scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"YАRADOR UMID OTLARI" DOSTONIDA IJTIMOIY MOTIVLAR TALQINI

Jumaeva Salima Cho'yanovna

Full text

286 “YАRADOR UMID OTLARI” DOSTONIDA IJTIMOIY MOTIVLAR TALQINI Jumaeva Salima Cho‘yanovna Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alfraganus universiteti. Toshkent, O‘zbekiston. [email protected], DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272059 Annotatsiya. Mazkur maqolada Ikrom Otamurodning “Yarador umid otlari” dostoni zamiridagi ijtimoiy motivlar talqini xususida so‘z yuritiladi. Muallif dostonda ifodalangan falsafiy mushohadalar va shoirning ruhiyat talqiniga oid qarashlarini tahlil etgan. Tayanch so‘z va iboralar: motiv, teran tafakkur, g‘oyaviy-falsafiy niyat, falsafiy mushohada, badiiy-estetik ta’sir, talqin. Аннотaцiя. В данной статье речь пойдет о толковании социальных мотивов, лежащих в основе эпоса “Кони раненой надежды” Икрама отамурада. Автор проанализировал философские наблюдения, выраженные в эпосе, и взгляды поэта на трактовку психики. Ключевые слова и фразы: мотив, глубокое мышление, идейно-философский замысел, философское созерцание, художественно-эстетическое воздействие, интерпретatsiя. Annotation. This article will talk about the interpretation of social motives in the Zamiri epic of “The wounded horse of hope” by Ikrom Otamurod. The author analyzed the philosophical observations expressed in the epic and the poet's views on the interpretation of the psyche. Key words and phrases: motive, deep thought, ideological-philosophical intention, philosophical reflection, artistic-aesthetic effect, interpretation. Xalq ozodligi va erki na millat va na e’tiqod tanlaydi. Shu sababdan ham ozodlik umidi, Vatanni hur, insonni erkin ko‘rish orzusi, adolatga, haqiqatga еtishish istagi badiiy asarlarning bosh mavzusi bo‘lib kelgan va lirik qahramon obrazi ijodkorlarning mana shu hayotiy ehtiyoj va estetik tamoyillari, ideallaridan kelib chiqib shakllantirilgan. Bunday asarlar orasida Ikrom Otamurod qalamiga mansub “Yarador umid otlari” dostoni o‘ziga xos ahamiyatga ega. Doston falastin xalqining otashqalb shoiri Muin Bsisuga bag‘ishlangan. Asar voqealari mukammal kompozitsiya doirasida tasvirlangan. Asarda muayyan lavhalar tasviriga singdirilgan yaxlit fikr, g‘oya, yagona uslub – ichki mantiqiy bog‘lanish mavjud. Bu bog‘lanish dostonni o‘ziga xos mukammal asar holiga keltirgan. Shuningdek, dostonda aks etgan turli voqea va lavhalarni lirik qahramon – falastin xalqining otashqalb shoiri Muin Bsisu obrazi birlashtiradi va asarga bir butunlik baxsh etadi. Doston xalq kuchiga va adolat tantanasiga komil ishonch ruhi bilan sug‘orilgan. Bundan tashqari, asar g‘oyasi chuqur mantiq asosida yuzaga keltirilgan. 287 Unda nazm va nasr uyg‘unligi, ta’sirli misralar, asar g‘oyasini obrazli tarzda ochishga bevosita xizmat qiluvchi timsollar mavjud. Voqelik Tarjimai hol, Fakt, Iztirob, Muin nidosi va Tush deb nomlangan qismlar orqali ifoda etiladi. Falastin mamlakati ijtimoiy-siyosiy hayoti fonida ko‘rsatilgan mazkur asar tarixiy faktlarga to‘la mos keladigan hujjatlarga tayanib yozilgan. Shunga ko‘ra, asarda mudhish davr ruhi, tahlikali zamon nafasi ufurib turadi. Ikrom Otamurod Muin Bsisu obrazini tasvirlash orqali Falastin taraqqiyparvar ziyolilarining istiqbol yo‘lidagi kurashini umumlashtirib tasvirlaydi. Darhaqiqat, Muin Bsisuning ijtimoiy-siyosiy faoliyati va ijodi sionizm mutasaddilarining g‘oyalari hukmronlik qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. U, avvalo