scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LINGUISTIC ECONOMY AS A COGNITIVE PRINCIPLE

Askarova, Maftuna

Abstract

This article discusses cognitive principles and their formation. It also reflects on one of the cognitive principles, language economy, its development, and its role in contemporary stylistics. Allusion is chosen as a stylistic device to illustrate the emergence of language economy, analyzing how it activates human knowledge structures through excerpts from English and Uzbek literary discourse. The cognitive characteristics of this stylistic device are analyzed, and conclusions are drawn about the role of these principles in this context.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 47 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us TIL IQTISODI KOGNITIV TAMOYIL SIFATIDA ЯЗЫКОВАЯ ЭКОНОМИЯ КАК КОГНИТИВНЫЙ ПРИНЦИП LINGUISTIC ECONOMY AS A COGNITIVE PRINCIPLE Askarova Maftuna To‘lqin qizi Birinchi kurs tayanch doktorantura talabasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Email: [email protected] Tel: +998944645764 Аскарова Мафтуна Тулкин кызы Докторант первого курса (базовая докторантура) Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои Электронная почта: mrsm[email protected] Телефон: +998 94 464 57 64 Askarova Maftuna Tolkin kizi First-year PhD candidate (Basic Doctoral Program) Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature Email: [email protected] Phone: +998 94 464 57 64 Annotatsiya: Ushbu maqolada kognitiv tamoyillar va ularning shakllanishi haqida so‘z boradi. Shuningdek, kognitiv tamoyillardan biri bo‘lgan til iqtisodi, uning shakllanishi va bugungi zamonaviy stilistikada tutgan o‘rni haqida mulohazalar beriladi. Alluziya stilistik vositasi til iqtisodining yuzaga chiqish vositasi sifatida tanlanib, ingliz va o‘zbek badiiy diskursi parchalari orqali inson bilim tuzilmalarini faollashtirishi tahlil qilinadi. Ushbu stilistik vositaning kognitiv xususiyati tahlil qilinib, tamoyillarning bundagi o‘rni xulosalanadi. Kalit so‘zlar: til iqtisodi, alluziya, kognitiv stilistika, bilim strukturalari, konsept, intertekstuallik, morfologik tejamkorlik, leksik tejamkorlik, sintaktik tejamkorlik. Аннотация: В данной статье рассматриваются когнитивные принципы и их формирование. Также обсуждается один из когнитивных принципов — экономика языка, ее становление и место в современной стилистике. Аллюзия выбрана в качестве стилистического средства, через которое экономика языка активирует структуры человеческого знания на примерах фрагментов английского и узбекского художественного дискурса. Анализируются INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 48 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us когнитивные особенности этого стилистического средства, и делаются выводы о роли принципов в этом контексте. Ключевые слова: экономия языка, аллюзия, когнитивная стилистика, структуры знаний, концепт, интертекстуальность, морфологическая экономия, лексическая экономия, синтаксическая экономия. Abstract: This article discusses cognitive principles and their formation. It also reflects on one of the cognitive principles, language economy, its development, and its role in contemporary stylistics. Allusion is chosen as a stylistic device to illustrate the emergence of language economy, analyzing how it activates human knowledge structures through excerpts from English and Uzbek literary discourse. The cognitive characteristics of this stylistic device are analyzed, and conclusions are drawn about the role of these principles in this context. Key words: language economy, allusion, cognitive stylistics, knowledge