Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 416 SMETA TUZISHDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Erkinova Maftuna Zafarovna1, Erkinova Munavvar Zafarovna2 1“Meros Pharm Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyatda buxgalter; 2Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-bosqich magistr talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17266661 Annotatsiya. Mazkur tezisda smeta tuzish jarayonida budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning iqtisodiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti mablag‘lari ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qamrab olishda yetarli bo‘lmay qolayotgan bir paytda, qo‘shimcha moliyaviy manbalarga tayanuvchi yondashuvlar dolzarb bo‘lib bormoqda. Smetani shakllantirishda budjetdan tashqari mablag‘larning jalb qilinishi qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda loyiha samaradorligini oshiradi, moliyaviy yukni kamaytiradi hamda iqtisodiy resurslarning diversifikatsiyasini ta’minlaydi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha, mahalliy budjetlarning qamrov doirasi cheklangan hollarda budjetdan tashqari mablag‘lar orqali muhim loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘lmoqda. Kalit soʻzlar: Budjetdan tashqari mablag‘lar, smeta tuzish, moliyaviy rejalashtirish, budjet tashkiloti, daromad manbalari, grantlar, homiylik, smeta xarajatlari, budjet barqarorligi, moliyaviy nazorat, moliyaviy tahlil, xizmat haqlari. Hozirgi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, infratuzilmalarni rivojlantirish, ijtimoiy sohalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlar davlat budjetidan moliyalashtirilayotgan eng muhim vazifalar sirasiga kiradi. Biroq bu vazifalarning to‘liq amalga oshirilishi ko‘pincha faqat davlat budjeti hisobiga cheklangan imkoniyatlar doirasida bajarilmoqda. Aholi sonining ortib borayotgani, yangi hududlar infratuzilmalarining shakllanishi, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi moliyalashtirish hajmini oshirishni talab qilmoqda. Shu sababli, davlat budjeti imkoniyatlarini to‘ldiruvchi va uni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha moliyaviy manbalarni izlash zarurati tobora ortib bormoqda. Bu borada budjetdan tashqari mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Smeta – bu har qanday loyiha, ish yoki faoliyat uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini rejalashtiruvchi hujjat hisoblanadi. Smetaning to‘g‘ri va asosli tuzilishi moliyaviy nazoratni kuchaytirish, resurslarni tejash va loyihaning iqtisodiy asoslanganligini ta’minlashda muhim vositadir. Odatda smeta davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar asosida tuziladi, lekin zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda bu yondashuv yetarli emas. Ayniqsa, yirik ijtimoiy va infratuzilma loyihalarida, korxona va tashkilotlar faoliyatini moliyaviy jihatdan barqarorlashtirishda budjetdan tashqari moliyaviy manbalarni hisobga olish dolzarb bo‘lib qolmoqda [4]. Bugungi kundagi iqtisodiy islohotlar jarayonida budjetdan tashqari mablag‘lar nafaqat davlat byudjeti yukini kamaytirish, balki iqtisodiy mustaqillikni oshirish, tashabbuslarni rag‘batlantirish, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu mablag‘lar tarkibiga homiylik mablag‘lari, grantlar, xayriya tashkilotlari yordami, xususiy investorlar mablag‘lari, xorijiy moliyaviy institutlarning kreditlari,
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 417 aholi hissasi va boshqa manbalar kiradi. Ularni smeta tuzish jarayoniga integratsiya qilish esa, moliyaviy rejalashtirishni yanada aniqlashtirish, loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Smetaning asosiy vazifalaridan biri bu – loyihaning barcha bosqichlarida moliyaviy tartib-intizomni ta’minlash va mablag‘lardan maqsadli foydalanish mexanizmlarini belgilashdan iborat. Bunda faqat budjet mablag‘lariga tayanib qolish ba’zida moliyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan, loyihalarning barqarorligini ta’minlashda va ularning uzluksiz amalga oshirilishida budjetdan tashqari mablag‘lar muhim zaxira sifatida qaralmoqda. Ushbu moliyaviy manbalarni hisobga olish, ularni smetaga to‘g‘ri kiritish va oqilona boshqarish orqali smetani yanada puxta va ishonchli qilish mumkin bo‘ladi [5]. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab muvaffaqiyatli ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarda budjetdan tashqari mablag‘lar faol ishtirok etgan. Masalan, maktablar yoki tibbiyot muassasalari qurilishi, obodonlashtirish ishlari, madaniy tadbirlar, ekologik loyihalar va boshqa ko‘plab sohalarda homiylik mablag‘lari, xususiy sektor investitsiyalari orqali muhim natijalarga erishilmoqda. Bunday yondashuv davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytiradi, fuqarolarning ishtirokini rag‘batlantiradi va budjetga tushadigan bosimni kamaytiradi. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan grantlar va texnik yordam dasturlari ham budjetdan tashqari moliyaviy manbalar sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ular orqali ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab ilg‘or loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunday mablag‘larning smetada to‘g‘ri aks ettirilishi esa nafaqat mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi, balki ularni monitoring qilish, audit qilish, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash imkonini beradi. Biroq budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning o‘ziga xos xavf va cheklovlari ham mavjud. Xususan, ularning kelib chiqish manbalari, huquqiy maqomi, shartnomaviy majburiyatlar va sarf-harajatlar ustidan nazorat mexanizmlarining yetarli darajada bo‘lmasligi moliyaviy boshqaruvda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, smeta tuzishda bu mablag‘larni to‘g‘ri hujjatlashtirish, ularni qonuniy asosda hisobga olish va ularning sarfini belgilovchi aniq normativ-huquqiy asoslarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi davrda davlat budjeti mablag‘lari bilan bir qatorda budjetdan tashqari mablag‘lar ham muhim iqtisodiy manba sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda va ularning faoliyatini kengaytirishda ushbu qo‘shimcha mablag‘lar muhim rol o‘ynaydi. Budjetdan tashqari mablag‘lar tashkilotlarga o‘z faoliyatlarini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va xodimlarni rag‘batlantirish imkonini beradi. Davlat budjetining chegaralanganligi sharoitida, ayniqsa ijtimoiy sohalar – ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi muassasalar faoliyati uchun budjetdan tashqari moliyaviy manbalarni izlash muhim strategik yo‘nalishga aylanmoqda [6]. Rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida budjet tashkilotlarining o‘z faoliyatidan daromad topishi yoki tashqi manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga o‘z xarajatlarini qoplash imkoniyati ularga mustaqillik beradi. Ayniqsa, tibbiyot muassasalari, ta’lim tizimidagi tashkilotlar, davlat idoralari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘larning manbalari huquqiy va iqtisodiy jihatdan belgilab qo‘yilgan [4]. Quyidagi rasmda aynan mana shunday mablag‘larning tashkil bo‘lish manbalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning har biri budjet tashkilotlarining faoliyatida o‘ziga xos ahamiyatga ega (1-rasm):
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 418 1-rasm. Budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘lari tashkil bo‘lish manblag‘lari [4] Ushbu rasmda budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi uchun asos bo‘ladigan manbalar aniq ko‘rsatilgan. Birinchi manba sifatida budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari keltirilgan bo‘lib, bu jamg‘arma asosan tashkilot faoliyatidan kelib chiqadigan ichki mablag‘lar, iqtisod qilingan resurslar va boshqa qo‘shimcha tushumlar asosida shakllanadi. Ular moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yangilanish va modernizatsiya ishlarini olib borishga xizmat qiladi. Ikkinchi manba sifatida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari alohida ajratilgan. Bunday jamg‘armalar tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xizmat sifatini yaxshilash, uskunalarni yangilash kabi yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Bu jamg‘armaning mavjudligi sog‘liqni saqlash tizimini yanada barqarorlashtirish va bemorlar ehtiyojini qondirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi manba – ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari hisoblanadi. Bu mablag‘lar o‘quvchilarning yoki talabalar tomonidan to‘langan kontrakt pullari orqali shakllanadi. Ular orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning ish haqlarini rag‘batlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish kabi maqsadlar amalga oshiriladi. To‘rtinchi va beshinchi manbalar esa to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha mablag‘lar hamda boshqa budjetdan tashqari maxsus mablag‘lardan iborat bo‘lib, ular xususiy xizmatlar, sertifikatlar, sinovlar, qo‘shimcha xizmatlar yoki xayriya mablag‘lari asosida shakllanishi mumkin. Bular budjet tashkilotlariga moslashuvchanlik, tashabbuskorlik va qo‘shimcha resurslar yaratish imkonini beradi. Yuqoridagi rasmda keltirilgan budjetdan tashqari m ablagiar bo‘yicha alohida-alohida daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi. Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qanday smetalarni tuzishlarini quyidagi rasmda keltirib o‘tamiz (2-rasm):
