"QO'RQMA" ROMANI TAHLILI
Full text
443 “QO‘RQMA” ROMANI TAHLILI Xummedova Lachin Xadirberdi qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272270 Annotatsiya: Ushbu ishda o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sovet hukumronligi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan talabalar va ularning achchiq qismatiga bag‘ishlanganligi,romandagi jadidlar, xususan, Fitrat adabiy faoliyatining yoritilishi, Sovet mustamlakasining adolatsiz qarorlari, Turkiston xalqi ustidan yuritgan qonli siyosati hech qayerda keltirilmagan ma’lumotlar bilan ochib berilgani, romanning faqat tarix haqida emas, hozirgi zamon bilan qiyoslanishi, bu esa muallifning tasavvuri, fikrlash doirasi qanchalik kengligini ko‘rsatishi kabi masalalar ochib berilgan. Kalit so‘z va so‘z birikmalari: obyektiv haqiqat, jadidlar, murojaat birliklari, liratragedik, sag‘ir, adabiy o‘xshatish, roviy. Аннотация: В данной работе посвящается судьбе студентов, обучавшихся в Германии в двадцатые годы прошлого века и жестоко казнённых советской властью, а также их горькой участи. Освещается деятельность джадидов, в частности литературная деятельность Фитрата. Раскрываются несправедливые решения советской колониальной системы, кровавая политика, проводимая над народом Туркестана, причём приводятся сведения, которые ранее нигде не упоминались. Роман рассматривается не только как произведение о прошлом, но и в сопоставлении с современностью, что свидетельствует о широте воображения и кругозора автора. Ключевые словa и фразы: объективная истина, джадиды, обращения (речевые единицы), лирико-трагический, сагир, литературное сравнение, повествователь. Abstract: This work is dedicated to the students who studied in Germany in the 1920s and were brutally executed by the Soviet regime, as well as to their bitter fate. The novel highlights the activities of the Jadids, particularly the literary work of Fitrat. It reveals the unjust decisions of the Soviet colonial system and the bloody policy carried out against the people of Turkestan, presenting information that has never been mentioned elsewhere. The novel is analyzed not only in terms of history but also in comparison with the present, which demonstrates the author’s broad imagination and wide intellectual outlook. Keywords: objective truth, Jadids, forms of address, lyric-tragic, sagir, literary comparison, narrator. Kitob o‘qish ham bir mehnat aslida. Inson birdaniga kitobxon bo‘lib qolmaydi. Xalq qachon kitob o‘qidi, unda o‘zini ko‘rsa, baland parvoz gaplarni emas. Inson nima uchun oynani oldida ko‘p o‘tiradi? Bilasizmi? Chunki unda o‘zini
444 ko‘radi.Adabiyot hech kimga va hech narsaga qaram bo‘lmasligi kerak. To‘g‘ri gapirayotgan odamlar esa kaltaklanmasligi. Dunyo adabiyoti nima uchun rivojlanib ketgan. Chunki ularda hech qanday cheklov bo‘lmagan. Bizda yuz yil oldin ham umidimiz yoshlarda bo‘lgan va xozir ham shunday. Bundan yuz yildan keyin ham bunday bo‘lib qolmasligi uchun ham harakat qilishimiz kerak. “O‘zing nima qilding vatan uchun?” degan savolni o‘zimizga qo‘yish kerak. Har bir inson vatan uchun,jamiyat uchun nimadir qila oladi. Jamiyat o‘zgarishi uchun avvalo o‘zing o‘zgar. Inson siyosatga aralashmasligi uchun tug‘ilmasligi kerak. Tug‘ildimi bevosita aralashadi. Oldinlari insonlar