SUG'URTA BOZORINI MODERNIZATSIYA QILISHDA STRATEGIK TRANSFORMATSIYA VA DAVLAT TARTIBGA SOLISHINING O'ZARO UYG'UNLIGI
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston sug‘urta bozorida risklarni boshqarish jarayonida qo‘llanilayotgan moliyaviy mexanizmlar tahlil etiladi Muammolar sifatida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini cheklanganligi, qayta sug‘urtalash faoliyatining samarador emasligi va prudensial normativlarning zaifligi sifatida ko‘rsatilgan.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 462 SUG‘URTA BOZORINI MODERNIZATSIYA QILISHDA STRATEGIK TRANSFORMATSIYA VA DAVLAT TARTIBGA SOLISHINING O‘ZARO UYG‘UNLIGI Abdullayev Erkinjon A’zamovich “FAROVON SUG‘URTA” AJ Bosh direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17270583 Annotatsiya. Mazkur tezisda O‘zbekiston sug‘urta bozorida risklarni boshqarish jarayonida qo‘llanilayotgan moliyaviy mexanizmlar tahlil etiladi Muammolar sifatida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini cheklanganligi, qayta sug‘urtalash faoliyatining samarador emasligi va prudensial normativlarning zaifligi sifatida ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy mexanizmlar, sug‘urta, risklar, qayta sug‘urtalash, moliyaviy barqarorlik, RBS. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sug‘urta bozorini modernizatsiya qilish, uni xalqaro moliya tizimi talablariga moslashtirish va aholiga keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sug‘urta sohasi iqtisodiyotning muhim moliyaviy bo‘g‘ini sifatida nafaqat xavf-xatarlarni boshqarishda, balki investitsion jarayonlarni qo‘llabquvvatlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu bois sug‘urta bozorining samarali faoliyat yuritishi davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining takomillashuvi va biznes jarayonlarni strategik transformatsiya qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Raqamli texnologiyalar, innovatsion boshqaruv yondashuvlari va ilg‘or xalqaro tajribalar sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bunda davlatning institutsional roli, normativ-huquqiy baza va moliyaviy tartibga solish mexanizmlari sug‘urta bozorida barqaror rivojlanishni ta’minlovchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta bozorini modernizatsiya qilish jarayonida strategik transformatsiya va davlat tartibga solishining o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinib, ularning moliyaviy mexanizmlar orqali amalga oshirilish istiqbollari yoritib beriladi. O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash, , tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, soliq va moliya sohasini tubdan isloh qilish, iqtisodiyotda xususiy mulk ulushini yanada oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish orqali uning iqtisodiyotdagi salmog‘ini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ko‘paytirish, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini raqamlashtirish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish va ishga tushirish hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda. Dunyo amaliyotida risklarni sug‘urtalash, xususan, jamiyatning evolyusion rivojlanishida o‘zini-o‘zi sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash va turli xil tijorat sug‘urtasi kabi sug‘urta himoyasi mexanizmlarini ilmiy tadqiq qilish sohasida katta tajriba to‘plangan. Pandemiya, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar (urushlar, iqtisodiy cheklovlar) keyingi davrlarida jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar risklarni sug‘urtalash mexanizmlarini
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 463 qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni mavjud yangi iqtisodiy voqeliklarga moslashtirishni talab etmoqda. Jumladan, sug‘urtaning muqobil mexanizmlarini shakllantirish, har bir risk turi bo‘yicha jahon miqyosida ehtimoliylik darajasini aniqlash, sug‘urta tizimi va mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi tizimlarni yaratish orqali sug‘urta samaradorligini oshirish dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida “...mikromoliya bozori uchun yo‘l ochib berildi. ...mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.”[1], deb ko‘rsatilganligi va “Sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarining ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish” bo‘yicha dolzarb yo‘nalishlarning belgilanganligi sug‘urta sohasini yanada isloh qilish va modernizatsiyalash, xususan, mamlakatimizda inklyuziv sug‘urta tizimini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan kompleks va tizimli tadqiqotlar olib borish zaruriyatini taqoza etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “20222026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-sonli “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2019-yil 2avgustdagi PQ-4412-sonli “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadall rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida” va 2024-yil 1-martdagi PQ-108-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari, 2022-yil 21 - fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”, sug‘urta tarmoqlarini takomillashtirishga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi. Risklarni sug‘urtalash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Allianz