O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR GEOGRAFIYASI
Abstract
Zamonaviy transport vositalari bilan xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy yirik transport korxonalari salohiyatidan foydalanish hamda transport-terminal xizmatlarning ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga yuk tashish xizmat ko‘rsatishi sifatini jahon standartlari darajasiga yaqinlashtirish imkoniyati kengayadi. Taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida mamlakat transport-logistika sohasi 2030-yilga kelib tizimli tashkil etilgan va oʻsib boruvchi sohaga aylanib, sohaning oʻsish dinamikasi milliy iqtisodiyotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlaridan yuqori boʻladi.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 42 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR GEOGRAFIYASI Nasirov Ilxam Zakirovich t.f.n., professor, Andijon davlat texnika instituti; Хайдаров Murodjon Akbaraliyevich katta o’qituvchi, Andijon davlat texnika instituti. ANNOTATSIYA. Zamonaviy transport vositalari bilan xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy yirik transport korxonalari salohiyatidan foydalanish hamda transport-terminal xizmatlarning ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga yuk tashish xizmat ko‘rsatishi sifatini jahon standartlari darajasiga yaqinlashtirish imkoniyati kengayadi. Taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida mamlakat transport-logistika sohasi 2030-yilga kelib tizimli tashkil etilgan va oʻsib boruvchi sohaga aylanib, sohaning oʻsish dinamikasi milliy iqtisodiyotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlaridan yuqori boʻladi. Kalit so’zlar: Xalqaro yuk tashish, transport-logistika xizmati, aloqa o‘rnatish, jahon iqtisodiy hamjamiyati, erkin savdo, eksport-import yuki, jahon standart. ГЕОГРАФИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СВЯЗЕЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Насиров Ильхам Закирович - к.т.н., профессор, Андижанский государственный технический институт; Хайдаров Муроджон Акбаралиевич - старший преподаватель, Андижанский государственный технический институт. Аннотация. За счет использования потенциала крупных отечественных транспортных предприятий, оказывающих услуги современными транспортными средствами, а также развития производственно-технической базы транспортно-терминальных услуг расширяются возможности приближения качества грузовых перевозок к уровню мировых стандартов. В результате реализации предлагаемых мер транспортно-логистическая отрасль страны к 2030 году станет системно организованной и растущей отраслью, а динамика роста отрасли будет выше среднегодовых темпов роста национальной экономики. Ключевые слова: Международная грузоперевозка, транспортно-логистическая услуга, налаживание связи, мировое экономическое сообщество, свободная торговля, экспортноимпортные грузы, мировой стандарт. GEOGRAPHY OF INTERNATIONAL ECONOMIC RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Nasirov Ilkham Zakirovich - Candidate of Technical Sciences, Professor, Andijan State Technical Institute; Haydarov Murodjon Akbaraliyevich - Senior Lecturer, Andijan State Technical Institute. Abstract.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 43 By utilizing the potential of large domestic transport enterprises providing services with modern vehicles, as well as developing the production and technical base of transport and terminal services, the possibilities of bringing the quality of cargo transportation closer to world standards are expanding. As a result of the implementation of the proposed measures, the country's transport and logistics industry will become a systematically organized and growing industry by 2030, and the industry's growth dynamics will be higher than the average annual growth rates of the national economy. Keywords: International cargo transportation, transport and logistics service, establishing communication, global economic community, free trade, export-import cargo, global standard. KIRISH. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025 yildagi PQ-28-son Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qarorida ...Xalqaro yuk tashishlarda raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish, xususan elektron (qogʻozsiz) hujjatlar aylanmasiga oʻtish uchun elektron koʻrinishdagi hujjatlarni transchegaraviy oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi ikki va koʻp tomonlama bitimlar tuzish vaziasi belgilangan [1]. XXI asrda globallashuv jarayonining jadallashuvi, xalqaro savdo-sotiqhajmining keskin ortib borishi hamda transmilliy kompaniyalar faoliyatining kengayishi natijasida xalqaro tashishlar va transportlogistika xizmatlariga bo’lgan talab sezilarli darajada oshdi. Ma‟lumotlarga ko’ra, xalqaro yuk tashish xizmatlari bozori 2024 yilda 8 trillion AQSh dollaridan ortiq bo’lib, bu raqam yildan-yilga 58 % ga o’sib bormoqda. Ayniqsa, Yevropa– Osiyo, Osiyo– Shimoliy Amerika, hamda Xitoy– Markaziy Osiyo yo’nalishlaridagi yuk oqimlari jahon logistika infratuzilmasiningasosiy yo’nalishlari hisoblanadi. Xalqaro yuk tashish tizimining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ishlabchiqaruvchi, eksportyor, importyor, bojxona, sug„urta, logistika va transport kompaniyalari o’rtasidagi uzviy va samarali hamkorlikni talab etadi. Shu bilan birga,har bir bosqichda aniqlik, shaffoflik, real vaqt rejimidagi monitoring, ekologik xavfsizlik va xarajatlarni minimallashtirish kabi talablar dolzarblashib bormoqda [2]. Shu sababli, an’anaviy yondashuvlar o’z o’rnini zamonaviy texnologik va innovatsion yechimlarga bo’shatmoqda. Bugungi kunda xalqaro tashishlarni boshqarishda raqamlashtirish jarayonlari yetakchi o’rinni egallamoqda. Xususan, elektron yuk hujjatlari (e-CMR), GPS asosidagi kuzatuv tizimlari, ombor va transportlarni avtomatik boshqarish tizimlari (WMS va TMS), sun’iy intellekt (AI) asosida ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlari yuklarni aniqlik bilan yetkazib berish, yuk ortish/bo’shatish vaqtlarini optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirishga xizma tqilmoqda. IoT (Internet of Things) texnologiyasi orqali esa har bir konteyner yoki transport vositasi haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Bundan tashqari, blokcheyn texnologiyasi xalqaro tranzaktsiyalar va yukhujjatlarining xavfsizligini oshirishda keng qo’llanilmoqda. Shuningdek, globalekologik inqiroz sharoitida “yashil logistika” konsepsiyasi tobora dolzarb bo’lib bormoqda. Metodologiya. O’zbekiston transport-logistika tizimi so’nggi yillarda jadalrivojlanib, bu borada ilmiy tadqiqotlar soni ham ortib bormoqda. Mahalliy olimlar xalqaro tashishlarni boshqarish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish,tranzit salohiyatni oshirish hamda raqamli texnologiyalarni integratsiyalash borasidaqator ilmiy ishlanmalarni amalga oshirmoqdalar. O’zbekistonning geostrategik joylashuvi, mavjud transport yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari rejasida logistika zanjirlarini
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 44 samarali boshqarish uchun avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish zarurligini belgilangan. Shuningdek, elektron logistika (e-logistics), multimodal tashish va yo’lovchi/yuk oqimlarining modelini yaratish masalalari yoritilgan. Ushbu ishlarda sun’iy intellekt, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va GPS-monitoring tizimlarining O’zbekiston logistika tizimida qo’llanilishi bo’yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan [3,4]. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, jumladan, 2022-yil 4-iyuldagi “Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish va transport sohasini raqamlashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-300-sonli qarori, logistika sohasida davlat siyosatining yo’nalishlarini belgilab berdi. Ushbu qarorga muvofiq, logistika kompaniyalariga texnologik modernizatsiya, elektron hujjat aylanishi va xalqaro standartlarga moslashtirish topshiriqlari berilgan [5]. Adabiyotlar tahlili. Xalqaro miqyosda logistika va tashish tizimlariga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlar hajmi nihoyatda katta bo’lib, ularda zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga oid fundamental tadqiqotlar mavjud. Xususan, amerikalik olim Donald Bowersox va David Closs‟ning “Supply Chain Logistics Management” (McGraw-Hill, 2013) asari global miqyosda logistika boshqaruvi sohasidagi eng nufuzli manbalardan birihisoblanadi. Unda logistika tizimining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish, xarajatlarni tahlil qilish, mijoz ehtiyojlariga moslashtirilgan yechimlar ishlab chiqish jarayonlari chuqur yoritilgan. Evropa Ittifoqi doirasida olib borilgan Horizon 2020 tadqiqot loyihalari, xususan, “Transforming Transport” va “ALICE” platformalari, xalqaro tashishlarda sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlardan (Big Data) samarali foydalanish modellarini taklif qiladi. Ushbu loyihalarning natijalariga ko’ra, avtomatlashtirilgan yuk tashish tizimlari 15–20 % gacha yoqilg’i sarfini kamaytirishva yuk ortish/bo’shatish vaqtlarini 30 % gacha qisqartirish imkonini beradi [6]. Muhokama va natijalar. O‘zbekistonda erkin va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish to‘planib qolgan iqtisodiy va geosiyosiy muammolarni yechish zarur. Yangi sharoitda O‘zbekiston iqtisodiy siyosat bilan hamkorlikni kengaytirishi uchun xorijiy davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, integratsion birlashmalar bilan amalga oshirishi zarur. Bunda chuqur o‘rganish va asta-sekinlik bilan Respublikaning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lishi va erkin savdoni amalga oshirishi zarur [7,8]. 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining MDH va uzoq horijiy davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining statistik ko‘rsatkichlari
