AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI
Full text
289 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI Xudoyberdiyeva Mohiniso Bobomurodovna Abdullayeva Nilufar Xudoynazar qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17735771 Annotatsiya: Sohibqiron Amir Temurning yurishlari, janglari va o‘z hududini davlat miqyosiga ko‘targan jasur sarkarda haqida quyidagi maqolada ko‘rib chiqamiz. XIV asrning ikkinchi-yarmi, ya’ni Amir Temur Markaziy Osiyoda mustaqil davlat barpo etib , so‘ngra hududiy jihatdan Yevroosiyo bo‘ylab yastangan va hatto Misrni bo‘ysundirib Afrikagacha o‘tgan ulkan imperiya tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Amir Temur tuzgan davlat tasarrufiga hozirgi O‘rta Osiyo, Iroq, Eron, Turkiya, Hindiston, Mo‘g’uliston, Kavkaz va boshqa hududlar kirgan. Amir Temur bosib olgan hududlarda tartib, qonun qoida tizimini o‘rnatadi. Ushbu maqola aynan Amir Temur yurishlariga bag’ishlangan. Amir Temurning jang uslubi va hududlarga qilingan urushning sababi aytib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Movarounnahr, Xuroson, uch yillik urush, Loy jangi, yetti yillik urush, Anqara jangi, Dehli sultonligi, Temur tuzuklari, To‘xtamishxon, Oltin O‘rda, Ermitaj muzeyi, Annotation: In the following article, we will consider the campaigns, battles, and the brave general who raised his territory to the level of a state under the rule of Sahibgirin Amir Temur. In the second half of the 14th century, that is, Amir Temur established an independent state in Central Asia, and then managed to create a huge empire that stretched across Eurasia and even subjugated Egypt in Africa. The administration of the state created by Amir Temur included present-day Central Asia, Iraq, Iran, Turkey, India, Mongolia, the Caucasus, and other regions. Amir Temur establishes a system of law and order in the occupied territories. This article is dedicated to the campaigns of Amir Temur. Amir Temur's fighting style and the reason for the territorial war are mentioned. Key words: Movarounnahr, Khurasan, three-year war, Battle of Loy, seven-year war, Ankara battle, Delhi Sultanate, Timur's rule, Tokhtamysh Khan, Golden Horde, Hermitage Museum, Аннотация: В следующей статье мы рассмотрим походы, сражения и отважного полководца, поднявшего свою территорию до государственного уровня Сахибгирона Амира Темура. То есть во второй половине XIV века Амир Темур основал независимое государство в Средней Азии, а затем сумел создать огромную империю, которая простиралась по всей Евразии и даже подчинила Египет Африке. В управление созданного Амиром Темуром государства вошли нынешняя Средняя Азия, Ирак, Иран, Турция, Индия, Монголия, Кавказ и другие регионы. Амир Темур устанавливает систему правопорядка на оккупированных территориях. Данная статья посвящена походам Амира Темура. Упоминается боевой стиль Амира Темура и причина территориальной войны. Ключевые слова: Моваруннахр, Хорасан, Трехлетняя война, Битва при Лое, Семилетняя война, Анкарская битва, Делийский султанат, правление Тимура, Тохтамыш-хан, Золотая Орда, Эрмитаж. Kirish: Movarounnahr, Eron, Afg’oniston va Ozarbayjonda 1370-yildan 1506-yilgacha hukmronlik qilgan temuriylar sulolasining vujudga kelishi Amir Temur nomi bilan bog’liq. Amir Temur – Markaziy Osiyo tarixida eng yirik sarkarda sifatida tanilgan shaxsdir. U turli yurishlari orqali nafaqat o‘z saltanati hududini kengaytirgan, balki harbiy san’atni yangi bosqichga olib chiqqan. U Movarounnahrdan boshlab, Hindiston, Fors, Kavkaz, Kichik Osiyo va Rossiyaning janubiy hududlarigacha bo‘lgan keng yerlarni harbiy yurishlar orqali o‘z nazoratiga olgan.
