TALABALAR GURUHIDAGI NIZOLARNI TUSHUNISH UCHUN IJTIMOIY IDINTIFIKATSIYA NAZARIYASI
Abstract
Guruh ichidagi nizolarni tushunish va ularni sabablarini aniqlash uchun dastlab guruh psixologiyasini, guruhga xos bo’lgan alohida jihatlarni batafsis tushunib olish lozim. Quyida Henri Tarfel va John Turner tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya nazariyasida shu kabi masalarga boshqa muaaliflardan farqli nuqtai nazar bilan yondoshganligini guvohi bo’lishingiz mumkin.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 49 УДК 159;316.652 TALABALAR GURUHIDAGI NIZOLARNI TUSHUNISH UCHUN IJTIMOIY IDINTIFIKATSIYA NAZARIYASI Quvondiqova Shahlo Bahodir qizi O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo’nalishi 1-bosqich magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17270935 Annotatsiya. Guruh ichidagi nizolarni tushunish va ularni sabablarini aniqlash uchun dastlab guruh psixologiyasini, guruhga xos bo’lgan alohida jihatlarni batafsis tushunib olish lozim. Quyida Henri Tarfel va John Turner tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya nazariyasida shu kabi masalarga boshqa muaaliflardan farqli nuqtai nazar bilan yondoshganligini guvohi bo’lishingiz mumkin. Kirish: Inson shu jamiyat a’zosi sifatida nafaqat yakka holda balki bir guruh a’zosi sifatida idrok etiladi. Ba’zi hollarda xato shu guruh a’zoligi shaxsni boshqalardan farqlovchi, alohidalovchi shu bilan bir vaqtda boshqa shaxslar bilan umumlashtiruvchi kategoriya sifatida aks etadi. Darhaqiqat, guruh azolari shu guruh ishtirokchilarini huddi oila a’zolaridek qabul qiladi, ularni manfaatlarini boshqalarnikidan ustun ko’radi va o’zi mansub bo’lgan guruhga nisbatan doimo ijobiy qarorlar qabul qilishga, shuning bilan guruh foydasiga yo’nalgan xatti harakatlarni amalga oshirishga moyil bo’ladi va bu qachonki guruhlar o’rtasida raqobat muhiti vujudga kelganda, yoxud maqsadlar to’qnashganda, yaqqolroq va aniqroq namoyon bo’ladi. ASOSIY QISM Shunday jarayonlar borki, ular guruhda nizolarni bosh omilini anglashga yordam beradi. Buni bizga Henri Tarfel va John Turner 1 tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya nazariyasi ( social identity theory SIT) 2 tushuntirib beradi. Aslida Tarfel polshalik yahudiy bo’lgan u ikkinchi jahon urushi yillarida natsislarga qarshi jang qiladi. Uning urush davridagi tajribalari guruhlararo mojarolar bo’yicha tadqiqotlariga ilhomlantirgan. Bu nazariya 1950-1960 yillarda Sherif tomonida yaratilgan realistik mojarolar nazariyasi (realistic conflict theory RCT)ni to’ldirish uchun ishlab chiqilgan deyish mumkin. Bu ikkala nazariya ham guruhlar o’rtasidagi harakatlarni ayniqsa guruhlar o’rtasidagi nizolarni tushunishga xizmat qiladi. Guruhdagi nizolar qanday xollarda sodir bo’ladi, uning asosiy sababi nima, bu borada ikki nazarida ham farqli va o’xshash jihatlar mavjud bu ikkala nazariyani o’rganish guruhdagi nizoli vaziyatlarni to’g’ri tushunish imkonini beradi. Guruhlararo mojaroga misol sifatida bir guruh talabalar jamoasini olsak, shu guruh ichida yana kichik guruhlar mavjudligidan o’sha kichik guruh azosi boshqa guruh ya’ni kichik guruhdan tashqari bo’lgan boshqa a’zolarga nizoli xulq atvorni namoyon qilishi mumkin. Bu guruhdagilarni o’zini tutishi va shaxslararo munosabatlarga mutlaqo bog’liq bo’lmagan holat bo’lib bu shuchaki ular usha kichik guruh a’zosi emasligi uchun ya’ni boshqa guruhdan bo’lganligidan sodir bo’ladi. Sherifning RCT nazariyasining asosiy g’oyalardan biri shundaki, guruhlar o’rtasidagi ziddiyat resurslar uchun yaqqol kurash mavjud bo’lganda vujudga keladi deyishidir. 1 https://www.themantic-education.com/ibpsych/2017/02/16/social-identity-theory 2 H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America-2010 546p.