zamona zayliga qarshi chiqdi, badiiy asarlarida mamlakat mustaqilligi, tinchligi va inson omilini birinchi o‘ringa qo‘ydi, xalqni erk va ozodlik kurashiga chorladi. Publitsistik maqolalarida esa Falastin davlatining halokati zamirida sionizm g‘oyalari yotishini ochiq bayon etdai. Shu boisdan ham u bosqinchilar siyosatining keskin tanqidi va adolatsiz tazyiqiga uchradi. Oxir-oqibat o‘z yurtidan quvg‘inda yashashga majbur... Vatanidan bir siqim tufroq keltirib to‘kish unga armon... Dostonning “Fakt” deb nomlangan qismida shunday lavha keltirilgan: “Qora dengiz bo‘yidagi xiyobon... Do‘stlik daraxti... Dunyo shoirlari uning ostiga o‘z yurtlaridan bir siqim tufroq keltirib to‘kishadi... Muin ham keldi bu еrga, daraxtga tikildi mahzun... U, bir siqim tufroqni qaerdan olib kelsin, yurti boshqalar – bosqinchilar qo‘lida bo‘lgach?.. Daraxt oldida dovdirab, esankirab, o‘yga botib qoldi Muin...” [1: 103]. Dostonda Muin Bsisu obrazi erk va ozodlik timsoli sifatida talqin qilinadi. Ozodlik – sionizm mutasaddilarining zulmi, Isroil bosqinchilarining Falastinda uzoq yillar davomida to‘xtovsiz olib borgan vahshiyona yurishlari, azoblangan, xonavayron bo‘lgan, chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning erk va mustaqillikka erishish talabi edi. [4.]. Shu boisdan, asarda erk, ozodlik, adolat, or-nomus, sabr-toqatlilik, vijdonlilik, kamtarlik, olijanoblik, tinchlikparvarlik, do‘stlik, mehr-muruvvatlilik, e’tiqod, teran fikrlash singari umuminsoniy g‘oyalar – ikkiyuzlamachilik, sovuqqonlik, betaraflik, vaxshiylik kabi tushunchalar bilan kontrast holda yoritiladi. “Tush” qismida shoirning har bir satridan behudud dard, nihoyasiz iztirob balqib turuvchi quyidagi misralari o‘quvchi tuyg‘ularida o‘zgarish yasashini inkor etib bo‘lmaydi: Tug‘ilgan uy – yo‘q! Qo‘yilgan nom – yo‘q! 288 Sevguvchi yurt – yo‘q! Yo‘q .................................... Yo‘q .................................... Yo‘q .................................... Ma’lumki, har bir tushuncha makon va zamonga muayyan darajada bog‘liqlikda voqelanadi. Asarda “Tug‘ilgan uy”, “Qo‘yilgan nom”, “Sevguvchi yurt” – makon – Vatan tushunchasi mudhish urush sodir bo‘layotgan zamonda “yo‘q!, yo‘q!, Yo‘q........” tarzida hayot haqiqatiga uyg‘un holda ochib beriladi. Dostonda asar bosh qahramoni – Muin Bsisuning vatanparvarlik tuyg‘ulari izchil xalqparvarlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqlikda talqin etiladi. Doston voqealari Muin Bsisuning fojiali o‘limi tasviri bilan tugasa-da, unda hayotbaxsh ruh – MEHRga tashna qalam sohibi orzu-armonlari, g‘oyalarining mangu barhayotligiga komil ishonch ruhi balqib turadi: MEHRga aylansin har bitta odam... Bo‘lsin UMIDlarga kuch bergan bahor. har bitta odam, har bitta odam. Xalq bo‘lsin, Vatan bo‘lsin barqaror! [1: 142] Dostonda qo‘llanilgan o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a, majoz va jonlantirish kabi tasviriy vositalar asar mavzui va g‘oyasi bilan bevosita bog‘liq. Bu hol dostonda tasvirlanayotgan mavzu mohiyatini, urush manzaralarini jonli va ta’sirli qilib gavdalantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qilgan. Shoir “Fakt” qismi bayonida shunday yozadi: “... Qo‘rqoq, ojiz odamlar hamisha qurolga suyanadi. Qurolning esa turlari ko‘p. Bosqinchilikning ma’nosi ana shu... Goho tuyg‘ular har qancha aziz bo‘lsa-da, maqsadlarga yon beradi. Bosqinchilarga qul bo‘lmaslik maqsadi falastinliklarga qochoq degan tamg‘ani bosdi va ularni yo‘lga boshladi. Lekin... Falastin tufrog‘idan uzoqlashgan sayin qadamlar og‘irlashardi. Oyoqlar orqaga tortardi... Ne iloj?!. Oyoqlar orqaga tortardi... Ne iloj?!”. [1: 104] Ma’lumki, adolatsizlik va erksizlik tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni keltirib chiqaradi. Ayni satrlar adolatsiz zamondan norozi isyonkor shoirning nolasi darajasiga ko‘tarilgan: Qaerga?........................... Bo‘yi-basti dol-kamon, sudralib borayotir – 289 la’nat umri sargardon, Falastin qolayotir! Qaerga?........................... Umidlari za’faron, gavdasi ketayotir, Ko‘ksidagi issiq jon – Falastin qolayotir! Qayerga?........................... Qayyerga?........................... Qayerga?........................... Qayerga?........................... [1: 107] Shu taxlitda ijodkor idrokida vujudga kelgan tuyg‘ular to‘lqini lirik qahramon kechinmalarida maromiga еtkaziladi. “...Tafakkurda sayqal topgan va rivojlantirilgan shaxsiy kechinma mohiyatan umumiylikka intilgan holda sinxronik ko‘lamga ega bo‘la boradi” [2: 78]. Dostonning g‘oyaviy mazmuni uning sarlavhasida ham aks etadi. Shoir “yarador ot” metaforasini qo‘llash asnosida yaralanib, horib borayotgan umidni alqash, siylashga e’tibor qaratadi. Umidki, ertangi kunga ishonch, adolat g‘alabasidan umidvorlik... Unda inson umrining izsiz ketmasligi haqidagi yuksak g‘oya zamon ruhiga hamohang tarzda tarannum etiladi. Shu ma’noda, asarda izchillik va mantiqan teranlik xususiyati bilan publitsistik ko‘tarinkilik xususiyati o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Bu hol asarning ta’sir kuchini oshirib, unga hayotbaxsh optimistik ruh bag‘ishlagan. Insoniyatning porloq istiqboliga, tinchliksevar xalqlarning kuch-qudratiga ishonch ruhini kuchaytirgan. Asarda tasvirlangan fojeiy voqealar kitobxonni iztirobga, cheksiz qayg‘uga soladi. Bundayin qayg‘u endi muqaddas tuyg‘u – erk yo‘lida qurbon bo‘lgan shahidlarga, ozodlik kuychilarga ta’zim, ehtirom tuyg‘ulari sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘la boradi. Barcha erksevar millatlar falastin xalqining isyonkor shoiri – Muin Bsisuning aziz nomni xotirlab, erkinlik jallodlarini la’natlaydi. Ayni shu insoniy tuyg‘ular xalqimizni jipslikka, ahil va kuchli jamiyat bo‘lib birlashishga hamda tinch hayotimiz kushandalari bo‘lgan ig‘vogarlarning fitnayu fasodlar va nayranglariga aldanmaslikka undaydi. Asarning o‘ziga xos xususiyati, betakrorligi ayni shu omillarda namoyon bo‘ladi. Zero, haqiqiy badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan vaqt uchungina mansub bo‘la olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S. Vigotskiyning: “San’atni ko‘proq darajada kechikkan munosabat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta’sir ko‘rsata boshlashi o‘rtasida hamisha ozmi-ko‘pmi zamoniy oraliq bo‘ladi”, [3: 90] – degan fikri bunga dalil bo‘la oladi. 290 Zamoniy oraliq o‘quvchiga adabiy asardan o‘zi yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham davriga mos zavq ola bilish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, “Yarador umid otlari” dostonida ijtimoiy motivlar еtakchilik qiladi. Dostonda davrning global muammosi – urush ortida bo‘y ko‘rsatuvchi shaxs fojiasi va davr ruhiyatining ayanchli oqibatlari haqida fikr yuritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ikrom Otamurod. Muqaddar: She’rlar va dostonlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012. 2. Мейлах Б.С,.Талант писателя и протсесс творчества. – Л.:Наука. 3. Выготский Л.С. Психология искусства. – Москва: Педагогика, 1987. 4. http://library.ziyonet.uz/uzc/book/76522.