290 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Amir Temurning harbiy yurishlari o‘z davrida Markaziy Osiyoni kuchli davlat markaziga aylantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, zamonaviy tarixshunoslikda bu yurishlarning maqsadi, uslubi va uzoq muddatli ta’siri to‘liq ochib berilmagan. Temur nomi ko‘pincha “zabt etuvchi” sifatida esga olinadi, ammo uning harbiy yurishlaridagi strategik chuqurlik, iqtisodiy asos va diplomatic yurishlar hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Temurbek tarixiy atoqli shaxs, uning ishlari va hayoti O‘rta Osiyoda, jahonning ko‘pgina mamlakatlarida yorqin iz qoldirgan. Bizning kunlargacha yetib kelgan manbalarning asosiy mazmunini eng avvalo, Temurning harbiy yurishlarini, tavsiflash tashkil etadi. Amir Temur tarix sahnasiga Chig’atoy ulusining uzil-kesil parchalanishi davrida chiqdi. Bu ulusning parchalanishi XIV asrning 40-yillarida sulolaviy nizolar va o‘zaro urushning kuchayishi natijasida boshlangan edi. Chig’atoy ulusi xavf yoqasiga kelib qolgan edi va bundan Mo‘g’uliston xoni Tug’luq Temur (1348-1363) foydalanib qoldi. Bu vaqtda Tug’luq Temur Movarounnahrga tez-tez yurishlarini amalga oshirib turdi. 1361-yilda anchagina hududni qo‘lga kiritdi. Tug’luq Temurning o‘zi esa Mo‘g’ulistonga qaytib, o‘g’li Xizrxo‘jani Movarounnahrda qoldiradi. Temurni esa uning xizmatiga tayinlaydi. Biroq yosh hokim bo‘shang va irodasiz edi. Shu sababdan Temur o‘ziga o‘xshagan yosh va g’ayratli Husayn bilan birga kelishib ish qilishga harakat qiladi. Bu ikki do‘st Garmsir viloyatida uchrashishga ahd qilishadi. Bundan ushbu viloyat hokimi Malik Qutbiddin ulardan o‘z dushmanlariga qarshi foydalanmoqchi edi va bu ishni uddaladi. 1362-yilda Seistonda bo‘lgan jangda Amir Temur o‘ng qo‘li va o‘ng oyog’idan og’ir yaralandi. Oqibatda uning oyog’i esa umrbod oqsoq bo‘lib qoldi. 1362-1363 -yillardagi voqealar esa Temur va Husaynning mo‘g’ullarga qarshi kurashi ostida o‘tdi. 1363-1364-yillarda esa ular mo‘g’ullar ustidan 3 marotaba g’olib chiqdilar. 1364-yildagi mo‘g’ullar bilan bo‘lgan jangda Temur va Husayn g’olib chiqadi. Mo‘g’ullar tomonidan tayinlangan amirlar esa asirga olinadi. Ammo Tug’luq Temurning o‘g’li Ilyosxo‘ja esa Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni hohlamay 1365 - yilning bahorida qo‘shin tortadi. Temurbek va Husayn ham o‘z qo‘shinlarini Sirdaryo bo‘yiga olib keldilar. 1365-yilning 22-mayida erta tongda Chinoz bilan Toshkent oralig’ida qonli jang boshlanadi. Temur mo‘g’ullarning o‘ng qanotini yanchib tashlagan vaqtda Husayn qo‘shinni so‘l qanotga tashlamay jang maydonini tark etadi. Buning ustiga osmonni bulut qoplab kuchli jala yog’adi. Natijada Temur jang maydonini tark etishga majbur bo‘ladi. Bundan keyin esa Ilyosxo‘ja hech qanday qarshiliksiz Samarqandni egallaydi. Ammo xalq qarshi chiqadi va 1366yildan sarbadorlar harakati vujudga keladi. Oddiy xalq kurashga kirib Ilyosxo‘ja chekinishga majbur bo‘ladi. Bunday vaziyatdan xabar topgan Temur foydalanib qolishga harakat qildi. Temur Movarounnahrga yurishni boshlab yubordi va shu yili Konigil mavzeyiga kelib tushadi. Sarbadorlar harakati boshliqlari esa Husayn buyrug’i bilan qatl etiladi. Temur esa Mavlanozodaning hayotini Husayndan so‘rab jonini saqlab qoladi. Husaynning ochko‘zligi Temurga nisbatan adovati tufayli ularning o‘rtasi tobora yomonlasha boshlaydi. 