scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR BADIIY IJODI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-FALSAFIY VA HUQUQIY ASOSLARI: DAVLAT SIYOSATI VA ESTETIK TARBIYA

Bekimbetova Dilfuza Oralbayevna

Full text

314 YOSHLAR BADIIY IJODI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY-FALSAFIY VA HUQUQIY ASOSLARI: DAVLAT SIYOSATI VA ESTETIK TARBIYA Bekimbetova Dilfuza Oralbayevna, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272099 Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonda yoshlar badiiy ijodi rivojlanishi jarayoni tizimli va qonuniy jarayon sifatida tahlil qilingan. Yoshlarda badiiy ijod rivojlanishi jarayonining davlat olib borayotgan siyosat bilan, san’at va madaniyat rivojlanishi bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda yoshlar badiiy ijodi rivojlanishi jarayonining jamiyat hayoti ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liq jihatlari ko‘rib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, badiiy ijod, rivojlanish, tizimli va qonuniy jarayon, davlat siyosati, san’at va madaniyat rivojlanishi, ijtimoiy hayot va yoshlar tarbiyasi. Аннотация: В статье анализируется процесс развития художественного творчества молодежи в Узбекистане как системный и закономерный процесс. Уделяется внимание аспектам процесса развития художественного творчества молодежи, связанным с государственной политикой, развитием искусства и культуры. Рассматриваются аспекты процесса развития художественного творчества молодежи в Узбекистане, связанные с социально-экономической, политико-правовой, духовно-просветительской жизнью общества. Ключевые слова: Молодежь, художественное творчество, развитие, системный и правовой процесс, государственная политика, развитие искусства и культуры, общественная жизнь и воспитание молодежи. Annotation: The article analyzes the process of development of youth artistic creativity in Uzbekistan as a systematic and legal process. Attention is paid to the aspects of the process of development of artistic creativity among youth related to the state policy, the development of art and culture. The aspects of the process of development of youth artistic creativity in Uzbekistan related to the socio-economic, political-legal, spiritual-enlightenment life of society are considered. Keywords: Youth, artistic creativity, development, systematic and legal process, state policy, development of art and culture, social life and education of youth. Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy rivojlanishiga shartsharoit yaratish bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida katta e’tibor qaratilayotgan masaladir. Yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish jarayoni tizimli, qonuniy tarzda bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon bo‘lib, badiiy adabiyot, she’riyat, tasviriy va amaliy san’at, musiqa, raqs va inson ijodiy faoliyatining boshqa turlari yoshlarda estetik ong va madaniyat, badiiy ijodni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning badiiy ijodida ularning ijtimoiy jarayonlarga munosabati, o‘ziga xos badiiy talqini, his-tuyg‘ulari o‘z ifodasini topadi. Badiiy ijod jarayoni, san’at asarlari vositasida yoshlar ijtimoiy 315 ahamiyatga ega bo‘lgan, ibratli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan voqea-hodisalarni tanlab oladi, badiiy tahlil qiladi, ularga badiiy ijodiy jarayon sifatida baxo beradi. Natijada yoshlarda hayotiy voqea-hodisalarga nisbatan ijodiy, zavqli, estetik munosabat shakllanadi. Yoshlar hayotdagi voqea-hodisalarni tizimli, qonuniyatli jarayon sifatida estetik idrok qiladilar. Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak [1: 10]. Yoshlarga ta’lim-tarbiya jarayoni tizimli ravishda san’at va madaniyat, badiiy ijod jarayonini ham qamrab oladi. Shu sababli tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir [2: 135], - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekistonda davlatning yoshlar sohasidagi siyosati, ularda badiiy ijodni rivojlantirish jarayoni tizimli va qonuniy jarayon sifatida bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida, “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deyilgan [3: 31]. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar badiiy ijodini rivojlantirish masalasi tizimli va qonuniy jarayon sifatida amalga oshirilib, ushbu jarayon bosqichmabosqich chuqurlashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar badiiy ijodini rivojlantirishning huquqiy asoslari ham doimo takomillashib bormoqda. 2024 yil 1aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori qabul qilinib, ushbu qarorga ko‘ra 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida, - ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi; jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga badiiy tarjima qilish maqsadida “Yosh tarjimonlar” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; o‘quvchilarda 316 axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “Tasviriy san’at va chizmachilik” fani negizida “San’at” (ART) fani kiritiladi; o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yaratuvchilik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 7-9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi; ijod maktablari o‘quvchilarini o‘z ijodiy faoliyat natijalarini, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn platformalarda tijoratlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi [4]. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlik tizimi mavjud bo‘lib, har bir topshiriq ijrosi elektron tizim orqali nazoratga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 ta farmonida belgilangan 40 ta, 34 ta qarorida belgilangan 162 ta, 2 ta farmoyishida belgilangan 24 ta, 18 ta yig‘ilish bayonida belgilangan 65 ta topshiriq ijrosi sifatli tashkil etildi [5]. O‘zbekistonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar o‘rtasida sport, madaniyat va san’at, kitobxonlik, kasb-hunar yo‘nalishlarini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16fevraldagi “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish” to‘g‘risidagi 28-bayoni ijrosini ta’minlash masalasiga ham e’tibor kuchaytirildi. Yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularga erkin va qulay shart-sharoitlar hamda teng imkoniyatlar yaratish masalasiga bugungi kunda katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar badiiy ijodi tizimli va qonuniy jarayon sifatida bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda. Ushbu sohada amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib o‘tganda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida kreativ park foydalanishga topshirilib, “Ijod” kitob do‘koni ochildi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 97 mingdan ortiq yosh uchun 239 ta talabalar turar joyida yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qiluvchi maxsus stend, kitobxonlikni rivojlantirish uchun 50 nomdagi 23,9 mingta badiiy adabiyot hamda QR-kodli kitoblar stendidan iborat “Kitob karvoni” loyihasi tashkil etildi. Xorijiy tillarni o‘rgatishga qaratilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 22 ta til bo‘yicha 1800 dan ortiq videodars yaratilib, 2 million yosh qamrab olindi. O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 317 “Zakovat” intellektual klubi uchun alohida bino hamda Intellektual o‘yinlar shaharchasi barpo etildi [6]. O‘zbekistonda bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun yordam beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilmoqda. Yoshlarning badiiy ijodini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning iqtidori va iste’dodini rivojlantirish O‘zbekistonning yoshlarga oid siyosatida katta e’tibor qaratilayotgan masaladir. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Men har gal yoshlar bilan uchrashganimda, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” degan so‘zlarni takrorlashdan aslo charchamayman. O‘zingiz ko‘ryapsiz, dunyoda o‘qigan, zamonaviy ilm va hunarlarni puxta egallagan, yosh avlodini ayni shu ruhda tarbiyalagan xalqlar, davlatlar jadal rivojlanmoqda [7: 256]. Vikipedia internet tarmog‘ida o‘zbek tilida yaratilgan maqolalar soni 239 mingtaga yetkazilib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 45-o‘ringa ko‘tarildi. Chet tillarni o‘rganish bo‘yicha 18 ta xalqaro imtihon tizimida 70 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan 12359 yoshga 21,7 milliard so‘mlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Yoshlarning intellektual salohiyatini shakllantirish maqsadida “Zukko kitobxon”, “Bilim uchun 100 million” loyihalari amalga oshirildi. Ajdodlar merosini o‘rganish maqsadida “Uyg‘onish” rukni ostida ilk Uyg‘onish davri allomalari va ularning ilmiy merosi xususida so‘z yurituvchi 7 ta kitobdan iborat to‘plam chop etildi [8]. Yoshlarda badiiy ijodning rivojlanishi jarayoni murakkab tizimli va qonuniyatli jarayon sifatida yoshlar dunyoqarashining shakllanishi, ularda badiiy ijod va ilmfanga qiziqish, vatanparvarlik tuyg‘usining qaror topishi bilan uyg‘un holda amalga oshiriladi. Yoshlarda badiiy ijodning rivojlanishi idrok etish, baholash, qadrlash kabi yoshlar faoliyati turlari asosida sodir bo‘ladi. Yoshlarda badiiy ijodning rivojlanishi jamiyat ijtimoiy-siyosiy xayotidagi barqarorlik, jamiyat ma’naviy hayotidagi ma’naviy-madaniy tafakkur darajasining yuksalishi asosida ro‘y beradi. O‘zbekistonda bugungi kunda yoshlar badiiy ijodini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilib, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at vositasida tizimli ravishda yoshlarda badiiy ijodiy tafakkur va dunyoqarash shakllantirilmoqda. Badiiy ijodi rivojlangan yoshlarni tarbiyalash O‘zbekistonda barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish jarayoni oila, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim, san’at maktablari, oliy ta’lim tarzida ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish, san’at va 318 madaniyat tarbiyasi barkamol inson tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston 2019 yil, 10 bet. 2. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston 2019 yil, 135 bet. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, O‘zbekiston 2023 yil, 31 bet. 4. Ijodkor yoshlar yangi fanlarga o‘qitiladi. 5. https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/ijodkor_eshlar_yangi_fanlarga_uqitiladi 6. Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari. https://www.uzembassy.uk/news/1051?language=uz 7. Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari. https://www.uzembassy.uk/news/1051?language=uz 8. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, O‘zbekiston, 2021 yil 256 bet. 9. Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari. https://www.uzembassy.uk/news/1051?language=uz