TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI VA SAMARADORLIGINI TA'MINLASH OMILLARI
Abstract
Ushbu maqolada respublikamiz tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapital va aktivlardan to῾g῾ri foydalanish hamda ular samaradorligining o‘rni tahlil qilinadi. Bank kapitali moliyaviy xavflar yuzaga kelganda qoplash imkoniyatini yaratsa, aktivlardan samarali foydalanish esa bankning likvidligi va daromadliligini oshiruvchi omildir. Shuningdek, maqolada aktivlar sifatini boshqarish, ularni diversifikatsiya qilish va muammoli kreditlarni oldini olish orqali banklarning uzoq muddatda moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo῾nalishlari sifatida nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 374 TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI VA SAMARADORLIGINI TA’MINLASH OMILLARI Alimjanova Dilrabo Sobirjanovna Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya instituti kafedra assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17266498 Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamiz tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kapital va aktivlardan to῾g῾ri foydalanish hamda ular samaradorligining o‘rni tahlil qilinadi. Bank kapitali moliyaviy xavflar yuzaga kelganda qoplash imkoniyatini yaratsa, aktivlardan samarali foydalanish esa bankning likvidligi va daromadliligini oshiruvchi omildir. Shuningdek, maqolada aktivlar sifatini boshqarish, ularni diversifikatsiya qilish va muammoli kreditlarni oldini olish orqali banklarning uzoq muddatda moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo῾nalishlari sifatida nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kalit soʻzlar: banklar barqarorligi, kapital yetarliligi, likvidlilik, aktivlar samaradorligi, aktivlar sifati, kapital va aktivlar rentabelligi, aktivlar samaradorligi. Har bir davlatning iqtisodiyotida barqaror rivojlanishi uning bank tizimining mustahkamligi bilan bog῾langan. O’z navbatida banklarning moliyaviy barqarorligi esa ularning kapitali va aktivlari samaradorligi bilan uzviy bog‘liqdir. Kapital yetarliligi bankning risklarga chidamliligini ta’minlasa, aktivlardan to῾g῾ri foydalanish uning rentabelligini oshiradi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda ham bank kapitali va aktivlari samaradorligini oshirish orqali moliya bozorida barqarorlikni mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bank kapitali iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar va muammolarga qarshi himoya qiluvchi vositalardan biri hisoblanadi. Jumladan, Adam Smit ham o‘zining mashhur “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot” nomli asarida kapitalni ishlab chiqarish jarayonining muhim omili sifatida ta’kidlab, moliyaviy resurslarning oqilona taqsimlanishi iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashini qayd etgan. Uning fikricha, kapital nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy vositalari, balki moliyaviy resurslarning to‘planishi va samarali boshqarilishi orqali ham jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi [1] D. Rikardo va J. M. Keyns kabi olimlar kapitalning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatini yanada chuqurroq yoritib, moliyaviy institutlarning roliga alohida e’tibor qaratganlar.[2] Keyns o῾z yondashuvida bank kapitali iqtisodiy sikllarni yumshatishda va investitsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim vosita ekanligini yoritib bergan. G.Pennachi va J.Santos kabi olimlar tomonidan banklar oʻz faoliyati samaradorligini aniqlashida va baholashda kapital rentabelligi kategoriyasidan nima uchun foydalanishlarini tahlil qilishga e'tibor qaratilgan. Ularning tahlillarida banklar 1970 yildan boshlab EPS (Earnings Per Share) koʻrsatkichi oʻrniga kapital rentabelligi (ROE) koʻrsatkichidan foydalanishni boshlaganliklarini alohida koʻrsatib oʻtishadi. Ular tomonidan qat'iy depozit sugʻurtasi va raqobat sharoitining kuchayishida kapitalni qanday tanlashlarini tahlil qilishadi. Buning natijasida, ular banklarning kapital rentabelligini tanlashga olib kelishi asosida samaradorlikni aniqroq baholashga imkon berishi ajralib turishini koʻrsatib berishadi. Ammo, regulyatorlar tomonidan banklarning barqarorligiga boʻlgan talabning kuchayishi kapital rentabelligi
