Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 396 AGROSANOAT MAJMUAСIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARASI Boltabayeva Nadirahon Alijanovna Fargʻona Davlat Universiteti, “Iqtisodiyot” fakulteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.17266570 Annotatsiya. Ushbu maqolada agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Jahon tajribasida agrar sohada qo‘llanilayotgan innovatsion yechimlar – dronlar, sensorlar, raqamli monitoring tizimlari, sun’iy intellekt asosidagi ma’lumotlar tahlili, blokcheyn texnologiyalari hamda “aqlli fermerlik” konsepsiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston agrosanoatida raqamli texnologiyalarni joriy etishning mavjud holati, ularning mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, agrosanoatda raqamli transformatsiya barqaror rivojlanish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: agrosanoat majmuasi, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy samara, innovatsiya, aqlli fermerlik, raqamli monitoring, dronlar, sensorlar, sun’iy intellekt, blokcheyn, barqaror rivojlanish, raqobatbardoshlik. Kirish. So‘nggi yillarda jahon miqyosida agrar sohani modernizatsiya qilish va uni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli texnologiyalar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sifatini oshirish imkonini bermoqda. “Aqlli fermerlik”, sun’iy intellekt, dronlar, IoT sensorlari, raqamli monitoring va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish orqali agrar sohada yuqori unumdorlikka erishish tendensiyasi kuchaymoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham agrosanoat majmuasini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, yer resurslarini boshqarishning elektron tizimlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mo‘ljallangan raqamli platformalar, shuningdek, agrostartaplar faoliyati sohaga yangicha yondashuvlarni olib kirmoqda. Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samarasi faqat ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish yoki hosildorlikni oshirish bilangina chegaralanmaydi. U agrar sohada investitsion jozibadorlikni kuchaytirish, eksport salohiyatini oshirish, barqaror rivojlanishni ta’minlash va xalqaro bozorlar bilan integratsiyani jadallashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish va ularning milliy iqtisodiyotdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Adabiyotlar tahlili. So‘nggi yillarda agrosanoat majmuasini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda, asosan, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mehnat
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 397 unumdorligini oshirish va resurslardan samarali foydalanish masalalari alohida e’tiborda bo‘lmoqda. Jahon olimlaridan M. Porter va K. Kramerlarning tadqiqotlarida raqamli transformatsiya va innovatsion boshqaruv strategiyalarining korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni chuqur yoritilgan.[4] BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotlarida esa “raqamli qishloq xo‘jaligi”, ya’niy digital agriculture konsepsiyasida aqlli fermerlik, raqamli monitoring, agroinnovatsion yechimlar va ularning samaradorlikka ta’siri keng yoritiladi. Shuningdek, Manyika J., Chui M., Bughin Jlar sun’iy intellekt va IoT Internet of Things texnologiyalarining qishloq xo‘jaligidagi qo‘llanilishi orqali ishlab chiqarish xarajatlarini 20– 30% ga qisqartirish mumkinligini ta’kidlaydi.[5] OECDning so‘nggi tadqiqotlarida esa qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish mamlakatlarning eksport salohiyati va oziqovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim vosita sifatida qayd etiladi.[] O‘zbekistonlik yosh olimlar, jumladan, N. Yusupov, B.Xolmurodovlarning ilmiy izlanishlarida qishloq xo‘jaligida innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari, agrostartaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlatning strategik yondashuvlari masalalari tahlil qilingan.[6] [7] Ularning fikricha, raqamli texnologiyalarni joriy etish nafaqat iqtisodiy samara beradi, balki ekologik barqarorlik va resurslarni tejashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalasi nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi va xalqaro raqobatbardoshlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llanildi: Nazariy tahlil – xorijiy va milliy adabiyotlar hamda xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida agrosanoatda raqamli texnologiyalarning iqtisodiy samarasi o‘rganildi. Qiyosiy tahlil – O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda raqamli transformatsiya tajribalari solishtirildi. Statistik tahlil – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, mehnat unumdorligi va hosildorlik ko‘rsatkichlari ma’lumotlari asosida baholash amalga oshirildi. SWOT-tahlil – raqamli texnologiyalarni