TABIAT VOQEA-HODISALARI HAQIDAGI MIFLAR XUSUSIDA
Full text
138 TABIAT VOQEA-HODISALARI HAQIDAGI MIFLAR XUSUSIDA Qayumova Gulnora Nuraliyevna Toshkent amaliy fanlar universiteti mustaqil izlanuvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268238 Annotatsiya. Mazkur maqolada miflarning tasniflash muammolari va jahon folklorshunosligida miflarning ichki guruhga ajratib tasniflash tajribalari borasida mulohazalar yuritiladi. Miflarning mavjud tasnifoti o‘rganilib, muallifning yangi tasnifi va shu tasnif asosida axborot tashishga xizmat qiladigan mif tiplaridan biri tabiat voqea-hodisalari haqidagi miflar borasida mulohazalar yuritiladi. Kalit so‘zlar: mif, tasnif, tip, axborot, syujet, obraz, guruh. Аннотация. В данной стате рассматриваются проблемы классификации мифов и эксперименты по выделению мифов во внутреннюю группу в мировом фолклоре. Изучается существующая классификация мифов, а также авторская новая классификация и один из видов мифов, которые служат для передачи информасии на основе этой классификасии, проводятся медитасии над мифами о событиях и явлениях природы. Ключевые слова: миф, классификация, тип, информатсия, сюжет, образ, группа. Annotation. This article discusses the problems of myth classification and experiments on the allocation of myths into an internal group in world folklore. The existing classification of myths is being studied, as well as the author's new classification and one of the types of myths that serve to convey information based on this classification, and meditations are conducted on myths about events and natural phenomena. Keywords: myth, classification, type, information, plot, image, group. Miflar ham mazmunan turlicha bo‘lib, ba’zi mifologik hikoyada tabiat hodisasi ifodalansa, boshqasida o‘zga olam vakillari ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa izohlanadi. Ba’zi miflar osmon jismlari bilan bog‘liq voqea va hodisalarni izohlaydi. Miflarning turfa xilligi ularni u yoki bu jihatdan guruhlarga ajratib o‘rganish zaruratini yuzaga keltirdi. Fransuz antropologi Klod-Levi Stross miflarni tasnif qilishda struktural yondoshuvni taklif qiladi. U miflarni insonning tajribalari va ziddiyatlarini ifodalovchi universal tizim sifatida baholaydi. Shundan kelib chiqib olimning tadqiqotlarida miflar bir necha ichki guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan: 1. Ibtido haqidagi miflar – bunday miflar dunyoning yaratilishi, odam, tabiat va jamiyatning paydo bo‘lishini izohlashga qaratilgan bo‘ladi. Ular tabiat va madaniyatning turli elementlarining kelib chiqishini tushuntiradi. 2. Qahramonlar haqidagi miflar – jamiyatning qadriyatiga aylangan mifologik personajlarning qahramonliklari haqida hikoya qiluvchi og‘zaki matnlar. 3. Transformasiya haqidagi miflar – dunyodagi jamiyat va alohida shaxslarning o‘zgarishlari va evrilishlari sabablarini izohlaydi.
