ADABIYOT DARSLARIDA HAYOTIY KO'NIKMA PEDAGOGIK IMKONIYAT SIFATIDA
Abstract
Ushbu maqolada adabiyot darslarida hayotiy ko‘nikma pedagogik imkoniyat sifatida ekanligi, axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish, empatiya va ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘stirish, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, ijodiy tafakkurni va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish haqida fikr yuritilgan.
Full text
842 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 ADABIYOT DARSLARIDA HAYOTIY KO‘NIKMA PEDAGOGIK IMKONIYAT SIFATIDA Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi Alfraganus universiteti Sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Tel: +998998720494 e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17735362 Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiyot darslarida hayotiy ko‘nikma pedagogik imkoniyat sifatida ekanligi, axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni shakllantirish, empatiya va ijtimoiy masʼuliyatni rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘stirish, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, ijodiy tafakkurni va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik imkoniyat, hayotiy ko‘nikma, adabiyot darslari, empatiya, ijtimoiy masʼuliyat, kommunikatsiya, hamkorlik ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlash, maʼnaviy qadriyat. ЖИЗНЕННЫЕ НАВЫКИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ НА УРОКАХ ЛИТЕРАТУРЫ Аннотация. В статье рассматриваются педагогические возможности жизненных навыков на уроках литературы, формирование нравственных и духовных ценностей, развитие эмпатии и социальной ответственности, развитие критического мышления и навыков решения проблем, совершенствование навыков общения и сотрудничества, развитие творческого мышления и самосознания, а также формирование информационных навыков. Ключевые слова: педагогические возможности, жизненные навыки, уроки литературы, эмпатия, социальная ответственность, коммуникация, навыки сотрудничества, критическое мышление, духовные ценности. LIFE SKILLS AS A PEDAGOGICAL OPPORTUNITY IN LITERATURE LESSONS Abstract. This article discusses the pedagogical opportunity of life skills in literature lessons, the formation of moral and spiritual values, the development of empathy and social responsibility, the cultivation of critical thinking and problem-solving skills, the improvement of communication and collaboration skills, the development of creative thinking and selfawareness, and the formation of information skills. Keywords: pedagogical opportunity, life skills, literature lessons, empathy, social responsibility, communication, collaboration skills, critical thinking, spiritual value. Jahonning ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida ijodiy fikrlashini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish borasida kattadan katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. “Bugun Respublikamizda xalqaro baholash dasturlari asosida ta’lim sifatini oshirishda yangi monitoring tizimidan foydalanish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash va qiyoslashga asoslangan sistema shakllanmoqda. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha zamon talablariga javob beruvchi munosib milliy baholash tizimini rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro va xorijlik tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot obyektlari, muassasalar bilan
843 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro loyihalarni joriy etish” [1:34], mavjud sistema bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish dolzarb masala sanaladi. Zamonaviy adabiy taʼlim insoniyatning maʼnaviy madaniyati kontekstida adabiy asarni to‘liq idrok etishga qodir va so‘z sanʼati bilan mustaqil muloqot qilishga tayyor bo‘lgan o‘quvchini shakllantirishi kerak [2:56]. Zamonaviy adabiy taʼlim o‘quvchilarda milliy va jahon adabiyoti namunalarida aks etgan hayotiy hodisalarni tushunishni hamda baholash va solishtirish asosida yashash va ijtimoiylashish pozitsiyalarini shakllantiradi. Rossiyalik metodist olim va amaliyotchi V.G.Marantsman “Adabiy taʼlimning maqsadi nafaqat intellektual rivojlanish, balki sanʼat va fanning insonparvarlik salohiyatini hissiy jihatdan o‘zlashtirish, insonning sanʼat, fan va odamlar bilan aloqa qilishning estetik va psixologik mexanizmlarini ishlab chiqishdir” [3] degan. Darhaqiqat, adabiy taʼlim dasturining asosi o‘qish malakasini doimiy ravishda rivojlantirishdan iboratdir. Ta’limda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam berish mumkin. Shunday qilib, ta’lim nafaqat bilim beruvchi jarayon, balki shaxsni shakllantiruvchi va jamiyatga foydali a’zo sifatida tayyorlaydigan muhim faoliyatdir. Maktab ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarga nafaqat bilim va ko‘nikmalarni berish, balki ularning shaxsiy salohiyatini ochish va rivojlantirishdan iboratdir. Bu jarayon davlat, jamiyat va oila oldida bir qancha muhim vazifalarni bajarishni talab etadi. “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda” [4]. Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri, albatta, har bir yosh avlodni yetuk, barkamol va o‘z kasbining mutaxassisi qilib tarbiyalashdir. Barkamol insonning shakllanishi, munosib kasbni egallashi va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi juda muhimdir. Kasbiy shakllanish jarayonining o‘ziga xos bosqichlaridan biri — bu kasbni tanlashdir. Bu jarayonda yoshlarning qiziqishlari, iste’dodlari va individual imkoniyatlarini hisobga olish juda zarur. Ular uchun to‘g‘ri kasbni tanlash nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat uchun, balki butun jamiyatning rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. “Yoshlarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirilishi – bu uning yetuk mutaxassis sifatida ongli ravishda o‘zini o‘zi maqsadga yo‘naltirilgan holda kasbiy rivojlantirish jarayonidir. Bu jarayon kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni, shaxsiy va kasbiy sifatlarini mustaqil takomillashtirishni o‘z ichiga qamrab oladi va quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir: -shaxsiy sifatlarni kamol toptirish; -intelektual rivojlanish; -kasbiy rivojlanish; -jismoniy komillik. Xususan, mutaxassis o‘zini-o‘zi kasbiy rivojlantirishi uchun qator zarur sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
844 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: -kasbiy masalalarni yechishga ichki motivatsiya; -kasbiy masalalarni yechish jarayonida yuqori natijalarga erishishga intilish; -kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning mazmunini tushunish va metodik asoslarini bilish” Shuningdek, ta’lim jarayonida ilmiy bilimlarni boyitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Bu orqali yosh avlod nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ladi, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishadi. Umuman olganda, ta’lim islohotlari doirasida kasbiy tayyorgarlik jarayonini sifatli tashkil etish orqali biz kelajakda mamlakatimiz ravnaqi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashimiz mumkin. Birinchidan, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning amaliy faoliyat tajribasini shakllantirishga alohida e’tibor berilishi zarur. “Bu esa o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish qobiliyatini oshiradi. Masalan, loyiha asosidagi ta’lim metodlari, guruhli ishlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar real hayotdagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini egallashlari mumkin” [5]. Ikkinchidan, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish orqali o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash jarayonlari tashkil etilishi lozim. Bu kompetensiyalar orasida muloqot qobiliyati, jamoa bilan ishlay olish, tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmalari yetakchi o‘rin tutadi. O‘qituvchilar ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan darslar va faoliyatlarni rejalashtirishi juda muhimdir. Uchinchidan, maktab ta’limi shaxsning ijtimoiy va hissiy rivojlanishini ham qo‘llabquvvatlashi kerak. “O‘quvchilarga muomala madaniyatini, empatiya va rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish orqali ularning jamiyatda faol ishtirok etishiga yordam beriladi” [6:23-25]. Oila ham ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Oila a’zolarining ta’limga bo‘lgan yondoshuvi, motivatsiyasi va qo‘llab-quvvatlashi o‘quvchilarning muvaffaqiyatli bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun maktablar ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilishi kerak. Umuman olganda, maktab ta’limi nafaqat bilim berishdan iborat emas, balki har tomonlama rivojlangan shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan kompleks jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bunday maqsadlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish juda muhimdir. Аdabiyot darslarining o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari: 1. Аxloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni shakllantirish: Аdabiy asarlar insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat, vatanparvarlik, burch, vijdon kabi axloqiy tushunchalarni o‘quvchilar ongiga singdirishda muhim rol o‘ynaydi. Аdabiy qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish orqali o‘quvchilar yaxshi va yomonni farqlash, to‘gʼri qaror qabul qilish, xatolardan saboq olish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uygʼunligini taʼminlash, o‘quvchilarda o‘z xalqiga va jahon madaniyatiga hurmat hissini shakllantirish. 2. Empatiya va ijtimoiy masʼuliyatni rivojlantirish:
