QORAXONIYLAR DAVRIDA SIYOSIY JARAYONLAR, MA'NAVIY MEROS VA SIVILIZATSIYAVIY O'ZGARISHLAR
Full text
235 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc QORAXONIYLAR DAVRIDA SIYOSIY JARAYONLAR, MA’NAVIY MEROS VA SIVILIZATSIYAVIY O‘ZGARISHLAR Ravshanova Marjona Karimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi E-mail: [email protected] Daminova Laylo Rustam qizi Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi E-mail: [email protected]. https://doi.org/10.5281/zenodo.17734087 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari, uning Movarounnahr hamda Yettisuv hududlaridagi siyosiy o‘rni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sulolaviy kurashlar oqibatida davlatning Sharqiy va G‘arbiy qismlarga bo‘linishi, G‘aznaviylar va Saljuqiylar bilan olib borilgan siyosiy-ijtimoiy munosabatlar o‘rganiladi. Shuningdek, Qoraxoniylar davrida yuz bergan sivilizatsiyaviy o‘zgarishlar turkiy qabilalarning islom dini orqali o‘troq hayot tarziga o‘tishi, yozma madaniyat va adabiyotning shakllanishi, ta’lim muassasalari tizimining rivojlanishi ham ilmiy tahlil markazida turadi. Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy kabi mutafakkirlarning asarlari, “Devonu lug‘oti turk” kabi nodir manbalar hamda diniy-ta’limiy faoliyatning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri keng yoritiladi. Qolaversa, Raboti Malik, Kalon minorasi, Mag‘oki Attoriy masjidi kabi me’moriy yodgorliklar misolida Qoraxoniylar davridagi bunyodkorlik va san’at darajasi tahlil qilinadi. Kalit so‘zi: Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, “Devonu lug‘oti turk, Raboti Malik, Kalon minorasi, Mag‘oki Attoriy, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Tyanshan, Ibrohim Tamg‘achxon, Bolasogʻun, Qashqar. Аннотация: В трёх статьях анализируются этапы становления и развития государства Караханидов, его политическая роль в Трансоксании и Семи морях на основе исторических источников. Изучается разделение государства на восточную и западную части в результате династической борьбы, политические и социальные отношения с Газневидами и Сельджуками. В центре научного анализа также находятся переход к оседлому образу жизни в результате смены ста цивилизаций, существование письменной культуры и литературы, а также развитие образовательных процессов. Широко освещаются труды таких мыслителей, как Ахмад Яссави, Юсуф Хос Хаджиб, Махмуд Кашгари, редкие источники, такие как «Дивону Луоти Тюрк», и влияние религиозно-просветительской деятельности на развитие общества. Кроме того, предпринимаются попытки проанализировать уровень творчества и искусства Караханидов на примере таких архитектурных памятников, как Рабати Малик, минарет Калян и мечеть Магоки Аттори. Ключевые слова: Ахмад Яссави, Юсуф Хос Хаджиб, Махмуд Кашгари, «Диванский словарь тюркских языков», Рабати Малик, Калон Минараси, Магоки Аттори, Восточный Туркестан, Семь вод, Тянь-Шань, Ибрагим Тамгачхан, Боласогун, Кашгар. Abstract: The three articles analyze the stages of the formation and development of the Karakhanid state, its political role in the Transoxiana and the Seven Seas based on historical sources. The division of the state into Eastern and Western parts due to dynastic struggles, political and social relations with the Ghaznavids and Seljuks are studied. The transition to a sedentary lifestyle through the changes of a hundred civilizations, the life of written culture and literature, and the development of educational processes are also in the center of scientific analysis. The works of thinkers such as Ahmad Yassavi, Yusuf Khos Hajib, Mahmud Kashgari, rare sources such as "Divonu Lu'oti Turk" and the impact of religious and educational activities on the development of society are widely
