scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABDUQAYUM YO'LDOSHEV HIKOYALARIDA OTA OBRAZI TASVIRI

Adullayeva Dildoraxon Murodiljon qizi

Full text

340 ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV HIKOYALARIDA OTA OBRAZI TASVIRI Adullayeva Dildoraxon Murodiljon qizi Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272129 Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek hikoyalaridagi ota obrazi Abduqayum Yo‘ldoshev ijodi misolida atroflicha tahlilga tortilgan. Chiqarilgan xulosalar ilmiy manbalar bilan asoslangan. Shuningdek, ota obrazining adabiyotshunoslikda tutgan o‘rni baholangan. Kalit so‘zlar: obrazlilik, ota obrazi, psixologik tasvir vositalari, zohiriy ma’no, botiniy ma’no. Аннотация: В данной статье всесторонне проанализирован образ отца в современных узбекских рассказах на примере творчества Абдукоюма Йулдошева. Сделанные выводы обоснованы научными источниками. Кроме того, дана оценка роли образа отца в литературоведении. Ключевые слова: образность, образ отца, средства психологического изображения, внешний смысл, внутренний смысл. Annotation: This article provides a detailed analysis of the image of the father in contemporary Uzbek short stories, using the works of Abduqayum Yo‘ldoshev as an example. The conclusions drawn are supported by scientific sources. In addition, the role of the father’s image in literary studies has been evaluated. Keywords: Сharacterization, father’s image, psychological depiction techniques, explicit meaning, implicit meaning. Adabiyot bu obrazlilik demakdir. Unda butun borliq obrazlar shaklida namoyon bo‘ladi. Hayot asosidan tortib, mayda-mayda detallargacha obrazlarda namoyon bo‘ladi. Mualliflar obrazlilik orqali insonga yetkazishi lozim bo‘lgan tajriba va xulosalarni taqdim qiladilar. Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov ta’kidlaganidek: “Badiiy obraz vositasida fikrlashi (va ifodalashi) san’atning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo‘lib, u obrazlilik deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va o‘zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi”. [1: 88] Inson dunyoga kelar ekan, vujudi, ongi va qalbi jamlanmasida jamiyat vakili sifatida hayot kechiradi. Hayotdan nimanidir oladi va o‘zi ham taqdim qiladi. Badiiy adabiyot esa obrazlar orqali mana shularga oyna tutadi. Obrazlar turli xil bo‘lib, adabiyot ming yillardan beri ularni turli qiyofada taqdim qilib kelmoqda. Adabiyotda qadimdan mavjud bo‘lgan, ammo qayta-qayta murojaat qilinadigan obrazlardan biri ota obrazidir. Ota obrazi an’anaviy obrazlardan hisoblanadi. Antik davrdan to bugungi kunimizgacha jahon va o‘zbek adabiyotida ota obraziga oid durdona asarlar yaratilgan. Ma’lumki, bu obraz umumbashariydir. Albatta, tirik jon borki, uning otasi 341 – yaratuvchisi bo‘ladi. Jahon adabiyotida turli janrlarda yaratilgan ota obraziga bag‘ishlangan, otalar yuqori planga chiqqan qator asarlar mavjud. Jumladan, Frans Kafkaning “Ota hukmi”, Fridrix Shillerning “Qaroqchilar”, Turgenovning “Otalar va bolalar”, Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota”, Onore de Balzakning “Gorio Ota”, Lev Talstoy “ Ota”, Ali-Usmon “Otam yuragi”, Anton Chexov “Otam va men” va boshqa asarlarni keitirishimiz mumkin. Bu asarlarda yagona ota obrazi turli aspektta namoyon bo‘ladi. O‘zbek adabiyotida ota obrazi yetakchi mavzulardan biridir. Obraz asarda bosh planda turadigan namunalar ham ko‘p, shu bilan birga yondosh holatda o‘zbek otasi qiyofasi namoyon bo‘ladigan asarlar ham talaygina. Bunga misol qilib, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini olishimiz mumkin, ya’ni asarda ona obrazi yetakchi obraz. Ammo chin o‘zbek otasi obrazi ham asar qa’riga singdirib yuborilgan. Shundan ko‘rishimiz mumkinki, bu obraz qadimgi bitiklardan tortib, folklor