"PADARKUSH" DRAMASI: DASTLABKI NASHRI VA TABDILLARI TAHLILI
Full text
258 “PADARKUSH” DRAMASI: DASTLABKI NASHRI VA TABDILLARI TAHLILI Normurod Avazov Hakimovich Filologiya fanlari doktori, dotsent. Alfraganus universiteti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272034 Annotatsiya. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1911-yilda yozilib, 1913-yilda nashr etilgan “Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi”asarining asl nusxasi o‘rganilib, uning mustaqillik davrida nashr etilgan nusxa nashrlari bilan qiyoslanib, tahlilga tortilgan. Adabiyotshunosligimizda Behbudiyni yangi o‘zbek adabiyotining tamal toshini qo‘ygan ijodkor sifatida baholanadi. Uning “Padarkush” dramasi birinchi o‘zbek fojiasi (tragediyasi) sifatida e’tirof etilgan. Ushbu dramada Turkiston zaminida xonliklar davridagi xunrezliklar, otaga nisbatan nafratning og‘ir oqibatlari, farzandning o‘z otasi qotili bo‘lishigacha borgani jonli tasvirlangan. Tadqiqotda asl nusxa bilan bir qatorda 1989-yili “Sharq yulduzi” jurnalida Sherali Turdiyev tomonidan nashr qilingan nusxasi; 2006-yili va 2020-yildagi professor Begali Qosimov tahriri asosida chop etilgan nusxasi; 2018-yili zaxmatkash olim Sirojiddin Ahmedov tomonidan tabdil qilingan nusxalar o‘rganilgan va tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: asl nusxa, meros, drama, milliy, maqsad, tabdil, teatr, tahlil, manba, tadqiqotchi. Аннотация. В статье исследуется оригинал произведения Махмудходжи бехбуди “падаркуш или случай необразованного ребенка”, написанного в 1911 году и опубликованного в 1913 году, и сравнивается и анализируется с его копиями, опубликованными в период независимости. В нашем литературоведении Бехбуди ценится как создатель, заложивший краеугольный камень новой узбекской литературы.ннотация. В статье исследуется оригинал произведения Махмудходжи бехбуди “падаркуш или случай необразованного ребенка”, написанного в 1911 году и опубликованного в 1913 году, и сравнивается и анализируется с его копиями, опубликованными в период независимости. В нашем литературоведении Бехбуди ценится как создатель, заложивший краеугольный камень новой узбекской литературы. Его драма” Падаркуш " признана первой узбекской трагедией (трагедией). В этой драме живо изображены злодеяния времен ханств на Туркестанской земле, тяжелые последствия ненависти к отцу, когда ребенок дошел до того, что стал убийцей собственного отца.этой драме живо изображены злодеяния времен ханств на Туркестанской земле, тяжелые последствия ненависти к отцу, когда ребенок дошел до того, что стал убийцей собственного отца. В исследовании наряду с оригиналом была изучена и проанализирована копия, опубликованная Шерали турдиевым в журнале “Звезда Востока” в 1989 году; копия, опубликованная в 2006 году и в 2020 году под редакцией профессора бегали Касимова; копии, опубликованные в 2018 году ученым-захматкашем Сирожиддином Ахмедовым. Ключевые слова: оригинал, наследие, драма, Национальный, цель, табдил, театр, анализ, источник, исследователь. Annotation. The article studies the original copy of Mahmudkhoj Behbudi's work "Father Murder or the Life of an Uneducated Child", written in 1911 and published in 1913, and compares