139 K.L.Stross mifni strukturasi va elemenlari o‘rtasidagi bog‘liqlarni tahlil qilish mumkin bo‘lgan timsollar tizimi sifatida o‘rganadi. Uning yondoshuvida mifologik tasavvurlar asosida yotgan binar va qarama qarshi oppozisiya (hayot/o‘lim, madaniyat/tabiat) e’tiborga olinadi. Shunday qilib, Klod-Levi Strossning miflar tasnifida mifning aniq mazmuniga emas, balki mifning strukturasiga e’tibor qaratganligini kuzatishimiz mumkin. Ruminiyalik taniqli faylasuf, diniy tarixchi va mifolog Mircha Yeliade haqiqatan ham miflarning qiziqarli tasnifini taklif qildi va ularni tahlil qildi. Mircha Yeliade ularning madaniyat va insoniyat tajribasidagi rolini o‘rgandi. Uning asarlarida miflar shunchaki hikoyalar yoki afsonalar emas, balki odamlarga dunyoni va undagi odam o‘rnini tushunishiga yordam beradigan, insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligi ta’kidlangan. O‘zbek folklorining arxaik qatlamiga xos mif matnlarini tasnif qilishda og‘zaki matnda voqelikning funksional semantik qamrovi – mifning ibtido yoki intiho haqidagi xabarni tashish yetakchilik qilishi kuzatiladi. Faqat miflarda axborot tashish vazifasi axborot mohiyati turlichaligi bilan farqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida mif matnlari mavzusiga borib taqali. Shunday ekan, miflarni tasnif qilishda ularning funksional vazifasidan kelib chiqib, quyidagi mezonlar asosida tasnif qilish mumkin: 1. Axborotni ifodalagan mavzu doirasiga ko‘ra; 2. Mifning e’tiqodiy mansubiyatiga ko‘ra (animistik, monistik, shomonistik, jon haqidagi, kult miflari islom e’tiqodiga doir miflar kabi); 3. Voqea-hodisalarning sodir bo‘lish o‘rniga ko‘ra makoniy miflar (yuqori olam, yer va quyi olam, suv osti olami miflari); 4. Voqelikda ishtirok etgan obrazlar sifatiga ko‘ra (Xudolar, ruhlar, demonlar yoki yovuz kuchlar, iloh va odam o‘rtasidagi vositachilar) haqida ma’lumot yetkazuvchi miflar. Axborotni ifodalagan mavzu doirasiga ko‘ra guruhning bir turi – tabiat voqeahodisalari haqidagi miflar bo‘lib, ular ham o‘z navbatida ichki guruhlarga bo‘linadi. Bularga: a) shamolning paydo bo‘lishini izohlovchi Haydar, Ajdar, Yalli momo haqidagi voqealarni hikoya qiuvchi miflar: b) Momoguldirak, chaqmoqning paydo bo‘lish sabablarini izohlovchi miflar; s) Osmon jismlari holatini tavsiflashga qaratilgan miflar. Masalan, Oyning yuzidagi dog‘ning qanday paydo bo‘lgani, nima sababdan Oy va Quyosh uchrashmasligi, Yulduzlar va ularning nomlanishini izohlashga qaratilgan og‘zaki fantastik hikoyalar;
140 d) Yerning qimirlashi sabablarini izohlovchi miflar. J.J. Frezer o‘z asarida mifologiya va dinning kelib chiqishini qiyosiy o‘rganar ekadi, ko‘pgina miflar, ayniqsa tabiat hodisalari bilan bog‘liq bo‘lganlari, qadimgi odamlarning dunyoni tushunishga urinishlari natijasidir. Masalan, quyosh, oy, yomg‘ir va boshqa tabiiy hodisalarning mifologik talqinlari ularning ahamiyatini anglashga va ularga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. K.Yung miflarni insonning kollektiv ong ostining ramziy ifodasi sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, quyosh, oy, dengiz va boshqa tabiiy hodisalar haqidagi miflar insonning arxetipik obrazlarini aks ettiradi. Bu obrazlar insonning ruhiyatida mavjud bo‘lib, ularning dunyoni anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. M.Eliade esa, tabiat hodisalarini izohlovchi miflarni muqaddas tarixning namoyon bo‘lishi sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, tabiat hodisalari haqidagi miflar dunyoning yaratilishi, tartibga kelishi va muqaddaslashuvini tushuntiradi. Quyosh, oy, suv va yer kabi tabiiy elementlar muqaddas hisoblanib, ularning mifologik talqinlari insonning dunyo bilan munosabatini belgilaydi. Bizningcha, miflarning eng arxaip tiplari tabiat voqea hodisalarining kelib chiqish sabablarini izohlashga qaratilgan miflardir. Bunday mif matnlari tabiat hodisasining sababni izohlashni maqsad qilib olishi, syujetida inson obrazi ishtirok etmasligi, axborot tashishi va mavzuning g‘oyaviy maqsad chegarasida bo‘lishi bilan boshqa tipdagi miflardan ajralib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Frazer, J. G. The Golden Bough. – London: Macmillan, 1890. 2. Jung, C. G. Psychological Types. – Princeton, NJ: Princeton University Press, 1921. 3. Eliade, M. The Sacred and the Profane. – New York: Harcourt, Brace & World, 1957.