scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUDJETDA ISH HAQIDAN USHLANMALAR VA AJRATMALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Erkinova Maftuna Zafarovna

Abstract

Mazkur tezisda budjet tashkilotlari moliyaviy tizimida ish haqlaridan ushlanmalar va ajratmalar hisobini yuritish amaliyoti hamda uni takomillashtirish zaruriyati o‘rganiladi. Ish haqi har bir budjet tashkiloti uchun eng muhim xarajatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, undan turli yo‘nalishlarda ushlanadigan soliqlar, sug‘urta badallari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri va shaffof hisobga olinishi davlat moliyasining barqarorligi hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tezisda mavjud hisob-kitob tizimi, unga oid normativ-huquqiy hujjatlar, hisobning yuritilish shakllari va moliyaviy hujjatlar aylanishi o‘rganilib, amaliyotdagi kamchiliklar va muammoli jihatlar tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 411 BUDJETDA ISH HAQIDAN USHLANMALAR VA AJRATMALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Erkinova Maftuna Zafarovna “Meros Pharm Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyatda buxgalter https://doi.org/10.5281/zenodo.17266623 Annotatsiya. Mazkur tezisda budjet tashkilotlari moliyaviy tizimida ish haqlaridan ushlanmalar va ajratmalar hisobini yuritish amaliyoti hamda uni takomillashtirish zaruriyati o‘rganiladi. Ish haqi har bir budjet tashkiloti uchun eng muhim xarajatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, undan turli yo‘nalishlarda ushlanadigan soliqlar, sug‘urta badallari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri va shaffof hisobga olinishi davlat moliyasining barqarorligi hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tezisda mavjud hisob-kitob tizimi, unga oid normativ-huquqiy hujjatlar, hisobning yuritilish shakllari va moliyaviy hujjatlar aylanishi o‘rganilib, amaliyotdagi kamchiliklar va muammoli jihatlar tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: Ish haqi, ushlanmalar, ajratmalar, budjet tashkiloti, moliyaviy hisobot, soliq ushlanishi, ijtimoiy fondlar, budjet mablag‘lari, buxgalteriya hisobi, pensiya jamg‘armasi, budjet intizomi, hisob-kitob mexanizmi, mehnat haqi fondi. Hozirgi davrda davlat moliyaviy boshqaruvi tizimining barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda budjet mablag‘larining to‘g‘ri hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, budjet tashkilotlari xodimlariga to‘lanadigan ish haqlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan ushlanmalar va ajratmalar hisobining yuritilishi davlat budjetining ijrosi, moliyaviy intizom hamda ijtimoiy himoya tizimining izchilligi uchun bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ish haqi – bu nafaqat mehnatga haq to‘lash shakli, balki byudjetdan ajratiladigan eng yirik doimiy xarajatlardan biridir. Shuning uchun, undan ushlanadigan soliqlar, sug‘urta badallari, ijtimoiy to‘lovlar va boshqa ajratmalarni aniq hisoblash va nazorat qilish davlat moliyasini boshqarish jarayonida alohida e’tibor talab etadi. Bugungi kunda davlat sektori xodimlariga to‘lanadigan ish haqlari ustidan hisob-kitoblar, ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunga qaramay, bu sohada hali ham to‘liq avtomatlashtirilmagan jarayonlar, axborot almashinuvi bilan bog‘liq kamchiliklar va ma’lumotlarning takroriyligi kabi muammolar mavjud. Ko‘p hollarda, ish haqi hisobidan ushlanadigan mablag‘lar yoki ajratiladigan to‘lovlar vaqtida o‘tkazilmasligi, noto‘g‘ri hisoblanishi yoki ularning hisoboti noto‘g‘ri tuzilishi tashkilotlar faoliyatida moliyaviy noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa nafaqat budjet ijrosi, balki xodimlarning ijtimoiy huquqlari va kafolatlari buzilishiga ham olib keladi [4]. Ayniqsa, pensiya badallari, tibbiy sug‘urta uchun ajratmalar va ijtimoiy soliq kabi to‘lovlarning aniq va o‘z vaqtida hisobga olinishi davlat ijtimoiy siyosatining