structures, concept, intertextuality, morphological economy, lexical economy, syntactic economy. KIRISH. Antroposentrik paradigmaning ta’sirida kognitiv tilshunoslik taraqqiy topib, inson ongi va uning ma’lumotni qabul qilish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu sababli ham kognitiv tilshunoslik va unga yondosh sohalar bugungi kunda ilmiy izlanishlar uchun asos bo‘lib kelmoqda. Matnda ma’lumotlarni berishning turli tamoyillari mavjud bo‘lib, xususan, tildan ortiqcha foydalanish, oppozitsiya va contrast, ajratib ko‘rsatish, til iqtisodi kabi, ular kognitiv tilshunoslik doirasida o‘rganib kelinmoqda. Matnda axborotni taqdim etishning yana bir kognitiv tamoyili bu ― til iqtisodi, ya’ni tildan tejamkor foydalanish, kam sonli lingvistik shakllardan foydalanib, ammo ko‘proq ma’noga ega bo‘lishdir. Biz ushbu maqolada til iqtisodi tamoyilini kognitiv stilistikada tutgan o‘rni haqida tahlillar olib boramiz. Ushbu atama ilk bor fransuz tilshunos olimi A. Martinet tomonidan “Économie des changements phonétiques” (fonetik o‘zgarishlar iqtisodiyoti) nomli asarida kiritilgan bo‘lib, tilning asosiy qonunlaridan birini, ya’ni belgilarni tejashga intilishini bildiradi[3]. Ushbu atama ilk bor 1955 yilda ilmiy muomilaga kiritilgan. A. Martinetning fikriga ko‘ra ushbu tamoyil til rivojlanishining asosiy qismi bo‘lib, til vositalaridan eng kam foydalanib maksimal aloqa qilishni mumkin. Uning ilmiy izlanishlari asosan fonetik sathdagi tejamkorlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘zgarishlarni fuksional samaradorlik tamoyiliga asoslangan deb hisoblaydi. Ushbu tamoyil bir qancha stilistik vositalarga asos vazifasini bajaradi. Biz ushbu maqolada aynan alluziyaning shakllanishidatil iqtisodining namoyon bo‘lishini tahlil qilamiz. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 49 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Adabiyotlar tahlili va metodologiya Martinet, Benevist, Serebrennikov kabi olimlarning fikrlariga ko‘ra til iqtisodi prinsipi tilning rivojlanishi va faoliyat yuritishi uchun zaruriy shart sifatida qaraladi. Til iqtisodiyoti tilning har bir darajasida amalga oshadi: morfologik (shan’t, isn’t, don’t); leksik (prof, lab, ad, USA, INO, CIS); sintaktik (elliptik gaplar, bir bo‘g‘inli gaplar) [1; 69-b.]. Til iqtisodiyoti muammosi so‘z yasash sohasida Kubryakova, Zemskaya, Dyujikova kabi olimlarning izlanishlari tufayli yetarlicha chuqur o‘rganilgan [8,12,14], shuningdek, sintaksis darajasida ham Infantova, Reunovalar tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilgan[10]. Keyinchalik G. Lakoff, R. Langaker va D. Kristal kabi tilshunos olimlar kognitiv va funksional yo‘nalishda bu tushunchani tilni idrok etish, uzatish va qabul qilish jarayonlarida asosiy kognitiv omil sifatida tahlil qilishgan. Badiiy adabiyotda ingliz yozuvchilari V. Folkner, E. Hemingvey, S. Paz kabilar ushbu til iqtisodini amaliy jihatdan o‘z asarlarida ko‘rsatib berishgan. O‘zbek adabiyotida esa Abdulla Qahhorning uslubi qisqa va ko‘p ma’noliligi bilan tanilgan. Ushbu maqolada kognitiv-lingvistik yondashuv va stilistik tahlil metodlaridan uyg‘unlikda foydalaniladi. Avvalo, tanlangan ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida til iqtisodini amalga oshiriuvchi stilistik birliklar, xususan, metafora, alluziya, antonomaziya, ellips kabilar aniqlanadi. Ular orasidan alluziya til iqtisodining yaqqol namunasi sifatida chuqur tahlilga tortiladi. Tahlil qilinayotgan birliklar semantik axborot zichligi, sintaktik qisqalik, assotsatsativ maydon va bilim strukturalari kabi mezonlar asosida baholanadi. Ularning ta’sirida inson ongidagi qanday bilim strukturalari faollashtirilishi haqida