scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUAL TA'LIM ASOSIDA MUHANDISLIK KADRLARINI TAYYORLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Abdurahmonova, S.B.

Abstract

Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Dual ta’limning mohiyati – nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Tadqiqotda dual ta’lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, Germaniya tajribasi misolida bu tizimning samaradorligi tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim mazmunini mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga moslashtirish va muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish dual ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shunday qilib, dual ta’lim tizimini texnika oliy ta’limida keng qo‘llash zamonaviy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 16 DOI: https://10.5281/zenodo.17268396 DUAL TA’LIM ASOSIDA MUHANDISLIK KADRLARINI TAYYORLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI S.B. Abdurahmonova Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Energetika va atrof muhit muhandisligi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Dual ta’limning mohiyati – nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Tadqiqotda dual ta’lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, Germaniya tajribasi misolida bu tizimning samaradorligi tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim mazmunini mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga moslashtirish va muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish dual ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shunday qilib, dual ta’lim tizimini texnika oliy ta’limida keng qo‘llash zamonaviy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: dual ta’lim, texnika oliy ta’limi, muhandislik kadrlarini tayyorlash, nazariya va amaliyot integratsiyasi, ishlab chiqarish hamkorligi, muhandislik kompetensiyalari, Germaniya tajribasi, innovatsion ta’lim. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 17 KIRISH Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uning samaradorligini oshirish va xalqaro tajribaga moslashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Oliy ta’lim tizimida muhandislik kadrlarini tayyorlash jarayoni jamiyat taraqqiyoti va texnologik o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq bo‘lib, zamonaviy ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda dual ta’lim tizimi ushbu jarayonning eng samarali shakllaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Dual ta’lim tizimi o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallashga yo‘naltirib, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini mustahkamlaydi. Germaniya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dual ta’lim tizimi bitiruvchilarning bandlik darajasini oshiradi, ularni mehnat bozorining talablariga moslashtiradi va ishlab chiqarish jarayonlariga tezkor KIRISH imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, texnika oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimini joriy etish muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarni ilmiy-amaliy faoliyatga tayyorlash hamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashning dolzarb omillaridan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD So‘nggi yillarda dual ta’lim tizimi masalasi jahon miqyosida keng o‘rganilayotgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Xususan, Germaniya, Shveytsariya, Avstriya kabi rivojlangan davlatlarda ushbu tizim muvaffaqiyatli joriy etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning nazariy bilimlari ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtiriladi. Germaniya tajribasida dual ta’lim bitiruvchilarining bandlik darajasi yuqori ekanligi, ishlab chiqarish jarayoniga tez moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va malaka talablariga javob berishi bilan ajralib turadi. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son qarori va 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy-innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ham dual ta’lim tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, texnika oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, dual ta’lim tizimi quyidagi ustunliklarga ega: nazariya va amaliyotning uyg‘unligi; o‘quvchilarni mehnat bozorining talablariga mos tayyorlash; ishlab chiqarish va ta’lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlash; bitiruvchilarning bandlik darajasini oshirish. Biroq ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, tor ixtisoslik bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislarning boshqa yo‘nalishlarga moslashish imkoniyati cheklanganligi, ko‘plab talabalarni amaliyotga jalb qilishda moliyaviy va tashkiliy muammolar yuzaga kelishi shular jumlasidandir. Mazkur tadqiqotda quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: Adabiyotlarni tahlil qilish metodi – dual ta’lim tizimi bo‘yicha xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarni solishtirish, mavjud tajribalarni o‘rganish orqali nazariy asoslarni aniqlash; Taqqoslash va umumlashtirish metodi – Germaniya