SALOMAT VAFO HIKOYALARIDA INSON MA'NAVIY OLAMI TASVIRI
Full text
447 SALOMAT VAFO HIKOYALARIDA INSON MA’NAVIY OLAMI TASVIRI Xalmuratova Ogulsaltan Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi. E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272274 Annotatsiya. Maqolada o‘zbek hikoyachiligida falsafiy-psixologik tahlil masalasi tadqiq etilgan. Shuningdek, muammoning o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilishiga munosabat bildirilgan. Mavzu Salomat Vafo ijodi misolida tadqiq etilib nazariy va badiiy tahlil natijalari umumlashtirilgan. Kalit so‘zlar. Individuallik, badiiy ifoda, obrazlilik, badiiy tafakkur, falsafiy talqin. Аннотация. В статье рассмотрен вопросы философско-психологического анализа узбекского литературоведения. С точки зрения философско-психологического анализа изучается творчества Саломат Вафо. Обобщены итоги теоретико-художественного толкования. Ключевые слова. индивидуальность, художественная интерпретация, образность, художественная идея, философическое толкование. Annotation. This article deals with the problem of philosophic-psychological analyses of Uzbek literature study. The philosophic-psychological analyses of Salomat Vafo creation is studied in this article. The result of theoretical and literary interpretation are summarized in this article. Keywords. individuality, literary interpretation, literary, idea, philosophic interpretation. Insonni taqdirini badiiy tadqiq qilish, qalbini anglash va aks ettirish borasida Salomat Vafo ijodi alohida ahamiyat kasb etadi. Adiba hikoyalari inson ma’naviy olami, shaxs taqdirining jamiyat bilan uyg‘unlikda tasvirlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, yozuvchi asarlari yosh avlod tarbiyasida, insonning oʻzligini anglashida teran badiiy tadqiq hamda tasviriy ifodalarga ega. Shu ma’noda muallif asarlari bir qator monografik tadqiqotlar obyektlaridan biri sifatida o‘rganilgan. Xususan, adiba hikoyalari xususida mulohaza yuritgan holda S.Matyakupov shunday xulosaga kelgan edi. “Salomat Vafoning “Ko‘ngil farishtasi”, “Kun kechayotgan odam”, “Tutilgan oy” hikoyalari fikrlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu asarlarning o‘zaro-ruhan yaqinligi ma’naviy-axloqiy masalalar ustivorligi bilan belgilanadi. Yana insonni badiiy tasvirlashdagi individual tafakkur tabiatining ijodiy yo‘sini bilan ham xarakterlanadi. Qolaversa, realizm metodi tabiatidagi xilma-xil individual uslublarning bir-birini kamol toptiruvchi, ijodiy boyituvchi o‘zaro hamkorligidan, ijodiy ta’siridan ham shahodatlik beradi”. [1:99] Salomat Vafoning “Koʻzlar” hikoyasi inson hayotidagi qiyinchilik va iztiroblar bilan kurashlaridan iborat bo‘lib, asar qahramoni – Oygul taqdiri misolida yoritiladi.
