scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK XALQ ERTAKLARIDA XAT MOTIVI ("MALIKAYI HUSNOBOD, "MUQBIL TOSHOTAR", "HUNARLI YIGIT" ERTAKLARI MISOLIDA)

Boltayeva Iroda Baxodir qizi; H.Allambergenov

Full text

202 O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA XAT MOTIVI (“MALIKAYI HUSNOBOD, “MUQBIL TOSHOTAR”, “HUNARLI YIGIT” ERTAKLARI MISOLIDA) Boltayeva Iroda Baxodir qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: dots. H.Allambergenov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268314 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida xat motivining badiiy va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Ertaklarda xat syujetni harakatga keltiruvchi, dramatik burilishlar yasovchi, qahramonlar o‘rtasidagi aloqani ta'minlovchi asosiy unsurlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. “Malika Husnobod”, “Muqbil Toshotar” va “Hunarli yigit” ertaklari misolida xat motivining kommunikativ, axloqiy va estetik vazifalari ochib beriladi. Xat orqali voqealar rivojlanadi, ijobiy qahramonlarning zukkoligi, sadoqati va ezgulikka intilishi yoritiladi. Shuningdek, motivning o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlarini aks ettirishdagi roli ham yoritilgan. Maqola ertak poetikasini tahlil qilishda xat motivining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Kalit so‘zlar: xat motivi, xalq ertaklari, ertak syujeti, dramatik burilish, badiiy vosita. Annotation: This article analyzes the artistic and functional characteristics of the letter motif in Uzbek folk tales. In fairy tales, the letter appears as one of the main elements that sets the plot in motion, creates dramatic turns, and ensures communication between characters. On the example of the fairy tales “Malik Husnobod”, “Muqbil Toshotar” and “Hunarli yigit”, the communicative, moral and aesthetic functions of the letter motif are revealed. Events develop through the letter, the ingenuity, loyalty and aspiration of positive characters are highlighted. Also, the motive The role of the letter motif in reflecting the spiritual values of the Uzbek people is also highlighted. The article shows the role and significance of the letter motif in the analysis of fairy tale poetics. Keywords: letter motif, folk tales, fairy tale plot, dramatic turn, artistic means. Аннотация: В статье анализируются художественные и функциональные особенности мотива буквы в узбекских народных сказках. В сказках буква выступает одним из основных элементов, задающих сюжет, создающих драматические повороты и обеспечивающих коммуникацию между персонажами. На примере сказок «Малик Хуснобод», «Мукбил Тошотар» и «Хунарли йигит» рассматриваются коммуникативная, нравственноэстетическая функции буквы. Раскрываются мотивы письма. События развиваются через письмо, подчеркивается изобретательность, преданность и стремление положительных персонажей. Также освещается роль мотива письма в отражении духовных ценностей узбекского народа. В статье показаны роль и значение мотива письма в анализе поэтики сказки. Ключевые слова: мотив письма, народные сказки, сказочный сюжет, драматический поворот, художественные средства. 203 Xalq og‘zaki ijodi insoniyatning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy merosidir. Uning eng yirik janrlaridan biri ertaklar ajdodlar dunyoqarashi, axloqiy qarashlari, orzu-umidlari va ijtimoiy tajribasini o‘zida mujassam etadi. Ertaklar nafaqat bolalar uchun qiziqarli sujet, balki kattalar uchun ham jamiyat hayoti va inson taqdiriga oid chuqur falsafiy mushohadalardan dalolat beradi. Shu sababli ham ertaklarda sujetning harakatini ta’minlovchi turli motivlar keng qo‘llanadi. Motiv ertaklarda sujetning asosiy bo‘g‘ini sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. U voqealar zanjirini bog‘lovchi, qahramonlarni sinovdan o‘tkazuvchi va ertakning dramatik kuchini oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Folklorshunoslikda “motiv” tushunchasi sujet elementlari ichida qayta-qayta uchraydigan, mazmuniy jihatdan muayyan vazifani bajaruvchi badiiy