1366-yildan boshlab ikki do‘st o‘rtasida ochiqchasiga kurash boshlandi. 1370 -yilda Temur Husaynga qarshi jangga otlanadi va bu paytda har tomondan jangchilar kelib Temur tomonga qo‘shilar edi. Husayn ikki kun davomida qamalda qolib ketadi va ushbu jangdan so‘ng taslim bo‘ladi. Amir Husayn esa qatl etiladi. Movarounnahr o‘rtasida ikki amir o‘rtasida kechgan kurash shu tarzda yakunlandi. Tarixshunoslikda Temurning mashhur hamda eng katta harbiy yurishlarini 3 asosiy davrga bo‘lish rasm bo‘lgan:1386 -yildan boshlangan “uch yillik yurish” davri Movarounnahrga bostirib kelgan Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon ustidan bo‘ladi, 1392-yildan boshlangan “besh yillik yurish”da Kaspiybo‘yi viloyatlari, g’arbiy Eron hamda Bag’dod zabt etildi, janubiy Rusiyaga
291 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yurish amalga oshirildi, Terek daryosi bo‘yida To‘xtamishxon qo‘shinlari tor-mor etildi, Hindiston hududiga kirildi. 1399-yildan boshlangan “yetti yillik yurish”da esa Ozarbayjon va Kavkazorti hududlari zabt etiladi. Asosiy qism: Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach (1370), uning xalqaro miqyosidagi faoliyati , o‘z mavqeini mustahkamlash va Movarounnahrni yuksaltirish edi. 1371-yili Amir Temur birinchi bor Mo‘g’ulistonga yurish qilib, Ili vodiysigicha yetib boradi. So‘ngra Chig’atoy ulusining g’arbiy chegaralarini tiklashga kirishdi.O‘z vaqtida Chingizxon butun hududini o‘g’illariga taqsimlab bergan edi. O‘rta Osiyoni Chig’atoyga, Xorazmni esa Jo‘jiga bergan edi. Qo‘ng’irot urug’idan bo‘lmish Xusayn So‘fi XIV asrnin 60 yillaridan Oltin O‘rda xonligida boshlangan nizolardan foydalanib Xorazmda hokimiyatni qo‘lga olgan edi.[ 2 ] Dastlab Temur Xorazmni tinch yo‘l bosib olishga urundi va Alafa tavochi boshchiligida 1371-yilda elchi yuboradi. Ammo Husayn So‘fi elchilarni zindonga tashlashni buyuradi va ushbu voqeadan keyin Temur Xorazmga yurish qiladi. Xorazmga birinchi yurishi 1371-yilning iyul oyida yuz berdi va Kat shahrini qamal qildi. Husayn So‘fi esa bunday og’ir vaziyatni ko‘tara olmay vafot etdi. Uning vorisi Yusuf So‘fi bilan esa sulh tuziladi. Xorazmga 2yurishi esa 1373-yilda sodir bo‘ladi. Bunga sabab amaldorlarning Yusuf So‘figa qarshi gij-gijlashi sabab bo‘ldi. 3yurishi esa 1375-yilda amalga oshirildi va bunga Soribug’o va Alimshoxlarni ko‘targan isyoni sabab bo‘ladi. 4-yurishi 1379-amalga oshiriladi bunda So‘fining Temurning chegaradosh hududlarini talon -taroj qilishi sabab bo‘ladi. Biroq Xorazmning yangi hokimi Sulaymon So‘fi , Otin O‘rda xoni To‘xtamishxon bilan birlashib chegara hududlariga bostirib kirishi bilan Temurning Xorazmga 5-yurishi boshlanadi. 1388-yilda boshlangan urush Sulaymon So‘fini qochib ketishi va Gurganjning egallanishi bilan tugaydi. [3] Amir Temur Jo‘ji ulusi (Oq O‘rda va Oltin O‘rda ) va Mo‘g’uliston hukmdorlari bilan uzoq vaqt davomida kurash olib bordi. Bu kurashdan asosiy maqsad esa shimoliy-g’arbiy va shimoliysharqiy sarhadlarini Dashti qipchoq ko‘chmanchilaridan muhofaza qilish edi. Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uchun Jo‘ji ulusidagi o‘zaro feodal tarqoqlikdan foydalandi. Bunday imkoniyat 1376-yilda tug’ildi. Oq O‘rda va Oltin O‘rdani birlashtirish haqida Urusxon farmon chiqaradi va albatta bunga qarshi chiquvchilar ham bo‘ldi. Ularning orasida Mang’ishloq hokimi, To‘xtamishxonning otasi, o‘zbek o‘g’lonlaridan biri To‘yxo‘ja ham bo‘lib, shu tufayli uni qatl ettiradi. To‘xtamish esa undan xavfsirab Samarqandga qochib keldi. Temur unga bir necha bor Oq O‘rda taxtini olib berdi, ammo u toju-taxtni qo‘lda tutib turolmadi. Oq O‘rda taxtini Qo‘yrichoq o‘g’londan zo‘rlik bilan tortib olindi va bu safar To‘xtamish 1376 yilda Oq O‘rda taxtini uzil-kesil egalladi. Bunda esa Amir Temur yuborgan ikki yirik qo‘mondon G’iyosiddin tarxon va Niki qavchin boshchiligida qo‘shin yuboriladi va ular misli ko‘rilmagan yordam beradi. Amir Temur bundan mamnun edi, chunki u “To‘xtamish endi ishonchli va chizgan chizig’idan chiqmaydi” , deb umid qilgan edi. Lekin To‘xtamish uning umidlarini puchga chiqardi va birozdan keyin, Oltin O‘rdani Oq O‘rdaga qo‘shib Jo‘ji ulusining ikkala qismini birlashtirib olgandan keyin, Temur davlatiga nisbatan dushmanlik siyosatini yurita boshladi. To‘xtamish Oltin O‘rda yerlarini yanada kengaytirishga intilib, Kavkazortiga bir qancha yurishlar qildi. 1385-yilda esa Tabrizni egallash uchun qo‘shin yubordi, bu yerlar esa Temur tasaarufida edi. Temur To‘xtamishga qarshi uch marta (1389, 1391, 1395) qo‘shin tortdi. Unga qarshi birinchi yurishda To‘xtamish mag’lub bo‘ldi. Samara bilan Chistapol oralig’ida joylashgan Qunduzcha degan yerda 1391-yil 18-iyunda sodir bo‘lgan jangda To‘xtamish tormor etildi. Temur bu yurishdan juda katta o‘lja va asirlar bilan qaytdi. Temur bu yurishdan xotira sifatida Ulug’tog’ etagidagi toshga bitik yozdirib qoldirdi. Shu kunlarda bu bitik topilib,
292 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc hozirgi kunda Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Shunga qaramasdan, To‘xtamish hali uzil-kesil bartaraf qilinmagan edi. Tez orada u Jo‘ji ulusining harbiy-siyosiy qudratini tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Temur tinchlik bilan sulh tuzmoqchi bo‘ldi, lekin To‘xtamish bunga rozi bo‘lmadi. 1395-yil 16-aprelda har ikkalasi o‘rtasida hal qiluvchi jangler boshlandi. Janglar 30-35km masofada olib borildi. Nihoyat, Amir Temur zafar qozondi. Shundan so‘ng Temur o‘z qo‘shini Moskva davlati yerlari tomon boshladi va Eletsni egalladi. Tarixchilarning takidlashicha, Moskvani egallab uning atrofidagi yerlarni talon-taroj qiladi. Amir Temurning o‘zi Azak (Dondagi Azov)ni olgach, cherkaslar yeriga bostirib kirgan, so‘ngra qo‘shinni Dog’iston tomon boshlagan. Kula va Tars degan mustahkam qal’alarni egalladi. 1395-1396-yilning qishida Ashtarxon ham olinib unga o‘t qo‘yiladi. Amir Temur To‘xtamishni yengandan keyin davlatning ichki ahvolini va o‘zining mavqeini mustahkamladi. 1381-yildan keyingi janglar Temur tomonidan shavqatsiz tarzda olib borildi. 1381-1382yillarda Temur Eronga ikki marta yurish qildi. Bunda Kelot, Turshiz, Sabzavor, Mozandaron bo‘ysundirildi. 1383-yili Seistonga yurish qilib, uning eng muhim shaharlari - Zirex , Zova, Farax, Bust qo‘lga kiritildi. 1384-yilda Temur Astrabod va Ozarbayjonga yurish qilib, Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz kabi shaharlarni egalladi. 1386-1388-yillarda Ozarbayjon va Fors egallandi. Qora Yusuf turkmanlarning yerlari Gurjiston va Armaniston ham bo‘ysundirildi. Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lib moli omon to‘lashga rozi bo‘lgan shaharlarga tegmagan, jangchilarini kiritmagan faqat soliq yig’ib oluvchilarni kiritgan. Amir Temurning Hindistonga harbiy yurishi 1398 -yilda ro‘y berdi. Ushbu jangda Temurning nevarasi Pirmuhammad Mirzo ham qatnashadi. Dehli yaqinida Amir Temur qo‘shini 30 ming kishilik qo‘shin to‘plagan Dehli sultonligining lashkarboshisi Mullaxonning qarshiligiga duch keladi. 1398-yilning 10-dekabrda Mullaxon qo‘mondonligidagi qo‘shin jangda mag’lubiyatga uchraydi. 1399-yil 7-yanvarda Temur gabrlar yashaydigan Meerut shahrini egallab oladi. Harbiy yurishdan so‘ng Temur Samarqandga katta boylik va mohir hunarmandlar bilan qaytib keladi. 1399-yil iyulda Amir Temur Hindistondan Ozarbayjon hududiga kelib Tabrizni qarorgoh qiladi. Tabrizda turganida turk sultoni Boyazidga maktub yo‘llab unga o‘zining Qora Yusuf va Bag’dod hokimi Ahmad ibn Uvays bilan bo‘ladigan urushda betaraf mavqeda bo‘lishini ishora qoladi. Ammo Boyazid Temurning bu maslahatini inobatga olmadi va uning xatiga “ yordam so‘ragan odamni o‘z holiga tashlab qo‘yish turklarning odatidan emas “ – deb qo‘rslik bilan javob qaytardi. [1 ] 1400yil noyabrda Amir Temur qo‘shinlari alBaxasna ustiga yurish qildi. Qo‘shinning qudratini ko‘rgan shahar noibi darhol Temurga itoat qiladi. Usmonlilar sultoni Boyazid, Misr sultoni Faraj urush olib bordi. Kichik Osiyodagi Sivasni hamda Xalabni “Alepponi” egalladi, so‘ngra Suriyadagi Damashqni egallab oldi. 1402-yilda bo‘lgan mashhur jangda turk sultoni Boyazidni mag’lub etadi. Ushbu jangdan keyin Temur Samarqandga qaytadi va Xitoyga yurish qilish uchun tayyorgarlik ko‘radi. Ammo yurish oldidan to‘satdan 1405-yil 18fevralda vafot etadi. Tadqiqot natijalari. Temurning harbiy yurishlari oldindan rejalashtirilgan strategik harakat bo‘lib, u faqat zabt etish emas, balki markazlashgan boshqaruvni shakllantirishni maqsad qilgan. Temur zabt etilgan hududlarda madaniy va iqtisodiy hayotni qayta tiklashga intilgan. Misol uchun, Damashq va Bag’doddagi madaniy markazlarni qayta rivojlantirganini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa: Xulosa qilib shuni keltirish mumkinki, Amir Temurning harbiy yurishlari juda keng ko‘lamli, u Markaziy Osiyodan tortib Hindiston, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropagacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan. Temurning harbiy yurishlari natijasida kuchli imperiya
293 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc paydo bo‘ldi. U dastlab Movarounnahrni birlashtirib, ichki barqarorlikni ta’minladi. Uning harbiy strategiyasi va jang taktikasi kuchli intizom, tezkor harakat va dushmanni zaiflashtirish usullariga asoslangan edi. Amir Temurning harbiy yurishlari natijasida savdo yo‘llari himoyalandi, madaniy va iqtisodiy taraqqiyot uchun sharoit yaratdi. Uning vafotidan so‘ng imperiya tez orada parokanda bo‘ldi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. S.Saidqosimov. A.Ahmedov. B.Ahmedov. Amir Temur jahon tarixida. Toshkent. 2001.y 2. Omonullo Bo‘riyev. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. Toshkent. 1997.y 3. Temur va Ulug’bek davri tarixi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarixi instituti . Toshkent. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir_Temur 5. Hill, B. Tamerlane:Sword of Islam, Conqueror of the World. Yale University Press, 2004. 6. Woods, J.E. The Timurid Dynasty and its Legacies. Cambridge: CUP,1990.