448 Bu asar ayol zotining ichki olami, sabr-toqati va hayot uchun kurashdagi matonatiga bag‘ishlangan deyish mumkin. Zero, uning mazmunida har qanday vaziyatda ham hayot sinovlari oldida taslim boʻlmaslik, mavjud muammolarga yechim topish masalasi aks etgan. Zero, Xurshid Do‘smuhammad ta’kidlaganidek, “Chinakam fojia boshga tashvish tushganida emas, boshga tushgan tashvishdan xolos bo‘lish chorasini topa olmaslikni anglab yetishda”dir.[2:77] “Koʻzlar” hikoyasidagi asosiy mavzulardan biri yaqin inson xiyonatidir. Bu orqali yozuvchi oilaviy munosabatlar, yoshlar hayotiga kattalar ta’siri va uning natija hamda oqibatlari xususida mulohaza yuritadi. “O‘zi bo‘lmaydigan narsa boshidan bo‘lmaskan, o‘sha non sindirishda onasi to‘yni qaytaraman deganda, qaytarvoraversak bo‘larkan. Otang qizimning baxti buzilmasin deb yalinib yolvordi, qayg‘urma bolam, ko‘zingga yomon ta’sir qiladi, hali bizning ko‘zimiz ochiq, xo‘rlatib qo‘ymaymiz. Holatimga hayron qolmoqda edim, go‘yo kechagina shu voqea haqida birov ogohlantirib qo‘yganday, bir qadar xotirjam va sovuqqon tutmoqda edim”.[4:205-206] Oygul otasining uyiga qaytib kelgandan soʻng erining yarashish taklifini qabul qilib yana avvalgi hayotida yashashda davom etishi mumkin edi, lekin “ogʻzi kuygan qatiqni ham puflab ichar” deganlaridek takror oʻzini yonib turgan olovga otishni xohlamadi. Balki, Oygulning oʻzi ham aybdor, sabrli boʻlishi, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib yashashi kerak edi dersiz, lekin qachongacha? Hamma narsaning hattoki sabr-toqatning ham chegarasi bor. Inson sabri tugagan nuqtada nima boʻlishidan qatʼiy nazar bu chegarani buzib oʻtishga majbur boʻlr ekan. Oygul farzandining kelajagi uchun va hayotini yorqin boʻyoqlar bilan boʻyashni orzu qilgan holda yolgʻiz oʻzi uyini tashlab ketishdan choʻchimasligi irodali, kuchli va matonatli ayol ekanligidan darakdir. Ammo, ming afsuslar boʻlsin-ki tinch hayoti uzoqqa choʻzilmadi, taqdir uni onalik baxtidan mosivo qildi. Oygulning “Sen yosh emassan, mehnatlarimni ko‘rding-a, do‘xtirlar umid yo‘q degan joyda, eng nozik tomirlarni iynalar bilan paypaslaypaypaslay ko‘zingni ochdim, endi gap bunday... – Sening vujuding o‘z vazifasini bajarishni unutib qo‘ygan edi. Endi sen... – Hayajonlanma, hayajonlanish mumkin emas senga, haligi qilday nozik tomirlarning yorilib ketish xavfi bor, shu endi boraver, bir xo‘roz so‘yib mehmona chaqirsang, aytarsan...”.[4:202] Asar boshida berilgan bu tasvirlar tugun sifatida keyinchalik voqealar rivoji davomida Oygul qismatida izohlanadi. Asar qahramoni xarakterida ko‘zi ko‘rmagan ison qalb ko‘zining charog‘onligi, aksincha ko‘zi ochiq, lekin qalb ko‘zi ojiz insonlar fe’lfaoliyati, hayotga nisbatan qarashlari paralel ravishda ifoda qilinadi.
449 “Koʻzlar” hikoyasining yakunida qahramon taqdirining noaniqdek qoldirilishi, asardan kelib chiqadigan hukm-xulosa kitobxon e’tiboriga havola qilinishi, shuningdek, Oygul taqdirining kelajagiga ishora qilinishi ijodkor badiiy tafakkurining yuksakligidan dalolat beradi. Ko‘rinadiki, “Inson ruhiyati, ichki olamidagi o‘ziga xoslik hamisha ham tashqi dunyo bilan bir xil nisbatda bo‘lavermaydi. Inson ko‘nglida kechayotgan hissiyotlar, orzu-maqsadlar, intilishlar atrofidagi muhitga kamdan-kam holatlarda to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, inson ruhiyatidagi tadrijiy davomiylik ana shu tashqi muhit ziddiyatlari vositasida shakllanadi. Uning ruhiy tushkunligi ham, ko‘tarinkiligi