birlik sifatida izohlanadi. Shu nuqtayi nazardan, xalq ertaklarida uchraydigan xat motivi alohida o‘ringa ega. O‘zbek xalq ertaklarida ham asrlar davomida xalqning dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va orzu-umidlarini aks ettirgan badiiy namunalar sifatida turli motivlar uchraydi. Xat voqealarni rivojlantiruvchi, qahramonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi va sujetning asosiy qismini tashkil etuvchi unsurlardan biridir. Ertaklarda xat ko‘pincha qahramonlar o‘rtasidagi muloqot shakli sifatida maydonga chiqadi. U masofa uzoq bo‘lsa-da, voqealarni yaqinlashtiradi va qahramonlarni muayyan qarorga keltiradi. Xalqimizning “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” tarzidagi purma’no xulosasi har bir ertakda oʻzini oqlagan. Jumladan, “Malika Husnobod” ertagi buning yaqqol isbotidir. Ertakda qatnashgan har bir motiv asar sujetini yaratishda muhim roʻl oʻynaydi. Malika zolim otasiga kambagʻal inson bilan ham baxtli va boy hayot kechirish mumkin ekanini aytganida uni oʻlimga mahkum etgan boʻlsa-da shohning vaziri qizga achinib uni zindondan qochirib yuboradi. Ushbu ertakda jang oldidan yuboriladigan maktub vaziyatga yechim topishga yo‘naltirilgan. Malika otliq, piyoda, yetti lak lashkar yig‘ib ota shahriga kelayotganida Jurjon mamlakati poshosi o‘z nomidan xat qilib, elchi orqali jo‘natib yuboradi: “Qon kerak boʻlsa, butun shahar odamlari uchun men jonimni beraman, yoʻq desalar nohaq qon toʻkilmasin, podshohlik taxtini beraman” [1]. Mazkur xat malikaning otasi tomonidan yozilgan boʻlib, ertakda butun xalqning jonini hamda ota va qiz munosabatlarini saqlab qolishga xizmat qilgan. Har bir mamlakat podshosi, eng avvalo, xalq manfaatlarini oʻylagani kabi u ham shunday yoʻl tutadi va ertakning yaxshilik bilan tugashiga zamin yaratilgan. Xat motivi xalq dostonlarida ham muayyan poetik vazifa bajaruvchi badiiy unsur tarzida muhim xarakter kasb etadi. 204 Xat motivi, odatda, sujetning burilish nuqtalarida paydo bo‘ladi: qahramonlar o‘rtasidagi masofa, taqdir sinovlari, adolat va insofsizlik, mehr va xiyonat kabi tushunchalarni ochishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda xat yordam vositasi sifatida qahramonni yaqinlari bilan bog‘lasa, boshqa holatda u dushman tomonidan o‘zgartirilib, qahramonning qiyin ahvolga tushishiga sabab bo‘ladi. Demak, xat motivi xalq ertaklarining badiiy tuzilishida kommunikativ, dramatik va axloqiy vazifalarni bajaradi. Ayrim oʻzbek xalq ertaklarida chol bilan kampir, boy bilan kambagʻal kabi obrazlar yetakchilik qiladi. “Hunarli yigit” ertagining boshlanishi ham chol va kampirning yolg‘iz farzandi borligi tasviri bilan boshlanadi. Ertakning qahramoni Mamatboy ota-onasi bergan 300 tilloni ilm hamda hunar oʻrganishga sarflaydi. Cholu kampirning barcha puli tugagandan keyin Mamatboyni boyga xizmatkor qilib berishganida uning egallagan bilim va koʻnikmalari qoʻl keladi. Mamatboy juda uddaburon va zukko qahramon. Epchilligi, vaziyatlarda oqilona qaror qabul qila olish salohiyati orqali hattoki oʻlim buyrug‘i berilgan xatni oʻzgartirib hayotini qutqaradi va boy qiziga uylanadi. Mamatboyni qutqarib qolgan xat quyidagicha edi: “Rafiqam Gʻilmonnisoga. Duoyi salomdan so‘ng andog‘ ma’lum va ravshan bo‘lsinkim, men bu o‘lkada eson-omon yuribman. Nasibam bo‘lsa, yaqinda borib qolaman. Ushbu yuborgan xizmatkor bola Mamatboy juda epchil ekan, baraka topsin, men buyurgan eng muhim ishlarni yakka o‘zi muhayyo qildi. Davlatimizning ortishiga sababchi bo‘ldi. Mamatboyni yaxshilab kutib ol, darhol katta qizimizni shunga to‘y qilib ber, toki men borganimda kuyov bo‘lib kutib olsin” [2]. Boyning xotini buni bajarmasak boʻlmas, deb xatda yozilganlarini bajo keltirib, qizini Mamatboyga toʻy qilib beradi. Boy uyiga kelganda xizmatkori tirikligidan hayron boʻladi, xotini esa siz aytganlaringizni bajardim, deya unga iltifot qiladi. Lekin aslida boy yozgan maktub umuman boshqacha edi: “Mendan sizlarga ko‘pdan ko‘p salom. Yaqinda borib qolaman. Jon xotin, men borguncha shu xatni olib borgan bolani o‘ldirib yubor. Sababini