SURXONDARYO VILOYATI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARI MATEMATIKA KURSIDA "UCHBURCHAKLAR" MAVZUSINI O'QITISH METODIKASI (5-SINFLAR MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqolada Surxandaryo viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Finlandiya ta’lim texnologiyasi” asosida shakllantirilgan matematika kursi darsliklaridagi “Uchburchaklar” mavzusini o‘qitishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ilmiy muammolar va amaliy yechimlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Ushbu maqolada keltirilgan amaliy yutuqlarni viloyatdagi “Qizil hudud” maktablarida qo‘llash mumkin.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 21 DOI: https://10.5281/zenodo.17779648 SURXONDARYO VILOYATI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI MATEMATIKA KURSIDA “UCHBURCHAKLAR” MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI (5-SINFLAR MISOLIDA) Munisa Olimjon qizi Samadova TerDPI magistranti E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Surxandaryo viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Finlandiya ta’lim texnologiyasi” asosida shakllantirilgan matematika kursi darsliklaridagi “Uchburchaklar” mavzusini o‘qitishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ilmiy muammolar va amaliy yechimlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Ushbu maqolada keltirilgan amaliy yutuqlarni viloyatdagi “Qizil hudud” maktablarida qo‘llash mumkin. Kalit so‘zlar: uchburchak, uchburchak bo‘lish sharti, uchburchak turlari, asosi va balandligi, xossalar, amaliy usullar, o‘qitish metodlari. ABSTRACT This article discusses the scientific problems and practical solutions that may arise in teaching the topic "Triangles" in mathematics textbooks developed on the basis of "Finnish educational technology" in secondary schools of Surkhandarya region. The practical achievements presented in this article can be applied in the "Red Zone" schools of the region. Keywords: triangle, condition of being a triangle, types of triangles, base and height, properties, practical methods, teaching methods. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются научные проблемы ипрактические решения, которые могут возникнуть при преподавании темы«Треугольники» в учебниках математики, разработанных на основе «финской образовательной технологии» в средних школах Сурхандарьинской области. Практические наработки, представленные в данной статье, могут быть применены в школах «красной зоны» региона.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 22 Ключевые слова: треугольник, условие треугольника, виды треугольников, основание и высота, свойства, практические методы, методика обучения. Barchamizga ma’lumki, Surxondaryo viloyati buyuk allomalar, mutafakkir olimlar kindik qoni to‘kilgan maskan, qadim sivilizatsiya beshigi. Bu zamindar ta’lim sohasida ko‘zga ko‘rinadigan kamchiliklar ham mavjudligi hech birimizga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida Jurnalistika sohasi vakillari bilan bo‘lgan muloqot jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf darsliklarini “Finlandiya ta’lim texnologiyalari” ga moslashtirilgan holatda tayyorlash haqida ta’kidlab o‘tishlari mamlatamizdagi ta’lim sohasini isloh qilishning yana bir muhim bosqich oldida turganligidan dalolat beradi [2, 37-bet]. Umumiy o‘rta ta’lim maktab Matematika kursi ikkita katta yo‘nalish Algebra va Geometriya fanlariga ajratilib o‘qitiladi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida Geometriya bo‘limini o‘qitishda bir qancha ilmiy va psixologikpedagogik muammolarga maktab o‘qituvchilari duch kelmoqda. Bulardan biri o‘quvchi yoshlarni fanga qiziqtirish, yosh toifasidan kelib chiqqan holda mavzularni o‘qitishdir. Geometriya fanining masalalari yechimlarining qariyb 50 % chizmada yashirilgan bo‘ladi. Ammo, shu chizmalarni to‘g‘ri tahlil qilish va yechim usullarini qidirish hamfda masalani yechish o‘quvchi yoshlarda bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun avvalo Zamonaviy yondashuvlar va innovatsion g‘oyalar asosida shakllantirilayotgan umumiy o‘rta ta’lim darsliklarining 5-sinf Matematika darslik kitobida “Uchburchaklar” mavzusini o‘qitish o‘sib