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 45 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining MDH va uzoq horijiy davlatlar bilan import munosabatlarining statistik ko‘rsatkichlari Xulosalar. Xalqaro yuk tashishda transport-terminal xizmatlarining tashkil etilishi milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, aynan transport-logistik infratuzilma masalalari bilan bog‘liq ekanligini e’tirof etish zarur. Bizning fikrimizcha zamonaviy transport-logistik markazlarda barpo etilayotgan eksportimport yuklarni tashuvchi transport majmualar, omborlar va oziq-ovqat mahsulotlarini sovutkichlarda saqlovchi terminallarning tashkil etilishi, birinchi navbatda, eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga, ikkinchidan, kichik biznes sub’ektlari sonini ortishi va shu bilan birgalikda iqtisodiyotimizni barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi [9-11]. Milliy iqtisodiyotimizdagi tub tarkibiy o‘zgarishlar, yangi savdo-sotiq tizimining shakllanishi va tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishi natijasida yaqin qo‘shni va uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning integrallashuvida shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni tashishda iste’molchilar talabi yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, zamonaviy transport vositalari bilan xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy yirik transport korxonalari salohiyatidan foydalanish hamda transportterminal xizmatlarning ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga yuk tashish xizmat ko‘rsatishi sifatini jahon standartlari darajasiga yaqinlashtirish imkoniyati kengayadi [12]. Taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida mamlakat transport-logistika sohasi 2030-yilga kelib tizimli tashkil etilgan va oʻsib boruvchi sohaga aylanib, sohaning oʻsish dinamikasi milliy iqtisodiyotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlaridan yuqori boʻladi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. https://cyberleninka.ru/article/n/mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslugvyssheyshkoly;http://www.m-economy.ru/art.php?nArtId=3649 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025 yildagi PQ-28-son Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qarori// xalq so’zi gaz. 2025 28 yanvar, 1,3b. 3. Toshtemirovich, G. M., & Zakirovich, N. I. Sobirova Tursunoy Abdipatto kizi, Hakimov Mavlonbek Solijon ugli.(2023). Recovery Of Fines From Drivers Of Foreign Vehicles. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 3589-3591. 4. Nasirov, I. Z. (2024). Intellektual transport tizimlari. Darslik. Andijon: Omadbek print number one, 227. 5. Zakirovich, N. I. Akromjonova Sayyoraxon Baxtiyor qizi.(2023). Yo ‘l boshqaruvini intellektual axborot tizimlari asosida avtomatlashtirish. Journal of New Century Innovations, 21(4), 122-127.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 46 6. Насиров, И. З. (2023). Махмудов Озодбек Эркинбаевич. Влияние транспортного потока на атмосферный воздух города. Социально-экономические и технические системы: исследование, проектирование, оптимизация, 3, 95. 7. Toshtemirovich, G. M., & Zakirovich, N. I. (2023). Yangi o’lchovlarda evropa xavfsizligi. Evropa ittifoqida yashil kelishuv istiqbollari. Scientific Impulse, 2 (15), 935–942. 8. Nasirov, I. Z. Transport vositalarining bort axborot tizimlari. Darslik. ISBN. 9. Muminovich, S. A., & Zakirovich, N. I. (2022). Prospects for the development of multimodal transportation technology. Saybold Report (TSRJ): Saybold Publications, Box, 644(428), 468-475. 10. Насиров, И. З., & Хайдаров, М. А. Шаҳар жамоат транспортининг асосий эксплуатацион кўрсаткичларлари. ijodkor o ‘qituvchi jurnali-5 dekabr/2023 yil/34–SON, 138-143. 11. Ataxanov, K. A., & Nasirov, I. Z. (2021, June). Transport logistikasida vositachi transport operatorining faoliyatini boshqarish. In " Рақамли технологиялар, инновацион ғоялар ва уларни ишлаб чиқариш соҳасида қўллаш истиқболлари" мавзусидаги Халқаро илмий-амалий конференция материаллар тўплами. II-шўъба-Техника фанлари. 12 июнь 2021 йил (No. 8476245f). 12. Nasirov, I. Z., & Gaffarov, M. T. (2021). Accession of the Republic of Uzbekistan to the Kyoto convention/Процветание науки. Научно-методический журнал, (2), 2.