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 50 SIT nazariyasi ham bunga teskari emas, balki resurslar uchun to’g’ridan-to’g’ri raqobat bo’lmagan taqdirda ham ziddiyat qanday bo’lishi mumkinligini tushuntirish uchun davom ettiriladi. Ijtimoiy toifalash,ijtimoiy o’ziga xoslik,ijtimoiy taqqoslash va ijobiy farqlanish bu to’rtta o’zaro bog’liq tushunchalari orqali SIT guruhlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri ziddiyat va yoki raqobat bo’lmagan sharoitlarda ham guruhlararo nizolar nima uchun mavjud bo’lishi mumkinligini tushunishga hizmat qiladi. Quyida ushbu tushunchalarga alohida alohida to’xlatib o’tamiz. Dastlab ijtimoiy toifalashga qaraydigan bo’lsak, ijtimoiy toifalarga ajratish-bu guruhlarni guruh ichidagi yoki guruhdan tashqari deb hisoblashning kognitiv jarayonidir. Xuddi shu jarayonda shaxslar guruh ishtirokchilariga nisbatan ‘’biz’’ va ‘’ular’’ pozitsiyalarida yondashadilar. Ijtimoiy identifikatsiyada esa, Henri Tarfel va John Turner fikriga ko’ra ijtimoiy o’ziga xoslik’’individning o’zini o’zi imidjining ( ular) o’zini tegishli deb biladigan ijtimoiy kategoriyalardan kelib chiqadigan jihatlari ‘’degan ma’noni anglatadi. Ya’ni bunda shaxs o’zi haqida xulosa qilar ekan u o’zi mansub bo’lgan guruhga qaraydi bu o’z o’zini baholashda asosiy o’rin tutadi.Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, har birimiz ko’plab guruhlarga mansubmiz( masalan ijtimoiy oilaviy, talimiy, sport, san’at,diniy va boshq.) Ushbu guruhlarning har biriga a’zoligimiz bizni shaxs sifatida o’zimizni anglashimizga yordam beradi. Biz shaxsiyatimizni fazilatlarimiz, yutuqlarimiz va boshqalar asosida shakllantiramiz va biz ijtimoiy o’ziga xoslikni o’zimiz mansub bo’lgan guruhlarning maqsadlari, yutuqlari asosida shakllantiramiz.guruh ishtirokchisi guruhning bir qismi bo’lish orqali o’zimizni anglash hissi SIT ni tushunish va tushuntirish uchun muhimdir. Ijtimoiy taqqoslash haqida gapiradigan bo’lsak, Henri Tarfel va John Turner tomidan olib borilgan darstlabki tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ‘’ tashqi guruh’’ ning mavjudligi ‘’guruh ichidagi’’ shaxslarning xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.Ijtimoiy solishtirish asosan boshqa guruh azolari bilan o’zimiz mansub bo’lgan guruhni solishtirish orqali sodir bo’ladi bu jarayonda o’ziga bo’lgan munosabat ham muhim rol o’ynaydi. Chunki o’zini hurmat qiladigan odam o’zi mansub bo’lgan guruhni ham tashqi guruhdan boshqacha tasavvur etadi. Bu o’zimiz haqimizdagi fikrlarni yanada yaxshiroq tushunishga ham xizmat qiladi. Masalan, biz mansub bo’lgan guruh tashqi guruhdan yaxshi va u avzalliklarga ega, ya’ni solishtirish natijalari shuni ko’rsatadi demak biz ham yaxshimiz. Shu nuqtai nazardan kishida doim o’z guruhi ishtirokchilarini yaxshi deb takidlashga va ulardagi ijobiy hislatlarni ko’rishga yuqori moyillik mavjud bo’ladi. Buni boshqa so’z bilan tarafkashlik deb ham atash mumkindir. Bunday tarafkashlik guruh rasmiy yoki norasmiy tuzilganiga bog’liq bo’lmagan holda shakllanadi. Bunga misol sifatida bir eksperimentni keltirish mumkin. Agar biz darslarda talabalar guruhini yana ham kichikroq guruhlarga bo’lib darsni tashkillashtiradigan bo’lsak bunda guruhlarga bo’lish tasodifiy tanlovga asoslansa, guruh ishtirokchilariga bu bo’linish hech qanday ma’no anglatmasligi , hech qanday musobaqa yoki tanlovlar sodir bo’lmaydi deyiladi va guruh a’zolariga turli sovg’alar taqdim etilib uni istagan odamiga berish so’raladi. Bunday sharoitda talabalar o’zlari mansub bo’lgan guruh a’zolariga ko’proq sovg’alar taqdim etadilar.Bu guruhiy tarafkashlik vaqt o’tishi bilan shakllanadigan holat emas balki, guruh guruh bo’lganidayoq belgilanadiga xulq atvor namunasi sifatida namoyon bo’ladi. Olimlar guruhiy taqqoslash va guruh a’zolarini o’ziga xos deb bilishni tushunish uchun quyidagi uchta gepotizaga asoslanadilar: Birinchi faraz shuki har qanday shaxs ham guruh