kelayotgan yosh avlodda geometric bilimlarni o‘zlashtirishda va geometriya fani haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uchburchak va to‘rtburchaklar mavzusini tushuntirish jarayonida avvalo geometriya fani nimani o‘rganishi, uning vazifalari haqida qisqacha 2 daqiqalik tushuntirish jaraynlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Geometriya – yunoncha so‘zdn olingan bo‘lib, “Geo”- “yer”, “Metrio” – “chizaman, o‘lchash” degan ma’noni anglatadi [1, 8-bet]. Geometriya haqidagi boshlang‘ich tushunchlarni o‘rgatish asnosida Sodda geometrik shakllarni o‘rgatish lozim. Sodda geometrik shakllar bular: 1. Nuqta 2. To‘g‘ri chiziq – nuqtalar to‘plami. 3. Tekislik - to‘g‘ri chiziqlar to‘plami.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 23 4. Fazo - tekisliklar to‘plami. Yuqoridagi to‘rtta sodda geometrik shakl geometriya bo‘limining barcha qoida va teoremalarini shakllantirishimiz mumkin [1, 9-bet]. Sodda geometric shakllar haqida o‘quvchi yoshlarda tushuncha hosil qilganimizdan so‘ng mavzuning asosiy qismi uchburchak va uning xossalariga to‘xtalish lozim. Ta’rif-1: Tekislikda olingan ixtiyoriy 3 tasi bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydigan 3 ta nuqtani ketma-ket tutashtirishdan hosil bo‘lgan shakl uchburchak deyiladi. Xossa-1: Uchburchak bo‘lish uchun ixtiyoriy ikki tomon yig‘indisi uchinchi tomondan katta bo‘lishligi yoki ixtiyoriy ikki tomon ayirmasi uchinchi tomondan kichik bo‘lishi kerak. Uchburchakning turlari (tomonlariga ko‘ra): 1. Turli tomonli uchburchak – tomonlari qiymati har xil. 2. Teng yonli uchburchak – ikki yon tomoni qiymati teng, asosining qiymati farqli. 3. Teng tomonli - tomonlari qiymati bir xil. Uchburchakning turlari (burchaklariga ko‘ra): 1. O‘tkir burchakli uchburchak – barcha burchaklari qiymati to‘g‘ri burchak qiymatidan kichkina. 2. O‘tmas burchakli uchburchak – ixtiyoriy bir burchagining qiymati to‘g‘ri burchak qiymatidan katta. 3. To‘g‘ri burchakli uchburchak - bir burchagining qiymati to‘g‘ri burchak qiymatiga teng. Shu o‘rinda To‘g‘ri burchakli uchburchak uchun ilmiy izlanishlar natijasida amaliyotga tadbiq etilayotgan bir muxim xossa haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Barchamizga ma’lumki To‘g‘ri burchakli uchburchak uchun Pifagor teoremasi bor. Ushbu teoremani qanoatlantiruvchi sonlar Pifagor sonlari deb ataladi. Xossa – 2: Pifagor sonlarini bir xil songa ko‘paytirish yoki bo‘lish mumkin. Natijada Pifagor teoremasi o‘rinli bo‘lib qolaveradi. Ushbu 2-xossaning isbotiga qarasak: Barchamiz bilamizki 3, 4 va 5 Pifagor sonlari hisoblanadi. Chunki bu sonlar Pifagor teoremasini qanoatlantiradi. Ushbu sonlarni berilgan qoida bo‘yicha, bir xil songa ko‘paytirsak natijani ko‘rib ushbu xossaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini asoslab beramiz. 6, 8 va 10 Pifagor teoremasini qanoatlantiradi. 12, 16 va 20 sonlari ham Pifagor teoremasini qanoatlantiradi. Bir necha marta Pifagor sonlarini ko‘paytirsak yangi Pifagor sonlari hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘rgatgach, har bir o‘qituvchi o‘zlashtirishda orqada qolayotgan o‘quvchiga o‘zlashtirish
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 24 ko‘rsatgichi yaxshi bo‘lgan o‘quvchini biriktirish orqali faol muloqot va o‘zaro hamjihatlik tamoyillarini shakllantiradi. Bu orqali o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch paydo bo‘ladi. Hamda o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan o‘quvchiga o‘qituvchi tomonidan berilgan rag‘bat sifatida hamda o‘qituvchi o‘quvchida dars mashg‘ulotlari uchun ruhlanishni paydo qilgan bo‘ladi. Xulosa sifatida ushbu metodlarni viloyatimizdagi “Qizil hudud” toifasidagi maktablarda qo‘llash mumkinligi alohida e’tirof etishimiz lozimdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. B.Xaydarov, N.Tashtemirova, I.Asrorov “Geometriya 7-sinf [Matn]” darslik. Toshkent Respublika Ta’lim Markazi - 2022. 192 bet. 2. Haqberdiyeva Gulrux Tolibovna; Rustamova Ruxshona Farmon Qizi “OʻZBEKISTON VA FINLANDIYA TA’LIM TIZIMI HAMDA ULARNING FARQLARI” International Scientific and Practical Conferens: Educational Excellence for ar Changing World: Regional Insights and Global Perspectives. 35-40 bet.