article, we will learn about the Surkhan Oasis, which in the second half of the 20th century was a major center for growing fine-fiber cotton, which provided valuable soft and highquality fiber for the textile industry in our country. We can learn about the fact that the seeds of the fine-fiber cotton variety (which was called "Egyptian"), which was so necessary for the textile industry, were brought from Egypt in the early 1930s and zoned in the southernmost regions of Central Asia. Keywords: fine-fiber cotton, cotton ginning plant, "Egyptian", cotton, MTS, hectare, centner, machine-building industry, "Termez-7", "Surkhon" 1.Dolzarbligi: XX asrning birinchi yarmida Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ushbu paxtachilik sanoati qishloq xo‘jaligi sohalaridagi yuqori o‘rinni egallab, mamlakat iqtisodiyoti va sanoat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etar edi. Surxondaryo viloyati iqlim sharoiti va unumdor yerlariga koʻra paxtachilik uchun qulay hududlardan biri hisoblanganligi sababli, bu yerda paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish, paxta- 231 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish, yangi sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish va ilgʻor agrotexnik vositalarni joriy etish natijasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. 2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi: Surxondaryo viloyatida ikkinchi XX asrning ikkinchi yarmida paxtachilik sanoatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati ta’siri hozirgacha maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmagan. Shuni hisobga olib, ushbu mavzuga oid tadqiqotlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Sovet davri tadqiqotlari; 2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan izlanishlar. Mavzuni yoritishda tarixiylik tamoyili asosida xronologik, ketma-ketlik, tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanilgan. 3. Tadqiqot natijalari: Ingichka tolali paxta yetishtirish. Surxon vohasi XX asrning ikkinchi yarmida mamlakatimizda to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli mayin va sifatli tola beradigan ingichka tolali paxta yetishtiruvchi yirik markaz bo‘lgan. To‘qimachilik sanoati uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu paxta navining urug‘i (u «egiptyani» deb yuritilardi) 1930 yillarning boshida Misrdan keltirilib Markaziy Osiyoning eng janubiy hududlariga rayonlashtirilgan edi. XX asrning birinchi yarmida markaziy va mahalliy hukumat ingichka tolali paxtaning sanoatdagi ko‘p qirrali ahamiyatini nazarda tutib uning yetishtirish maydonini kengaytirish, mahalliy sharoitga moslashgan navlarni yaratish va o‘zgacha agrotexnika tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullandilar. 1930 yillarning boshidayoq Surxon vohasining janubiy qismida ko‘pgina xo‘jaliklar o‘zgacha (o‘ta issiq) mintaqa Misrdan keltirilgan «Egiptyani» paxta navidan yaxshi hosil ola boshladilar. Hukumat esa mayin tolali paxta yetishtirishdagi jasoratlari uchun bir necha o‘nlab kolxozchilarni, xo‘jalik rahbarlarini yuksak mukofotlar bilan taqdirlab turdi. Jumladan 1935 yilda “Guliston” kolxozining raisi “Lenin” ordeni bilan, Termiz va Sherobod tumanlari MTSlarining bosh mutaxassislari orden va medallar mukofotlandi. Urushgacha viloyatining janubiy tumanlari ingichka tolali paxta navi yetishtirishga to‘la ixtisoslashdi. 