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 51 ichidami guruh tashqarisidami o’z hurmatini oshirishni hurmatga sazovor bo’lishni istaydi. Unda o’zini ijobiy tasavvur qilishga doimi moyillik bo’ladi. Ikkinchi faraz:Bazan biz biror guruhga mansub bo’lishni istamaymiz yoki boshqasiga mansub bo’lishni xohlaymiz. Bu shu bilan tushuntiriladi. ba’zi guruhlarga qo’shilish ijobiy yoki salbiy deb qabul qilinadi va insonlar shunga ko’ra o’zlarining yaxshi yoki yomon deb tasavvur etishlariga ta’sir ko’rsatadi. Uchinchi va eng oxirgi faraz esa shuni tushuntiradiki biz guruhlarni ijobiy yoki salbiy deb baholashimizda guruh ichidagilarni va tashqaridagilarni taqqoslash muhim o’rin tutadi. Misol uchun siz talabalarni kechik guruhlarga bo’lganingizda ma’lum a’zolar tegishli guruh a’zosi bo’lishni istamasliklarini aytishadi, yoki aksincha aytishmagan taqdirda ham shu guruh a’zosi ekanliklari ularni qoniqtirmaydi. Ijobiy betakrorlik, biz o’zimiz mansub bo’lgan guruhni boshqalaridan ajratishga moyilmiz. Va bu ajratish albatta biz uchun qulay va guruh a’zolari uchun ijobiy bo’lishii lozim. Masalan, ‘’bizning guruh boshqa guruhlarga o’xshamaydi. U har qanday holatda ham boshqa guruh ishtirokchilaridan o’zining yaxshi sifatlari bilan ajralib turadi’’ qabilidagi anglashlar. Tajribalar shuni ko’rsatdiki guruhiy tarafkashlik guruhiy o’ziga xoslik va shu kabilar umumiy qilib aytadigan bo’lsa ijtimoiy identifikatsiya nazariyasini namoyon bo’lishi uchun, tashqi guruh mavjudligining o’zi yetarli ekan . Bunday vaziyatda guruh a’zolarining oldindan tanish yoki tanish emasligi, tasodifiy yoki ixtiyoriy tanlov asosida guruhga birlashganlik tarfkashlikni bilgilovchi omil bo’la olmaydi. Xulosa Ijtimoiy identifikatsiya nazariyasi bizga guruh psixologiyasini, guruh ichidagi nizolarni sababini ilgari tushuntirilmagan o’ziga xos tarzda bayon qiladi. Bu nazariya aslida Sherefning realistik nizolar nazariyasi negizida, ushbu nazariyani davomi sifatida vujudga kelgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Guruh ichidagi o’z o’zidan shakllanadiga psixologik xarakter guruh azolarini nega tashqi guruh azolari bilan nizolashishga moyil bo’lib qolishini izohlaydi. Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ta’lim muassasalarida dars jarayonlarida kechik guruhlarga bo’lib o’tish nizoli xulq atvor namoyon bo’lishiga olib keladi va bu guruhlarni doimiy saqlanib qolishi kichik guruhlar aro nizoni doimiy kuchaytiradi. Buni oldini olish uchun yoki ushbu usuldan vos kechish yoki kechik guruhlarni har darsda qaytadan taqsimlab turish maqsadga muvofiq. Adabiyotlar ro’yxati 1. H.Tajfel. ’’Social identity and intergroup relations’’ Cambridge University Press. America2010 546 p. 2. M.Deutsch. ‘’The resolution of conflict’’. Lightining Source .United States of America1973. 432 p. 3. Donelson R.Forsyth. ’’Group dynamics ’’ United States of America – 2010 .701p 4. И.Н.Леонов. ’’Конфликтология’’ .Москва-Воронеж 2006.240 с. 5. Saidov A.I. Eshquvvatov.T.E.,Ishonqulova .N.I ‘’Konfliktlar psixologiyasi’’ Samarqand2015 137s.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 52 6. Yoshlar va konfliktologiya:Konflikt yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva GulxumorToshkent.2008 y 7. Ergeshova D Q., Najimov M.K.Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma_T.:TDTuI, 2007.- 97b. 8. Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. -Toshkent:Akademiya,2000.-208b.