Research (Germaniya) [3], International Association of Insurance Supervisors (Sug‘urta nazoratchilari xalqaro uyushmasi–SNXU) [4], The Geneva Association (Shveysariya) [5], National Bureau of Economic Research, Harvard Business School (AQSh) [6], London School of Economics and Political Science (Buyuk Britaniya), Barselona Scholl of Economics (Ispaniya). Risklarni sug‘urtalash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi natijalar olingan, jumladan: sug‘urtaning asosiy prinsiplariga muvofiq iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lik risklarni sug‘urtalovchilar tomonidan ochib berishning zarurligi asoslangan (The Geneva Association, Harvard Business School); sug‘urta sanoatini barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun anderraytingdan faol foydalangan holda risklarni kamaytirish muhim o‘rin tutishi aniqlangan (Allianz Research); uy xo‘jaliklarini sug‘urtalash ularni moliyalashtirish hajmini ko‘payishiga, risklarni samarali boshqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan (London School of Economics and Political Science); aktuar jihatdan adolatli bo‘lmagan narx-navo sharoitida riskka moyilligi mavjud bo‘lmagan har qanday fuqarolar tomonidan sug‘urta polislarini sotib olinishi aniqlangan (Barselona School of Economics, Allianz Research);
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 464 O‘zbekistonlik olimlar sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqqanlari qayta sug‘urtalash va kapital yetarliligi muammolarini yoritgan. Gulirayxon Baymuratova moliyaviy risk darajasini baholash usullarini tadqiq etgan . Qayta sug‘urta – moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim vosita sifatida ta’kidlangan . Shuningdek, sug‘urtada investitsiya faoliyati va prudensial normativlarning roliga e’tibor qaratilgan tadqiqotlar mavjud. Zamonaviy iqtisodiyotda risklarni sug‘urtalash mexanizmlari tobora murakkablashib, global voqealar, pandemiyalar, iqtisodiy inqirozlar va siyosiy beqarorlik sharoitida o‘zgarishga majbur bo‘lmoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zini-o‘zi sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash hamda tijorat sug‘urtasi jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida risklarni boshqarishda muhim mexanizmlar bo‘lib kelgan. Xalqaro amaliyotda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha katta tajriba to‘plangan: – Riskga asoslangan nazorat - bu sug‘urta tashkilotlari faoliyatini ularning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar darajasi va ularning moliyaviy tizimga ta’siriga qarab tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi zamonaviy usul hisoblanadi. Ushbu yondashuvda nazorat organlari o‘z resurslarini eng yuqori risk darajasiga ega bo‘lgan tashkilotlar va faoliyat turlariga qaratadi. – Sug‘urta himoyasi mexanizmlari – individual va korporativ risklarni minimallashtirish uchun o‘zini-o‘zi sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urta jamiyatlari va tijorat sug‘urta kompaniyalaridan kompleks foydalanish. – Yangi iqtisodiy voqeliklarga moslashuv – COVID-19 pandemiyasi, xalqaro siyosiy inqirozlar va iqtisodiy cheklovlar sharoitida risklarni sug‘urtalashning an’anaviy mexanizmlari yetarli bo‘lmay qolmoqda. Shu sababli, global sug‘urta bozorlari muqobil sug‘urta sxemalarini ishlab chiqish, ehtimollik darajalarini qayta hisoblash va risklarni qayta taqsimlashga e’tibor qaratmoqda. – Raqamlashtirish va texnologik integratsiya – ilg‘or davlatlarda sug‘urta xizmatlari big data, aktuar modellar va sun’iy intellekt asosida boshqarilmoqda. – Kiberrisklar va yangi yo‘nalishlar – SNXU, Geneva Association, Allianz Research va boshqa markazlar tadqiqotlariga ko‘ra, kelgusida sug‘urtalashda kiberrisklar, global iqlim o‘zgarishi xavflari hamda transchegaraviy moliyaviy xavflarni baholash asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati masalasi 2008-yilda tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi Nizom”ga asoslanadi. Ushbu hujjat sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, to‘lovga layoqatlilik marjasini hisoblash, aktivlarni joylashtirish, qayta sug‘urta mexanizmlari va risklarni boshqarish qoidalarini belgilaydi. Sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyati marjasi (Solvency Margin) normativi sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish qobiliyatini ta’minlash uchun belgilangan me’yor hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi.” // https://president.uz/uz/lists/view/7481. 2. International Association of Insurance Supervisors, //www.iaisweb.org/ uploads/2022/01/210930-GIMAR-special-topic-edition-climate-change.pdf
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 465 3. Allianz Research, https://www.allianz.com/content/dam/ onemarketing/azcom/ Allianz_com/ economic-research/publicati-ons/ specials/en/2022/may/ Global-Insurance-Report-2022.pdf 4. International Association of Insurance Supervisors, //www.iaisweb.org/ uploads/2022/01/210930-GIMAR-special-topic-edition-climate-change.pdf. 5. https://www.genevaassociation. org/sites/default/files/research-topicsdocumenttype/pdf_public/climate_ litigation_04-07-2021.pdf; 6. National Bureau of Economic Researchhttps://www.nber.org/ papers/w22293; e Smidt, G., Botzen, W. Perceptions of Corporate Cyber Risks and Insurance DecisionMaking.