namunalari, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiyotda o‘z o‘rniga ega. Xususan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, “Yulduzlar mangu yonadi”, Botir Kamolning “Ota mehri”, Shukur Xolmirzayev “O‘zbek bobo”, Odil Yoqubov “Ota izidan” Muxtor Xudoyqulovning “Otam haqida hikoyalar”, Isajon Sultonning “Qismat”, Omon Muxtorning “Oppoq qor”, Fayzulla Salayevning “Uzro”, Nabi Jaloliddin “Meros” kabilarda ota obrazi birlamchi planda talqin etiladi. Shuningdek, yagona “Ota” sarlavhasi ostida Ulug‘bek Hamdamning romani, Nabi Jaloliddin va Xoliyor Safar hikoyalarini keltirishimiz mumkin. Yuqoridagilarga qo‘shimcha tarzda, Abduqayum Yo‘ldoshevning qator hikoyalarida ham ota obrazi, ayniqsa, yangi davr otasi tasvirlangan o‘rinlar talaygina. Bunga “Otasining qizi”, “Dadajonimdan aylanay” hikoyalarini ta’kidlash joiz. Quyida biz zamonaviy adabiyotimizning yetuk vakillaridan bo‘lgan Abduqayum Yo‘ldoshevning "Otasining qizi" hikoyasi tahlili orqali ota obrazining oilada, farzand nigohida, jamiyatda va badiiy adabiyotda tutgan o‘rnini yoritamiz. Hikoyaning sarlavhasi, birinchi jumlasi, uslubi, mavzusi va g'oyasi, shuningdek undagi obrazlar tahliliga e'tibor qaratamiz. Hikoya bugungi kunimizdagi muallif kuzatishlarini yoritgan bo‘lib, onasi tomonidan boylik uchun qurbon qilingan qiz taqdiriga otasining munosabati mahorat bilan bayon etiladi. To‘rt o‘g‘ildan so‘ng tug‘ilgan Madina Sadriddinning eng suyuklisi. Barcha yaxshiliklarni eng avval qiziga ataydi. Uni asrab-avaylab, tarbiyali qilib voyaga yetkazadi, ammo xotini manfaat tufayli qizni bir buyum sifatida moddiy boylikka hirs qo‘ygan oilaga makr bilan uzatadi. Ota va uning qalbida kechgan iztiroblar voqealar rivojida o‘z ifodasini topadi. 342 Sarlavha asar uchun eshik hisoblanadi. U o‘quvchini o‘ziga tortadi va asar haqida dastlabki taassurotni uyg‘otadi. Hikoyaga “Otasining qizi” deya nom berilishining o‘zida asar mazmuni va mavzusi yotadi. Ya’ni Madinaning otasi qizini jon dilidan suyadi. Bu narsa hikoyaning ilk jumlasidayoq namoyon bo‘ladi. “To‘rt o‘g‘ildan so‘ng tug‘ilgan qizaloqning o‘rni boshqacha bo‘larkan”[2: 1].“Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘ayibona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holat-u vaziyat, dialog-u monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayon”[4: 92]dir. Ko‘rinadiki, hikoya akalaridan keyin dunyoga kelgan Madina va uning otasi, otada kechgan murosasiz o‘ylarga bag‘ishlangan. Voqealar rivoji aynan ularning atrofida aylanadi. Muallif ota obrazini berar ekan, bugungi kunimiz, jamiyat hayoti va undagi otalar maqomini yana bir karra yuqoriga ko‘taradi. Chinakam o‘zbek otasi, o‘zbek erkagi qiyofasi gavdalanadi. 4 o‘g‘ildan keyin dunyoga kelgan ardoqli farzandi, qizi taqdiri orqali ota obrazining turli xarakter qirralari ochila boradi. Voqealar rivojida ota obrazining quyidagi kritik belgilari namoyon bo‘ladi: Otalik hissi – Dadasi, qizini erga berayotgan bir siz emas. O'zingiz bilasiz, qiz bola birovning hasmi bo'ladi, vaqti-soati yetganda albatta ota-onasining uyini tark etadi. Qiz bola – palaxmon toshi, borgan joyida qoladi. Qizingizni bir umr bag'ringizga bosib o'tirolmaysiz-ku, axir. To‘g‘ri, bularning bari bor gaplar edi. Biroq shunga qaramasdan Sadriddinning yurak-yuragida boshqa bir sezgi, e’tirozmi, norozilikkami o‘xshash bir hissiyot bor ediki, buning nimaligini uning o‘zi ham na tushunar, na tuzuk-quruq ifodalab bera olardi. Bilimli ota Sadriddin qachonlardir bir shoirning “Qizim – ortimdan qolar izim”, degan misrasini eshitgan va ko'nglining tubiga joylab qo'ygan edi. Shu shoirning “Biz hali hammadan o'zamiz, qizim” degan satri ham uning yuragiga muhrlanib qolgan va Sadriddin ularni takrorlab charchamasdi. Ota mehri (kuyovi tomonidan xo‘rlangan qizini ko‘rganda – A.D.) Ota bir lagan loyday bo'shashib, oyog'ini bazo'r ko'tarib bosgan ko'yi bir amallab ortga qaytdi. Kechga borib otaning issig'i qirqqa chiqib ketdi Ota ibosi – Sen onasan-ku, – deb gap tashlab qoldi bir kuni Sadriddin. – Kirib, sekin qizingning ko'nliga qo'l solib ko'r-chi, birontasi bilan va'dalashgandir; bunday bo'lishi-ku, gumon, ammo ehtimol birontasi ko'nliga o'tirishgandir... Uyalmasin, aytaversin, buni umr savdosi deydilar. Ota qat’iyati – Qizim bilan ozroq gaplashib olsam, degandim... 