to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlashda muhimdir. Bu borada aniq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish, raqamli axborot tizimlarini joriy etish, soliq va moliyaviy organlar bilan elektron ma’lumot almashinuvini kuchaytirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Chunki raqamlashtirish orqali hisobkitob jarayonlari soddalashadi, inson omili bilan bog‘liq xatoliklar kamayadi, tizimning shaffofligi oshadi hamda davlat organlari o‘rtasidagi axborot koordinatsiyasi yaxshilanadi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 412 Byudjet tashkilotlarida ish haqi xarajatlarning muhim qismidir va ehtiyotkorlik bilan hisobga olishni talab qiladi. Mehnatni hisobga olish bunday tashkilotlarning moliyaviy resurslarini boshqarish jarayonidagi asosiy vazifalardan biridir. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan ish haqini huquqiy tartibga solish mehnat qonunchiligi, jamoaviy bitimlar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi [5]. Byudjet hisobida ish haqi fondi rejalashtirilgan va haqiqiyga bo‘linadi. Rejalashtirilgan fond xarajatlar smetasi bilan belgilanadi va ish haqi uchun byudjet mablag‘lari hisoblanadi. Haqiqiy fond ish haqining haqiqiy xarajatlarini aks ettiradi va hisoblangan va to‘langan ish haqi ma'lumotlari asosida shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlarida ish haqini nazorat qilishning asosiy maqsadi xodimlarga ish haqini hisoblash va to‘lashda mehnat qonunchiligi va boshqa me'yoriy hujjatlarning barcha talablariga qanchalik qat'iy rioya qilinishini tekshirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi (1-jadval): 1-jadval Mehnatni hisoblash va unga haq to‘lashga doir qonun va me’yori hujjatlarga amal qilinganligini aniqlash usullari 1 № Mehnatni hisoblash va unga haq to‘lashga doir qonun va me’yori hujjatlarga amal qilinganligini aniqlash usullari 1 Mehnatni tashkil etishning ilmiy tamoyillari asosida mehnat unumdorligining o‘sish potentsialini aniqlash 2 Smeta bo‘yicha ish haqi fondini shakllantirishning to‘g‘riligini tekshirish. 3 shtatlar jadvali va unda belgilangan okladlarning asoslanganligini aniqlash 4 ta’lim va tibbiyot muassasalarida tariflar jadvalining to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash 5 xodimlarning lavozim maoshlari va tarif turlari mehnat haqi to‘lash bo‘yicha tasdiqlangan yagona tarifikatsiyalash tizimiga mosligini aniqlash 6 ta’lim va tibbiyot muassasalarida xodimlar sonini va maoshlar miqdorini moliya organi tomonidan tasdiqlangan kontengentlar asosida belgilangan talablarga mosligini aniqlash 7 xodimlarga mukofot, rag‘batlantirish va moddiy yordam to‘lovlarining to‘g‘ri belgilanganligini aniqlash 8 xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash 9 hisoblangan mehnat haqi, mukofot, moddiy yordam, kasallik varqasi bo‘yicha to‘lovlar, mehnat tatili to‘lovlarini to‘g‘riligini aniqlash 10 mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha birlamchi va yig‘ma xujjatlarning to‘g‘riligi hamda asoslanganligini tekshirish 11 mehnat intizomiga rioya qilinganligini tekshirish xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi bo‘yicha to‘lovlarning to‘g‘ri tayinlanganligini aniqlash 12 mehnatni to‘g‘ri tashkil qilinganligi va hisobini tekshirish 13 mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha daromad solig‘i hamda majburiy ushlanmalarning to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish 14 qonunchilik asosida soliq va majburiy ushlanmalar bo‘yicha imtiyozlarni to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish 15 mehnat haqi, mukofot, moddiy yordam, kasallik varqasi bo‘yicha to‘lovlar, mehnat tatilini to‘lashni hujjatli tekshirish Yuqorida keltirilgan jadvaldagi usullar xodimlarga to‘lanayotgan haqning qonuniyligini tekshirish, moliyaviy hisobotlar aniqligi, byudjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishi va ish 1 Muallif tomonidan tayyorlandi INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 413 beruvchining majburiyatlarini belgilashga qaratilgan. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mehnatga haq to‘lash tizimi turli bosqichlarda qonuniylik, aniqlik va asoslanganlik talablarini o‘z ichiga oladi. Har bir band buxgalterlar, moliya mutaxassislari va auditorlar uchun tekshiruv mezonidir. Misol uchun, ish haqi fondining smetaga muvofiqligini aniqlash orqali budjetdan ajratilayotgan mablag‘larning qonuniy asosda sarflanayotganligi tekshiriladi. Tarif jadvallari va shtatlar jadvaliga asoslangan to‘lovlar xodimlarning lavozim darajasi va malakasi bo‘yicha adolatli haq olishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, kasallik varaqasi, mehnat ta’tili, moddiy yordam, mukofotlar singari to‘lovlarning shaffof va normativ-huquqiy hujjatlarga mos bo‘lishi moliyaviy intizomni mustahkamlaydi. Rag‘batlantirish jamg‘armalarining shakllantirilishi va ulardan foydalanish qonuniyligini tekshirish orqali esa ichki resurslar samarali boshqarilishi mumkin. Alohida e’tibor berish lozim bo‘lgan yana bir jihat — bu daromad solig‘i va majburiy ajratmalarning to‘g‘ri hisoblanishi. Bu band xodimning nafaqa, pensiya va ijtimoiy himoya tizimlariga qo‘shgan ulushi sifatida alohida ahamiyatga ega. Umuman olganda, jadvalda keltirilgan 15 ta usul mehnatga haq to‘lash tizimidagi har bir to‘lov turi uchun aniq va amaliy tekshiruv mezonlarini beradi. Bu esa budjet mablag‘larining shaffof va oqilona sarflanishiga, moliyaviy xatolarning oldini olishga va xodimlarning huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Tez-tez yangilanib turadigan bu kabi usullar tizimni zamonaviylashtirishga va raqamlashtirishga ham zamin yaratadi. Byudjet tashkilotlari ish haqi fondidan foydalanish qoidalariga qat'iy rioya qilishlari shart. Bu shuni anglatadiki, o‘zboshimchalik bilan xodimlar ko‘paytirimaydi, ish haqi oshirolmaydi, mablag‘larni smeta moddalari o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi va ish haqi fondidan boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi. Ushbu qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tashkilot rahbari va bosh buxgalteriga yuklatiladi. Umumiy ish haqi hisobini nazoratdan o‘tkazish manbalarini sxematik ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin (1-rasm): 1-rasm. Ish haqi hisobini nazoratdan o‘tkazish manbalarini chizmadagi ko‘rinishi [6] Tashkilotda mehnat va unga haq hisoblash muomalalari nazoratini o‘tkazishda ma’lumot olish uchun har bir xodim bo‘yicha 417-son shakldagi kartochkalardan foydalaniladi. U yil davomida xodimning mehnat haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yhatga olish qo‘llaniladi. Kartochka har xodimga ochiladi. Kartochka ma’lumotlari o‘tgan davrdagi mehnat haqi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi. Kartochka ma’lumotnomada xodim to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlardan tashqari har oyda ishlangan kunlari soni va turlari bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi summasi qayd qilinadi [7]. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 414 Mehnat ta’tili, qo‘shimcha va o‘quv ta’tillariga xodimlarning chiqishini nazorat qilish uchun manba tariqasida ta’til berish haqidagi ma’lumot xati 425meh-son shakl hisoblanadi. Budjet tashkilotlarida mehnat va unga xaq hisoblash bo‘yicha nazorat ishlari sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini o‘rganish hamda ularni taqqoslashdan boshlanadi. Buning uchun avvalam bor birlamchi xujjatlar, hisob registrlari va 16 –“Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisobkitoblar” hamda 17 – “Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisobkitoblar” subschyotlari taqqoslanadi. Bunda mehnat va unga tenlashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan subschyotlar ochilishi alohida nazoratga olinishi kerak [8]. Mehnat va ish haqining analitik hisobini tekshirishda, bu hisob-kitoblarni tashkillashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratiladi (2-rasm): 