236 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc covered. In addition, attempts to analyze the level of creativity and art of the Karakhanids are made on the example of architectural monuments such as Rabati Malik, Kalon Minaret, and Magoki Attori Mosque. Keywords: Ahmad Yassavi, Yusuf Khos Hajib, Mahmud Kashgari, "Divan Dictionary of Turkic, Rabati Malik, Kalon Minarasi, Magoki Attori, East Turkestan, Seven Waters, Tianshan, Ibrahim Tamgachkhan, Bolasogun, Kashgar. Kirish: Qoraxoniylar yoxud Xoqoniylar davlati — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan davlat bo‘lib Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniy davlatining barpo etilishida qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan. Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti X asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini «Qoraxon» deb eʼlon qiladi, Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu unvon bilan ulugʻlangan. Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan edi. Somoniylar hokimiyati bu vaktga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiyi-qtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi, ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytayotgan vaqti yoʻlda vafot etadi. 996-yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi, Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning janubidagi yerlarda va Xuroson hududida Sabuktegin hukmronligi oʻrnatiladi, Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qismigina qoladi halos. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, X asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuvgacha, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi, Amudaryo esa Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi, 1006 va 1008yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib Balx, Tus va Nishopur shaharlarini zabt etadi lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan ziddiyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yillarda esa Dandanakon jangida gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi, Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi, keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1041-yilga kelib 2 mustaqil davlatga, sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, Qashqar, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qismiga esa Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan bo‘lib, markazi Samarqand hisoblangan. Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi ,yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻygan, natijada Qoraxoniylar davlati 1130-yilda saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qolgan va XII asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi, lekin Qoraxoniylar davlati garchi tarqoq holda boʻlsa-da, XIII asrning boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212-yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn
237 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ibrohimning Alouddin Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi 1 Asosiy qism: Qoraxoniylar davrida ko‘plab turkiy qabilalar islom dinini qabul qilib, yangi sivilizatsiyaning bir qismiga aylandilar. Sivilizatsiyaviy o‘zgarishlar jamiyatlarning turmush tarzidagi o‘zgarishlarga olib kelgan , bu davrda turklar og‘zaki madaniyatdan yozma madaniyatga, ko‘chmanchi jamiyatdan o‘troq jamiyatga o‘ta boshladilar. Bunda Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabi allomalarning o‘troq hayotga o‘tgan turkiylarga katta ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy tuzilma va ta’lim olimlar orqali ommaga singdirila boshlandi. Qoraxoniylar davrida taʼlimda ham, fan va siyosatda ham katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Xorazm, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Bolasogʻun, Marv, Sayram, Qoshg‘ar va boshqa shaharlar markazlari taʼlim, fan va sanʼat markazlariga aylangan va bu davrning buyuk allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg‘ariylarning ilmiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Islom dinining ta’limga bergan katta ahamiyatini anglagan ilm-fan arboblari turli ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanib, ta’limni har sohada rivojlantirishga harakat qildilar. Qoraxoniylar tasarrufidagi hududlarda turli xalqlar istiqomat qilgani sababli ham islom, ham xitoy-uygʻur madaniyatlarining taʼsiri katta bo‘lib mintaqada islomning