343 – Madinaga yana bir og'iz gap gapirsang – ajrashamiz. – Uch taloqsan! “Badiiy adabiyotda inson obrazini to‘laqonli yaratish , uni o‘quvchi ko‘z oldida konkret jonlantirish uchun xizmat qiladigan qator vositalar mavjud. Bularga muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi badiiy unsurlar kiradi” [1: 99] deya fikr bildiradi Dilmurd Quronov. Xususan, hikoyada, aynan, nutq orqali va psixologik unsurlar orqali personaj qiyofasi, ruhiy-hissiy holati yuksak darajada ochiladi. Bu narsa ota obrazi va uning xarakteristikasiga katta urg‘u beradi. Ya’ni hikoyada qizining taqdiridan norozi Sadriddin “po‘ng‘illaydi”, “to‘ng‘illaydi”, “o‘shqiradi” va oxiri “baqiradi”. Muallif yuqodagi darajalanishni turli nutq o‘rinlarida qo‘llab, Sadriddinning ruhiy holatini jonli ifodalab beradi. Ayolining o‘z manfaatini o‘ylab farzandining – o‘z jigarg‘oshasining taqdirini qurbon qilganini qabul qila olmaydi. Bunga murosasiz tarzda raddiya beradi,ya’ni ayoli bilan ajrashadi. Bu esa ota ruhiyatidagi qat’iyatni namoyon qiladi. Obrazlar xarakteristikasini ochishda psixologik unsurlar ham yetakchi mavqeni egallaydi. Ya’ni inson tanasi xatti-harakatlari bilan uning nima demoqchi ekani yoki voqeaga bildirgan munosabati, ichki dunyosi yorqinroq namoyon bo‘ladi. Qisqa so‘z va xatti-harakat orqali muallif katta xulosalarni ifodalaydi. Bunda “Psixologik tahlilni xarakterlarni tasvirlashning ichki (monolog, xotira, assotsiatsiyalar va tasavvur obrazlari) va tashqi (mimika va psixikaga doir boshqa tashqi ko‘rinish holatlarining hissiy o‘ziga xosligini namoyon qilish) formalariga ajratish mumkin”[3: 17]. Darhaqiqat, Sadriddinning xotini qiyofasida, ayniqsa, qosh imo-ishorasida yuqoridagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topadi. Muallif o‘zining razil maqsadini amalga oshirayotgan ayol qiyofasini chizishda qoshdan unumli foydalanadi. Ya’ni, “amaldorning bolasi”ga ro‘yxushlik bermayotgan Sadriddinga norozi tarzda “qoshini chimiradi”; maqsadi amalga oshish arafasida “qoshlarini g‘alati suzib chiqib kel”adi; yigitni tanishtirish jarayonida “qosh uchiqadi”.[2: 2] Bularga javoban Sadriddin “shubhalanib,qosh chimiradi” va xotiniga “o‘qrayadi”. Yuqoridagi chizgilar muallifning shunday mahortidan darak beradiki, o‘quvchi Sadriddin va uning xotini munosabatlarini bor bo‘yicha anglaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muallif hikoyada otani xarakter darajasiga ko‘tara olgan. Turli adabiy unsurlardan o‘rinli foydalangan holda obrazni jonli va hayotiy tasvirlagan. Ota obrazi orqali o‘z kuzatishlari va xulosalarini to‘laqonli yetkazgan. O‘quvchi hikoyadan nafaqat, zohiriy balki botiniy manzarani ham ko‘ra oladi. Voqealar rivoji, ya’ni ota va farzand munosabati, ayol makri zohiriy fonda 344 bo‘lsa, jamiyatning eng go‘zal va chirkin holatlari tasviri botiniy holatda namoyon bo‘ladi. Muallifning mahorati shundaki, ota obrazi orqali bugungi hayotimizni bor bo‘yicha akslantiradi. Zero, adabiyot asli azaliy muammolarni kuylaydi, lekin asar yaratilayotgan davr havosidan nafas oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018. 2. Yo‘ldoshev A. Otasining qizi hikoyasi. Ziyouz.uz 3. Tулабоева Р. Худойберди Тўхтабоев романларида бадиий психологизм: Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2019. 4. Rasulova U. Badiiy asarda sarlavha poetikasi // Uzbekistan: Language and Culture// 2022/1(2).