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 375 koʻrsatkichidan foydalanish ehtimolini yoʻqqa chiqarishi mumkinligini ham ta’kidlashgan [3]. Bundan tashqari, zamonaviy yondashuvlarga ko῾ra bank kapitali risklarni qoplash, aktivlar hajmini kengaytirish va mijozlar ishonchini mustahkamlashda asosiy vosita hisoblanadi. Ma’lumki, aktivlar samaradorligi deganda bankning daromadlilik, likvidlik va xavf darajasini belgilovchi muhim omillarni tushunamiz. Ularning diversifikatsiyasi, muammoli kreditlarni kamaytirish, investitsiya portfeli sifatini oshirish bankning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi. Mishkin [4] bu borada bank aktivlarini samarali boshqarish moliya bozorida barqarorlikni ta’minlashning asosiy sharti ekanini ko‘rsatadi. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrida kapital yetarliligi yuqori bo‘lgan banklar boshqa moliya institutlariga nisbatan barqarorroq faoliyat yuritgan. Shuningfek, Berger va Bouwman[5] tadqiqotida kapitalning ko‘pligi inqiroz sharoitida banklarning omon qolish imkoniyatini oshirishi isbotlangan. S.Moussu va A.Petit-Romesning birgalikda yana bir ilmiy izlanishlarida inqiroz davrida kapital rentabelligi samaradorlik belgisimi yoki oʻlchov birligimi degan savolga javob berishga harakat qilishadi. Katta banklardagi kapital rentabelligi yuqori boʻlish bilan birga, inqirozda ham kattaroq yoʻqotishlarga olib kelgan. Ularning fikricha, kapital rentabelligi samaradorlik belgisi boʻlish bilan birga, risk oʻlchovi ham boʻladi ekan, ayniqsa inqiroz davrida. Bank boshqaruvi va aksionerlarning risk appetitini oshirishga olib kelishi bilan risklarni boshqarishga imkon berishi mumkinligini ham ta'kidlab oʻtishadi [6]. O‘zbekiston bank tizimida ham so‘nggi yillarda kapital bazasini mustahkamlash va aktivlarni diversifikatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda tijorat banklari kapitalining umumiy hajmi 2020-yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi.[7] Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi 5% dan past darajada ushlab turilishi banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ijobiy natija bermoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aktivlarni boshqarish samaradorligi yanada ortmoqda. Masalan, kredit risklarini baholashda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish banklarga mijozlarning xulq-atvorini tahlil qilish va muammoli kreditlarni kamaytirish imkonini bermoqda. Xulosa qilib aytganda banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash kapital va aktivlar samaradorligining uyg‘un boshqarilishiga bog‘liq. Kapitalning yetarliligi bankka risklarni yengish imkonini berar ekan, aktivlardan samarali foydalanish daromadlilik va barqarorlikni oshiradi. Taklif va tavsiyalar sifatida tijorat banklari kapitali tuzilmasini Bazel III talablariga muvofiq holda yanada mustahkamlash, aktiv portfelini diversifikatsiya qilish, muammoli kreditlarni kamaytirish bo‘yicha mexanizmlarni kuchaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, aktiv va risklarni boshqarishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Smith, A. (1776). An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. London: W. Strahan and T. Cadell. 2. Ricardo, D. (1817). On the Principles of Political Economy and Taxation. London: John Murray.; Keynes, J. M. (1936). The General Theory of Employment, Interest, and Money. London: Macmillan. 3. Pennacchi G. G., Santos J. A. C. Why do banks target ROE? //Journal of Financial Stability. – 2021. – T. 54. – S. 100856.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 376 4. Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. Pearson. 5. Berger, A., & Bouwman, C. (2013). How does capital affect bank performance during financial crises? Journal of Financial Economics, 109(1), 146–176. 6. Pennacchi G. G., Santos J. A. C. Why do banks target ROE? //Journal of Financial Stability. – 2021. – T. 54. – S. 100856. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2024). Bank tizimining barqarorligi bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent.