"KECHA VA KUNDUZ" ASARI OBRAZLARINING BADIIY TALQINI
Full text
422 “KECHA VA KUNDUZ” ASARI OBRAZLARINING BADIIY TALQINI Qurbonova Bonu Rustam qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272231 Annotatsiya: Maqolada jadidchilik harakatiga munosib hissa qo‘shgan Cho‘lpon ijodidagi “Kecha va kunduz” romanining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Milliy uyg‘onish adabiyotida tutgan o‘rni va asar mohiyati undagi teran fikrlar ochib beriladi. Kalit so‘zlar: adabiyot, san’at, jadid, fundamental, vatan, millat, istiqlol, milliy g‘urur, iffat, andisha, himmat, illat, soddalik, fazilat. Аннотация: В статье освещаются особенности романа «Ночь и день» Чолпон, внесшей достойный вклад в движение джадидов. Раскрываются его место в литературе национального возрождения, сущность произведения, а также глубокие мысли, заложенные в нём. Ключевые слова: литература, искусство, джадид, фундаментальный, родина, нация, независимость, национальная гордость, целомудрие, мысль, химмат, иллат, простота, добродетель. Abstract: The article highlights the features of the novel "Night and Day" by Cholpon, which made a worthy contribution to the Jadid movement. Its place in the literature of national revival, the essence of the work, as well as the deep thoughts embedded in it are revealed. Keywords: literature, art, Jadid, fundamental, homeland, nation, independence, national pride, chastity, thought, himmat, illat, simplicity, virtue. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng adabiyot va san’atning boshqa sohalarda bo‘lganidek, adabiyotshunoslik sohasida ham yangi davr boshlandi. Uzoq yillar davomida o‘rganilishi taqiqlangan madaniy merosimizning qatag‘on davri bilan bog‘liq sahifalari qaytadan tiklanmoqda. Turkistonda milliy uyg‘onish yoki jadidchilik harakatining o‘rganila boshlaganiga ancha vaqt bo‘lganiga qaramay, jadidchilik namoyondalari va ularning ijodi bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirildi. Bu harakat namoyondalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish nafaqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Germaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Turkiya kabi mamlakatlardagi olimlarning ham faol shug‘ullanayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Milliy uyg‘onish davrining eng buyuk namoyondalaridan biri bo‘lgan Cho‘lponning shaxsiyati va hayoti haqida har xil qarashlar, talqinlar mavjud. Bu haqida taniqli adabiyotshunos Dilmurod Quronov asosli dalillar bilan ilmiy ishlar olib borgan. Cho‘lpon shaxsiyati va uni chuqur o‘rgangan. Cho‘lponing ijtimoiy-siyosiy
423 qarashlari tadriji nomli kitoblari adabiyotshunoslik fanida fundamental manba sifatida o‘rin qoldirdi. Akademik Naim Karimov Cho‘lpon haqida shunda yozgan edi: “Cho‘lponing ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda “Vatan”, “Millat”, ”Istiqlol” tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi,uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi.Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir”.[1] Adabiyotimizda Cho‘lpon singari millat masalasini, milliy g‘urur, milliy ozodlik tuyg‘ularini hech ham to‘xtamasdan, hech tanaffuslarsiz ko‘tarib chiqqan ijodkor yo‘q. Cho‘lpon butun umr, hayotini millatga tikkan shu yo‘lda yashab o‘tgan ijodkor edi. Cho‘lpon ham boshqa jadidlar kabi ijodida ma’rifatchilikni kuylagan holda boshlagan edi.[3] Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponing “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga ancha payt bo‘lgan bo‘lsada, u hamon qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qismdan iborat .Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat ,iffat, hamda soddalik kabi fazilatlar bilan birga mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham bayon etilgan. Bu kabi sifatlar va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi. Cho‘lpon dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik barchani o‘ziga jalb qiladi. Asar milliy ma’naviyatni shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Hammamizga ma’lumki,bu romanining kecha qismi saqlanib qolib, “Kunduz” qismi esa topilmagan. Balki, kunduz qismida xalqimizning milliy tiklanish va istiqlol uchun qilgan harakatlari yoritilgan bo‘lishi mumkin va shuning uchun bu qismi chop etilmay