XORAZMSHOHLAR DAVLATIDA TURKON XOTUNNING SIYOSIY O'RNI VA FAOLIYATI
Full text
297 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XORAZMSHOHLAR DAVLATIDA TURKON XOTUNNING SIYOSIY O‘RNI VA FAOLIYATI Abdumanonova Aziza Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17736029 Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Xorazmshohlar malikasi Turkon Xotunning siyosiy faoliyati, Sulton Alovuddin Muhammad bilan ichki nizolari, mamalakatda ikki hokimyatchilikning vujudga kelishiga sabab bo’lganni, mo’g’ullarning Xorazmshohlarga qarshi hujumida va yengilishida Turkon Xotunning hissasi va umrining so’ngi yillari aks etgan. Kalit so‘zlar: Dashti Qipchoq, Turkon Xotun, g‘uriylar, Qutbiddin O‘zloqshoh, Inolchiq (G‘oyirxon), Ibn Kajrof Bug‘ro, “bekdili”, “e’tasamtu Billohi Vahdaʼʼ, Shihobiddin Muhammad anNasaviy, Shahobiddin al-G‘uriy. Kirish: XI asrning oxirlarida hukmdorlik faoliyatini boshlagan Anushteginiylar о‘g‘uzlarning Bekdili urug‘idan yetishib chiqqan edi. Tarixnavislarning ma’lumotlariga kо‘ra, Anushtegin xorazmshohlarning valiahdlari, hukmdorlari ularning Bekdili urug‘idan tug‘ilgan farzandlaridan tayinlanardi. Boshqa urug‘ga mansub ayollardan tug‘ilgan shahzodalar hukmdorlikka munosib kо‘rilmasdi. Bunday tartib mamlakatda urug‘lar, qabilalar о‘rtasida taxt uchun kurashlarni kamaytirishga, sulolaning hukmronlik qudratini oshirishga xizmat qildi. Bu holat 1200 yil Alouddin Takash hukmronligining oxirigacha davom etdi. 1200 yil Muhammad Xorazmshoh taxtga о‘tirishi bilan amal qilib kelinayotgan qoidalarga putur yetdi. Negaki, Takashdan keyin taxtga Nosiriddin Malikshoh о‘tirishi kerak edi. U Takashning Bekdili urug‘iga mansub xotinidan tug‘ilgan bо‘lib, bu sulolaning ichki tartiblariga mos edi. Biroq Nosiriddin Malikshohning 1197 yilda vafot etishi, Alouddin Muhammadning taxtga kelishiga sabab bо‘ldi. Alouddin Muhammad Takashning qipchoq urug‘iga mansub xotini Turkon xotundan dunyoga kelgan edi. Takash vafot etgach о‘g‘li Alouddin Muhammadni ham, u boshqargan Xorazmshohlar davlatini ham Turkon xotun qо‘lga oladi. Bekdili urug‘iga mansub amaldorlarni mansablaridan chetlashtirib, yuqori lavozimlarga qipchoq urug‘idan bо‘lgan о‘z yaqinlarini qо‘yadi. Kо‘p vaqtlarda bu mansabdor shaxslarga Turkon xotunning siyosiy ta’siri kuchli bо‘lgan. Shu tariqa maqolada so‘z yuritilayotgan Turkon xotunning Xorazm davlatidagi siyosiy faoliyati boshlanadi. Asosiy qism: Turkon xotun bilan birga Xorazm diyoriga ko‘plab turkiy qavmlar va harbiylar Dashti Qipchoqdan kirib keladi. Keyinchalik Turkon xotun qipchoqlarning kuchli qudratli homiysiga aylandi, davlatda esa turkiy-harbiy qatlam vujudga keldi. Tarixiy manbalardan olgan ma’lumotlar bizga shuni ko‘rastadiki, Turkon xotun hokimyatga intiluvchan, riyokor hamda qasoskor ayol bo‘lgan. Uning bunday xislatlari, ayniqsa, Sulton Muhammad(1200-1220) hukmronligi davrida to'iq namoyon bo'ladi. Xususan, Turkon xotun ham mudofaa ishida faol qatnashib, uning sa'y-harakatlari bilan poytaxtda 70000 nafar qurollangan mudofaachilar