259 it with the copies published during the period of independence and analyzes them. In our literary studies, Behbudi is considered a creator who laid the foundation stone of new Uzbek literature. His drama "Father Murder" is recognized as the first Uzbek tragedy. This drama vividly describes the massacres during the khanate in Turkestan, the severe consequences of hatred for the father, and the fact that a child becomes the murderer of his own father. Along with the original copy, the study includes the copy published in the journal "Sharq yulduzi" by Sherali Turdiev in 1989; the copy published in 2006 and 2020 under the editorship of Professor Begali Kasimov; In 2018, the hard-working scientist Sirojiddin Akhmedov studied and analyzed the copies. Keywords: original, heritage, drama, national, destination, transformation, theater, analysis, source, researcher. Tarix – haqiqat chirog‘idir. Behbudiyning o‘zi aytganidek: “Taraqqiy qilgan millatlar tiyotrxonalarni ulug‘lar uchun – maktabi adab va ibrat ataydurlar. Taraqqiy qilmoqni eng birinchi sabab va boislaridan biri tiyotrlardur. Tiyotrlarni va yomon odatlarni sarrof va munaqqidi, derlar. Umuman odatlarni naf’ va zararidan paydo bo‘ladurgon natijalarni tiyotrxonada aynan ko‘rsatadurki, ham har kim mundan ta’sirlanib, yomon odatlarni tark etib, yaxshilikni ziyoda ishlamoqg‘a sabab bo‘lur” [1: 8].1916-yildagi Turkiston general-gubernatori N.R.Kuropatkin: “Biz 50 yil tubjoy aholini taraqqiyotdan jilovladik, maktablar va rus hayotidan chetda tutdik” [7: 39]. Shuningdek, “Soliqlarni oshirib borish siyosati vositasi bilan chor hukumati Turkistonni qonini so‘rib yotardi..” [7: 37]. Qolaversa, chor hukumati mustamlakada bo‘lgan Turkistonni o‘z huquqlarini bilishlaridan hech qachon manfaatdor emas edi. XX asar boshida Turkiston o‘lkasida milliy uyg‘onishning dastlabki manbasi sifatida “Padarkush”[2: 19] yoxud o‘qimagan bolaning holi dramasi dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu manba tarixiy zarurat va ma’naviy ehtiyoj taqozasi natijasida yoziladi. U jadidlar adabiyotining shakllanishida dasturilamal vazifasini bajardi. Alalxususki, asarning muallif tomonidan yozilishi, uning o‘quvchiga yetib borishi ham muhim hisoblanadi. Yuqorida ko‘rayotganimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan 1911yilda yozilib, 1913-yildagina bosilib chiqdi. Bu birinchidan, asarning mashaqqat bilan nashr etilganligini, ya’ni chor hukumatining Tiflis syenzurasining ruxsati bilan chop etilishga erishganligi hamda Behbudiyning daqiq harakati bilan amalga oshganligini ko‘rsatadi. Asarning biz foydalanayotgan nusxasining tepasiga to‘qqizinchi nashri ekanligi yozib qo‘yilgan. Birinchidan to‘qqizinchigacha bo‘lgan nashrlari ham shu nusxa asosida chop etilgan. Shuningdek, asr nusxaning dastlabki sahifasida yana e’tiborni tortadigan jihati shuki muallifning asar va mualliflik huquqining himoyasi to‘g‘risida yozadi: “Dlya postanovki nastoyaщyey pyesы
