TURKIY XALQLAR OG'ZAKI IJODI HAQIDA
Full text
10 TURKIY XALQLAR OG‘ZAKI IJODI HAQIDA Mirzayeva Salima Raimjonovna filologiya fanlari doktori, professor, Andijon davlat universtiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268083 Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy xalqlar og‘zaki ijodining kelib chiqish ildizlari haqida qisqacha so‘z boradi. Turkiy xalqlar o‘gzaki ijodining takomillashuvi va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berilgan. Xalqning til boyligi uning folklorida namoyon bo‘lishi keltirilgan. Kalit so‘zlar: turk, folklor, san’at merosi, imperiyasi, mesopotamiya, Kichik Osiyo. Abstract. This article briefly discusses the origins of the oral art of the Turkic people. Information is provided about the stages of development and improvement of the oral art of the Turkic people. The linguistic wealth of the people is reflected in its folklore. Keywords: Turk, folklore, artistic heritage, empire, Mesopotamia, Asia Minor. Аннотация. В статье кратко рассматриваются истоки устного творчества тюркских народов. Приводятся сведения об этапах развития и совершенствования устного творчества тюркских народов. Языковое богатство народа отражено в его фольклоре. Ключевые слова: тюрк, фольклор, художественное наследие, империя, Месопотамия, Малая Азия. Tarixda „turk“ so‘zi bir qavmga mansub ko‘plab xalqlarning umumiy nomi sifatida shakllandi. V asrga oid xitoy manbalarida „turk“ so‘zi turonliklar, turklar ma’nolarida qo‘llanilgan. Bu so‘z ot ma’nosida kelsa „kuch – quvvat“, sifat vazifasida kelsa „kuchli, quvvatli“ ma’nosini bergan. Bundan tashqari, u „yetuk“, „bilimdon“, „dono“ kabi tushunchalarni ham ifodalaydi. Eramizgacha Turk xoqonligi katta hududda hukmronlik qilgan. VII-II asrlarda Janubiy Sibiriyo, Enasoy (Enasoy) va Irtish daryosi bo‘ylari, hozirgi Mojariston (Vengeriya) va Chexoslovakiya, Hazar dengizi bo‘ylari, Eron, Iroq, Suriya va Turkiya davlatlari o‘rnida sak – iskit imperiyasi barpo bo‘lgan. Qadimgi turkiylar yashaydigan hududlar Sharq manbalarida Turon, yunon tarixchilarining kitoblarida esa Skifiya mamlakati deb yuritilgan. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodining qadimgi davrlarini tiklash va o‘rganish uchun yetarli asoslar bor. Ijtimoiy–siyosiy aloqalar, tildagi so‘z, ibora va atamalar, diniy tushuncha, tafakkurlarning yaqinligi hamda bir xilligi jihatidan antik davrdagi ayrim xalqlarning madaniyati va adabiyotida turkiylarga xos umumiy tipologik yaqinliklar bor. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, milodimizdan avvalgi uch minginchi yillarda Kichik Osiyoda yashagan shumerlarning diniy tasavvurlari, tili va adabiy qarashlarida mushtaraklik seziladi. Yoki hozirgi O‘zbekiston hududida islomga qadar mesopotamiyaliklarning qishloqlari bo‘lganligi to‘g‘risida arab tarixchilari yozib qoldirganlar ma’lumotlar ham qimmatlidir.
11 Turk xalq mifologiyasi dunyo mifologiyasi tarixida eng qadimiyligi va boyligi bilan ajralib turadi. Bunday miflar esa turkiy xalqlarning miloddan avvalgi va milodiy davrlarda yashagan geografik hududlarning ulkanligidan dalolat beradi. Turk mifologiyasining eng muhim jihati turk tilida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Shu sababli ham turkiy madaniyatning bir qismi sanalgan og‘zaki adabiyotdagi dostonlar, afsonalar, masallar, maqollar, iboralar, maqtovlar, topishmoqlar singari janrlardan turk miflariga oid ishonarli va qimmatli ma’lumotlarni topishimiz mumkin [4:3]. Turkiy xalqlar folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va marosimlari, an’analari-yu о‘zbekona samimiyatini mukammal aks ettirganligi uchun ham qadrlidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishish ostonasida birinchi Prezidentimiz tomonidan ko‘plab hayotbash farmonlar bilan bir qatorda, о‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va Navrо‘z bayramini qayta tiklanishi xalqimizning ma’naviy hayotida katta iz qoldirdi. Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kitobxonlikka, umuman ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Zero, ma’naviyat masalalari hamma davrda eng dolzarb mavzulardan biri bо‘lib kelgan [3:1]. Xalqning til boyligi birinchi navbatda uning folkorida namoyon bо‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini о‘rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bо‘ladi. Og‘zakilik, variantlilik folklorning о‘ziga xos xususiyati bо‘lib, u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bog‘liq ekanligini urg‘ulaydi, ya’ni folklor asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda о‘zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak namoyishi demakdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абаева Т.Г. Нуристон қабилаларининг афсона ва урф-одатлари. – Тошкент: 1969 2. Жирмунский В.М. Тюркский героический эпос. Изд. Наука Ленинград, 1974. 3. Мирзиёев Ш. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. 4. Отажонова М. Ҳозирги ўзбек насрида мифологик архетиплар // Илм сарчашмалари. 2016. 5. Boratоv P.N. Türk Efsaneleri. Folklora Doğru. Ankara: 1974. 6. Kenjayeva P. Turk folklori. – Тошкент: Sharq, 2020. 7. Seyidoğlu B. Efsane. Türk Dünyası El Kitabı, C. III, TK Yayınları, Ankara: 1992.