tajribasini O‘zbekiston sharoitlari bilan solishtirish hamda o‘zaro farq va o‘xshashliklarni aniqlash; Tizimli yondashuv – dual ta’lim tizimini oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi nuqtai nazaridan yaxlit pedagogik jarayon sifatida o‘rganish; Analitik metod – mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. MUHOKAMA O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida dual ta’limni joriy etish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki zamonaviy mehnat bozori nafaqat nazariy bilimlarga ega, balki ishlab chiqarish jarayonida mustaqil ishlay oladigan malakali muhandislarga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini oshirish zaruriy talabga aylanmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Germaniya tajribasiga asoslangan dual ta’lim tizimi muhandislik kadrlarini tayyorlashda yuqori “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 19 natijalarni beradi. Bu tajriba O‘zbekiston sharoitida ham samarali qo‘llanilishi mumkin, biroq mavjud infratuzilma va moliyaviy resurslarning yetarli emasligi, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tkazish imkoniyatlarining cheklanganligi ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, dual ta’limda tor ixtisoslik doirasida tayyorlangan kadrlarning boshqa sohalarga moslashuvchanligi past bo‘lishi mumkin. Shu sababli ta’lim jarayonini tashkil etishda kasbiy kompetensiyalar bilan bir qatorda talabalarni moslashuvchanlik, ijodkorlik va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish ham muhimdir. Muhokama jarayonida aniqlangan yana bir jihat shundan iboratki, dual ta’lim tizimini samarali joriy etish uchun davlat, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish zarur. Ayniqsa, ish beruvchilarning ta’lim jarayoniga faol jalb qilinishi, o‘quv dasturlarini ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqlashtirish va talabalarni real ish joylarida tayyorlash dual tizimning muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qiladi. NATIJALAR O‘tkazilgan adabiyotlar tahlili va muhokamalar asosida quyidagi natijalarga erishildi: Dual ta’lim tizimi muhandislik kadrlarini tayyorlashda samarali yo‘nalish ekanligi aniqlandi. Ushbu tizim talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini beradi: bitiruvchilarning bandlik darajasi yuqori bo‘lishi; nazariya va amaliyotning uyg‘unligi; ta’lim jarayonida ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikning kuchayishi; moliyalashtirish mexanizmining yengillashishi. Kamchiliklari ham aniqlab berildi. Tor ixtisoslik bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislarning boshqa sohalarga moslashuvchanligi cheklanishi, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tkazish imkoniyatlarining yetarli emasligi va moliyaviy resurslar cheklanganligi dual tizimni joriy etishda muammolar sifatida qayd etildi. Xalqaro tajriba o‘rganildi. Germaniya tajribasi dual ta’limning yuqori samaradorligini ko‘rsatib, bu model O‘zbekiston sharoitida ham qo‘llash mumkinligini isbotladi. Tashkiliy-metodik shart-sharoitlarning ahamiyati belgilandi. Dual ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va davlat o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 20 lozimligi aniqlandi. Muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Dual ta’lim jarayonida talabalar nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash orqali mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodkorlik va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin. XULOSA O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida muhandislik kadrlarini tayyorlashda dual ta’limni joriy etish dolzarb vazifalardan biri ekanligi tadqiqot davomida o‘z isbotini topdi. Dual ta’lim tizimi nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda, talabalarni mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos malakali mutaxassis sifatida tayyorlash imkonini beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasida dual tizim bitiruvchilarning bandlik darajasini oshiradi, ishlab chiqarish jarayonlariga tezkor moslashuvchanlikni ta’minlaydi va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida dual ta’limni keng joriy etish uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim: oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini yaratish; o‘quv dasturlarini zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish; talabalarni amaliy faoliyatga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish; muhandislik kompetensiyalarini shakllantirishda tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Xulosa qilib aytganda, dual ta’lim tizimini texnika oliy ta’lim muassasalarida samarali tatbiq etish mamlakatimizda raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va yuqori malakali muhandislarni tayyorlashga, shu orqali iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiladi. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘PQ637-son Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘pisida”gi PF-4947-son Farmoni. 3. Abduquddusov O. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashga integrativ yondashuv. – T.: Fan, 2005. – 160 b.