O'ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI HAMDA JAMIYATDA DINNING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI
Full text
394 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O'ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI HAMDA JAMIYATDA DINNING MUHIM AHAMIYAT KASB ETISHI Akmaliddinova To'linoy Akmaliddin qizi Juraboyeva Durdona O’lmas qizi Ergasheva Nozima Qahramon qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17739042 Annotatsiya: Ushbu ishda O‘zbekistonda vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglikning huquqiy hamda ma’naviy asoslari yoritilgan. Mustaqillik yillarida fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy konfessiyalar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, dinning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, uning inson axloqini shakllantirish, tinchlik va hamjihatlikni qaror toptirishdagi beqiyos ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot davomida diniy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi roli yoritilgan. Kalit so'zlar : O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din, e’tiqod, bag‘rikenglik, diniy qadriyatlar, ma’naviyat, inson huquqlari, totuvlik, diniy tashkilotlar, axloqiy tarbiya, millatlararo hamjihatlik. Kirish: Mustaqillik yillarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘zligimizni angladik, tariximizga xolisona qarash, bebaho ma’naviy mulkimiz bo‘lgan islom diniga e’tibor kuchaydi. Xalqimizning go‘zal an’analaridan biri – Navro‘z bayramining tiklanishi, Ro‘za va Qurbon hayitlarining rasman umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb belgilanishi ma’naviy poklanish yo‘lidagi jiddiy harakatlarning amaliy ko‘rinishdir. Mustaqillikka erishganimizga qadar yurtimizda faqat 87 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bugun O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq diniy tashkilot mavjud. Mustaqillik yillarida jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ularning o‘z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida 1999-yilda Toshkent islom universiteti tashkil etildi. 14 ta diniy madarasa, 400 ga yaqin islomiy diniy o‘quv muassasalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan, 1980-yilda sobiq Ittifoq bo‘yicha faqat 17 kishi muqaddas haj ziyoratiga borgan bo‘lsa, 2001-yilning o‘zidayoq 4 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz bu saodatga musharraf bo‘lganlar. Mustaqillikka erishganimizdan buyon o‘tgan qisqa vaqt ichida minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ziyoratini amalga oshirish baxtiga muyassar bo‘ldilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi muftiy Abdurashid qori Bahromov bu haqida shunday deydilar: Ilgarilari yurtimizda istibdod mafkurasi hukmronlik qilgan davrlar, haj safariga borish juda qiyin bo‘lib, safar ijozati nihoyatda past darajada cheklangan edi. Taassufki, uzoq yillar davomida diyorimiz musulmonlarining bu boradagi orzu niyatlariga yetarli darajada e’tibor berilmadi. Natijada, ko‘plab ulamolarimiz va bir qancha imon-e’tiqodli kishilarimiz yetmish yillar mobaynida tilak va orzular qilib, hajga bora olmasdan, armon bilan dunyodan ketdilar. Endilikda ming-minglab mo‘min-musulmonlar muborak haj safariga borishga musharraf bo‘lmoqdalar va bo‘ladilar. O‘zbekiston radiosida 1992-yildan buyon «Juma uchrashuvlari» eshittirishlari olib boriladi. 1995-yildan O‘zbekiston televideniyesining Toshkent studiyasi orqali «Juma o‘gitlari», 1997-yildan O‘zbekiston kanalida «hidoyat sari» haftalik diniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari yo‘lga qo‘yildi. Toshkent shahrining islom madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hisobga olinib Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi tomonidan «Toshkent islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinadi.Hozir O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya faoliyat ko'rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi millati, dini, ijtimoiy kelib
395 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», – deyilgan. Biroq, dinga e’tiqod qilish – har bir fuqaroning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31moddasiga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.1998-yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun O‘zbekistonda dinning mavqei va o‘rnini juda aniq va ravshan belgilab beradi. Qonunning 5-moddasi O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohalarida mamlakatning dinga munosabatini yoritib beradi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har-xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq sho‘ro tuzumida hukmron bo‘lgan ateizm mafkurasi ham barham topdi. Islom dini asriy tutqunlikdan so‘ng yana o‘zining mavqeini tiklab, jamiyatning ma’naviy hayotida ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Prezident Islom Karimov aytganlaridek “ Muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzotni doimo ezgulikka chorlashi” hayot sinovlarida o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarini ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq. Umuman din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. Dinning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rnini bilish uchun uning jamiyat va shaxs hayotida qanday o‘rin egallashini, dinning davlatga va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday o‘zgarib borganligini ilmiy tahlil qilish lozim bo‘ladi. Ilmiy jihatdan qaraganda dinining jamiyat hayotiga ta’sir etish jarayonini tarixan ikki tendensiya asosida tahlil etish mumkin. Bular – sakralizatsiya va sekulyarizatsiya tendensiyalari. 1991-yil 11-aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon hayiti»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni qabul qilindi. 1992-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992yil 1-aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, 1993-yil 16-sentabrda islom dinida naqshbandiya tariqatiga asos solgan Xoja Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi Buxoro shahrida keng nishonlandi. 1993yil 23– 24-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1994-yil 18-oktabrda yana Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qo‘shgan alloma Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi keng nishonlandi. 1995-yilning noyabrida Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishonlandi. 1998-yil 23-sentabrda muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida o‘tkazildi. 1998yil 23-oktabrda esa Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi Samarqand shahrida nishonlandi va Imom al-Buxoriy majmuasi ochildi. Bu tadbirlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshirildi. Shu bois 1998-yil 1mayda ushbu qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi hayot taqozosi bo‘ldi. Bu qonun eskisidan farq qilib, dindor shaxs va diniy tashkilot faoliyatining amaldagi Konstitutsiyasi va qonunlar asosida tartibga solinishini, fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarining poymol etilishiga barham berilishini,
396 Vol. 5, No. 11 part 2 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim. Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo'lsam davlat tomonidan qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun diniy konfessiyalar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soladi hamda fuqarolarning diniy e’tiqodini hurmat qilish va ularni kamsitishning oldini olishga xizmat qiladi.Din jamiyat ma’naviyatining poydevori hisoblanib, insonlarda ezgulik, halollik, sabr-toqat hamda mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni shakllantiradi. U biz yoshlarni tarbiyasida, axloqiy qadriyatlarini mustahkamlashda va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin kasb etadi. Shunday ekan o‘zbekistonda vijdon erkinligi nafaqat huquqiy kafolat, balki jamiyatning ma’naviyatini va hayotini boyituvchi asosiy omildir. Dinning jamiyatdagi o‘rnini alohida e'tiborga oladigan bo'lsak unda tinchlik, totuvlik va millatlararo do‘stlikni yanada mustahkamlab, insonlarni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. A. V. Narbekov. “ Dinshunoslik asoslari “ o'quv qo'llanma 2. A. Abdusamatov “Dinshunoslik asoslari “o'quv qo'llanma 3. Q. Maxkamov “Dinshunoslik” uslubiy qo'llanma 4. G. T. Tulametova. O. M. Hasanboyev “ Dinshunoslik darslik.