845 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Аdabiy asarlar o‘quvchilarni boshqa insonlarning his-tuygʼularini tushunishga, ularga hamdard bo‘lishga, ularning dardini his qilishga o‘rgatadi. Qahramonlarning ijtimoiy muammolarga munosabatini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi kurashish, muhtojlarga yordam berish, atrof-muhitni himoya qilish kabi ijtimoiy masʼuliyat hissini shakllantirish. Turli madaniyat vakillarining hayoti va urf-odatlari bilan tanishish orqali o‘quvchilarda bagʼrikenglik, tolerantlik va boshqa xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash. 3. Tanqidiy fikrlashni va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘stirish: Аdabiy asarlardagi voqealarni, qahramonlarning xatti-harakatlarini va muallifning gʼoyasini tahlil qilish orqali o‘quvchilar axborotni tanqidiy baholash, sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va xulosa qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Qahramonlar duch kelgan muammolarni tahlil qilish, ularning yechimlarini izlash orqali o‘quvchilar hayotiy muammolarni hal qilishning turli yo‘llarini o‘rganadilar. Аdabiy asarlar asosida munozaralar, diskussiyalar, debatlar tashkil qilish orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini asoslash, boshqalarning nuqtai nazarini hurmat qilish, murosaga kelish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. 4. Kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish: Аdabiyot darslarida guruhli ishlar, loyihalar, rolli o‘yinlar tashkil qilish orqali o‘quvchilar bir-birlari bilan muloqot qilish, fikr almashish, o‘z fikrini bayon qilish, boshqalarni tinglash, umumiy maqsad sari harakat qilish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Аdabiy asarlar asosida sahnalashtirishlar, adabiy kechalar, uchrashuvlar tashkil qilish orqali o‘quvchilar o‘z isteʼdodini namoyon qilish, omma oldida chiqish, o‘z fikrini go‘zal va taʼsirchan ifodalash kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. 5. Ijodiy tafakkurni va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish: Аdabiyot darslarida ijodiy yozuv, esselar, sheʼrlar, hikoyalar yozish, rasmlar chizish, musiqa yaratish kabi topshiriqlar berish orqali o‘quvchilar o‘z ichki dunyosini ifodalash, tasavvurini kengaytirish va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Аdabiy asarlarning qahramonlari bilan o‘zini solishtirish, ularning taqdiridan saboq olish orqali o‘quvchilar o‘z shaxsiyatini anglash, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, hayotdagi maqsadlarini belgilash kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. 6. Аxborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish: Аdabiy asarlar haqida maʼlumot izlash, tahlil qilish va saralash orqali o‘quvchilar axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ishonchli manbalarni aniqlash, maʼlumotlarni qayta ishlash va xulosa qilish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. “Globallashuv sharoitida yosh avlodni hayotga tayyorlashning ahamiyati: Jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi va axborot oqimining kuchayishi yosh avloddan doimiy o‘zgarishlarga moslasha olish, mustaqil qaror qabul qilish, kreativ fikrlash va innovatsion yechimlarni topa olish kabi ko‘nikmalarni talab etadi” [7]. Global muammolar (iqlim o‘zgarishi, ekologik tanglik, migratsiya, terrorizm) yechimida faol ishtirok etadigan, masʼuliyatli vatandoshlarni tarbiyalash zarurati. Milliy qadriyatlarni saqlagan holda, jahon sivilizatsiyasiga integratsiyalashuv jarayonida yoshlarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.
846 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 REFERENCES 1. Ласкина Н.В. Комментарий к Федеральному закону от 22.08.1996 N 125-ФЗ "О высшем и послевузовском профессиональном образовании". -Специально для системы ГАРАНТ, 2012 г. 2. А. Г. Кутузов, Е. С. Романичева "Методические рекомендации к учебникам "В мире литературы" А. Г. Кутузова и Е. С. Романичевой". 3. Альбеткова Р.И. и др. Активные формы преподавания литературы. М., 1991. Методика преподавания литературы: хрестоматия-практикум: учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / автор-сост. Б. А. Ланин. М., 2003. 4. Darslik umumiy.ped. 5. Влияние различных педагогических факторов на развитие критического мышления у будущих учителей начальных классов. 6. Bykovskyi T.V. Contents of Professional Training of Future After-School Teachers in Pedagogical Universities of Ukraine. 2019 International Council on Technologies of Environmental Protection (ICTEP). 23-25 October 2019. 7. Tatiana Tkacheva; Zoya Sazonova. Creativity development as indisputable component of long-life education. Published in: 2014 International Conference on Interactive Collaborative Learning (ICL). 2014.