joriy etishning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va xavflari aniqlab berildi. Tahlil va natijalar. Agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ushbu jarayon nafaqat ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, balki resurslardan oqilona foydalanish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Birinchidan, raqamli texnologiyalar mehnat unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy texnologiyalar – aqlli sug‘orish tizimlari, agro-dronlar, sensorlar va GPS monitoring vositalari qishloq xo‘jaligi jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam bermoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday yondashuvlar mehnat unumdorligini o‘rtacha 15–20 % ga oshiradi. Natijada, fermer xo‘jaliklari an’anaviy usullarga nisbatan kamroq mehnat sarflab ko‘proq mahsulot olish imkoniga ega bo‘ladi.[1] Ikkinchidan, resurslardan foydalanish samaradorligi sezilarli darajada oshmoqda. Hindistonning Karnataka shtatida o‘tkazilgan tajribada dronlardan foydalanish orqali sug‘orishda suv sarfi 90 % ga qisqargan, ragi hosildorligi 5 %, tur dal hosildorligi esa 10 % ga oshgan. Bundan tashqari, agro-dronlar yordamida o‘g‘it va pestitsidlarni aniq purkash natijasida kimyoviy vositalar sarfi 10–15 % gacha kamayishi, sug‘orish tizimlarida esa suv sarfi 25–30 %
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 398 gacha qisqarishi aniqlangan. Bu esa ishlab chiqarish tannarxining pasayishi va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga olib kelmoqda.[2] Uchinchidan, hosildorlik darajasi ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. AQShda raqamli xaritalash va GPS asosida boshqaruv natijasida hosildorlik 9–13 % ga oshgani, Argentinada esa raqamli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari natijasida hosil ko‘rsatkichlari 54 % ga ko‘tarilgani qayd etilgan. O‘zbekiston tajribasida ham fermer xo‘jaliklarida raqamli monitoring vositalaridan foydalanish natijasida paxta va g‘alla hosildorligi o‘rtacha 12–18 % ga ortgani kuzatilmoqda.[3] To‘rtinchidan, moliyaviy jihatdan ham raqamli texnologiyalar o‘zini oqlamoqda. Zichkin va hammualliflari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda agro-dronlardan foydalanish ishlab chiqarish tannarxini kamaytirib, sof foyda o‘sishini ta’minlagani va investitsiyalarning qaytish muddati o‘rtacha 3–4 yilni tashkil etgani qayd etilgan. Bu esa raqamli texnologiyalarning iqtisodiy jihatdan yuqori samarali ekanini tasdiqlaydi.[3] Beshinchidan, boshqaruv tizimida ham sezilarli ijobiy natijalar kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Agrosanoatda raqamlashtirish” dasturi doirasida xo‘jaliklarda ishlab chiqarishni onlayn monitoring qilish, tezkor ma’lumotlar almashish va risklarni oldindan prognoz qilish imkoniyatlari shakllanmoqda. Natijada boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni tezlashmoqda va samaradorlik oshmoqda.[8] Xulosa va takliflar. Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Raqamli transformatsiya hosildorlikni oshirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda eksport salohiyatini kuchaytirishda asosiy omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: birinchidan, fermer xo‘jaliklari va agrosanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish zarur; ikkinchidan, raqamli texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish lozim; uchinchidan, agro-dronlar, aqlli sug‘orish tizimlari kabi innovatsion vositalarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq; to‘rtinchidan, ilmiy-tadqiqot loyihalarini rag‘batlantirish orqali raqamli yechimlarni amaliyotga tezkor joriy etish zarur; beshinchidan, agrosanoatda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va jahon bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirish mumkin. FOYDALANILAGN ADABIYOTLAR 1. Jahon banki. Digital Agriculture: Opportunities and Challenges. Washington, DC. https://www.worldbank.org 2. Food and Agriculture Organization (FAO). The State of Food and Agriculture 2022: Leveraging automation in agriculture. Rome. https://www.fao.org 3. OECD. (2021). Digital Opportunities for Better Agricultural Policies. Paris: OECD Publishing. https://www.oecd.org 4. Porter, M. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. New York: Free Press.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 399 5. Manyika J., Chui M., Bughin J. va boshqalar. “The Age of Analytics: ompeting in a DataDriven World”, McKinsey Global Institute, 2016. 6. Xolmurodov B. “Agrosanoat majmuasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi”. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti jurnali, №4, 45–52. 7. Yusupov Nizomiddin Ro‘zimurod o‘g‘li “Qishloq xo‘jaligi monitoringida raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni” 8. Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(11), 86-92