BADIIY IJODDA USLUBNING O'RNI
Full text
336 BADIIY IJODDA USLUBNING O‘RNI Gulnoza Jumayeva Uyg‘un qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272126 Annotatsiya: Adabiyotshunoslikda “uslub”, “ijodkor uslubi” kabi tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Uslub faqatgina badiiy matnning tashqi shaklinigina emas, balki uning ichki ruhiy-estetik mohiyatini ham ifoda etuvchi murakkab tizimdir. Adabiyotda badiiy uslub nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davr va makonlarda fan olimlari tomonidan turlicha talqin etilgan. Badiiy uslub adabiyotshunoslikda muallifning o‘ziga xos yozish tarzidan tashqari uning ijodiy individualizmiga qo‘shib ijodkor dunyoqarashini, madaniy va ijtimoiy mezonlarini o‘zida aks ettiradi. Kalit so‘zlar: uslub, nazariya, ijtimoiy mezon, ruhiy kechinma, ijodkor meni, notiqlik. Аннотация: В литературоведении такие понятия, как «стиль» и «творческий стиль», имеют большое значение. Стиль – это сложная система, выражающая не только внешнюю форму художественного текста, но и его внутреннюю духовно-эстетическую сущность. Становление и развитие теории художественного стиля в литературе поразному трактовалось учёными в разные эпохи и в разных местах. В литературоведении художественный стиль, помимо уникального авторского стиля, отражает творческую индивидуальность автора, его мировоззрение, культурные и социальные критерии. Ключевые слова: стиль, теория, социальный критерий, духовный опыт, творческое «я», ораторское искусство. Abstract: In literary studies, concepts such as “style” and “creative style” are of great importance. Style is a complex system that expresses not only the external form of a literary text but also its inner spiritual and aesthetic essence. The formation and development of the theory of artistic style in literature has been interpreted differently by scholars in different eras and places. In literary studies, artistic style, in addition to the author's unique style, reflects the author's creative individuality, their worldview, and cultural and social criteria. Keywords: style, theory, social criterion, spiritual experience, creative self, oratory. Adabiyotshunoslikda “uslub”, “ijodkor uslubi” kabi tushunchalar muhum ahamiyatga ega. Uslub faqatgina badiiy matnning tashqi shaklinigina emas, balki uning ichki ruhiy-estetik mohiyatini ham ifoda etuvchi murakkab tizimdir. Adabiyotda badiiy uslub nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davr va makonlarda fan olimlari tomonidan turlicha talqin etilgan. Bu tushuncha adabiyotshunoslikda muallifning o‘ziga xos yozish tarzidan tashqari uning ijodiy individualizmiga qo‘shib ijodkor dunyoqarashini, madaniy va ijtimoiy mezonlarini o‘zida aks ettiradi. Badiiy uslub haqida dastlab Aristotel o‘zining “Poetika” asarida san’at haqida “tabiatga taqlid qilish” va uslub haqida “badiiy maqsadni amalga
337 oshirish vositasi” degan fikrlarni yozib qoldiradi. Uslub haqidagi Aristotelning ta’riflaridan biri esa quyidagicha: “Bu sohada asarlar yana aks ettirish jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita bilan tasvirlagan holda yo avtor voqealarga aralashmay hikoya qilishi yo o‘zini xuddi Gomerday tutishi mumkin.Yoki butun hikoya davomida avtor o‘zligicha qolishi yoxud barcha aks ettiriluvchi shaxslarni gavdalantirishi mumkin”[1:10].Uslub tushunchasi adabiyotda muallifning individual-estetik pozitsiyasini ifodalovchi vosita hisoblanib, uning ijod tiliga, tasviriy vositalar o‘rniga, janr va asarning qanday badiiy maqsadda ekanligiga munosabatini aks ettiradi. Badiiy uslub tushunchasi ko‘p yillar davomida turli taraqqiyot bosqichlarida shakllanib, turli davrlarda turlicha talqin etilgan. Quyida bu nazariy qarashlarning ba’zilari haqida so‘z yuritiladi: 1. Antik davr: uslub — nutq sanʼati doirasida Adabiyotda badiiy uslub borasidagi dastlabki nazariy qarashlar qadimgi yunon va rim notiqlik sanʼatiga oid risolalarda uchraydi. Xususan, Arastu (Aristotel) va Siseron (Cicero) kabi faylasuflar uslubni “nutqning bezakli shakli” sifatida ta’riflashgan. Aristotel o‘zining “Poetika” asarida badiiy tasvirning muhim jihatlaridan biri sifatida til vositalarining tanlanishiga alohida eʼtibor qaratadi. Budavrda uslub tushunchasi, asosan, ritorika doirasida ko‘rilgan bo‘lib, uning estetik va individual xususiyatlari haqida hali to‘liq o‘rganilmagan edi. 2. O‘rta asr va Uyg‘onish davri: diniy-maʼrifiy yo‘nalish. O‘rta asrlarda adabiyot asosan diniy-maʼrifiy yo‘nalishda bo‘lganligi sababli ham, badiiy uslub ko‘proq didaktik hamda etik mezonlarga asoslangan holda baholangan. Ammo Uyg‘onish davriga kelib, inson shaxsiyati va ijod erkinligi ulug‘lana boshlashi bilan hamohang, uslubning ham estetik va individual qirralari kuchaya bordi. Bu davrda ijodkorningning shaxsiy uslubi muhim badiiy mezon sifatida ko‘rila boshlandi. 3. Klassitsizm, sentimentalizm va romantizm davrlari: uslubning poetikfalsafiy asoslanishi. XVII–XIX asrlarda Gʻarb va Sharq adabiyotida klassitsizm, sentimentalizm va romantizm oqimlarining rivojlanishi badiiy uslub nazariyasining boyishiga sabab bo‘ldi. Klassitsizmda uslub qatʼiy qoidalarga bo‘ysundirilgan bo‘lsa, romantizmda esa aksincha, ijodkorning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari muhim rol kasb etdi. Bu davrda uslubga nisbatan individual yondashuv, obrazlilik, tashbeh va metafora kabi tasviriy vositalarning ahamiyati ortdi. Muallif uslubi esa uning ruhiy dunyosini ifoda etuvchi til vositasi majmui sifatida o‘quvchida asarga bog‘liq hissiy ta’sir qoldirishga xizmat qila boshladi. 4. Realizm va modernizm: uslubning psixologik va ijtimoiy asoslari. XIX asr adabiyotida realizm adabiy uslubni ijtimoiy voqelikni haqqoniy tasvirlash vositasi
338 sifatida talqin etdi. Balzak, Tolstoy, Dostoyevskiy kabi yozuvchilar ijodida uslub – voqelikni chuqurroq tahlil qilish vositasiga aylangan. XX asr boshlariga kelib yuzaga kelgan modernizm oqimi esa uslubni inson ongining murakkabligi hamda ichki psixologik holatini aks ettirish vositasi deya baholadi. Buning natijasida uslub eksperimentallikka, metaforiklikka, ichki monolog va oqimlar uslubiga yo‘naltirildi. 5. Postmodernizm va zamonaviy yondashuvlar: uslub — ko‘p qatlamli estetik tizim. Zamonaviy adabiyotimizda postmodernizm degan yangi adabiy oqim uslub nazariyasiga bo‘lgan qarashga ham yangicha qarashlarni olib kirdi. Postmodernizm davriga kelib badiiy uslub nihoyatda murakkablashdi. U endilikda bir xil badiiy makon ichida turli uslublarning qo‘shilishi, parodiya, ironiyadan foydalanish, intertekstual aloqalarni mujassam etish vositasiga aylandi. Bugungi kunda esa badiiy uslub nafaqat ijodkorning individual yondashuvi, balki madaniy, ijtimoiy va texnologik omillarning o‘zaro taʼsirida shakllanayotgan murakkab tizim sifatida qaralmoqda. Stilistika, sotsiolingvistika va madaniyatshunoslik doirasidagi tadqiqotlar bu tushunchaning zamonaviy talqinlarini yanada boyitmoqda. Badiiy uslubga doir nazariy qarashlarning shakllanishi insonlarda adabiyestetik did va tushunchalarning o‘zgarish revolyutsiyasini o‘zida namoyon qiladi. Bu tushuncha dastlab notiqlik sanʼatining bir qismi sifatida qaralgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan ijodkor shaxsiyatining ifodasi, ruhiy-psixologik holatlarning badiiy shakli sifatida tobora kengroq o‘rganilmoqda. XX asrning yirik adabiyotshunoslaridan biri bo‘lgan Ronald Barthes uslub haqida uslub yozuvchining biografiyasi va hatto biologik kelib chiqishi bilan bog‘liq ekanligi haqida qarashni ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra uslub yozuvchining tajribasiga ko‘ra o‘zgarib boradi, bu tajriba esa yashaladi va yoki muloqotda orttiriladi. Ammo uslub faqatgina yozzuvchining haayot tajribasigagina bog‘liq bo‘lmay u ma’lum bir davrdagi “estetik va madaniy did” tushunchasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Jahon adabiyotshunosligida, xususan, o‘zbek adabiyotshunosligida ham usllub hali to‘liq o‘rganilmagan dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sabab o‘zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligidagi izlanishlar hozirgi kunga kelib uslubga doir yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Xususan, matnshunoslik, nuqt madaniyati va adabiy tanqid borasidagi tadqiqotlar ham uslubni keng va qamrovli tushunishni talab etadi. Buning natijasida uslubni faqatgina yozish tili yo shakli deb emas balki ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni o‘zida namoyon qiluvchi jarayon sifatida ham talqin qilish mumkin.
339 Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda zamonaviy adabiyotshunoslikda uslubni faqatgina yozish shakli sifatida emas, kommunikativpragmatik yondashuv asosida o‘rganish samaraliroq bo‘ladi deya olamiz. Bunday yondashuv shaklida uslub ijodkorning shaxsiy meni vaijtimoiy omillar sintezi natijasida shakllanadigan jarayon sifatida talqin etish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Аристотель. Поэтика.-T.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1980 2. Бобойев Т. Адабиётшунослик асослари.-Т.: Ўзбекистон, 2002 3. KarimovB. Adabiyotshunoslik metadalogiyasi. – T.: Muharrir, 2011 4. Жўрақулов У. Адабий-тарихий жараён: ижодкор, жанр, хронотоп.-Т.:2015 5. Vinod K. Ronald Barthes on writing: Literatura is in essence. – Journal for research skolars and professionals of enlish language cearching, ISSN:2456-8104, issue2,Vol.1,2017https://www.jrspelt.com