televizor mafkurasidan qo‘rqardi, hozir esa telefon mafkurasidan. Chunki unda tarbiyalanyabdi. Yozuvchi shunday degan edi: “Biz otasiz katta bo‘layotgan yangi avlodmiz” Bu obyektiv haqiqat. Keling endi asarning ma’no jihatiga qarasak. Asar mutolasi xuddi she’riy tarzda o‘qiladi. O‘qish davomida siz uni liratragedik asar deb o‘ylab qolasiz. Romanni mutolaa qilar ekansiz zerikishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Asarda o‘xshatishlar shu qadar orginal va tig‘izki kitobxonni shoshirtib qo‘yadi. Bugungi kundagi jamiyatda oshkor va biz ko‘rib ko‘rmaganga olgan fojialar, tarixning bugunga bugunning ertaga chambarchas bog‘liqligi, to‘g‘rilikni talab qilgan yolg‘onlar va albatta sof muhabbat sizni asar davomida juda qattiq o‘ylashingizga majbur qiladi va hech qaysi asarda uchratmaganingizni isbotlaydi. Roman “shom mahal” degan so‘zlar bilan boshlanadi bu bizga Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanining boshlanishini eslatadi. Badiy adabiyotda shunday tahminlar borki shom mahal deya boshlanga asarlar yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki kunning shom payti diniy tarafdan eng yomon vaqt deb hisoblanadi. Dunyodagi ko‘pchilik yomon narsalar shom paytida bo‘lib o‘tgan. Bu albatta adabiy bir qarash. Shuningdek, bu asarda ham yaxshi narsalar haqida so‘z bormaydi va yakun yaxshilik bilan tugallanmaydi. Roviy o‘zini asarda ko‘p marta takror sag‘ir deb nomlaydi. Bu so‘z tilimizda ota-onasidan yetim qolgan bolalarga nisbatan ishlatiladi. Bu asarda ishlatilgan murojaat birligining bir turi va boshqa turli shakllardagi murojaat birliklarini uchratamiz. Lekin asosiy qahramon bo‘lgan talabalarning nomlari aniq o‘zgartirilmagan holda o‘z ismlari bilan keltiriladi. Romanda yozuvchi tomonidan tuzilgan adabiy o‘xshatishlar ilk sahifadanoq sizni xayratlantiradi. Muallif sizga o‘sha manzarani to‘liq ko‘z oldingizga keltirib, so‘z bilan yozilgan narsani sizga his qilish imkonini yaratib beradi. Masalan: – bari havoga uchdi, xuddi ketar chog‘i kelinchak ota uyidan to‘kkan yoshlari chimildiqqa yetar-yetmas arigandek.
445 – qor parchalari kabi bir xil hayot. – Samarqand o‘lim oldi xirqirayotgan go‘zal qizga o‘xshaydi. – Oh, ojiza qo‘llari kabi bugun kuchsizdir Samarqand. – yerni yorguday baqirib bo‘shalding va shoshib tiqilding yoshdan hiralashgan tim qora ko‘zlaring bilan qizg‘ish va oriq etimga. Xarqalay, chigirtkaning oyoqlariday qimirlab turardi sen tug‘gan issiq bir tuyir go‘sht. – Ha, o‘sha on yonayotgan odam cho‘g‘day uchub suvga urgani kabi o‘zini quyosh ham botib ketti daxshatdan qizarib, qonab. Kitibxon bu o‘xshatishlarni romanning dastlabki sahifalaridayoq uchratadi asar davomida bu kabi o‘xshatishlar juda ko‘p berilgan. Biz tarix takrorlanuvchi deb bilamiz. Agar yozuvchi asar davomida faqatgina 70 ta talabani hikoya qilsa asar qiziqarli bo‘lmasdi. Asarni bugungi davrga olib kelish kerak va bugungi davrga xizmat qilishi kerak edi. O‘sha 70 ta talaba bugungi kunda 70 mingta bo‘lib paydo bo‘lishi uchun. Yuqorida aytganimizdek kitobxon asarda o‘zini ko‘rsa uni albatta o‘qib tugatadi. Romanni o‘qigan ayrim kitobxonlarda “Agar o‘sha 70 ta talaba o‘lmaganda nima bo‘lardi mamlakat zo‘r bo‘lib ketarmidi?” degan savol o‘tgan bo‘lsa kerak. Bugungi kunda 70 ta vazir juda ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin edi. Afsuski, biz endi buni faqat tasavvur qila olamiz. Birgina misol aytadigan bo‘lsak kichik izlanishlarim natijasida shuni aniqladimki, Anqara shahar arxitekturasini qurgan odam o‘sha talabalardan biri edi. Turkiyaning ziroat, kimyo, arxitektura sohasidagi asosiy darsliklarni ular yozgan. Axir jamiyatda diplomlar emas shaxslar harakat qiladi. Asarda roviy 10 ta qo‘yni sotib o‘qishga kirgan talaba bo‘lsa ham, hamma gap e’tiqod va maorifda ekanligini anglaydi. Yozuvchi uni shu yerda oqlab ketadi. Ramziy obrazlarga keladigan bo‘lsak Qiztaka, Qoravoy, Telefonchi. Xo‘sh, nega ularning ismlari yo‘q? Muallif ularni nega nomlamadi? Chunki ular o‘zimiz, nafsimiz. Shu joyida bir narsani anglashimiz kerak aslida o‘lgan talabalar tirik, tirik talabalar esa o‘likdir. Germaniyaga borganda ham xuddi shu narsaga duch keladi qahramon. Yana Germaniyaga boradi yana talabalarni ko‘radi faqat ular boshqa edi. Tushida ko‘radigan talabalardan ancha farqli. Masalan, asarning boshida keltirilgan o‘limga umrining saharida salom bergan 17 yoshli qiz Olmoniyaga o‘qishga ketib, otasi tomonidan josuslikka tayyorlangan kabi og‘ir ayblovlar qo‘yilib, otasi bilan birga otib tashlangan o‘sha talaba qizning otilishdan oldingi otasi bilan dialogi muallif tomonidan juda o‘tkir yozilganki uni o‘qib o‘zimizga “Men nima uchun o‘qiyabman?” degan bo‘lsak kerak. O‘sha qiz bilan Germaniyada o‘qiyotgan Lola o‘rtasida osmon bilan yerchalik farq borligini ko‘ramiz. Chunki Lola hozirgi
446 kun talabasi. Germaniyaga o‘qishga borib maqsadi boshqa narsaga aylangan roviyning sevgilisi Lola. O‘sha davr o‘zbek xalqi uyquda bo‘lgan davr edi.Asarning “Qo‘rqma” deb nomlanishini o‘zi ham yozuvchi tomonidan nimagadir chaqiriq kabi tuyuladi. J.Jovliyev qo‘rquvga shunday ta’rif beradi “Men qo‘rquvni tamoqdagi anginaga o‘xshataman. Agar angina shishib ketsa odam gapira olmay qoladi. Anginani olib tashlasangiz kimdir eshtadi. Agar anginangiz bo‘lsa tamog‘ingiz bitib qolgan sizni hech kim eshtmaydi. O‘zbekistonda tinglanmaydigan odamlar ko‘p” deydi. U hech qachon haqiqatni gapirishdan, kamchiligingni tan olishdan, asosiysi, Vatan uchun kurashishdan u uchun o‘lishdan Qo‘rqma! demoqchidek go‘yo. Bugun ham zamonaviy ilm-fan biz uchun, millat uchun suv va havoday zarur. Adabiytoshunos Bahodir Karim asar haqida quydagicha fikr bildiradi. “Har qanday adib yozuvchi J.Jovliyevni bekatida to‘xtab bir o‘ylab olib keyin yo‘lda davom etishga arzidigan asar yozibdilar. Agar o‘zbek romanlarini 100 tasini ro‘yxatini tuzadigan bo‘lsak 100tasini ichida Qo‘rqma bo‘ladi. 10ta bo‘lsa 10 tasini ichida bo‘ladi” deydi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, o‘sha talabalarning xatto qabrlari ham yo‘qligi insonni juda qattiq xafa qiladi. Asarda hammamizga qaratila bir savol qo‘yiladi bizga xulosa uchun “Muqaddas tuyg‘ulariga tupurgan, hayvon kabi kuchli, hissiz lekin hirsli odamlar siz uchun sog‘lommi?”, – bu faqat roman ichida hammamizga berilgan savoldir. Chunki romanda aks etgan fojialar faqat yozuvchiniki emas barchamizniki. Bu millatning ajdodlari buyuk bo‘lgan avlodlari ham buyuk bo‘lishi shart. Kitob o‘zbek adabiyotining yutug‘idir.Yosh ijodkorlarningning g‘alabasidir. Yangi davrning yangicha uslubda va o‘ziga xos ohang bn yozilgan yangi romanidir.