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 419 2-rasm. Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tuzadigan smetalari [7] Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalaming daromad qismiga budjetdan tashqari mablag‘larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbaalari bo‘yicha kutilayotgan mablag‘lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag‘lar qoldig‘i kiritiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, smeta tuzishda faqat davlat budjeti hisobiga tayanish bugungi zamonaviy iqtisodiy sharoitda yetarli emas. Rivojlanayotgan infratuzilma, yangilanayotgan ijtimoiy xizmatlar va ko‘payib borayotgan ehtiyojlar moliyaviy jihatdan keng qamrovli yondashuvni talab qilmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri – bu budjetdan tashqari moliyaviy manbalardan foydalanishdir. Bu mablag‘lar tashkilotlarga mustaqil faoliyat yuritish, o‘z ehtiyojlarini mustaqil hal qilish, xizmat sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlashda katta yordam beradi. Smetani tuzishda ushbu manbalarni hisobga olish orqali moliyaviy rejalashtirishni yanada aniq, real va barqaror qilish mumkin. Mazkur mavzu bo‘yicha bir nechta takliflarni ilgari surdik. Avvalo, budjetdan tashqari mablag‘larning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ularni smetaga integratsiya qilishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, bu mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha shaffoflikni ta’minlovchi nazorat tizimlarini joriy etish ham muhim. Tashkilotlarning ichki resurslardan daromad topishi uchun qonuniy imkoniyatlar kengaytirilishi kerak. Shu bilan birga, budjetdan tashqari manbalarni aniqlash, ularni jalb qilish va samarali boshqarish bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash dolzarb vazifa sifatida ko‘riladi. Bu takliflar smeta tuzish jarayonining zamonaviy va kompleks yondashuvlar bilan boyitilishiga, tashkilotlar faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet kodeksi” 2013-yil 26-dekabrdagi 360-sonli qonuni 2. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi №O‘RQ-813-sonli Qonuni
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 420 3. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-dekabrdagi “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi №O‘RQ-811-sonli Qonuni 4. Tuychiev A., Ostanaqulov A., Ibragimov K. Budjet tashkilotlarida budjet hisobi. Iqtisod moliya. T:. 2019 5. Sholdarov D.A. Byudjet nazorati va g‘aznachiligi. O‘quv-uslubiy majmua. Toshkent, 2022. 158 b. 6. Туйчиев А.Ж. и дрг. Бюджетный учет. Учебной пособия. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2018. – 278 b. 7. Toshmuxamedova D.A. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2018. – 328 b. 8. Nurmuxmedova B.I. Davlat byudjeti. O’quv qo’llanma. – T.: “IqtisodMoliya”. 2018. - 576 b.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 421 Muallif (mualliflar) arizasi Muallif familiyasi, ismi va sharifi (to‘liq) Erkinova Maftuna Zafarovna Shahar, mamlakat Toshkent shahri, Yunusobod tumani Ish yoki o‘qish joyi (tashkilotning to‘liq nomi) “Meros Pharm Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyat Lavozimi Buxgalter Ilmiy daraja va ilmiy unvon Yo‘q E-mail [email protected] Telefon raqami (mob/ish) +998509976795 Ishtirok etish shakli (shaxsan/sirtdan/onlayn) Onlayn Maqola/tezis nomi Smeta tuzishda budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning ahamiyati Ilmiy yo‘nalish raqami 1 – Iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish sohasida eng so‘nggi tadqiqotlar hamda zamonaviy konsepsiyalar “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilg‘or tadqiqotlar” mavzusida xalqaro simpoziumda ishtirok etish uchun maqola/tezisni yuborib, men o‘z maqola/tezisimni simpozium to‘plamida bepul (muallif haqi to‘lanmasdan) nashr etishga roziman. Muallif familiyasi, ismi va sharifi (to‘liq) Erkinova Munavvar Zafarovna Shahar, mamlakat Toshkent shahri, Yunusobod tumani Ish yoki o‘qish joyi (tashkilotning to‘liq nomi) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Lavozimi Magistr Ilmiy daraja va ilmiy unvon Yo‘q E-mail [email protected] Telefon raqami (mob/ish) +998944743898 Ishtirok etish shakli (shaxsan/sirtdan/onlayn) Onlayn Maqola/tezis nomi Smeta tuzishda budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning ahamiyati Ilmiy yo‘nalish raqami 1 – Iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish sohasida eng so‘nggi tadqiqotlar hamda zamonaviy konsepsiyalar “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilg‘or tadqiqotlar” mavzusida xalqaro simpoziumda ishtirok etish uchun maqola/tezisni yuborib, men o‘z maqola/tezisimni simpozium to‘plamida bepul (muallif haqi to‘lanmasdan) nashr etishga roziman.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 422