SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDA QO'LLANILADIGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va ta’siri tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar, jumladan telemeditsina, elektron sog‘liqni saqlash yozuvlari va sun’iy intellekt, bemorlar bilan muomala jarayonini yaxshilash, ma’lumotlarni samarali boshqarish va sog‘liqni saqlash xizmatlarini yanada sifatli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli texnologiyalarning afzalliklari, ularning sog‘liqni saqlash tizimiga kiritilishi bilan bog‘liq muammolar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bu tahlil raqamli texnologiyalarning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni va ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini tushunishga yordam beradi.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 466 SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA QO‘LLANILADIGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAHLILI Abdullayev Abdujabbor1, Xakimova Dilnozaxon Sa’dulla qizi2 1Andijon davlat texnika instituti, i.f.d., prof. 2Andijon davlat texnika instituti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.17270590 Annotatsiya. Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va ta’siri tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar, jumladan telemeditsina, elektron sog‘liqni saqlash yozuvlari va sun’iy intellekt, bemorlar bilan muomala jarayonini yaxshilash, ma’lumotlarni samarali boshqarish va sog‘liqni saqlash xizmatlarini yanada sifatli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli texnologiyalarning afzalliklari, ularning sog‘liqni saqlash tizimiga kiritilishi bilan bog‘liq muammolar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bu tahlil raqamli texnologiyalarning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni va ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini tushunishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: tibbiyot, tibbiy xizmatlar, telemeditsina, bemor, sun’iy intelekt, raqamli texnologiyalar, tahlil, tizim, sog‘liqni saqlash. Abstract. This article analyzes the importance and impact of using digital technologies in the healthcare system. Digital technologies, including telemedicine, electronic health records, and artificial intelligence, play an important role in improving the patient experience, efficient data management, and better quality healthcare. The article examines and analyzes the advantages of digital technologies, the problems associated with their introduction into the healthcare system, and the prospects for future development. This analysis helps to understand the role of digital technologies in the healthcare system and ways to further develop them. Keywords: medicine, medical services, telemedicine, patient, artificial intelligence, digital technologies, analysis, system, healthcare. Аннотация. В данной статье анализируется важность и влияние использования цифровых технологий в системе здравоохранения. Цифровые технологии, включая телемедицину, электронные медицинские записи и искусственный интеллект, играют важную роль в улучшении качества обслуживания пациентов, эффективном управлении данными и повышении качества здравоохранения. В статье рассматриваются и анализируются преимущества цифровых технологий, проблемы, связанные с их внедрением в систему здравоохранения, а также перспективы дальнейшего развития. Данный анализ помогает понять роль цифровых технологий в системе здравоохранения и пути их дальнейшего развития. Ключевые слова: медицина, медицинские услуги, телемедицина, пациент, искусственный интеллект, цифровые технологии, анализ, система, здравоохранение. Kirish Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, zamonaviy tibbiyotda raqamli texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi ular ma’muriy jarayonlarni optimallashtirish, ma’lumotlarni boshqarishni takomillashtirish,
