KELINSALOM QO'SHIQLARIDA XALQ UDUMLARI VA RASM-RUSUMLAR TALQINI
Full text
174 KELINSALOM QO‘SHIQLARIDA XALQ UDUMLARI VA RASMRUSUMLAR TALQINI Yo‘ldoshev Javlonbek Yusufboy o‘g‘li Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268286 Annotatsiya. Kelinsalom marosimi, odatlar, irim, udum, rasm-rusmlar talqini, chimildiq yoki ko‘shaynaning vazifasi, yangganing kelin oldidagi ro‘li, sehr-jodu, hamda folklor an’analariga xos tasvir va sahnaviylik yo‘sini tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: Kelinsalom marosimi, odatlar, irim, udum, rasm-rusmlar, oilaviy marosim, chimildiq, yangga, sehr-jodu. Abstract. The interpretation of the bride's greeting ceremony, customs, traditions, rituals, the function of the chimildiq or koshayna, the role of the new bride in front of the bride, magic, as well as the image and stage approach characteristic of folklore traditions were studied. Keywords: Bride's greeting ceremony, customs, beliefs, traditions, rituals, family ceremony, chimildiq, yangga, magic. Аннотация. Исследованы обряды приветствия невесты, обычаи, обряды, традиции, толкование ритуалов, функция чимилдика или кушайны, роль янги перед невестой, магия, а также изображение и сценический стиль, характерные для фольклорных традиций. Ключевые слова: Церемония приветствия невесты, обычаи, суеверия, традиции, обряды, семейная церемония, чимилдик, янга, колдовство. Xalq inonchlari negizida vujudga kelgan oilaviy marosimlar o‘zining tarbiyaviyligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, oilaviy marosimning bir qismi bo‘lgan kelin salom sahnaviyligi, yengil kulgi bilan ijtimoiy muammolarni badiiy usulda xalqqa taqdim qilishi bilan, obrazliligi, badiiy tasvir vositalariga to‘yinganligi bilan xarakterlanadi. Kelin salom o‘zbek folklorida mukammal poetik hodisa, jamoviy marosim sifatida shakllangan. Hozirgi kunda To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo tumanlarida kelin salom qo‘shiqlari yakka davra boshqaruvchisi maxsus chaqirilgan „salomchi“ tomonidan to‘y kuni kelin kuyovning uyiga kelgan vaqtida ijro etiladi. „Nikoh to‘yi oilaviy marosimlar ichida eng yirigi bo‘lib, uni tashkil qilish va o‘tkazish jarayoni uzoq muddatni o‘z ichiga oladi. Nikoh to‘yi bilan bog‘liq odatlar, irim, udum, rasmrusmlar ham juda ko‘pdir“ [3: 127]. Jumladan, kelin-kuyov va yaqin birodarlari sayohat qilib aylanib kelin kuyovning uyiga keladi. Kuyovning oila a’zolari va barcha mehmonlar kelinni kutib oladi. Kelinni olib kelgan mashina, „Kelin mashina“ deb alohida etirof etiladi. Unda kelin, uning ikki dugonasi va bir yengasi bilan kuyov uyiga keladi. Bu hududlarda