rivojlanishi bilan turkiy til adabiy tilga aylandi va birinchi marta islom diniga asoslangan turkiy adabiyot paydo boʻldi shu sababli Qoshg‘ar shahri ayniqsa, madaniy va diniy faoliyat markazi sifatida muhim mavqega ega edi. Turk hoqonligidan boshlanib, Uygʻurlar davrida jadallik kasb etgan turkiy xalqlar madaniyati va sivilizatsiyasi bilan qoraxoniylar davrida islom madaniyati va sivilizatsiyasi qoʻshilib, birlasha boshladi va natijada yangi madaniy mahsulotlar vujudga keldi 2 Turkiy xalqlar hatto islomdan oldin yaratgan asarlarini ham islomiylashtirgan bo‘lib O‘g‘uz xoqon dostoni bu holatning yaqqol ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Turkiy xalqlar islom dinini qabul qilgandan so‘ng, mintaqada sodir bo‘lgan urushlar va boshqa voqealarni islomiy dostonlar shaklida yoza boshladilar. Qoraxoniylar davrining muhim timsollaridan biri bo‘lgan “Devoni lug‘otit turk”da shu tarzda yaratilgan dostonlarning ba’zi qismlari saqlanib qolgan. Jumladan, “Manas” dostoni ana shunday adabiy yodgorliklardan biridir 3 Qoraxoniylar davlatida yaqinda islomni qabul qilgan yuz minglab odamlarning, fiqhni ijro etish uchun mas’ul bo‘lganlarning ehtiyojlariga mos ravishda huquqshunoslar va fiqhga oid asarlarga ehtiyoj bor bo‘lgan bu omillar ta’lim va bilimli kishilarga bo‘lgan ehtiyojning ko‘rsatkichlarini tashkil etadi, ehtiyojlarni qondirish uchun bu davrda zamonaviy madrasalar vujudga kela boshladi. Madrasa arabchada dars oʻtiladigan joy va talabalar taʼlim oladigan bino maʼnosini bildiradi. Dastlabki yillarda masjidlar ta’lim-tarbiya qilinadigan joylar bo‘lib maʼrifiy faoliyatning koʻpayishi va xilmaxilligi bilan taʼlim markazi masjidlardan madrasalarga oʻta boshladi. Masjidlar oʻrnida madrasalar paydo boʻla boshlagan boʻlsa ham, masjidlar taʼlim maskani boʻlib qolaverdi. Biroq, masjidlar ibodat markazlari bo‘lganligi sababli ular ortib borayotgan ma’rifiy faoliyatni to‘liq qondira olmadi va ta’lim va ibodatning uyg‘unligidan kelib chiqadigan ba’zi muammolar madrasa muassasalarini qurish zaruratini tug‘dirdi. Qolaversa, bir tomondan masjidlarda dars o‘tish, ikkinchi tomondan namozgoh bo‘lgan masjidlarda shovqin-suronli nosog‘lom muhit yaratishga chaqirdi. Yana fan sohalarining ko‘payib borishi bilan kengaytirilgan dasturga javob berish uchun masjidlardan alohida muassasalar kerakligi sababli barchasi madrasa muassasasining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu o‘zgarishlarga mos ravishda, o‘rta asrlar islom olamidagi birinchi zamonaviy madrasalar tashkil 1 A.Sh.Rajabov, J.O.Qodirov. “Qoraxoniylar davlati” – Buxoro davlat pedagogika instituti:2022 2 S.U.Ulashova, D.J.Ochilova “Qoraxoniylar davrida ta’lim”-Alfraganus universiteti: 2025 3 Ablat Xodjaev, Dilrabo Turdieva. “Qoraxoniylar Xoqonligi tarixi”- Fan ziyosi nashriyoti Toshkent:2021
238 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qilina boshlandi. U 1066 yilda Samarqandda Ibrohim Tamg‘achxon tomonidan ochilgan bo‘lib ushbu muassasani boshqa muassasalardan ajratib turadigan ayrim farqlar mavjud edi. U alohida binoda tashkil qilingan bo‘lib yotoqxona, kutubxona, aylangan ma’murlar va o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan dastur va fanlarga ega edi. Madrasa faoliyatini iqtisodiy ta’minlash ham davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilib, bunda talabalar stipendiyalari, inflyatsiya darajasiga qarab belgilanadigan o‘qituvchilarning ish haqi, doimiy resurslar, yillik byudjet kabi masalalarni qamrab olgan. Ibrohim Tamg‘achxon tashabbusi bilan ta’limdagi bu inqilobdan so‘ng XII asrning o‘zida birgina Buxoroda olti ming maoshli fakih bo‘lganligi ta’lim va mudarrislik faoliyatiga naqadar e’tibor berilganidan dalolatdir. Madrasalarning asosiy vazifasi aholining ehtiyojlarini qondiradigan imom, muazzin, voiz, mudarris va muftiy kabi bilimdon kadrlar tayyorlash bilan birga qozi, muhtasib, kotib, tarjimon, ayg‘oqchi, faqih, vazir kabi davlat amaldorlarini ham tayyorlashdan iborat bo‘lib madrasa bitiruvchilari sud ishlaridan tortib sug‘orish va soliq masalalarigacha ko‘p sohalarda faoliyat yuritib ehtiyojlarni qondirishi