qolgandir…Chunki, “Kecha” so‘zi nafaqat tarixni, balki xalqimizning qorong‘i zulmat-mustamlaka davrini bildiradi. “Kunduz” so‘zi esa yorqin kelajakni istiqlolni ham bildirishi hech kimga sir emas. “Kecha va kunduz” romanida xalqining g‘aflat uyqusida yotgan bir holati Razzoq so‘fi, Qurvonbibi va albatta, Zebi obrazlari orqali yorqin tasvir etilgan. Adabiyotshunoslar fikricha, bu – o‘zbek jadidlari harakati boshlagan davrdagi manzara edi. Jadidlar shunday noxush hollar, Zebi fojiasi boshqa takrorlanmasligi uchun uning, Razzoq so‘filarlarning ko‘zini ochishni o‘zlariga vazifa qilib qo‘yganlar. Cho‘lpon o‘zining vatan va millatga bag‘ishlangan betakror ijodi bilan yurtimizdagi va umuman turkiy olamdagi milliy va uyg‘onish harakatiga ulkan ulush qo‘shgan ulug‘ adib va shoir sifatida tariximiz osmonida yorqin yulduz bo‘lib qoldi. “Kecha va kunduz” asari shunday boshlanadi har yil bir keladigan bahor sevinchi
424 yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi…Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi,o‘zlari horg‘in –horg‘in oqsalarda,ozod bo‘lgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi… Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasiga yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada… ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi. Hayot nega u qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda?[2] Asarni o‘qir ekanmiz undagi obrazlarga e’tibor beramiz hamda voqealar rivoji tugun, kulliminatsion nuqtasi, oxiri nima bilan tugarkin deb qiziqamiz. Asardagi bizga yoqqan obrazlar haqida fikr va mulohazalar yuritamiz. Aslida ,Cho‘lponni yozgan asarlarni o‘qib o‘rganish uchun u o‘ylagandek o‘ylashimiz, u tasavvur qilgandek tasavvur qila olishimiz lozim. Cho‘lponing shunday bir jumlasi bor: Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam. Bu hayotning asl haqiqati. Insonlar orasida uchrab turadigan bir jihat. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini o‘qish davomida obrazlarni birbiriga solishtirish, asar qahramonlarining hayotiy voqealar bilan bog‘liqligini aniqlash ham muhim masaladir. Misol tariqasida: Qurvonbibi qancha so‘zga epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.Shu o‘rinda obrazlarni qiyoslash metodidan foydalanish yaxshi natija beradi. Qiyoslash metodi obrazlarni ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlashda hayotda ham huddi shunday insonlar uchrab turishi, bundan insonlarning dunyoqarashi tor va boshqalarning fikri bilan ish qiladigan odamlar haqida juda chiroyli ochib bersa bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bizda har qancha faxrlansa arziydigan buyuk adabiyotimiz bor. Bu adabiyotni o‘qish, o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir. Biz bu tengsiz ma’naviy merosimizni bugungi yosh avlodga asl holicha yetkazish barobarida uni teran tushuntirishimiz ham zarur. Negaki bizdan katta va kichik avlodlar dunyoqarashi va fikrlashi o‘rtasida ancha farq bor. “Kecha” orzu qilgan yorqin kunduzlar qismida muhtaram prezidentimizning ajoyib satrlari berilgan: Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz
425 bor. Va men ishonaman nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk keljagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta bo‘ladi. 1 Cho‘lpon o‘z asarlari bilan xalqiga yaqin bo‘lishni istadi va bu ishning uddasidan chiqdi.O‘z xalqi uchun tushunarli, hammaga birdek ma’qul bo‘ladigan asarlar yozdi.U ijod uchun ma’naviy quvvatni tashqaridan emas, ichdan, o‘zbek xalqining o‘zidan izladi. “Zamonaviy adabiyotni ikki buyuk daryoga Sir va Amuga o‘xshatish mumkin. Boshqacharoq qilib aytsak, Sir deganda Cho‘lponni, Amu deganda Abdulla Qodiriyni bilmoq kerak” degan ta’rifga to‘liq qo‘shilamiz. She’riyat osmonida Cho‘lpon yulduz bo‘lib chaqnagan shoir edi uni yozgan asarlari qalbimizdan mangu joy egallaydi. Uning ijodini o‘rganish har bir yosh avlod uchun ibratlidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Adabiyot 11-sinf darslik-majmua B.To‘xliyev va boshqa. – Toshkent “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018. 35-b. 2. Aldulhamid Cho‘lpon “Kecha va kunduz” romani . – Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat, 2019 3. Xoliqova Dilobar Muxtorjon qizi “Cho‘lpon – millatparvar shoir,mohir tarjimon” maqolasidan.