«ESKI SHAHARNING MA'NAVIY TIMSOLI - "TO'XTABOYVACHCHA" MASJIDI»
Abstract
Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan. Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham ochib berilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 38 «ESKI SHAHARNING MA’NAVIY TIMSOLI - “TO‘XTABOYVACHCHA” MASJIDI» Abdullayev Alisher Toshkent islom instituti o‘qituvchisi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi. (93:516-45-46) https://doi.org/10.5281/zenodo.17270835 Annotatsiya. Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan. Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham ochib berilgan. Kalit so‘zlar: To‘xtaboyvachcha jome masjidi, Toshkent, epigrafika, suls, nasx, masjid tarixi, hadis, Qur’on oyatlari, me’morchilik, islomiy madaniyat. Abstract. The article explores the history and architectural features of the “Tokhtaboyvachcha” Juma Mosque located in Tashkent. Particular attention is given to the epigraphic inscriptions on the mosque’s walls and portals, including Qur’anic verses and Hadiths. The study highlights the calligraphic styles used (Thuluth and Naskh), their spiritual and aesthetic significance, as well as their role in shaping the religious and cultural identity of the local community. Through the analysis of these inscriptions, the article sheds light on the historical and spiritual life of Tashkent’s Old City. Keywords: Tokhtaboyvachcha Juma Mosque, Tashkent, epigraphy, Thuluth, Naskh, mosque history, Hadith, Qur’anic inscriptions, architecture, Islamic culture. Аннотатсия. В статье рассматривается история и архитектурные особенности соборной мечети “Тухтабойвачча”, расположенной в городе Ташкент. Особое внимание уделено эпиграфическим надписям на стенах и порталах мечети, включающим аяты Корана и хадисы. Анализируются применённые виды почерка (сулюс и насх), их духовное и эстетическое значение, а также роль в формировании религиозной и культурной идентичности местного сообщества. Через изучение данных надписей раскрываются исторические и духовные аспекты жизни Старого города Ташкента. Ключевые слова: Соборная мечеть Тухтабойвачча, Ташкент, эпиграфика, сулюс, насх, история мечети, хадис, коранические надписи, архитектура, исламская культура. O’tmish qadriyatlari xalqning bebaho madaniy merosi. Ularda asrlar tajribasi jamlangan, bobolarimiz ijodiy mehnati mujassam bo’lgan. O’tmishning biror yorqin “ziyo” zarrasi asrlar zimistonini yoritishi mumkin. Mustaqillikka erishgan xalqimiz san’atshunoslaridan madaniy meros xazinasiga munosib yodgorlik yoki yodnomalarni izlab topish, ularni chuqur o’rganib mag’zini chaqish, ular tashkil etgan ijod pilla-poyalaridan ko’tarilib yangi zamon madaniyati ravnaqiga xizmat etishi kabi g’oyat mas’ul va e’tiborli ishlar ko’lami kutib turibdi. O’zi bir olam bo’lgan me’morlik san’ati va u bilan chambarchas bog’liq xalq amaliy san’ati, xususan
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 39 naqqoshlik, o’ymakorlik, ganchkorlik, kandakorlik 1 kabi sohalardagi ijod namunalarini o’rganish yo’lida anchagina samarali tadqiqotlar mavjud 2 . Me’morlik san’ati nafaqat xalq amaliy san’at bilan balki, epigrafik – xattotlik yozuvlari bilan ham to’la-to’kis boyitilgan. Me’mor san’atiga doir tadqiqotlarda me’mor, muhandis, binokor, ganchkor, najjor, naqqosh kabi juda ko’p soha ustalari ijodiy faoliyatiga aloqador turli so’z va atamalar e’lon qilingan. Bu atamalarning eng asosiylaridan xattot so’zini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim. Xattotlik san’atidan me’morchilik va xalq amaliy san’atida ham keng foydalanilgan. Yurtimizda azaldan me’moriy inshootlar – masjidlar, madrasalar va maqbaralarning tashqi va ichki devorlari, peshtoqlari turli naqshlar bilan birgalikda