kerak bo‘lgan. Madrasalarning tashkil etilishi va ko‘payishi davlat va xalqning umumiy ehtiyoji bo‘lgan mutasaddi va ruhoniylarni tayyorlash zaruratidan ham kelib chiqqan, deyish mumkin 4 O‘sha davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki Attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Ibrohim Tamg‘achxon (1040—1068) birinchi marta Samarqandda davlat mablagʻlari hisobiga madrasa qurdirdi va mintaqada madaniyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatladi. Uning qoʻl ostida Samarqandda jamoat shifoxonasi va madrasasi tashkil etilib, u yerda tibbiyot boʻyicha oʻqitish ham olib borilgan. 1066-yilda uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa qurilgan, shuningdek Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum. Raboti Malik saroy majmuasi 1068—1080-yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan Qoraxoniy Shams al-mulk buyrugʻi bilan barpo etilgan. XIII asrdan boshlab moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni bosib olganlaridan soʻng, XVIII asrning boshlariga qadar Raboti Malik savdo karvonlarini toʻxtatish uchun karvonsaroy boʻlib xizmat qilgan. Raboti Malik — Markaziy Osiyo monumental meʼmorchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri va jahon ahamiyatiga ega meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng koʻzga koʻringan yodgorligi XII asrda qalʼada qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178—1202) saroyi bo‘lib qazish paytida monumental rang tasvirning parchalari topilgan uning sharqiy devorda sariq kaftan kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan, bu yerda otlar, ovchi itlar, qushlar va shu davrga oʻxshash ayollar ham tasvirlangan. Qoraxoniylar davridan Buxorodagi qadimiy yodgorliklar: Kalon minorasi, Magoki Attori va Namozgox masjidlari va Turki Jandi saqlanib qolgan. 1119-yilda Shams al-mulk masjidining yangi binosi tiklangan va u bugungi kungacha shu shaklda saqlanib kelinmoqda. Arslonxon (1102—1130) hukmronligi ostida boʻlgan Qoraxoniylar davrida Buxoro meʼmorchiligining durdonalaridan biri Kalon minorasi (1127—1129) barpo etilgan. „Ichki shahar“ning janubi-gʻarbiy qismida u turar-joy maydonini sotib olib, bu yerda juma kuni masjidni tikladi (1121-yilda qurib bitkazilgan), hozirda Kalyan masjidi deb nomlanadi. Boshqa bir masjid Kalon masjididan bir oz janubda joylashgan bo‘lib hozir uning oʻrnida turar-joy binolari, ulardan bittasida — Arslonxonning mozori joylashgan. Shu bilan birga Qoraxoniylar davrida amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari ham ravnaq topgan 5 4 N.Gumilev. “Qadimgi turklar”-Toshkent:2007 5 A.Sagdullayev, B.Eshov. “O‘zbekiston tarixi” 1-qism. T: Universitet, 1999
239 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xulosa: Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, Qoraxoniylar davlati o‘zining siyosiy hayotida inqirozlarga duch kelib, XII asrning oxirlariga kelib sulola sifatida barham topgan bo‘lsa-da, uning ma’naviy va ilmiy merosi O‘rta Osiyo tarixida alohida o‘rin egallaydi. Bu davrda islom dini turkiy xalqlar hayotiga chuqur singib, ta’lim, fan va madaniyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratdi. Samarqand, Buxoro, Qashqar kabi shaharlarning ilm-ma’rifat markaziga aylanishi, madrasalarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi, ilm-fan va boshqaruv sohasi uchun kadrlar tayyorlanishi — Qoraxoniylar davrining yuksak sivilizatsiyaviy yutuqlaridan hisoblanadi. Qoraxoniylar davrida shakllangan yozma adabiyot, me’moriy obidalar va diniy-ta’limiy meros bugungi kunda ham Markaziy Osiyo xalqlarining milliy-ma’naviy o‘zligini anglashda muhim tarixiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. A.Sh.Rajabov, J.O.Qodirov. “Qoraxoniylar davlati” – Buxoro davlat pedagogika instituti:2022 2. S.U.Ulashova, D.J.Ochilova “Qoraxoniylar davrida ta’lim”-Alfraganus universiteti: 2025 3. Ablat Xodjaev, Dilrabo Turdieva. “Qoraxoniylar Xoqonligi tarixi”- Fan ziyosi nashriyoti Toshkent:2021 4. N.Gumilev. “Qadimgi turklar”-Toshkent:2007 5. A.Sagdullayev, B.Eshov. “O‘zbekiston tarixi” 1-qism. T: Universitet, 1999.