scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM JARAYONIDA SHAXSLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING DIDAKTIK-MENEJERLIK MEXANIZMLARI

To'xtayev Soyib Safarovich

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari va uni boshqarishning didaktik hamda menejerlik mexanizmlari tahlil qilingan. Shaxslararo muloqotning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ochib berilib, talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Pedagogik menejment nuqtayi nazaridan muloqotni rivojlantirishning rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat mexanizmlari asoslangan. Natijada, shaxslararo muloqotni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan.

Full text

Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 36 TA’LIM JARAYONIDA SHAXSLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING DIDAKTIK-MENEJERLIK MEXANIZMLARI To‘xtayev Soyib Safarovich Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani, iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi. Email: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari va uni boshqarishning didaktik hamda menejerlik mexanizmlari tahlil qilingan. Shaxslararo muloqotning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ochib berilib, talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Pedagogik menejment nuqtayi nazaridan muloqotni rivojlantirishning rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat mexanizmlari asoslangan. Natijada, shaxslararo muloqotni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan. Аннотация: В статье анализируются концептуальные основы развития межличностного общения в образовательном процессе и механизмы его управления с позиции дидактических и менеджерских подходов. Раскрыта роль межличностной коммуникации в повышении эффективности образования, рассмотрены теоретические и практические аспекты формирования у студентов коммуникативной компетентности. С точки зрения педагогического менеджмента обоснованы механизмы планирования, организации и контроля процесса развития общения. В результате показано, что развитие межличностной коммуникации является важным фактором повышения качества и эффективности образования. Abstract: This article analyzes the conceptual foundations of developing interpersonal communication in the educational process and the mechanisms of its management from both didactic and managerial perspectives. The role of interpersonal communication in enhancing the effectiveness of education is revealed, while theoretical and practical aspects of forming students’ communicative competence are examined. From the viewpoint of pedagogical management, mechanisms of planning, organization, and control in the development of communication are substantiated. As a result, interpersonal communication development is presented as a crucial factor in improving the quality and effectiveness of education. Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 37 Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, shaxslararo muloqot, konseptual asoslar, pedagogik menejment, didaktik mexanizmlar, kommunikativ kompetensiya, ta’lim samaradorligi. Ключевые слова: образовательный процесс, межличностное общение, концептуальные основы, педагогический менеджмент, дидактические механизмы, коммуникативная компетентность, эффективность образования. Keywords: educational process, interpersonal communication, conceptual foundations, pedagogical management, didactic mechanisms, communicative competence, educational effectiveness. KIRISH. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotning o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shaxslararo muloqot nafaqat bilimlarni samarali o‘zlashtirish vositasi, balki talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, ta’lim tizimida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganish va uni samarali boshqarishning didaktik-menejerlik mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ta’lim jarayonida kommunikativ aloqalarni to‘g‘ri tashkil etish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantiradi hamda mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini shakllantiradi. Pedagogik menejment nuqtayi nazaridan, shaxslararo muloqotni rejalashtirish, tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlarini ta’lim amaliyotiga joriy etish orqali kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shu bilan birga, muloqotni rivojlantirishda innovatsion didaktik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarda kasbiy va shaxsiy rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi. Avvalo, shaxs tushunchasining mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, shaxs bu – idrok etish, eslab qolish va fikrlash qobiliyatiga ega mavjudotdir. Shaxs tushunchasi insonga xos bo‘lib, u psixologik jihatdan rivojlangan, o‘ziga xos sifatlari va xattiharakati bilan boshqalardan farq qiladigan, mavjud qarash va xulq-atvori bilan jamiyatda ajralib turadigan a’zoni anglatadi. Shaxs, shu bilan birga, ijtimoiy hamda shaxslararo munosabatlar mahsuli hisoblanadi. Inson tafakkuri tarixida shaxs va jamiyat munosabati doimo muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Bu borada turli falsafiy konsepsiyalar va qarashlar shakllangan. Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 38 Dastlabki davrlarda shaxs va jamiyat munosabati ko‘proq mifologik hamda diniy qadriyatlar asosida izohlangan. Bu esa o‘sha davr kishilarining dunyo haqidagi tasavvurlari, bilimlari, ongi, tashqi muhit ta’siri va amaliy ko‘nikmalarini aks ettirgan bo‘lib, “tabiat–inson–jamiyat” munosabatini ifodalagan. Keyinchalik “inson–jamiyat” munosabatiga oid tushunchalar shakllana boshladi va diniy, falsafiy hamda mifologik qarashlarda o‘z aksini topdi. Falsafiy jihatdan qaraganda, “inson” va “jamiyat” munosabati – insonning jamiyatdagi o‘rni, mohiyati va unga xos xususiyatlarni falsafiy tarzda talqin etishga xizmat qiladi. Tarixda turli diniy-falsafiy maktablar shaxs masalasiga turlicha yondashuvlarni ilgari surgan. Masalan, antik davr falsafasida shaxs asosan ijtimoiy munosabatlar nuqtayi nazaridan talqin qilingan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs “individual substansiya”, ya’ni o‘ziga xos mohiyat, aqliy qobiliyat va nomoddiy ruh ramzi sifatida tushunilgan. Yangi davr falsafasida esa fransuz mutafakkiri R. Dekart shaxs haqidagi dualistik g‘oya rivojlanishiga asos soldi. Bu yondashuvda “Men” tushunchasi o‘z-o‘zini anglash bilan uyg‘unlashdi. Ko‘plab ta’riflar orasida amerikalik psixolog G. Ollportning ta’rifi alohida ahamiyat kasb etadi: uning fikricha, shaxs – bu hayot davomida shakllanadigan, individual tarzda namoyon bo‘ladigan psixofiziologik tizimlar majmui bo‘lib, ular insonga xos tafakkur va xulq-atvorni yuzaga keltiradi. Rus psixologi S. L. Rubinshteyn ham shaxs masalasiga chuqur yondashgan. “Odam o‘ziga xos va takrorlanmas xususiyatlari bilan individ hisoblanadi. Uning atrofdagilarga, borliqqa ongli munosabati hamda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanishi uning shaxs ekanligini ko‘rsatadi” – deb ta’kidlanadi. XX asr psixologi va faylasufi Erik Fromm shaxs tushunchasini shunday izohlaydi: “Shaxsda mavjud bo‘lgan tug‘ma va orttirilgan psixik xususiyatlar individni belgilab beradi va uning betakrorligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlariga temperament, qobiliyat, hissiy-irodaviy sifatlar va xarakter kiradi. Biroq shaxs mohiyati uning yo‘nalganligi, motivatsiyalari, ijtimoiy munosabatlari, ustanovkalari va, albatta, o‘z-o‘ziga munosabatida namoyon bo‘ladi”. Ma’lumki, “shaxs” tushunchasi faqat psixologiya fani doirasida emas, balki falsafa, sotsiologiya, pedagogika kabi boshqa fanlarda ham keng tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxslararo madaniy munosabatlarga tayyorlash kasbiy rivojlanish nuqtayi nazaridan amaliy ahamiyat kasb etadigan eng muhim pedagogik vazifalardan biridir. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni ishtirokchilariga shaxslararo munosabatlarning ta’sir mexanizmlarini aniqlash zaruriyati kuchaymoqda. Shu bois bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida shaxslararo munosabatlarning dinamikasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur muammoning turli jihatlarini tadqiq etgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, umumiy masalaning hali o‘rganilmagan Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 39 tarkibiy qismlarini ajratish dolzarbdir. Bu borada shaxslararo munosabatlarni o‘rganishga R. Safarova, N. Dilova, Sh. Doniyorov, G. M. Andreyev, N. N. Obozova, L. Ya. Gozman kabi mutaxassislar hissa qo‘shganlar. Shaxslararo munosabatlarning funksiyalarini tahlil qilgan olim N. V. Kazarinova esa ularni axborotli, emotiv, kontakt, qo‘zg‘atuvchi, muvofiqlashtiruvchi, tushunish, o‘rgatish hamda yordam berish kabi guruhlarga ajratgan. Shaxsning shakllanishi ko‘p jihatdan atrofdagilar yordamida yuzaga keladi. Ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan o‘zaro ta’sir va qo‘llab-quvvatlash talabalarning kasbiy rivojlanishi va tarbiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shaxslararo munosabatlarning kasbiy ta’lim jarayonidagi o‘rni N. E. Kasatkina, A. R. Luriya, E. Yu. Klepsova ishlarida keng yoritilgan. Bundan tashqari, shaxslararo munosabatlar doirasida psixik jarayonlarning metajarayon va metatizimlar bilan bog‘liq jihatlari ham tadqiq etilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda A. V. Karpov, I. M. Skityaeva, S. M. Xalin izlanishlar olib borganlar. O‘quv topshiriqlari hajmining ortib borishi bilan shaxslararo munosabatlarning dolzarbligi ham kuchaymoqda. Ammo raqamli transformatsiya sharoitida ularning ko‘lami qisqarib bormoqda. Shu sababli shaxslararo munosabatlarning mazmuni, xarakteri va yangi tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha pedagogik ehtiyoj tobora oshmoqda. Natijada ta’lim oluvchilarning shaxsida ham muayyan o‘zgarishlar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari va boshqaruv mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi asosiy tamoyillar va usullarga tayandi: Nazariy-metodologik asoslar. Tadqiqotning nazariy poydevorini pedagogika, menejment va kommunikatsiya nazariyalariga oid ilmiy qarashlar tashkil etdi. Jumladan, pedagogik menejment konsepsiyalari, shaxslararo muloqotning psixologik va didaktik xususiyatlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar asos qilib olindi. Tahlil va sintez usullari. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, xalqaro tajribalar va zamonaviy tadqiqotlar o‘rganilib, mavjud yondashuvlar tahlil qilindi hamda umumlashtirildi. Shu orqali shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari belgilandi. Komparativ yondashuv. Ta’lim jarayonida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha milliy va xorijiy tajribalar solishtirildi. Bu yondashuv shaxslararo muloqotni boshqarishda samarali mexanizmlarni aniqlash imkonini berdi. Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 40 Empirik tadqiqot usullari. Kuzatuv (talabalarning ta’lim jarayonidagi muloqot faoliyati kuzatildi); So‘rovnoma va suhbat (talabalar va o‘qituvchilar bilan kommunikativ muammolarni aniqlash uchun); Pedagogik tajriba (didaktik-menejerlik mexanizmlarining amaliyotdagi samaradorligini sinovdan o‘tkazish). Statistik va kontent-tahlil usullari. Tadqiqot davomida yig‘ilgan ma’lumotlar statistik jihatdan qayta ishlanib, ularning asosida xulosalar chiqarildi. Shuningdek, ta’lim jarayonidagi muloqot jarayonlarini sifat va mazmun nuqtayi nazaridan baholash uchun kontent-tahlil usuli qo‘llanildi. Metodologik jihatdan tadqiqot kompleks yondashuvga asoslanib, nazariy va amaliy bosqichlarning uyg‘unligida olib borildi. Natijada, shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari aniqlanib, ularni samarali boshqarishga xizmat qiluvchi didaktik va menejerlik mexanizmlari ishlab chiqildi. Tahlil va natijalar. O‘tkazilgan nazariy va amaliy tahlillar ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirish masalasi ko‘p qirrali va murakkab jarayon ekanini ko‘rsatdi. Avvalo, shaxslararo muloqot talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda, ularda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda va kasbiy rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani aniqlandi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari quyidagilardan iborat: Psixologik asoslar – talabalarning individual xususiyatlari, temperament va xarakteriga qarab muloqot jarayonini tashkil etish. Ijtimoiy asoslar – muloqotning jamiyatdagi munosabatlarni aks ettirish, ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirish va madaniy muhitda moslashuvchanlikni ta’minlashdagi roli. Pedagogik asoslar – o‘quv jarayonida muloqotni samarali tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatini qaror toptirish. Shuningdek, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, muloqotni rivojlantirishni boshqarishda didaktik-menejerlik mexanizmlari asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Didaktik mexanizmlar: o‘quv topshiriqlari orqali hamkorlikni kuchaytirish, interfaol metodlar yordamida shaxsiy faollikni oshirish, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish. Menejerlik mexanizmlari: o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonini boshqarish, muloqot dinamikasini monitoring qilish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida muvozanatli hamkorlik Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 41 muhitini yaratish. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirish o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshiradi, ularning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantiradi. Muloqotni boshqarishda zamonaviy didaktik yondashuvlar, raqamli ta’lim muhitidan foydalanish va jamoaviy faoliyatni tashkil etish eng samarali vositalar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shaxslararo muloqotni rivojlantirishning samaradorligi o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, ochiqlik va madaniy bag‘rikenglikka bevosita bog‘liqdir. Demak, ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirish va uni boshqarish tizimli yondashuvni talab etadi. Bu jarayonda didaktik hamda menejerlik mexanizmlarining uyg‘unligi o‘quvchilarning ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarini samarali shakllantirishga imkon beradi. Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 42 1-chizma. Ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari va didaktik-menejerlik mexanizmlari KONSEPTUAL ASOSLAR — Nazariy poydevor. Gumanistlik — ta’limda shaxsning ehtiyojlariga e’tibor, o‘zini anglash, o‘zini ifodalash erkinligi. Faollashtiruvchi ta’lim — o‘quvchi faol ishtirok etadi, muloqot orqali bilim hosil qiladi. Integratsion yondashuv — fanlararo bog‘liqlik, ijtimoiy hayot bilan aloqa, jamoaviy ishlar. DIDAKTIK-MENEJERLIK MEXANIZMLARI — Amaliy vositalar, didaktik mexanizmlar — dars jarayonida muloqotni rag‘batlantiruvchi usullar (loyihalar, guruh Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 43 ishlari, refleksiya). Menejerlik mexanizmlari — ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladigan reja, monitoring, motivatsiya tizimlari. O‘zaro ta’sir mexanizmlari — o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi, ota-onao‘qituvchi muloqot kanallari. NATIJALAR — Maqsad, kommunikativ kompetensiyalar — nutq madaniyati, tinglash qobiliyati, fikr almashish. Ijtimoiy faollik — jamoada ishlash, hamkorlik, mas’uliyat hissi. Shaxsiy rivojlanish — o‘zini anglash, ishonch, emotsiyalarni boshqarish, ijodkorlik. 2-chizma. Konseptual asoslar va boshqarishning didaktik-menejerlik mexanizmlari tarkiblari Ushbu chizmada ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishning konseptual asoslari va ularni boshqarishning didaktik-menejerlik mexanizmlari yoritilgan. Konseptual asoslar shaxslararo muloqotning ilmiy-nazariy poydevorini belgilab, psixologik, ijtimoiy va pedagogik yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Psixologik asoslar talabalarning individual xususiyatlari, temperament va xarakteriga qarab muloqot jarayonini tashkil etishga xizmat qiladi. Ijtimoiy asoslar jamiyatdagi munosabatlarni aks ettiradi, ijtimoiy qadriyatlarni shakllantiradi va madaniy muhitda moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Pedagogik asoslar esa o‘quv jarayonida muloqotni samarali tashkil etish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatini qaror toptirishga qaratilgan. Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 44 Didaktik-menejerlik mexanizmlari esa ta’lim jarayonida muloqotni amaliy jihatdan rivojlantirish va boshqarishni ta’minlaydi. Didaktik mexanizmlar o‘quv topshiriqlari orqali hamkorlikni kuchaytirish, interfaol metodlardan foydalanib shaxsiy faollikni oshirish va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Menejerlik mexanizmlari esa o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonini boshqarish, muloqot dinamikasini monitoring qilish hamda talabalarda sog‘lom hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, ushbu chizma ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirishda nazariy asoslar va amaliy boshqaruv mexanizmlarining yagona tizim sifatida uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Bu yondashuv ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarda ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ta’lim jarayonida shaxslararo muloqotni rivojlantirish nafaqat o‘quvchilarning ijtimoiy tajribasini boyitadi, balki ularning kasbiy shakllanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shaxslararo muloqotning konseptual asoslari – psixologik, ijtimoiy va pedagogik yondashuvlar uyg‘unligida ta’lim samaradorligi oshadi, o‘quvchilar o‘zining individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Didaktik-menejerlik mexanizmlari esa ta’lim jarayonida muloqotni amaliy jihatdan tashkil etish va boshqarishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida muloqotni rivojlantirish interfaol metodlar, jamoaviy topshiriqlar va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashganda, talabalarda ijtimoiy faollik, kasbiy kompetensiya, hamkorlik va mas’uliyat kabi sifatlar shakllanadi. Bu jarayonda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli, pedagogik madaniyati va tashkilotchilik qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, shaxslararo muloqotni rivojlantirishni ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rish zarur. Chunki bu nafaqat o‘quvchilar shaxsining har tomonlama kamol topishiga, balki raqamli transformatsiya sharoitida ta’limning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga ham bevosita xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. S.Hasanov, D.Abdumadjidova, N. Atayeva. Psixologiya (psixologiya nazariyasi va amaliyoti asoslari) Ma’ruza matni-Toshkent 2016, 5-bet. 3. S.L. 2. Rubinshteyn. Umumiy psixologiya asoslari 2006. 3. Dilova N.G. (2018). Buyuk ajdodlarimizning ta’limotlarida mujassamlashgan o‘qituvchi bilan o‘quvchilar xamkorligining pedagogik xususiyatlari. Zamonaviy ta’lim. №3, 63-68 b