1941 yilga kelib yangi nav paxtaning maydoni viloyat umumiy paxta maydonining teng yarmiga yetkazildi. Urushdan keyingi yillarda to‘qimachilik sanoatining noyob xom ashyosi bo‘lgan bu paxta navini yetishtirishga katta e’tibor berildi. Jumladan ingichka tolali paxtani yetishtirish texnologiyasi takomillashib bordi, uning mahalliy (tuproq-iqlim) sharoitiga moslashtirilgan yangi navlari yaratildi. Ingichka tolali paxta yetishtirish (uni sug‘orish, o‘g‘itlash, mexanizatsiyalash, zararkunandalarga qarshi kurashish, yangi navlarni yaratish, uni parvarishlash)ga oid katta tadqiqotlar qilindi, tajribalar o‘tkazildi, dissertatsiyalar yozildi. Surxon vohasi paxtakorlari 1953 yilda ingichka tolali paxtadan birinchi marta eng yuqori hosil – 61 ming tonna «ipak oltin» yig‘ishtirib oldilar. O‘sha yili ingichka tolali bu paxta navlari viloyatning bir-biridan iqlimiy jihatdan farqlanadigan turli qismida yetishtirilgan va sinovdan o‘tkazilgan edi. Surxondaryoliklarning ingichka tolali paxtadan ikkinchi rekord hosili 1977 yilga to‘g‘ri keldi. O‘sha yili ingichka tolali paxtaning viloyat bo‘yicha o‘rtacha hosildorligi 30,6 sentnerni tashkil qildi va 1953 yildagi yalpi hosildan uch marta ko‘p 181,2 ming tonna ipak paxta yig‘ishtirib olingan. 80-yillarga kelib Markazning nuqul paxtaning yalpi hosilini ko‘paytirish siyosatini olib borishi natijasida nisbatan kam hosil beradigan ingichka tolali paxta yetishtirish doirasi keskin qisqarib ketdi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, bir tonna ipak paxta yetishtirish ikki tonna oq paxta yetishtirish bilan tengdir. Jahon bozorida esa yalpi paxta hosili emas, balki uning tolasi va sifatiga baho beriladi. 232 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Aslida ham ma’lum miqdordagi ingichka tolali paxta navlari tolasidan oq paxtaga nisbatan 2 – 2,5 marta ko‘p va mustahkam gazlama ishlab chiqarilar edi. Surxon vohasida paxta yalpi hosili yetishtirishni ingichka tolali paxta navlari hisobiga ko‘paytirib borishi to‘qimachilik sanoatining noyob xom ashyosi bo‘lgan bu paxtaning qator (“Termiz-7”, “Termiz-8”, “Termiz-14”, “Termiz-16”, “Surxon”) navlarini yaratib va viloyatning turlicha iqlimiy sharoitlariga ega boʻlgan hududlariga rayonlashtirib boy tajriba to‘plagan Surxondaryolik paxtakorlar mustaqil O‘zbekistonning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashiga salmoqli hissa qo‘shgan edi. XX asrda Surxon vohasi xalq xoʻjaligi va ayniqsa agrosanoat majmuasida paxtachilik muhim oʻrin tutgan edi. Negaki, paxta shunday dehqonchilik tarmogʻiki, undan ishlab chiqariladigan koʻp xil mahsulotlar bilan jahonning istalgan mamlakatiga chiqish mumkin edi. Surxon vohasi aholisi paxtachilik bilan qadimdan shugʻullanib kelgan. XX asrning boshi (1914 yil) da bu erda 4400 gektar maydonga paxta ekilib, undan jami 3900 tonna yalpi hosil yigʻishtirib olingan. Sovet Ittifoqi davrida Surxon vohasida paxta yetishtirish rivojlanishining toʻrt bosqichini boshidan kechirdi. Viloyat paxtachiligini rivojlantirish tadbirlari ana shu Plenum qarorlarini turmushga tadbiq qilish orqali amalga oshirildi. Sherobod choʻlini oʻzlashtirish, Janubiy O‘zbekistonda eng yirik Janubiy Surxon suv omborini barpo qilish, oʻnlab magistral va taqsimlovchi kanallar qazish, choʻlga suv chiqarib beruvchi yirik-yirik nasos stansiyalarini qurish shu davrda amalga oshirildi. 