so‘z yuritiladi. Muhokama. Eng muhim holat shundaki, til iqtisodiyoti prinsipi muloqotning turli shakllarida yuzaga chiqa oladi. Og‘zaki nutq turida ingliz tili misolida ko‘radigan bo‘lsak, quyidagi misollarda yaqqol namoyon bo‘ladi, bu yerda turli til tejamkorlik vositalaridan foydalaniladi. Morfologik vositalar ichida tejamkorlik og‘zaki tilda keng qo‘llaniladigan turli qisqartma shakllar mavjud, misol uchun, I’ll, he’d, she’s, don’t. Leksik darajada esa ko‘plab qisqartirilgan so‘z va iboralar ishlatiladi, xususan, fridge (refrigerator), doc (doctor), comp (computer), ad (advertisement), morning (good morning), bye (good-bye) kabi. Sintaktik darajada esa til iqtisodiyotining turli shakllari mavjud bo‘lib, ular elliptik gaplar, bir bo‘g‘inli gaplar, tugallanmagan gaplar orqali yuzaga keladi. Og‘zaki tildagi tejamkorlik tendensiyasi G. Gris tomonidan formulalangan asosiy kommunikativ tamoyillar bilan izohlanadi: be brief, speak to the point, express yourself clearly, etc. (qisqacha bo‘l, maqsadga muvofiq gapir, fikrni ravshan ifoda et va hokazo)[2]. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 50 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Shuni ta’kidlash kerakki, til iqtisodiyoti prinsipi matn turlariga qarab turlicha vazifalarni bajaradi va o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu prinsip gazeta matnlari uchun nihoyatda muhimdir. Gazeta nashrlarining o‘ziga xos vaqt va joy cheklanganligi kabi shart-sharoitlari tejamkorlikni ahamiyatli qilib qo‘yadi. Gazeta maqolalarining, ayniqsa qisqa xabarlarning asosiy vazifasi ― o‘quvchini xabardor qilishdan iborat. Shu bois unda voqealar izohsiz va tafsilotsiz bayon etiladi. Gazeta uslubida til iqtisodiyotining asosiy vositasi turli xil qisqartmalardan foydalanishdir: mamlakatlar va shaharlar nomlari, siyosiy tashkilotlar, kompaniyalar va firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda shaxslar: UK (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland), NY (New York), UNO (United Nations Organization), BBC (British Broadcasting Company), P.M. (Prime Minister), M.P. (Member of Parliament) [1;70-b.]. Ilmiy matnlar, umuman olganda, juda hajmli bo‘lishiga qaramay, qisqartirilgan so‘zlardan keng foydalanish bilan ajralib turadi, misol uchun, prof, doc, lab, fig. kabi. Ilmiy matnlarning o‘ziga xos xususiyati ― “individual qisqartmalar”dan foydalanishdir. Albatta, bunday qisqartmalar kiritilishi va tushuntirilishi lozim: SD (stylistic device), FS (functional style), OE (Old English), COD (Concise Oxford Dictionary) [1;70-b.]. Ushbu maqolada bizning asosiy e’tiborimiz aynan badiiy matnlarda til tejamkorligining stilistik ahamiyani namoyon qilishga qaratiladi. Stilistikada bu muammo yetarlicha yoritilmagan. Taniqli o‘zbek lingvist olimasi D. Ashurovaning izlanishlari orqali ushbu sohaning rivojiga salmoqli hissa qo‘shilgan. Badiiy matnda til iqtisodiga asoslanuvchi bir qancha stilistik vositalar mavjud bo‘lib, antonomaziya, alluziya, metafora, metonimiya kabilar shular jumlasidan. Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qator stilistik usullar til iqtisodiyotini yuzaga keltiradi, bu esa bir tomondan badiiy matnning ixchamlashishiga, boshqa tomondan esa uning axborot sig‘imi ortishiga xizmat qiladi. Ushbu stilistik vositalar konseptual integratsiya mexanizmizga asoslanganligi sababli ham shakl jihatdan ixcham, ammo mazmun jihatdan chuqur bo‘ladi. Maqolamizning quyidagi qismlarida esa ushbu stilistik vositalardan alluziya ingliz va o‘zbek badiiy diskursidagi parchalar bilan qiyosiy tahlilga tortiladi va har ikki tilda ifodalanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Til tejamkorligiga