otryadlari tashkil etilgandi. Ta'kidlash kerakki, Xorazmshohlar davlatida o'ziga xos diarxiya, ya'ni ikkihokimlik tuzumi yuzaga kelgan edi. Garchi Sulton Muhammad Xoramshoh mutloq hukmdor, qudratli davlat egasi hisoblansada, aslida u onasi Turkon xotun izmga to‘la bo‘ysunar edi. Xorazmshoh onasini poytaxt Ko'hna Urganchda qoldirib, o'ziga Samarqandni ikkinchi poytaxt qilib tanlaydi. Samarqandda o'ziga saroy va yangi qarorgoh qurdirdi. Shu bilan onasiga o'zining noroziligini bildirganday bo'ldi. Ammo,Xorazmshohning bunday siyosati teskari natija berdi, u bu bilan onasi Turkon xotunning o'z mayliga, xohlagancha ish ko'rishiga yanada kengroq imkoniyat yaratibdi.
298 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Natijada, Sharq-u G'arb dunyosidagi ko'plab mamlakatlar hukmdorlari Xorazmshoh davlatidagi bu ikkihokimyatchilik haqida xabar topib, agar Xorazmshoh Muhammad Sultondan siyosiy diplomatik yozishma hujjatlari kelsa, unga javob yozmay paysalga solib turganlar, negaki unga qarama-qarshi tarzda Turkon xotun muhri va imzosi bilan kelgan hujjatni ular huquqiy asosga molik deya e’tirof etganlar va javob maktubi yozib jo‘natganlar. Sababi, Sultonning har qanday farmoni Turkon xotun tomonidan bekor deb topilishi mumkin edi. Muhammad sultonning onasini “Hadisi sharif” va sharqona ma'naviy-milliy qadriyat va an’ana-udumlar bo‘yicha hurmat izzatini joyiga qo'yar, ona esa bu e'zozlarni haddan tashqari hokimyatparastlik manfaatlariga yo'naltirib, suiiste'mollikka yo'l qo'yar edi. Natijada, Dashti Qipchoqlik qavm va urug'doshlarining aqli va tajribasi hamda qobilyatlari yetish-yetmaslikidan qat’iy nazar, oliy devondagi yuksak amaldorlik mansablariga tayinlar viloyat va noibliklar hokimliklari, shahar boshqaruv raisligiga ham huddi shu zaylda qo'yilaverar edi. Turkon xotunning yuritgan bunday nooqilona siyosatining oqibatida mamlakatida o‘zaro nizolar avj oladi. Turkon xotunning saroydagi faoliyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va amalga oshirayotgan xavfli va g‘irrom ishlaridan to‘la xabardor bo'lgan tarixnavis, xorazmshohlar saltanatida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan an-Nasaviy unga shunday baho bergan edi: “Xorazmshohning onasi Turkon xotun juda aqlli, siyosatda o'tkir va g‘oyat shiddatkor ayol edi. Ammo, shu bilan birga, o‘z manfaati uchun mavqeini baland tutib, unda kibr va havolanish, dimog‘dorlik juda kuchli edi. Agar shu qusurlari bo‘lmay o‘zidagi aqllilik, donolik, siyosatdgi shiddatkor va bilimdonliklarni farzandi Muhammad Sultonning kuch imkoniyatlari bilan birlashtirib, el-yurt va davlat manfaalariga yo‘naltirib shoh o'g'li Muhammad Sultonga chinakam davlat maslahatchisi bo'lib, g‘animlikdan yiroq turganida bormi, saltanat va Turon, Xuroson zamini butunlay taraqqiyot va yuksalish cho‘qqilari tomon ketgan har qanday g‘anim va ularga mutloq to‘siq bo‘la olmagan bo‘lar edi. Tabiiyki, bu xabarlar Turkon xotun matonati-yu jasoratini bukib tashladi. U barcha qimmatbaho ashyolarni yig‘ib, poytaxtni tezlik bilan