260 trebuyetsya kajdыy raz’ pismennoye razr’sheniye avtora” (Dramaning sahnada qo‘yilishi uchun har safar muallifning yozma ruxsati talab etiladi. A.N). Olimlarimiz, behbudiyshunoslarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining mustaqillik davri arafasida va mustaqillik davrida turli vaqtlarda nashr etdilar va tabdilni amalga oshirdilar. Ular “Padarkush” asarini o‘quvchilarga 1989-yildan shu kunga qadar baholi qudrat yetkazishga harakat qilib keldilar. Jumladan, “Padarkush”ning shu kunga qadar turli davrlarda nashr etilgan nusxalari paydo bo‘ldi. Ushbu nashrlar va nusxalar ya’ni matnlar tabdili to‘g‘risida ba’zi mulohazalarni bildirishni lozim topdik. “Padarkush” dramasi dastlab 1989-yil “Sharq yulduzi” jurnalining 7-sonida filologiya fanlari nomzodi Sherali Turdiyev tomonidan nashrga tayyorlandi[3; 150155]. Shundan so‘ng, mustaqillik yillarida “Padarkush”ning olimlarimiz tomonidan talaygina nashrlari e’lon qilindi. Yana 2006-yildagi nashrlarning asl nusxa bilan solishtirilganda matnni o‘qishda, ko‘chirib yozishda ba’zi har xilliklarga duch kelasiz. Maqsad asl nusxa bilan keyingi nashrlarni solishtirish natijasida duch kelingan ba’zi tafavutlarga oydinlik kiritishishdan iborat . “Padarkush”ning mundarijasida berilgan obrazlar va sahna uchun lozim bo‘lgan asosiy kerakli asbob va anjomlarning yozilishida ham ba’zi har xilliklarga duch kelamiz. Ya’ni, 1989-yil Sharq yulduzi jurnalidagi nashri (Sh.Turdiyev)da [3: 149] “Qatnashuvchilar”; 2006-yil professor Begali Qosimov tamonidan nashrga tayyorlangan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Tanlangan asarlar”i[4: 5-39] nashrida “Qatnashuvchilar”; 2020-yil B.Qosimov [6: 5-39] tomonidan “Tanlangan asarlar”ning qayta nashrida ham “Qatnashuvchilar” oldingi nashridagidek berilgan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiyning ikki jildlik “Tanlangan asarlar”i [5: 3-94] olim Sirjiddin Ahmedov tayyorlagan nashrida “Ashxos – kerakli odamlar” tarzida yozilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘zi tomonidan nashr qilingan “Padarkush”ning asl nusxasida “Ashxos – kerak odamlar” deb nomlangan. Shu joyda aytish kerakki, Mahmudxo‘ja Behbudiyning asl nusxasida “Ashxos – kerakli odamlar” dramaning oxirida ya’ni 17-18 betlarida keltirilgan (1913) [5: 95]. Qolgan barcha nashrlarda qatnashuvchilar va kerakli narsalar asar sarlovhasidan keyin berilgan. Manbalarda Toshmurodning yoshini yozishda ham harxilliklarni ko‘ramiz. Ya’ni: 1989-yilgi “Sharq yulduzi”da (№7) “o‘n besh va 17 yashar”; 2006 va 2020yildagi Begali Qosimov nashrida “15-17 yashar”; 2018-yil Sirojiddin Ahmedov nashrida “15 yo 17 yashar”; Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1913-yilgi asl nusxasida “o‘n besh yo 17 yashar” tarzida keladi.
261 Dramadagi personajlardan 1989-yilgi Sherali Turdiyev nashrida “Domullo” – “mulla” (Sharq yulduzi, №7); 2006-yilgi Begali Qosimov nashrida “Domulla”“mulla”; 2020-yilgi qayta nashrida “domulla”; 2018-yilgi Sirojiddin Ahmedov nashrida “Domullo”- “mullo”; muallifning nashrida “Domla”-“mula” sifatida yozilgan. Shuningdek, Xayrulla obrazida keladigan “Xayrilla” ismi tarzida asl nusxada beriladi. Qolgan barcha nusxalarda “Xayrullo” sifatida tabdil etilgan. Shuningdek, “mirzayu mahrami” iborasi “Sharq yulduzi”da, 1989-yil; 2006 va 2020-yildagi Begali Qosimov nashrida “mirza va mahrami”; Sirojiddin Ahmedovning nashrida “mirza va mahrami”; Mahmudxo‘ja Behbudiy nashrida “mirzo va mahrami” yozilgan. Liza personaji ham dramada kiritilgan bo‘lib, 1989-yil Sharq yulduzida “rus xotuni, qabiha shaklinda”; 2006 va 