TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI MILLIY VA XALQARO STANDARTLARDA AKS ETTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada 4-sonli Tovar moddiy zaxiralari nomli BHMS (Buxgalteriya hisobining milliy standartlari) bo‘yicha TMZ (tovar moddiy zahiralari) tannarxini baholash, ularni aktiv sifatida qabul qilish shartlarini o‘rganish hamda xarajat sifatida tan olish va 2-sonli BHXS (Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari) bo‘yicha TMZ lar aks ettirilishi kabi masalalar o‘rganilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 27 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17735633 TOVAR MODDIY ZAXIRALARINI MILLIY VA XALQARO STANDARTLARDA AKS ETTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI N.M.Sharipova Termiz davlat universiteti “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada 4-sonli Tovar moddiy zaxiralari nomli BHMS (Buxgalteriya hisobining milliy standartlari) bo‘yicha TMZ (tovar moddiy zahiralari) tannarxini baholash, ularni aktiv sifatida qabul qilish shartlarini o‘rganish hamda xarajat sifatida tan olish va 2-sonli BHXS (Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari) bo‘yicha TMZ lar aks ettirilishi kabi masalalar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar. TMZ(tovar moddiy zahiralari) va ularning tarkibi, BHMS (Buxgalteriya hisobining milliy standartlari), BHXS (Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari), xarajat sifadida tan olish, sotib olish va qayta ishlash. ОСОБЕННОСТИ ОТРАЖЕНИЯ ТОВАРНО-МАТЕРИАЛЬНЫХ ЗАПАСОВ В НАЦИОНАЛЬНЫХ И МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТАХ АННОТАЦИЯ В данной статье изучены вопросы оценки себестоимости товарноматериальных запасов (ТМЗ) в соответствии с НСБУ № 4 «Товарноматериальные запасы», условия принятия их в качестве актива, признания в качестве расхода, а также отражение ТМЗ в соответствии с МСФО (IAS) 2 «Запасы».
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 28 Ключевые слова: ТМЗ (товарно-материальные запасы) и их состав, НСБУ (Национальные стандарты бухгалтерского учёта), МСФО (Международные стандарты финансовой отчётности), признание в качестве расхода, приобретение и переработка. FEATURES OF ACCOUNTING FOR INVENTORIES UNDER NATIONAL AND INTERNATIONAL STANDARDS ABSTRACT This article examines the valuation of the cost of inventories (TMZ) under NSBU No. 4 “Inventories”, the conditions for their recognition as assets, their recognition as an expense, as well as the presentation of inventories under IFRS (IAS) 2 “Inventories”. Keywords: inventories (TMZ) and their composition, NSBU (National Standards of Accounting), IFRS (International Financial Reporting Standards), recognition as an expense, acquisition and processing. KIRISH. Tovar-moddiy zaxiralari - sotib olingan va qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarni qamrab oladi, masalan savdo tashkiloti tomonidan sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanadigan tovarlar, yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan yer va boshqa mulklar. Tovar-moddiy zaxiralar jumlasiga, shuningdek, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, yoki tugallanmagan ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo‘ljallangan xom ashyo va materiallar kiradi. Xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uchun tovar-moddiy zaxiralariga, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar ham, ular bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar haligacha tan olinmagan bo‘lsada, kiradi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda tayyor maxsulot holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 29 1-rasm. Tovar tashish xarajatlarining tarkibi 20 Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) Quyidagilar tovarmoddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi: ❖ tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; ❖ tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; ❖ tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish baholash); ❖ tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi. 20 A.M.Xudoyqulov Nomoddiy aktivlar yaratishda jalb etiladigan tovar moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash hisobi Moliya va bank ishi elektron ilmiy jurnali. -2020. -106-121 betlar TAYYORLASH XARAJATLARI BARCHA TURDAGI TASHKILOTDA TASHISH XARAJATLARI TRANSPORT TASHISHDA YUZAGA KELADIGAN XARAJATLARNI SUG'URTALASH YUKLASH TUSHURISH ISHLARI (FRAXT) UCHUN TO'LOVLAR
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 30 1-jadval Fleshka maxsulotini oy davomida material sifatida kirim qilib borish davomiyligi 21 T/ r Fleshka mahsuloti ni xarid qilish sanalari O‘lchov birligi Miq - dori Bir dona fleshkanin g narxi (so‘mda) Transpor t tayyorlov xarajatla ri Xarajatlar umumiy miqdori Bir dona fleshka tannarx i so‘mda 1 2 3 4 5 6 7(4*5+6) 8(7/4) 1-yanvar xolatiga boshlang‘ich qoldiq dona 1000 50000 65000 50065000 50065 1 2-yanvar dona 5000 45000 60000 22506000 45012 2 15-yanvar dona 2500 55000 55000 13755500 55022 Jami mavjud zaxiralar x 8500 x 180000 412680000 x Yuqoridagi keltirilgan oylik davomida ishlab chiqarishga 7500 dona maxsulot yo‘naltirildi - 2500 1yanvar xolatidagi boshlang‘ich qoldiqdan; -3000 2-yanvar xolatidagi 1-partiya kirim qilingan maxsulotdan; -2000 15-yanvar xolatidagi 2-partiya kirim qilingan maxsulotdan. 21 Muallif tomonidan yaratildi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 31 Tovar moddiy zahiralarini xarajat sifatida tan olish quidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: • Tovar-moddiy zaxiralar sotilganida, ushbu zaxiralarning balans qiymati xarajat sifatida, ular bilan bog‘liq bo‘lgan daromad tan olinadigan davrda, tan olinishi lozim. • Har qanday tovar-moddiy zaxirani sof sotish qiymatigacha kamaytirish summasi va zaxiralar bo‘yicha yo‘qotishlar ushbu kamaytirish yoki yo‘qotish ro‘y bergan davrda xarajat sifatida tan olinishi lozim. • Sof sotish qiymatining oshishi natijasida kelib chiqadigan tovar-moddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklanishi summasi, xarajat bo‘lib tan olingan TMZlar summasining kamayishi sifatida bunday qayta tiklash ro‘y bergan davrda tan olinishi lozim. Ba’zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati o‘z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi sifatida boshqa aktivlar hisobvaraqlariga olib borilishi mumkin. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi. 2-jadval. Tovar moddiy zahiralarining harakatiga oid buxgalteriya o‘tkazmalari 22 T/r Operatsiya mazmuni Debet Kredit 1. Obyektlarni qurishda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi kapital quyilmalar xarajati kiritilishi 0810 02110299 2. Obyektlarni qurishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasini xarajatga kiritilishi 0810 05100590 22 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 21-sonli BXMS
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 32 3. O‘rnatilgan asbob uskunalar montajga topshirilishi 0810 07100720 4. Sarflangan qurilish va boshqa materiallar qiymati kapital quyilmalar bo‘yicha xarajatga kiritildi 0810 10101090 5. Yordamchi ishlab chiqarishning kapital qo‘yilmalarga ko‘rsatgan xizmatlari xisobdan chiqarish 0810 2310 6. Kapiyal quyilmalardan foydalanilgan bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha foiz hisoblanishi 0810 6920 2-jadvaldagi 5-buxgalteriya o‘tkazmasi yordamchi ishlab chiqarishning tugallanmagan ishlab chiqarishga ko‘rsatgan xizmatlarini hisobdan chiqarishda 0810tugallanmagan qurilish schyoti debitidan o‘tib keladi va bu bilan 2310-yordamchi ishlab chiqrish schyoti kreditlanadi ADABIYOTLAR TAHLILI. 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartining 12-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida tovar moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti bo‘yicha amalga oshiriladi: • balans tuzilayotgan sanadagi tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi); • balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qilishning sof qiymati (BHMS, 2020). Rossiya Federatsiyasida esa tovar-moddiy zaxiralar hisobi bo‘yicha 2001 yilda 5/01-sonli “Moddiy ishlab chiqarish zaxiralari hisobi” nomli buxgalteriya hisobi Nizomi tasdiqlangan. Mazkur Nizom 2021 yil 1 yanvardan o‘z kuchini yo‘qotishi Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi buyrug‘i bilan belgilab qo‘yilgan (Prikaz, 2019). Hozirgi kunda amalda bo‘lgan 5/01-sonli “Moddiy ishlab chiqarish zaxiralari
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 33 hisobi” nomli buxgalteriya hisobi Nizomining 5-bandiga muvofiq, material ishlab chiqarish zaxiralari buxgalteriya hisobiga ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha qabul qilinishi alohida keltirib o‘tilgan bo‘lsa-da, xo‘jalik sikli yakunlarida tovar-moddiy zaxiralar (keyingi o‘rinlarda – TMZ lar) realizatsiya qilishning sof qiymati yoki balans qiymati kabi qiymatlarning eng pastini tanlash yo‘li bilan baholanishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan. Shuningdek, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunining 17-moddasida keltirib o‘tilgan bo‘lsada, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Rossiya federatsiyasining federal qonunida bu to‘g‘risida modda va ma’lumotlar keltirib o‘tilmagan (Qonun, 2016; Zakon, 2013). Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston hisob siyosati tizimida mahsulot (tovar, ish yoki xizmat) lar tannarxini pasaytirish, soliqqa tortiladigan foydani ko‘paytirish va qolaversa sof foydani ko‘paytirishga aniq bir yuridik asoslar ishlab chiqilib, takomillashtirib borilmoqda. Yana bir tahlilni keltirib o‘tamiz. 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartining 62-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi: 1. Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha; 2. O‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO); 3. Tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO) (BHMS, 2020). Vaziyatni Rossiya Federatsiyasi buxgalteriya hisobi tizimi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 2001 yil 9 iyundagi 5/01-sonli “Moddiy ishlab chiqarish zaxiralari hisobi” nomli buxgalteriya hisobi Nizomining 16-bandiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasida material ishlab chiqarish zaxiralarini ishlab chiqarishga chiqim qilishda (sotish narxi bilan hisobga olinadigan tovarlardan tashqari) va boshqacha hisobdan chiqarilishida ular bahosi quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi:
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 34 1. Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha; 2. O‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO); 3. Tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqtda dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO). 4-LIFO usuli 2008 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llanilishdan to‘xtatilganligi alohida belgilab qo‘yilgan (Prikaz, 2007). XULOSA. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Rossiya Federatsiyasining 2001 yil 9 iyundagi “Moddiy ishlab chiqarish zaxiralari hisobi” nomli 5/01-sonli buxgalteriya hisobi Nizomida keltirilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar” nomli buxgalteriya hisobi milliy standartida tovar-moddiy zaxiralarning boshqacha chiqim qilinishida tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi, AVECO va FIFO usullarini qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida vaziyat va masala ko‘rinishidagi ma’lumotlar uchramaydi. Bundan tashqari tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi, AVECO, FIFO va LIFO usullari, davriy hisob, uzluksiz hisob va boshqa metod hamda yo‘llarning amalda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi batafsil tahliliy misol va masalalar Rossiya Federatsiyasi nashr etgan adabiyotlardagiga nisbatan O‘zbekistonda nashr etilgan adabiyotlarda ancha kam uchraydi. Milliy va xalqaro hisob tizimida nomoddiy aktivlar tushunchasi mavjud bo‘lib, biz mazkur aktivlarni - moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan aktivlar (MHXS, 2013), - deb ta’riflaymiz. Ammo aniq bir vaziyatda talqin qiladigan bo‘lsak, deylik bugungi kunda amaliyotda keng tarqalgan 1 S dasturiy mahsuloti yoki boshqa bir dasturiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxona disklardan foydalanadi, ya’ni ishlab chiqarishga material sifatida kirim qiladi va o‘z qabul qilgan hisob siyosatiga muvofiq qoldiq zaxiralarni davriy yoki doimiy (uzluksiz) hisobda va boshqa metodlarda aks ettirish jarayonlarini bosqichma-bosqich bosib o‘tadi. Bunda davriy hisob jarayoni metodi va doimiy (uzluksiz) hisob jarayoni metodlarini qo‘llashning ahamiyati beqiyos bo‘lib hisoblanadi. Doimiy (uzluksiz) hisob jarayoni metodini amaliyotda standart (oddiy) metod deb, davriy hisob jarayoni metodini esa modifikatsiyalangan (turlangan, o‘zgartirilgan) yoki sirpanchiq metod, deb ham atashadi. Mazkur vaziyatlarda korxona
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 14 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 35 nomoddiy aktivlarning moddiy ko‘rinishi uchun (disk uchun) xarajatlarni amalga oshiradi. Buning natijasida ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan materillar zahiralari qiymatining hisoblashda xalqaro hisobda foydalaniladigan tannarx usuli asosda ishlab chiqarishga jalb etiladigan tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli, AVECO, FIFO va LIFO usullarini shartli ravishda vaziyatli asoslarda misollar bilan birmabir ko‘rib, o‘rganib chiqamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Murojaatnoma (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020. https://president.uz/uz/lists/view/3324# ; BHMS (2020) O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar». O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020 yil 28 maydagi 24-son buyrug‘iga ilova. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda 3259raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2. Prikaz (2019) Dokument utrachivayet silu s 1 yanvarya 2021 goda v svyazi s izdaniyem Prikaza Minfina Rossii ot 15.11.2019 N 180 n. 3. Qonun (2016) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (yangi tahriri). 2016 yil 13 aprel, O‘RQ-404-son. Toshkent sh. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2016. – № 15. – 172-modda. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 28.05.2020 y. 24-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti № 4 “Tovar-moddiy zaxiralar” (AV 30.06.2020 y. 3259-son bilan ro‘yxatga olingan) // lex.uz/docs/4890446. 6. Buxgalteriya hisobining milliy standarti № 1 “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” // norma.uz.