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 467 bemorlarning holatini doimiy monitoring qilib borishga yordam beradi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi raqamli texnologiyalarni tibbiyot sohasida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Ma’lumot o‘rnida 2023-yilning 24-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikkita vakolatli qo‘mitalarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risi”da axborotida so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarini qisqartirish, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish bo‘yicha muayyan ishlar haqida batafsil bayon etildi. Bunga ko‘ra, yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushirilishi aytib o‘tildi. Bu o‘z navbatida, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozliklarga chek qo‘yib, barcha ishlarni tizimli ravishda olib borishga, shifokorlarning bemorlar uchun ko‘proq vaqt ajratishiga imkon beradi[1]. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 20222025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu ham bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanini yaqqol misolidir[2]. Adabiyotlar tahlili. Sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalarni tahlil qilishda mavjud adabiyotlar va metodologiyalar keng qamrovli va tizimli yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa, sun’iy intellekt (AI), Big Data, telemeditsina, va blokcheyn texnologiyalari sog‘liqni saqlash sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, xizmatlar samaradorligini oshirishga, operatsiyalarni tezlashtirishga, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga yordam bermoqda. Adabiyotlar tahlili, xususan, sun’iy intellektning tibbiyotda qo‘llanilishi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar sun’iy intellekt algoritmlarining kasalliklarni erta aniqlashda va bemorlar uchun individualizatsiyalangan davolash rejalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi[3]. Shuningdek, Big Data texnologiyalari sog‘liqni saqlash ma’lumotlarini keng ko‘lamda tahlil qilish imkonini beradi, bu esa diagnostika, davolash va prognozlash jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. Telemeditsina, ayniqsa qishloq hududlari va uzoq joylashgan bemorlar uchun tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishda samarali vosita sifatida tanilgan, bu texnologiya orqali bemorlar onlayn tibbiy maslahatlar olish, masofaviy diagnostika va davolashni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Blokcheyn texnologiyasi esa sog‘liqni saqlash tizimidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, tibbiy yozuvlarning shaffofligini oshirish va ma’lumotlarni buzilishdan himoya qilishda o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda[4]. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada tizimli tahlil metodologiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, bu metod sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni turli omillar asosida baholashga imkon yaratadi. Kontent tahlili orqali sog‘liqni saqlash tizimlarida joriy etilgan texnologiyalarning samaradorligi, ularning tibbiyotga ta’siri va potensial xatarlari o‘rganilgan. Metodologik yondashuvlar orqali sog‘liqni saqlash tizimlarida raqamli texnologiyalarning muvaffaqiyatli joriy etilishi uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar va imkoniyatlar aniqlandi. Shu bilan birga, ilg‘or texnologiyalarni sog‘liqni saqlash tizimida implementatsiya qilishdagi samaradorlikni o‘lchash va natijalarni prognozlash uchun turli analitik metodlar, shu jumladan statistik va modellashtirish metodlari qo‘llanildi.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 468 Tahlil va natijalar. Sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruvini takomillashtirishda raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat bemorlar uchun, balki shifokorlar, farmasevtlar va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega[5]. Raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlash tizimida turli sohalarda muhim o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Elektron tibbiy kartalar bemorlar haqidagi ma’lumotlarni raqamli formatda saqlash va tezkor kirishni ta’minlaydi. Telemeditsina bemorlar va shifokorlar o‘rtasidagi masofani qisqartirib, xizmat ko‘rsatishni qulaylashtiradi. Mobil sog‘liq ilovalari bemorlarga o‘z sog‘liq holatini nazorat qilishda yordam beradi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili esa kasalliklarni aniqlash va davolash jarayonini optimallashtirishda muhim ro‘l o‘ynaydi[6]. Quyida sog‘liqni saqlash tizmini takomillashtirishda qo‘llaniladigan eng muhim va keng tarqalgan raqamli texnologiyalar keltirilgan(1-rasmga qarang): 1-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruvini takomillashtirishda qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan sog‘liqni saqlash tizmini takomillashtirishda qo‘llaniladigan eng muhim raqamli texnologiyalarning har biri alohida o‘ziga xos vazifani bajaradi. Ularning har biri sog‘liqni saqlash tizmini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida keltirilgan jadvalda buni batafsil ko‘rishimiz mumkin. 1-jadval Raqamli texnologiyalar Vazifasi Elektron tibbiy Bemorlarning tibbiy tarixini, tashxislarini va davolash jarayonlarini raqamli formatda saqlash imkonini beradi. Bu ma’lumotlarga tezkor kirish va oson yangilanish imkonini