2020-yillardagi Begali Qosimovning Tanlangan asarlari nashrida “rus xotini, qabiha shaklinda”; Sirojiddin Ahmedov nashrida (2018) “rus xotini”; Mahmudxo‘ja Behbudiy (1913) ning nashrida “rus xotuni qabiha shaklinda” berilgan. Obrazlar keltirilganda pristuf personaji 1989-yil Sharq yulduzida “poliseyski”; 2006 va 2020-yillardagi professor Begali Qosimov nashrlarida “poliseyskiy”; Sirojiddin Ahmedov (2018)da “poliseyskiy”; Mahmudxo‘ja Behbudiyda “poliseyskiy” tarzida qo‘llanilgan. Tabdillarda ba’zan ma’nosini chuqurroq o‘rganib, lug‘atlar orqali so‘zlarni aniqlab, ularni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Jumladan, ikkinchi pardadagi Nor nutqida: “(Tamasxur ila). Ey, boyvachcha, bizlar-ku, kambag‘al. Sizga nima, kissangizdan pul chiqmaydur?. Ha boyvachchaning holi”. Bu nutqda notushuncha bo‘lgan so‘z “Tamasxur” atamasidir. Behbudiy bu yerda masxaranomo‘z ohangda murojaat qilgan Norning nutqini keltiradi. So‘zning ma’nosiga e’tibor qiling: [9; 175]. Dramaning oxiri ziyoli nutqi bilan tugaydi. Ziyoliyning nutqidan oldingi holatda:”Polisiya to‘rt nafarni ushlar, ba’zisi mujrimlarni va har tarafni axtarar, qonlik pichoq va to‘pponchani topar”. Shu gapda “mujrim” iborasi notushuncha bo‘lib kelgan. Uning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratilsa, gunohkor, aybdor ma’nolarini bildiradi. [9; 338]. Xulosa. Behbudiy o‘lkada yangi islohatlarni joriy qilishni o‘z oldiga niyat qilgandi. Uning yangi maktablarni yaratish g‘oyasi va ilmsizlikni oldini olishga qaratilgan rejasi uchun kurashdi.Uning millat uchun milliy g‘oyaning asoslarini ishlab chiqarishga qaratilgan dasturi o‘lkada batamom yangi islohot hisoblanardi. Qolaversa, uning yozgan asarlari o‘zidan keyingi avlodga turtki bo‘ldi. [8: 255].
262 Biz yuqorida “Padarkush”ning asl nusxasi orqali mustaqillik davrda chop qilingan nashrlarni qiyosiy urganish orqali manbalarning tabdillariga e’tiborni qaratdik. Bu yil davlatimiz rahbari tomonidan “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori [9: 338]taraqqiyparvar ajdodlarimiz hayoti, ilmiy merosini o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berdi. Taraqqiyparvarning ijodi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Qaysiki jihatdan uning ijodiga zarurat bor. Glabollashuv davrida Behbudiyning ma’rifiy qarashlari, uning milliy g‘oya bo‘yicha tamoyillarini o‘rganish, tadqiqot va tahlil hamda tabdillardan kelib chiqqan holda asarlarni nashr qilish, qayta nashr qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi 462-sonli Qarori. 2. Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi. Samarqand: Nashriyoti Behbudiy, 1913. 3. Behbudiy M. Padarkush youd o‘qimagan bolaning holi. Sharq yulduzi – Toshkent, 1989. – №7. 4. Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi. –Toshkent: Manaviyat,2006 . 5. Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi. –Toshkent: Akademnashr, 2018. 6. Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan holi. –Toshkent: Ma'naviyat, 2020. 7. Behbudiy M. Tiyotr nadur. Oyina. – Samarqand, 1914.– №29. 8. Majid H. Turkiston bosqini. –Toshkent: Nur, 1992. 9. Muin H.Eski maktab, yangi maktab. –Toshkent: Ma’naviyat,2008. 10. Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. –Toshkent: Fan, 1984.