xattotlik uslublarida yozilgan bitiklar – Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatli so’zlar va she’riy parchalar bilan bezatilgan. Ma’lumki, xattotlar azal-azaldan Qur’oni karim va hadisi sharif hamda tarixiy bitiklarni qo’llashlik o’rnini mustahkam bilganlar. Xususan, masjid, madrasa va qabristonlardagi bitiklarda foydalanilgan yozuvlar bunga misol. O’lkamizdagi xattotlar har bir o’ringa xos va mos so’zlarni tanlab, ularni muhrlab qo’yganlar. Biroq, bu an’ana Islom dini kirib borgan xar bir o’lkada ham mavjud emas. Markaziy Osiyo hududlarida mavjud barcha obidalar peshtoq va devorlarida o’z hududga monand oyatlar va hadislar keng qo’llanilgan. Bu xattotlik san’atining Markaziy Osiyoda azal-azaldan katta e’tibor bilan o’rganilib, rivojiga sabab bo’ldi. Yurtimizda, asosan, obidalar peshtoqlariga arab va fors xatlarida bitiklar bitilib, masjid, madrasa va qabristonda keng foydalanilgan 3 . Ushbu tadqiqotimizda shahrimizdagi “Toʻxtaboy” jome masjidini bezashda foydalanilgan suls va nasx yozuvi namunalarini tahlil qildik. Oʻ.Sultonov oʻzining “Toshkent masjidlari tarixi” kitobida olib borilgan tadqiqotlarda bu masjid tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirilmaganini aytib oʻtgan. “To‘xtaboy” jome masjidi qadimgi Toshkent shahrining to‘rtta asosiy dahalaridan biri Eski shahar dahasi Farobiy ko‘chasi, 13 uyda joylashgan. Masjid binosi 1906 milodiy sanada qurilishi boshlanib, 1908 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Xalq orasida “To‘xtaboyvachcha masjidi”, “Chaqichmom” yoki “Saqichmom” nomlari bilan mashhurdir. Masjid XX asr boshiga oid tarixiy me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Bino shu mahallalik mashhur tijoratchi boylardan bo‘lgan To‘xtaboy ismli kishining shaxsiy mablag‘lari hisobidan qurilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, To‘xtaboyning ruhiy ma’naviy ustozi Abdurahmonmiyon Eski shahar dahasida joylashgan Hofiz Ko‘xakiy masjidi orqasidagi tor ko‘chada, eski va xaroba holatga kelgan uyda yashagan. Ustozini xarob va vayrona joyda yashayotganini ko‘rib, uyini tomini yopib, xonalarni ta’mirlab berishni taklif qilgan. Ustozi unga javoban, oxiratdagi tomni isloh qilib olishni taklif qilgan va dahadagi tepalik bo‘lgan joyga masjid qurishni buyuradilar. O‘sha davrdagi mashhur binokor-ustalarni taklif qilgan holda ishga kirishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, masjid xonaqoh, imom va mutavalliyot ishlari uchun bir xona va atrofida taxminan 60 sotix vaqf еri bo‘lgan. Xonaqoh ustida gumbaz, binoning chap tomonida 30 metrlar atrofida minorasi bo‘lgan va u Beshyog‘och dahasidan ko‘rinib turgan. 1 O‘ymakor usta. Ko‘pincha miskar ustaga nisbatan aytiladi. 2 Ahmedova E., Gabidulin R., Kulturologiya, mirovaya kultura. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2001. – B. 10. 3 Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. – Toshkent.: O‘zD Badiiy adabiyoti nashri, 1961. – B. 86.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 40 Uning atrofida 100 dan oshiq mahalliy va masjid-madrasalar faoliyat yuritgan. To‘xtaboy masjidi dahaning asosiy markaziy masjidi sifatida Qatag‘on yillarigacha ishlagan. Masjidga eng bilimli mullolar imom qilib tayinlangan. Aytishlaricha, To‘xtaboy masjidida uzoq vaqt imom bo‘lib ishlagan imomlardan birlari tirikchiliklari uchun masjid eshigi oldida charx o‘rnatib, pichoq, bolta, arra kabilarni charxlab bergan ekanlar. Shu boisdan, xalq Charxchi imom deb e’tirof eta boshlashgan va xalq masjidni ham, uni imomini ham shu nom bilan atay boshlashgan. Keyinchalik odamlar qulayroq talaffuz qilish uchun “Chaqichmom”, “Saqichmom” deb ayta boshlashgan. Keksa otaxonlar o‘z otalari va o‘zlaridan oldin o‘tgan keksa kishilarning aytishicha: To‘xtaboy halol mablag‘laridan masjid binosini qurgan, shubhali va boshqa mablag‘larni mutlaqo aralashtirmagan ekan. U vaqtlarda hozirgi asosiy xonaqoh qismi qurilgan bo‘lib, Beshyog‘och dahasidan ko‘rinadigan gumbazi va 30 metr atrofida minorasi bo‘lgan. Imom uchun gumbazli yana bir xona masjidning g‘arbiy tomoniga qurib topshirilgan. Keyinchalik namozxonlar soni ko‘payib, rasmiy faoliyat yurituvchi masjidlar yеtishmagan vaqtda qo‘shimcha xonaqoh, ayvonlar va maishiy xonalar, tahoratxonalar asosiy bino atrofiga qurilgan. Masjid ikkinchi jahon urush yillarida askarlar ko‘rikdan o‘tkaziladigan joy, keyinchalik maktab, hattoki shisha idishlar saqlanadigan omborxona ham bo‘lgan. Mustaqillik yillari arafasida, 1989 yilda qayta ochilib, mo‘min musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Mustaqillik yillarida, hozirga kunimizgacha bir necha marotaba qayta ta’mirlandi. Avvallari ushbu bino masjidlik ko‘rinishini mutlaq yo‘qotganligi, ya’ni gumbazlari, naqshlari, koshinlar, mehroblar, ustunlari olib tashlangan bo‘lsa, mazkur ta’mirlanishlar asnosida masjid har taraflama yana o‘zining asl holatiga qaytarildi, atrofida yangi qo‘shimcha binolar, asosiy kirish darvozasi qurildi va yana boshqa qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Masjidning old qismi 30x4,5 metrlik ayvon, 15x5 metrlik peshayvon, 4 ta namozxona, 3 ta kichik xonalar: imom-xatib xonasi, qorovulxona, noib imomlar xonasi va mutavalliyot hamda oshxonadan iborat. Hovli sathi 25x16 metrni tashkil qiladi. Masjid 1500–2000 namozxonga mo‘ljallangan, 1998 yil avgustda Davlat adliya boshqarmasi ro‘yxatidan o‘tgan. Masjid, asosan, Hofiz Ko‘hakiy, “Eski shahar” mahallalariga xizmat qiladi. Masjid atrofidagi mahallalarda o‘z davrining ilm ahllari istiqomat qilganlar va masjid faoliyatini jonlantirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ulardan Yosinqori (mashhur Fozilqori ustozning otalari), Abdulazizqori doda, Hakimqoriota va boshqalarni yodga olish mumkin. Masjidga saylangan barcha mutavallilar sidqidildan xizmat qilishgan. Masjid binolarini obod qilishda o‘z hissalarini qo‘shganlar. Iminjon ota va hozirda faoliyat yuritayotgan Abdulasadhoji otalarni keltirish mumkin. 1989 yil masjid sifatida musulmonlar foydalanishiga ruxsat berilganda. Dastlab Muhammadbobur domla Yo‘ldoshev keyinchalik marhum Zokirjon domla Rahbarqori o‘g‘li Tojiboev, Obidqori Nazarov, Muhammadlatif domla Jumanov, Is’hoqjon domla Begmatov va Ergashali domla Rustamovlar hamda Zokirjon domla Sharifov imomxatiblik vazifasini sharaf bilan o‘tab, xalqimizning diniy ma’rifatini, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilganlar. Masjid Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan bo‘lib, ko‘plab tolibi ilmlarning ilmga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 41 Masjid asosiy darvozasi peshtoqiga oq rangli suls xatida Qur’oni karimning “Jin” surasi 18-oyati bitilgan. ميظعلا الله قدص اًدَحَأ َِّ لِلّٱ َعَم ْاوُعۡدَت َ لََف َِِّ لِلّ َدِجََٰسَمۡلٱ َّنَأَو :ىلاعت الله لاق Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo-iltijo qilmanglar! 4 Darvoza peshtoqining o‘ng tomoniga oq rangli suls xatida: الله لاا هلا لا - “Allohdan boshqa iloh yo‘q” Chap tomoniga esa: الله لوسر دمحم - “Muhammad Allohning Rasulidir” deb bitilgan. Masjid darvozasi tepasiga esa suls xatida «masjidga kirish» duosi yozilgan: َكِتَمْحَر َبا َوْبَأ يِل ْحَتْفا َّمُهَّللا – “Yo Alloh, menga rahmat eshiklaringni och!” Masjid xonaqohi va ayvonida jami 3 ta mehrob bo‘lib, bu mehroblar tepasiga basmala va iymon kalimalari bitilgan. Xonaqohning hovlini ichiga qaragan deraza romlariga nasx xatida (Xonaqohga kirishdagi eshikning o‘ng tomonidagi deraza romlariga) ikki dona hadis bitilgan Birinchi hadisni Abu Hurayradan roziyallohu anhudan Imom Buxoriy rivoyat qilgan. َمَلََّسلا اوُشْفَأ ؟ ْمُتْبَباَحَت ُهوُمُتْلَعَف اَذِإ ٍءْيَش ىَلَع ْمُكُّلُدَأ َلاَوَأ ،اوُّباَحَت ىَّتَح اوُنِمْؤُت َلاَ و ،اوُنِمْؤُت ىَّتَح َةَّنَجْلا اوُلُخْدَت َلا ( : ِالله ُلوُسَر َلاَق )ْمُكَنْيَب. «Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Mo‘min bo‘lmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar. Sizlarni bir amalga yo‘llab qo‘ymaymi? Agar uni qilsangizlar, bir-biringizni yaxshi ko‘rasizlar: o‘rtalaringizda salomni yoyinglar. 5 Ikkinchi hadisni esa Abu Sa’id roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyat qilgan. 6 ِناَميِلإاِب ُهَل اوُدَهْشاَف َدِجْسَمْلا ُدَهاَعَتَي َلُجَّرلا ُمُتْيَأَر اَذِإ Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Vaqtiki, bir kishining masjidga qatnashga ahd qilganini ko‘rsangiz, uning iymoni haqida guvohlik beringiz”. Xonaqohga kirishdagi eshikning chap tomonidagi deraza romlariga Zumar surasining 7374 oyatlari yozilgan: ۡمُهَل َلاَقَو اَهُبََٰوۡبَأ ۡ ت َحِتُفَو اَهوُءٰٓاَج اَذِإ َٰٰٓ ىَّتَح ۖاًرَمُز ِةَّنَجۡلٱ ىَلِإ ۡمُهَّبَر ْاۡ وَقَّتٱ َنيِذَّلٱ َقيِسَو )73( َنيِدِلََٰخ ا َهوُلُخۡدٱَف ۡمُتۡبِط ۡمُكۡيَلَع ٌمََٰلَس اَهُتَنَزَخ )74( َنيِلِمََٰعۡلٱ ُرۡ جَأ َمۡعِنَف ُۖءٰٓاَشَن ُثۡيَح ِةَّنَجۡلٱ َنِم ُأَّوَبَتَن َ ضۡ رَۡ لۡٱ اَنَثَرۡ وَأَو ۥ ُهَدۡعَو اَنَقَدَص يِذَّلٱ َِِّ لِلّ ُد ۡمَحۡلٱ ْاوُلاَقَو Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga “haydaladilar”. To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib еtganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar). Va “Bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) еriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda o‘rin 4 Shayx Alouddin Mansur. Qurʼoni azim muxtasar tafsiri. — Toshkent.: “Munir”, 2021 – B. 883. 5 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi 4-juz. – Toshkent.: Hilol-Nashr, 2023. – B.23 6 Ali bin Sulton Muhammad. Mirqotul mafotih 3-juz. – Damashiq.: Darul fikr, 2016. - b.424
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 42 olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin”, derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajr-mukofoti naqadar yaxshidir! 7 Xonaqohning shimol tomonidagi kichik hujraga olib chiquvchi eshik tepasiga suls xatida quyidagi bitiklar yozilgan. هلوسرو هدبع ادمحم نا دهشاو الله لاا هلا لا نا دهشا– Guvohlik beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Allohning bandasi va rasulidir. هتكئلَمو ِللهاِب ُتْنَمآ ِتْ وَمْلاَدْعَب ِثْعَبْلا َو ىلاَعَت ِالله َن ِم هِِّ رَش َو ه ِ رْيَخ ِ رْدَقْلا َو ِ رِخْ لاا ِمْ وَيْلا َو هِلُسُرَو هِبُتُكَو Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga hamda o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirdim. “To‘xtaboyvachcha” jome masjidi tarixi va unda saqlangan epigrafik bitiklar xalqimiz ma’naviy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu yozuvlar nafaqat diniy-ma’naviy mazmunga ega, balki o‘sha davr madaniy hayoti, ijtimoiy muhitini o‘rganishda ham muhim manba sifatida xizmat qiladi. Foydalangan adabiyotlar 1. Ahmedova E., Gabidulin R., Kulturologiya, mirovaya kultura. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2001. – B. 10. 2. Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. – Toshkent.: O‘zD Badiiy adabiyoti nashri, 1961. – B. 86. 3. Shayx Alouddin Mansur. Qurʼoni azim muxtasar tafsiri. — Toshkent.: “Munir”, 2021 – B. 883. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. – Toshkent.: Hilol-Nashr, 2023. – B.... 5. Ali bin Sulton Muhammad. Mirqotul mafotih 3-juz. – Damashiq.: Darul fikr, 2016. - b.424 6. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent.: Sano-standart, 2021. – B.466 7 Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent.: Sano-standart, 2021. – B.466