tark etishga kirishdi. Poytaxtdan chiqib ketish chog'ida u yana bir yovuzlikka qo'l urdi. Malika garovga saqlagan, bir vaqtlar asirga olingan turli o'lka, shahar, hududlar hokimlari , ularning o‘g‘illari, jami 26 nafar kishini Amudaryoga cho‘ktirishni buyurdi[]. Turkon xotunning ketish jafosiga qilgan bunday g'alamisligi ko'pchilikning undan yanada ko‘ngli sovishiga olib keldi. Tukron xotun o‘z yaqinlari, jami boyliklari bilan Mozondarondagi Ilol qal'asiga borib berkindi. Qal'a juda mustahkam, oziq-ovqat zaxirasi, qurol-yarog' yetarlicha edi. Mo'g'ullar qal’ani 4 oy qamal qildilar. Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki har qaysi davlatning taraqqiyot cho'qqisiga erishgan davri bo'lgani kabi uning tanazzulga uchragan davri ham mavjud bo‘ladi. Aynan Xorazmshohlar davlatining tanazzuliga esa suyukli ona sabablar qatoridan o‘rin olgani, albatta bu quvonarli holat emas. Ushbu hodisani manbalar asosida chuqur o‘rganib tahlil qiladigan bo‘lsak, butun boshli ulkan davlatni tashqi dushmanlarning kuch qudratigina emas, balki ayrim shaxslarning kuchli ta'siri natijasida ham qulatish mumkin ekan. Shuning uchun ham o'tgan asrlarda ham hozirgi zamonda ham bir davlatni qulatmiqchi bo'lsang eng avvalu davlatni ichidan yemirish kerak deyiladi ichki nizolar tashqi kuchga nisbatan davlatni juda tez yemiradi Hozirgi zamonaviy asrda ham bunday hodisalarga duch kelmasligimiz uchun, albatta tarixga nazar tashlab har bir hukmdor kuchli qudratga ega bo'lishi va o'ziga qarshi tish qayrayotgan har bir bir shaxsga nisbatan, u kim bo'lishdan qat'iy nazar adolat ila hukm chiqarishi darkor bo‘ladi. Agarda shunday holatlarda to'g'ri hukum emas balki noto'g'ri hukumlar albattta davlatni tanazukga uchrashiga sabab bo'ladi.
299 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Matyoqubov K. Malikaning jasorati /Adolat ijtimoiy-siyosiy gazetasi, №18-son, 2020 yil. 2. Shihobiddin Muhammad an-Nisoviy. Siyrot us-sulton Jalol ad-din Mengburni (Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti) /Kamol Matyoqubov tarjimasi. –T.: “О‘zbekiston”, 2006. -B. 54. 3. Buniyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231) // A.Ahmad va M.Mahmud tarjimasi. –Toshkent, 1998. –B. 160. 4. Ibn al-Asir “Al-komil fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob”) -B. 109. 5. O‘zbekiston tarixi I Kitob Toshkent “VNESHINVESTPROM” 2019 6. Jumaboy Rahimov Jaloliddin Manguberdi - mardlik va jasorat timsoli Ziyo nashri Toshkent-2022. B. 118,156-159. 7. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversiteti.O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi (Qadimgi zamonlardan hozirgi kungacha) Toshkent ‘‘O‘zbekiston’’ 2019 B. 82-84 8. Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Anushtegin Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Materiallari Urganch-2023 9. Sulton Jaloliddin Manguberdi Hamdam Sodiqov “ART FLEX” Toshkent-2009 10. Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti. Kamol Matyoqubov tarjimasi./- Toshkent: O‘zbekiston, 2006. B-87.