asoslanuvchi intertekstuallik hodisasi badiiy diskursning ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. ushbu hodisani yuzaga keltirish uchun bir qancha stilistik vositalar mavjud bo‘lib, ular orasida alluziya keng tarqalgan stilistik vositalardan biri hisoblanadi. Alluziya badiiy matnda boshqa manbalarning qismarini ishlatib, ularga ishora qilishni ifodalaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, alluziv qismlar matnga o‘zlariga aloqador qo‘shimcha ma’lumotlarni ixcham shaklni saqlab qolgan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 51 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us holda olib kirish vazifasini bajaradi. Alluziya orqali intertekstuallik ategoriyasi shakllanadi. Ushbu kategoriya matnning keng tarqalgan kategoriyalardan biri bo‘lib, undan foydalanish muallif xohishiga ko‘ra amalga oshadi. Alluziya qo‘llanilganda manba matn (precedent text) hamda qabul qiluvchi matn (recipient text) vujudga keladi. Ushbu stilistik vosita ingliz va o‘zbek adabiyotida keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi misollarda buni tahlil qilamiz. Misol uchun, Sheldonning “The sky is falling” asarida quyidagi parchani ko‘rishimiz mumkin: Matt shook his head. It is like “Alice in Wonderland”. This gets curiouser and curiouser.[4] Ushbu parchada “Alisa mo‘jizalar mamalakatida” asariga ishora qilinadi. Birgina ushbu asarning nomi orqali butun asarning mazmuni va voqealar tasviri asarga kiritiladi, ammo matndagi ixcham shakl saqlanib qoladi. Bu birikma orqali yozuvchi voqealar rivoji qiziqroq bo‘lib borishiga ishora qilmoqchi va shuningdek, buni Alisaning har bir ajoyibotga duch kelganda “getting curiouser and curiouser” degan nutq parchasini ham maqsadli tarzda ishlatgan. Ushbu holatda Sheldonning “the sky is falling” asari qabul qiluvchi matn rolida va ishora qilinayotgan “Alice in Wonderland” esa manba matni hisoblanadi. ushbu parchada qo‘llangan alluziya inson ongidagi badiiy bilim strukturalarini faollashtiradi va o‘quvchini boshqa bir asarni eslashga undaydi. Masalan, Th. Dreiserning “Sister Carrie” asarida ishlatilgan Aladdin ismi “Arabian Nights”dagi ertakka ishora qiladi. Bu alluziv ism adabiy bilim strukturalarini faollashtirib, Aladdinning sehrli chiroqni topib, istaklarini ro‘yobga chiqargani bilan Drou obrazining oddiy bir qizda aktrisa iste’dodini tasodifan kashf qilganini qiyoslash imkonini beradi. Ushbu stilistik vositani o‘zbek adabiyotida she’riy shakllarda ko‘proq uchratishimiz mumkin. She’riy asarlarning hajm ixchamligi va ohangdorligini saqlab qolgan holda, unda chuqurroq ma’no kasb ettirish uchun alluziyadan foydalanish keng tarqalgan. Ushbu stilistik vosita o‘zbek mumtoz adabiyotida talmeh san’ati bilan o‘xshash bo‘lib, zamonaviy tilshunoslikda esa alluziya qo‘llanilib kelinmoqda. Bu ikki stilistik vositaning farqi shundaki, talmehda mazkur matndan avval yaratilgan va mavjud bo‘lgan manbalarga ishora qilinadi, asosan o‘tmishga, o‘zidan oldingi davrga, asarlarga, shaxslarga yoki voqealarga ishora mavjud bo‘ladi. Zero, alluziyada zamonaviy voqea-hodisalar, shaxslar yoki buyumlarga ishorani ham ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi she’riy parchalarda alluziyaning yuzaga chiqishini tahlil qilamiz. Sulaymon saltanatlik podshosen, Masih anfoslik, Yusufliqosen.