80-90 ming gektarlik Sherobod choʻlini oʻzlashtirish bilan oʻnlab paxtachilik sovxozlari, Muzrobod, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon ma’muriy tumanlari tashkil qilindi. Oʻnlab tarmoq kanallarga ega boʻlgan Sherobod kanali qazilgandan koʻp oʻtmay Amu-Zang kanali qazildi va uning suvi Jarqoʻrgʻon suv taqsimlovchisi orqali Zang magistral kanaliga oqiziladigan boʻldi. Viloyatda paxta yetishtirish shu bosqichning oxiriga borib har jihatdan yuksaklikka koʻtariladi. Surxondaryolik paxtakorlar yuqori hosil yetishtiruvchi mohir va tajribali dehqonlarga aylandilar Ular orasidan Shoymardon Qudratov, A. Xudoynazarov, B. Xasanov, Otamurod Xudoynazarov, Abdusattor Qurbonov, Jiyanqul Rustamov, Gulmiral Niyozov, Boborahmat Yusupov, Usmon Doniyorov, Muhammadi Muxit Keldiev va boshqa Mehnat qahramonlari yetishib chiqdi. Suxondaryo paxtachiligi o‘z taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichiga kelib har bir jihatdan yuksalgan, uning ishlab chiqarish doirasi kengayib «Paxta yakkahokim»chiligi avjiga chiqqan edi. Iqtisodiyotning boshlanishi va oxirgi paxta yalpi hosilini yetishtirishga qaratildi. Vaziyat yolg‘on ma’lumotlarga borib taqalgan edi. 1980 yillarning oxiriga borib «qo‘shib yozish»larni xisobga olmaganda paxta hosildorligi tushib ketdi. Paxtachilik og‘izda va qogʻozda intensiv, amalda esa ekstensiv rivojlanish yoʻliga tushib qolgan edi. Paxta-beda almashlab ekishning ilmiy asoslari ishlab chiqilishiga qaramasdan u amalda turmushga tadbiq qilinmas edi. Negaki, barcha sug‘oriladigan yer birinchi navbatda paxta uchun ajratilardi, beda ekish rejasi esa qog‘ozda bajarilar edi. Yuqorida viloyatda paxtachilikning rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqdik va tahlil qildik. O‘tgan yillar ichida Surxon vohasi paxtachiligi muttasil rivojlantirildi, uning ishlab chiqarish miqyosi kengaytirildi, serhosil va tezpishar navlari yaratildi, paxta hosildorligi va yalpi hosil ortib bordi. Bu yutuqlarga avvalo fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish bilan erishildi. Jumladan paxtachilikni kimyolashtirish va mexanizatsiyalashga keng ko‘lamda amal qilinadi. Mo‘l va sifatli paxta yetishtirishda, mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar, pestitsidlar va defoliantlardan samarali foydalaniladi. 233 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Paxtachilikni jadal rivojlantirishda paxta tolasining texnologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan g‘o‘za “Toshkent”, “5904-I”, “C-6029”, “C-6030”, “F-108”, “F-138” navlari o‘zbek seleksioner olimlari tomonidan yaratilib viloyatning aksariyat xo‘jaliklarida rayonlashtirildi. XX asrning 60-yillaridan so‘ng Surxon vohasida paxta yetishtirish ko‘p jihatdan mexanizatsiyalashgan edi. Chunonchi yer haydash, uni boronalash, molalash, chigit ekish, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish (kultivatsiya qilish), o‘g‘itlash, g‘o‘zani dorilash va defoliatsiya qilish, ko‘sak terish, uni chivish, paxta yalpi hosilining katta qismini terib olish ishlari mexanizmlar yordami bilan bajariladi. Xullas paxtachilikni kimyolashtirish, mexanizatsiyalashtirish va qisman avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi ortib, mahsulot tannarxi tushib borishga xizmat qilgan. XX asrning 80-yillariga kelib mamlakat iqtisodiyotini qayta qurish jarayoni viloyat paxtachiligini rivojlantirishning oldiga ham g‘oyat ma’suliyatli vazifalarni qo‘ygan. Jumladan: Birinchidan viloyat agrosanoat majmuasida «paxta yakkahokim»chiligi barxam topdi, uning maydoni keskin qisqardi. Paxta yetishtirishning birdan-bir uni intensiv rivojlantirish ekanligi tan olindi. Ikkinchidan xo‘jaliklar, tumanlar o‘z hududlarida yetishtirilgan yalpi hosilning so‘nggi natijasidan manfaatdor qilib qo‘yildi. Bu narsa yetishtirilgan yalpi paxta hosilini sanoat usulida qayta ishlash vazifasini hamda paxta tolasini va undan ishlab chiqarilgan gazlama va kiyim-kechakni xorijiy davlatlarga sotish uchun buyurtmachi topish va ular bilan bevosita shartnomalar tuzib ish yuritishni kun tartibidagi vazifalardan biri qilib qo‘ygan. Xulosa Surxon vohasi o‘zining tabiiy-iqlimiy sharoitlari tufayli paxtachilik uchun qulay hudud hisoblangan va shu tufayli bu yerda paxta ekinlari keskin ravshda ko‘paytirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda davlat siyosati Surxondaryo viloyati sektorlarida rivojlanishga xizmat qildi . Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida paxtachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan davlat siyosati viloyat iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligining tiklanishida muhim rol o‘ynadi. Bu sugʻorishni taʼminlash va ishlab chiqarish agrotexnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Sovet davlati qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirish Surxondaryo viloyatining paxtachilik sohasini rivojlantirdi. Ushbu davr qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va agrar ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib chiqish uchun muhim saboqlar beradi. Umuman olganda, Surxon vohasida 1925– 1990 yillar davomida olib borilgan paxta yakkahokimligi siyosati qisqa muddatda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirgan bo‘lsada, uzoq vaqt davomida zararli oqibatlarga – ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo‘ldi. Bu tarixiy tajriba bugungi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda saboq bo‘lib xizmat qilmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1.Ro‘ziyev A.N Surxon – Sherobod vodiysida paxtachilik. Toshkent: “O‘zbekiston”, 1965 y., 36 bet 2.Истомин М.С. Освоение новых земель в Сурхандарьи // Социалистическое сельское хозяйство, 1954. №2. –С.8. (Istomin M.S. Osvoenie novyx zemel v Surkhandari // Sotsialisticheskoe selskoe hozyaystvo, 1954. №2. – Р.8.) 3. Газета «Ленинское знамя». 3 июля, 1954. (Newspaper "Leninskoe znamya". July 3, 1954). 4. Лапасов А.Ч. Истиқлол йўли: Ангор. –Термиз, 1992. –Б. 4–5. (Lapasov A.Ch. Istiklal Road: Angor. - Termiz, 1992) 5. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 45-фонд, 1-рўйхат, 26-иш, 16-варақ (State archive of 234 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Surkhandarya region. Fund 45, list 1, case 26, sheet 16). 6. Венгрский В.Ўзбекистонда пахтачиликнинг ривожланиши.Тошкент.Ўзбекистон ССР сиёсий ва илмий билимлар тарқатиш жамияти.1958. № 24-25. –Б. 7 (Vengrsky V.Development of cotton cultivation in Uzbekistan. Tashkent. Society for dissemination of political and scientific knowledge of the Uzbek SSR. 1958. No. 24-25. – Р. 7.). 7. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 45-фонд, 1-рўйхат, 41-иш, 4-5-варақлар (State archive of Surkhandarya region. Fund 45, list 1, case 41, sheets 4-5). 8. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 580-фонд, 1-рўйхат, 25-иш, 17-варақ (State archive of Surkhandarya region. Fund 580, list 1, case 25, sheet 17). 9. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 580-фонд, 1-рўйхат, 25-иш, 34-варақ (State archive of Surkhandarya region. Fund 580, list 1, case 25, sheet 34). 10. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 580-фонд, 1-рўйхат, 26-иш, 37-варақ (State archive of Surkhandarya region. Fund 580, list 1, case 26, sheet 37). 11. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 580-фонд, 1-рўйхат, 26-иш, 45-варақ (State archive of Surkhandarya region. Fund 580, list 1, case 26, sheet 45). 12. Сурхондарё вилояти давлат архиви. 580-фонд, 1-рўйхат, 28-иш, 58-варақ (State archive of Surkhandarya region. Fund 580, list 1, case 28, sheet 58).