175 kelinni tushirish va kutib olish boshqa hududlarga qaraganda bir-biridan farqlanadi. Kelin kutib olinadi va tushirish marosimi bo‘ladi, kelin olib borgan qo‘g‘irchoqni, kelin va kuyovning burunduq enasi bergan adyolga, kelin yanga o‘rab beradi. „Xorazmda, ayniqsa uning janubiy hududida to‘y tantanasining ajralmas qismida sehr-joduga yo‘g‘rilgan udumlar juda yorqin ko‘riladi. Bu marosimlarda markaziy o‘rinlardan birini bola egallaydi. Odatda, bola – kelajak avlod ramzidir. Gurlanda kelin tushgan arava kuyov uyiga kirib kelishi bilan kelinning tizzasiga bolani o‘tqazishadi … . tizzadagi o‘g‘il bola yog‘och qoshiq bilan kelinning yuzini bekitib turgan ro‘molini ochadi. Bu paytda kuyov bitta patir va bitta qatlama keltiradi“ [4: 73-74]. Bu udumning ba’zi qismlari bugungi kunda ham davom qilib kelinmoqda. Albatta, zamonning yangilanishi udumlarga ham tasir o‘tkazadi. Tushuncha saqlangan holda bu udum davom qilayotganligini bugun ham ko‘rishimiz mumkin. Kelin kelgan paytda uyning katta buvi-momolari kichkina bola yoki chaqaloqni mashina ichidagi kelinga beradi va kelin niyat qilib chaqaloqning beliga belbog‘ yoki ro‘mol o‘rab qaytib beradi. Yana ba’zi joylarda bola yoki chaqaloqni yig‘latib tushirish kabi irim-sirimlar ham qilishadi. Bu udumning asosiy zamirida kelajakda o‘g‘il farzand ko‘rsin, bola-chaqali, serfarzand bo‘lsin degan niyat yotadi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan quroq matodan tikilgan chimildiq yoki ko‘shayna deb atalgan mato tagida turib kelin salom qilinadi. „Chimildiq yoki ko‘shayna“ uning bajaruvchi vasifasi nihoyatda muhimdir. „… uni keksa, ko‘p bolali, nevara ko‘rgan ayol bichadi va tika boshlaydi. Barcha axborotchilar ko‘shaynani kelin va kuyovni sehr-jodulu g‘ayritabiiy yovuz kuchlardan himoya qiluvchi vosita sifatida ta’riflashadi. Uning asl mohiyati ham – shu“ [4: 74]. Chimildiqning to‘rt tarafiga yoki ikki tarafiga mevali daraxtning shoxidan tutqich qo‘yiladi. „To‘y aravasi yasatilar ekan, unga o‘rnatiladigan ko‘shayna mevali daraxt novdalariga biriktiriladi. Bu novdalar jiyda yoki tutdan olinadi. Arava kuyov uyiga kelgandan so‘ng ko‘shaynaga biriktirilgan oq, uzun mato olinib, tut va jiyda novdalariga o‘raladi va ular birinchi farzand tug‘ulguncha saqlanadi [4: 76]. Albatta, yaqinlargacha kelinni olib keladigan mashinani ustiga chimildiqni yopib kelish udum bo‘lgan. Chimildiqning tabarruk deb qadrlashgani unga bo‘lgan inonchlari jamlanib kelinsalom qo‘shig‘ida o‘z aksini topgan. Chimildig‘i momosidan qolgan meros, Kelin kiygan, ko‘p tabarruk niko libos, Farz to‘ylarin tabobin qilib e’zoz, Ko‘ring, tinglang aziz elim, kelin salom beradi! Yoki,
176 Chimildig‘i yarashibdi bo‘ylarina kelinning, Yosh-u qari qutlab kelmish, to‘ylarina kelinning, Mehmon sig‘mas ostonasi tillo bo‘g‘an uylarina kelinning Ko‘ring, tinglang aziz elim, kelin salom beradi! [1] Ijro uslubi va kelin salom qoshig‘ining to‘qilishidagi o‘zgachalik, marosimda ishtirok etadigan har bir detalni obraz sifatida badiiy talqin qilinishi marosimning qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ladi. Turkiy xalqlarda, asosan o‘zbek xalqida kelinga ko‘rmana berish odati qadim zamonlarga borib taqaladi. Kelin yuzini ko‘rish uchun unga ko‘rimlik berish kerak bo‘lgan. Misol uchun: qoraqalpoqlarning xalq dostoni bo‘lgan Alpamis dostonida Gulbarshinning Alpamis eliga kelgach, kelinga ko‘rimlik berish uchun salomlar aytilgan. Masalan: Alpami’sti’n’ a’kesi, Baysi’n yeldin’ da’kesi, Baybo’rige bir sa’lem, Kelinli boldi’n’ degenge, Quwani’p ju’r yenen’iz, Jantileske bir sa’lem [2: 163] Ammo tadqiqot ishimizda nazarda tutgan hududlarda bu marosim oldinlari ayollar o‘rtasida o‘tkazilganligi aytiladi. Bizning fikrimizcha, Beruniy va Ellikqal’a tumanlarida oldingi tushuncha saqlanib qolingan va ko‘rmana berish jarayonida faqat ayyolar qatnashishi ham shu sabablidir. To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlarida kelin oldiga dasturxon yozilib, kelin salom marosimida hamma: erkak-u ayol qatnashib kelinga ko‘rmana beradi. Qaraqlpoq xalq dostoni „Alpamis“ da Gulbarshin Boysun qong‘irot eliga kelib oz qolganda barcha: erkak-u ayol, yosh-u qari uni kutib olgani chiqadi va bet ashar qilinib ko‘rmana beriladi. Bu holat tasir o‘tkazib mana shu tushuncha negizida ko‘rmana berish odat tusiga kirgan deb o‘ylaymiz. Ushbu hududlarda marosim davomida kelin va u bilan birga turuvchilarda bazi farqlar kuzatiladi. Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlarida kelin gilam va uning ustiga yoyilgan oq matoning ustida turib ta’zim qiladi. „Oq mato“ kelinning oyoq izi oq bo‘lsin degan niyatda yoyiladi. Amudaryo tumanida bunaday holat kuzatilmaydi. Qaynona kelinga ko‘rmana berish bilan birga kelinning bir qo‘liga non bir qo‘liga novvat beradi. Bu orqali „Yangi kelin“ davlatli, rizqli bo‘lsin, hayotlari shirin bo‘lsin, tili shirin bo‘lsin“, – deb niyat qilinadi, „Non“ – davlat, rizq ramzi, „novvat“ – shirin hayot ramzi. Amudaryo tumanida bunday holat uchramaydi. Faqat ko‘rmana beriladi. Beruniy tumanida kelin yangga oldinda dasturni kelinga o‘rgatib turuvchi sifatida kelin oldida chimildiqni ikki uchini ushlab turadi, kelin orqada yanggadan o‘rganib
177 ta’zim qilishi aytib o‘tiladi. Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlarida o‘ng tarafda yangga chap tarafda kelin dugona o‘rtada kelin turib ta’zim qiladi. „yangga kelinga salom qilish tartibini o‘rgatadi, dugonasi niyat qilib buni o‘rganadi“ deya qaraladi. Amudaryo tumanida chimildiqni to‘rt tarafidan ushlab turiladi, kelin o‘rtada, yo ikki yonida ikki yangasi turadi, yo faqat o‘ng yonida bitta yangasi turadi, yo ikki yangga oldinda chimildiqning ikki tarafini ushlab turadi. Bunda ham asosiy tushuncha yangga kelinga o‘rgatuvchi vazifasini bacharadi. Kelin dugonalar niyat qilib o‘rganib turadi. Bu jarayonda o‘rgatuvchi va niyat qilib o‘rganuvchi degan g‘oya ilgari surilishi bilan birga kelinni yomon ko‘zlardan ins-jinslardan himoya qiluvchi vazifalarni ham bajaradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Amudaryo tumani Dorman OFYda yashovchi Oybek Matsafoyev salomchidan yozib olindi. Yozib oluvchi: J.Yo‘ldoshev. 2. Qaraqalpaq folklori (ko‘p to‘mlik). 1-8 tomlar. – Nokis: Qaraqalpag‘istan baspasi, 2007. 3. Qoraboev U. Uzbek xalqi bayramlari. – Toshkent: P1arq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2002. 4. Снесарев Г.П. Хоразмликларнинг мусулмонликдан аввалги маросимлари ва урфодатлари. – Урганч, 2018.