borganimda aytaman” [2]. Mamatboyning uch yil oʻrganganlari ertakning yaxshilik bilan tugab, murod-maqsadiga yetishiga sabab boʻladi. Endi esa nega aynan xat ertakda asosiy vazifani bajarganini koʻrib chiqsak. Odatta muhim xabarlar elchilar yoki maktub orqali yetkaziladi. Agar bu ertakda boshqa biror shaxs xabarni yetkazganida, balki ertak yaxshilik bilan tugamas edi. Xatlarda asosan muhim xabarlar va shu bilan birga, muhim topshiriqlar ham beriladi. Xat motivi ko‘pincha sujetda burilish yasaydi. Qahramon yordam so‘rab xat olishi yoki yovuz kishilar tomonidan firibgarlik bilan yuborilgan xat tufayli safarga chiqadi, sinovlarga duch keladi. Shu orqali voqealar zanjiri rivojlanadi. “Muqbil 205 toshotar” ertagida Buxoro shahridagi bir zolim podsho qizini sevib qolgan Muqbil ismli bolaga bas kela olmasligini bilib, unga mashaqqatli topshiriq berishga qaror qiladi va unga mana shu xatni yozadi: “E, pahlavon yigit! Qizimni senga berishga roziman. Lekin bir shartim bor: ikki qo‘lingda to‘rttadan sakkizta yo‘lbarsni yetaklab kelasan. Agar shu shartimni bajo keltirsang, qizim seniki” [3] Muqbil shartni qabul qiladi va zindondagi begunohlarni ozod etishini talab qiladi va shunday bo‘libdi ham. Podshoh uni o‘lib ketsa kerak, deb o‘ylagan edi. Muqbil podsho qo‘ygan shartni bajarib, sakkizta sherni tog‘dan tutib saroyga boribdi. Zolim xon yana shart berishga qaror qilib, bu sherlarni tog‘ga olib borib, terisini shilasan-da Hotamtoyining boshini va uning sevimli otini olib kelishni buyuribdi, agar shu shartimni ham bajarsa, qizi uniki bo‘lishini aytibdi. Muqbil Hotamtoyning o‘zini tiriklayin olib kelibdi. Zolim podshoh hayratlanib, Hotamni tirik ko‘rganidan norozi bo‘libdi. Hotam oliyjanoblik bilan oldingga men o‘zim keldim, marhamat boshim kerak bo‘lsa ol, debdi. Podsho uni o‘limga buyuribdi. Muqbil Hotamning o‘rniga o‘zini o‘limga topshiradi. Mehirnigor Muqbilga o‘zini tashlaganida zolim xon uni ham o‘limga buyuradi. Hotam chiday olmay uni taxtdan ag‘darib, xalqni bunday zolimdan qutqaradi va Muqbilni podsho qilib tayinlaydi. Shunday qilib Muqbil bilan Mehrnigor ikkisi murod-maqsadlariga yetibdi. Xulolsa qilib aytganda, o‘zbek xalq ertaklarida xat motivi ko‘proq mehrmuhabbat, sadoqat va oilaviy qadriyatlarni sinash bilan bog‘liq. Qahramonlar xat orqali yaqinlari bilan bog‘lanadi, ularning sinovlardan o‘tishi orqali esa axloqiy qadriyatlar ulug‘lanadi. Rus va g‘arb ertaklarida esa xat ko‘pincha davlat hokimiyati, saroy mojarolari bilan bog‘lanadi. Sharq ertaklarida esa ko‘proq ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni ifodalaydi. Demak, xat motivi bir tomondan universal shakl sifatida barcha xalqlar ertaklarida uchraydi, boshqa tomondan esa milliy o‘ziga xoslikni ham ifodalaydi. O‘zbek ertaklari misolida aytish mumkinki, xat motivi xalqning ma’naviy qadriyatlarini mehr, sadoqat, adolat va halollikni badiiy ifodalashga xizmat qiladi. Xalq ertaklari badiiy tuzilishida xat motivining mavjudligi ertaklarni yanada hayajonli, dramatik va mazmunan boy qiladi. Shuning uchun ham xat motivini alohida o‘rganish folklorshunoslikda ertak poetikasini tahlil etishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Malika Husnobod” ertagi 2. “Hunarli yigit” ertagi 3. “Muqbil toshotar” ertagi 4. Propp V. Morfologiya skazki. — Moskva: Nauka, 1969. 206 5. Veselovskiy A. N. Istoricheskaya poetika. — Moskva: Vysshaya shkola, 1989. 6. Baxtin M. M. Estetika slovesnogo tvorchestva. — Moskva: Iskusstvo, 1979. 7. Turdiyev Sh. O‘zbek xalq ertaklari poetikasi. — Toshkent: Fan, 1983. 8. Boybekov R. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. — Toshkent: O‘qituvchi, 1990. 9. Jolmonov M. Folklorshunoslikka kirish. — Toshkent: Universitet, 2002. 10. Afzalov M. O‘zbek xalq ertaklari. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. 11. Qodirov T. Xalq ertaklarida obraz va motivlar. — Samarqand: Zarafshon, 2005. 12. Thompson Stith. Motif-Index of Folk-Literature. — Bloomington: Indiana University Press, 1955–1958. 13. Dundes A. The Study of Folklore. — Englewood Cliffs: Prentice-Hall, 1965.