[5] INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 52 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Ushbu parchada Xorazmiy uchta alluziv ismlardan foydalanadi vas hu ikki satr ichiga juda chuqur ma’no va axborotni joylashtirgan. Ushbu baytda tasvirlangan obrazning ta’rifi tarixiy hamda diniy ismlarning tilga olinishi bilan berilgan, ya’ni ushbu ismlarning ma’nosini va ularga aloqador ma’lumotlarni baytdagi ta’rifga yondosh holatda tasvirlash imkonini beradi. Tasavvuf adabiyotida Sulaymon, Masih hamda Yusuf ismlari o‘zlarining ta’rifi va xususiyatlariga ega. Sulaymon saltanati va uning boyliklari haqida rivoyatlar tasavvuf adabiyotida juda keng qo‘llanuvchi tasvirlardan biri bo‘lib, boylik, saltanat borasida ushbu ismni alluziv qo‘llash keng tarqalgan. Buyerda tasvirlanayotgan obrazning ilohiy yorga qaratilganligi bois, uning saltanati bitmas tuganmas Sulaymon saltanatiga qiyoslanadi. Bundan tashqari “Masih anfoslik” deya tiriltiruvchi nafasga ega payg‘ambarga ishora qiladi. Bu bilan birgina ikki so‘z orqali tiriltiruvchi nafasga ega ekanligi yoki shoir o‘z yorining nafasini insonga hayot baxsh etuvchidek tasvirlaydi. “Yusufliqo” birligi bilan esa uning go‘zalligi tasviri ixchamlashtiriladi. Yusuf payg‘ambarning go‘zal yuzi va uning tasviri haqidagi rivoyatlarga ishorani ushbu birlik orqali ko‘rishimiz mumkin. Bu talmeh san’atida ham intertekstuallik belgisi bo‘lib, bunda ham kognitb jihatdan inson aqliy faoliyatiga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu uchta ismning qo‘llanilishi o‘quvchida diniy hamda qisman badiiy bilim strukturalarini faollashtiradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham ushbu holatni kuzatishimiz mumkin. Ko‘pgina yozuvchilar she’riy asarlarida asosan tarixiy va badiiy alluziyalarni qo‘llaganliklarining gubohi bo‘lishimiz mumkin: Bobolardan so‘z ketsa zinhor, Bir kalom bor so‘z avvalida. Osmon ilmi tug‘ilgan ilk bor Ko‘ragoniy jadvallarida.[15] Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’ridan olingan yuqoridagi parchada birgina “ko‘ragoniy” so‘zining ishlatilinishi inson ongidagi tarixiy bilim strukturalarini faollashtiriladi va Mirzo Ulug‘bek tomonidan ishlab chiqilgan yulduzlar jadvaliga va astronomiyaga qo‘shilgan hissaga ishora qiladi. Ushbu ixcham ko‘rinishdagi satrlarning alluziya orqali chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan ma’nosi “ko‘ragoniy” so‘zining asl manbasiga borib taqaladi. Ko‘rinib turibdiki, har ikki tilda ham alluziv birliklar madaniy xoslikka va tarixiy asosga ega. Har bir tilning o‘ziga xos madaniyati va tarixi mavjud bo‘lib, bu ushbu intertekstuallik kategoriyasida aks etadi. Agar alluziv birlik o‘quvchi tomonidan tushinilmasa, uning maqsadi va ko‘zlangan vazifasi bajarilmaydi. Shuning uchun ham har ikki tilda ushbu til egalari anglay oladigan va ulardagi bilim strukturalarini faollashtiradigan alluziv birliklarni ko‘rishimiz mumkin. Ammo, globallashuv jarayoni INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 53 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us sababli boshqa tilga yoki madaniyatga xos bo‘lgan alluziv birliklarning ishlatilinishi ko‘rishimiz mumkin. Bunda ushbu alluziv birliklarning asl manbalari keng ommaga mashhur hamda ma’lum bo‘lishi maqsadga muvofiq hisblanadi. Zero, shundagini intertekstuallikning vazifasi bajarilgan hamda ko‘zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi. Quyidagi misolda esa aynan mana shunday butun dunyoga mashhur, barcha uchun sevib o‘qilgan, tomosha qilingan sevgi hikoyalariga alluziv ishorani ko‘rishimiz mumkin: Dezdemona, gunohsiz dilbar, Jigar qonlaringni ichgan kim? Bilaman, Otello, bilaman, Otello haqlimi?.. Shoir jim!..[6] Ushbu parcha Usmon Nosirning sevgi mavzusiga bag‘ishlangan “Monolog” she’ridan olingan bo‘lib, unda qo‘llangan alluziv ismlar ingliz adabiyotining juda mashhur muhabbat haqidagi asarlarning personajlariga tegishli. Shoir sevgining azobuqubatlari va taqdirlarni ushbu asarlarga ishora qilish orqali ixcham shaklda saqlagan holda ifoda eta olgan. Bu alluziv ismlar orqali Usmon Nosir inson ongida shakllangan jahon adabiyoti va dramaturgiyasiga oid bilim strukturalarini faollashtiradi va ulardagi ma’lumotlar orqali ushbu satrlardagi ma’noni to‘ldirib, chuqurroq mazmun kasb etadi. Natijalar. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki: - Til iqtisodi stilistik vositalarga asos vazifasini bajara oladi; - Bu stilistik vositalar inson ongidagi bilim strukturalarini faollashtirgani sababli ham kognitiv ahamiyatga ega bo‘ladi; - Stilistik vositalarning kognitiv xususiyatlari mavjudligi sababli ham, zamonaviy kognitiv stilistikaning shakllanishiga asos bo‘la oladi; - Kognitiv stilistikada kognitiv tamoyillarning, xususan, til iqtisodining o‘rganilishi stilistik vositalarning inson fikrlashi, bilimlari va ma’lumotni qabul qilish jarayonidagi ishtirokini tahlil qilishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xulosa. Tilshnoslik rivojida antroposentrik paradigmaning shakllanishi inson omilini til o‘rganish hamda undan foydalanishda e’tibor markaziga qo‘ydi. Shu sababli ham an’anaviy tilshunoslik yo‘nalishlarida yangi sohalar shakllana boshladi. Kognitiv tamoyillar va ularning zamonaviy stilistikadagi o‘rni ham shu sababli muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, antroposentrizm ta’siri ostida endilikda stilistik vositalar nafaqat lingvistik birliklar bilan, qolaversa, ekstralingvistik birliklar bilan ham tahlilga tortiladi, shu sababli ham, til iqtisodi tamoyili kognitiv jihatdan ahamiyat kasb etib, INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 54 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us stilistik vositalarning shakllanish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida tahlilga tortilgan alluziya stilistik vositasi ushbu tamoyilning inson bilim strukturalarini faollashtirihsdagi o‘rnini yaqqol misollar bilan ko‘rsatib berdi. Boshqa turli stilistik vositalar kelasi ilmiy izlanishlarimizning mavzusi bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ashurova, D. U. (2018). Cognitive Linguistics. Tashkent: Tafakkur Qanoti. (p. 69–70) 2. Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In P. Cole & J. Morgan (Eds.), Syntax and Semantics (Vol. 3: Speech Acts, pp. 41–58). New York: Academic Press. 3. Martinet, A. (1955). Économie des changements phonétiques: traité de phonologie diachronique. Berne: Francke. 4. Sheldon, S. (2001). The Sky is Falling. New York: Warner Books. (p. 13) 5. Talmeh. (n.d.).: https://malumot.ru/talmeh/ 6. Usmon Nosir – Monolog. (n.d.). Tafakkur.net.: https://tafakkur.net/monolog/usmon-nosir.uz 7. Бенвенист, Э. (1974). Общая лингвистика / Под ред. Ю. С. Степанова. Москва: Прогресс. 8. Дюжикова, Е. А. (1997). Аббревиация сравнительно со словосочетанием: структура и семантика. Автореф. дис. … д-ра филол. наук. Москва. 9. Дюжикова, Е. А. (2013). Аббревиация в современном английском языке (когнитивно-дискурсивный аспект). Одинцово: ОГИ. 10. Инфантова, Г. Г. (1975). Экономия сегментных средств в синтаксисе современной русской разговорной речи. Автореф. дис. … д-ра филол. наук. Таганрог. 11. Кубрякова, Е. С. (2001). О тексте и критериях его определения. В Структура и семантика (Т. 1, с. 72–81). Москва: Наука. 12. Кубрякова, Е. С. (2004). Язык и знание: На пути получения знаний о языке. Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. Москва: Языки славянской культуры. 13. Кубрякова, Е. С. (2012). В поисках сущности языка: Когнитивные исследования. Москва: ЯСК Знак. 14. Земская, Е. А. (2011). Современный русский язык: Словообразование. Москва: Флинта; Наука. 15. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbekshe-riyati/abdulla-oripov-1941