2-rasm. Mehnat va ish haqining analitik hisobini tekshirish usullari 2 Yuqorida keltirilgan rasm mehnat va ish haqi hisobini analitik tekshirishda qo‘llaniladigan usullarni ko‘rsatib bermoqda. Rasmda beshta asosiy yo‘nalish keltirilgan bo‘lib, ularning har biri alohida e’tiborga loyiq. Birinchidan, “mehnat qilish davridan qat’iy nazar har bir ishchi-hodim bo‘yicha” usul individual yondashuvni anglatadi. Har bir xodim bo‘yicha alohida hisob yuritilishi, ularning ish kunlari, stavkasi, bonuslari va boshqa to‘lovlarini to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuv adolatli va asosli ish haqi taqsimotini ta’minlaydi. Ikkinchi yo‘nalish – “hisob-kitoblarning ko‘rinishi bo‘yicha” tahlil. Bu usulda hujjatlarda qayd etilgan ish haqi hisoblari tekshiriladi, hisobotlar, ma’lumotnomalar va to‘lov vedomostlari qiyoslanadi. Bu hisob-kitoblarda yuzaga keladigan texnik yoki insoniy xatolarni aniqlash imkonini beradi. Uchinchi usul – “to‘lovlar manbasi bo‘yicha” tekshiruv, ya’ni byudjet mablag‘i, grantlar, homiylik yoki boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar ajratmalari aniqlashtiriladi. Bu usul byudjet intizomini mustahkamlashda muhimdir. To‘rtinchi va beshinchi yo‘nalishlar – “tashkilot tuzilmalar bo‘yicha” tahlil ikki bor takrorlangan. Bu esa ayni bir usulni ikki xil kontekstda qo‘llash ehtimolini bildiradi. Bu yondashuvda har bir bo‘lim, filial yoki tarkibiy tuzilma bo‘yicha ish haqi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Bu tashkilot ichidagi moliyaviy resurslar taqsimotini solishtirishga va muvozanatli rejalashtirishga yordam beradi. 2 Muallif tomonidan tayyorlandi INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 415 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur tezisda byudjet tashkilotlarida ish haqidan ushlanmalar va ajratmalar hisobining amaldagi tartibi, mavjud muammolar va ularni takomillashtirish yo‘llari o‘rganildi. Tezisda olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kundagi muammolarning asosiy ildizi hisob-kitob tizimining markazlashtirilmaganligi va har bir tashkilot darajasida turlicha yondashuvlar mavjudligidadir. Bu holat nafaqat xodimlar ish haqlarining aniqligi va o‘z vaqtida to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatadi, balki byudjet mablag‘larining samarali boshqarilishiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shu nuqtai nazardan, budjet tashkilotlarida ish haqidan ushlanmalar va ajratmalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha bir nechta muhim takliflar ilgari surildi. Ular ichida hisobkitob tizimini yagona elektron platforma asosida tashkil etish, mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, moliyaviy xodimlar malakasini oshirish va avtomatlashtirilgan dasturiy yechimlarni keng joriy etish asosiy yo‘nalishlar sifatida ajralib turadi. Bunday yondashuvlar nafaqat hisob jarayonlarini soddalashtiradi, balki xodimlar manfaatlarini himoya qilishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda, budjet tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha moliyaviy hisoblarning shaffofligi va samaradorligini ta'minlashga erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2013-yil 26-dekabrdagi 360-sonli qonuni 2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi №O‘RQ-813-sonli Qonuni 3. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-dekabrdagi “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi №O‘RQ-811-sonli Qonuni 4. Tuychiev A., Ostanaqulov A., Ibragimov K. Budjet tashkilotlarida budjet hisobi. Iqtisod moliya. T:. 2019 5. Sholdarov D.A. Byudjet nazorati va g‘aznachiligi. O‘quv-uslubiy majmua. Toshkent, 2022. 158 b. 6. Ostonokulov A.A., G‘aniyev Sh.V. “Byudjet nazorati” fanidan o‘quv uslubiy majmua.—T.: TMI, 2019. 279 bet. 7. Туйчиев А.Ж. и дрг. Бюджетный учет. Учебной пособия. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2018. – 278 b. 8. Toshmuxamedova D.A. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2018. – 328 b.