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 469 kartalari yaratadi. Telemeditsina Bemorlar va shifokorlar o‘rtasidagi masofani qisqartirib, video qo‘ng‘iroqlar yoki onlayn maslahatlar orqali sog‘liqni saqlash xizmatlarini taqdim etadi. Bu ayniqsa, qishloq joylarida yoki masofada yashovchi bemorlar uchun juda foydali. Mobil ilovalari Bemorlar o‘z sog‘liq holatini kuzatish, doridarmonlarni eslatib turish va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, shifokorlar uchun bemorlar bilan aloqani osonlashtiradi. Sun’iy intellekt (AI) Ma’lumotlar tahlili va prognozlash uchun ishlatiladi. SI yordamida kasalliklarni aniqlash, davolash strategiyalarini optimallashtirish va klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash mumkin. Wearable texnologiyalar Yurak urishi, qon bosimi, qand darajasi kabi ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi qurilmalar. Ular bemorlarning sog‘liq holatini monitoring qilishda foydalidir. Blokcheyn texnologiyalar Ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash va bemor ma’lumotlarini ishonchli tarzda saqlash uchun qo‘llaniladi. Bu texnologiya, shuningdek, tibbiy ma’lumotlar almashinuvi uchun ham qulay. Internet of Things internet buyumlari (IoT) Tibbiy qurilmalar va sensorlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi orqali bemorlarni real vaqt rejimida kuzatishga imkon beradi. Bu bemorlarni uydan chiqmasdan nazorat qilishda juda foydalidir. Tibbiy robotlar Jarrohlik amaliyotlari va reabilitatsiya jarayonlarini aniqlik bilan bajarishga yordam beruvchi robototexnika tizimlari. Ma’lumotlar tahlili va katta ma’lumotlar (Big Data) Sog‘liqni saqlash tizimida katta ma’lumotlarni tahlil qilish orqali epidemiologik tendensiyalarni aniqlash, kasalliklarni oldindan tashxislash va resurslarni optimal ravishda taqsimlash imkoniyatlarini beradi. Ushbu raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish, bemorlar uchun xizmat ko‘rsatishni qulaylashtirish va tibbiy yordam sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, texnologiyalarning murakkabligi ba’zi foydalanuvchilar uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni kengaytirish uchun sog‘liqni saqlash tizimida o‘zgarishlarga tayyorlik va resurslar mavjudligi ham muhim ahamiyatga ega[7].
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 470 Xulosa. Sog‘liqni saqlash tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bemorlar va shifokorlar uchun ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi. Kelajakda raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlash tizimining asosiy qismi bo‘lib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar, masalan, telemeditsina va sun’iy intellekt, bemorlar bilan samarali muomala o‘rnatish, ma’lumotlarni tezkor va to‘g‘ri boshqarish imkonini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida, tibbiy xizmatlarining sifatini oshiradi va bemorlarning davolanish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi. Biroq, texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog‘liq muammolar va qiyinchiliklar ham mavjud bo‘lib, ularni hal qilish uchun kompleks yondashuv talab etiladi. Umuman olganda, raqamli texnologiya sog‘liqni saqlash sohasida katta imkoniyatlar yaratadi va kelajakda yanada rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida»gi 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-sonli qarori. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori. 4. Davlat Statistika Qo‘mitasi.(2023). O‘zbekiston sog‘liqni saqlash statistik to‘plami 2019– 2022. Toshkent. 5. Khomitjonovich, B. E. (2022). DEVELOPING ALGORITHM FOR CONVERTING INTEGER TYPE VARIABLES INTO STRING VIYeW. Academicia Globe: Indersciyencye Research, 3(04), 105-108. 6. Xаkimоvа Dilnоzаxоn Sа’dullа qizi. (2023). SHIFОKОRLАR TОMОNIDАN BEMОRLАRGА BERILАDIGАN DОRI RО‘YHАTINI RАQАMLАSHTIRISH. QО‘QОN UNIVERSITETI XАBАRNОMАSI, 1(1), 160–163. https://dоi.оrg/10.54613/ku.v1i1.326 7. Xakimova Dilnozaxon Sa'dulla qizi. (2025). SOG'LIQNI SAQLASH SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH, 2(1), 151–158. https://doi.org/10.5281/zenodo.14702726 8. https://parliament.gov.uz/articles/1570 9. https://gov.uz/uz/ssv/news/view/15024