ham ko‘pincha ijtimoiy muhit ta’sirida yuzaga keladi. Ko‘pincha insonning o‘zi o‘z ruhiy holatini tushunish yoki izohlashga ojizlik qiladi. Ishimizning ushbu bobida zamondoshlarimiz ruhiyatidagi mana shunday holatlarni bugun yozilayotgan hikoyalar asosida tahlil qilishga harakat qilinadi”. [3:16] Salomat Vafoning “Devor” hikoyasida inson umri mohiyatini tushunishga yordam beradi. Hikoya boshida roviy, asar qahramoni – A’zamjonni o‘quvchiga shunday tanishtiradi:“Ilk kelgan mahalim, bu yer ko‘zimga, yalang‘och, operatsiya xonasiga o‘xshab ko‘rinardi, dardim bir oz aridi shekilli, keyinchalik ko‘zim o‘rganib qoldi: rangpar, ozg‘in, jonsarak, bir qarashda qarama-qarshi tuyg‘ular paydo qiladi. Jirkanishmi, rahmdillikmi... bu yerning o‘zi ham asabimni qo‘zg‘ardi, katta xonaning ko‘chaga qaragan bittagina derazasi bo‘lib, uning oldida, hamxonam A’zamjon yalpayib yotardi”.[4:148] Kasalxona devorlaridan boshqa narsani ko‘rolmay yotgan, lekin xayolida olamni o‘ziga xos tarzda tushungan va tushuntiradigan bu g‘alati – “shaytonlagan” bemor ruhiyati hikoyada o‘zgacha talqin etiladi. Bemor – A’zamjon tashqaridagi goʻzal voqealarni to‘lib-toshib Omon akaga so‘zlab berar ekan, o‘z qalbidagi umid uchqunlarini unga ham yuqtirishga harakat qiladi, lekin inson bor ekan hasad degan illat ham soyadek ortingdan ergashaverarkan. Hikoyada odamlar orasidagi munosabatlar murakkabligi va chin insoniy fazilatlarning qay darajada muhimligi aks etadi. Ta’kidlash kerakki, tadqiqotchi P.Kenjayeva ta’riflaganidek, “Adiba hikoyalari qahramonlari ko‘proq kuchli ruhiy g‘alayonlar, cheksiz ma’naviy tanazzullar iskanjasida aks ettiriladi. Hikoyada hayotning achchiq zarbalari, turmushning ayovsiz sinovlari natijasida shaxsligi, ma’naviy olami imtihondan o‘tayotgan odamlar hayotini ko‘rsatish asnosida adiba milliy adabiyotimizda yangi qahramonlar silsilasini yaratdi. S.Vafo hikoyalarining qahramonlari hayotda juda ko‘p ezilgan, qalbi armonga to‘la taqdir egalaridir. Bunday yondashuv qahramon tuyg‘ularini to‘laroq idrok etish, uni chuqur tushunib tadqiq qilish, insonlarning xattiharakatlarini yashash sharoiti, tayanadigan axloqiy o‘rnaklaridan kelib chiqib baholash imkonini beradi”.[3:19]
450 Hikoya yakunidagi “Eratalab ko‘zimni ochsam, rostdan ham A’zamjon joyida ko‘rinmasdi. Jonlantirish xonasiga olib o‘tishibdi: yashasin, uning joyiga avaylabgina o‘tkazib qo‘yishibdi va nihoyat dezaning oldida edim... Hamshiralar chiqib ketishi bilan deraza tomonga o‘grildim, avval hech narsani anglamadim, u yoq qop-qorong‘u edi. Ko‘zimni ochib-yumdim, qorong‘ilik. Derazaning oldida baland qop-qora devor bor edi, allaqanday idoraning devori yorug‘lik va ko‘chaning shovqini devor yoriqlaridan, oralaridan qisilib, sinib kirar ekan”.[4:157] Ko‘rinadiki, asarda har ikki personaj tasvirida kontrast uslubi anglashiladi. Bu o‘z navbatida asarda shakl va mazmun mutanosibligining ta’minlanishga katta yordam bergan. Zero, “Badiiylik mezonlaridan biri bo‘lmish mazmun va shakl birligidan tashqari har ikkisininig ijodkor ideali, g‘oyasi bilan nurlangan uyg‘unligi ham talab etiladi. Chunki badiiy asardagi har bir narsa, obraz va tafsil o‘zining shaklini faqat talab etilgan shakl orqali namoyish etadi. Badiiy asardagi mazmun faqat talab etilgan shaklga mos tushgandagina to‘la uyg‘unlik yuzaga keladi. Demak, ijodkorning kitobxon shuuriga, ehtirosiga ta’sir ko‘rsata oladigan mazmunni talab etilgan shaklda yetkaza olishi badiiy adabiyotdagi mazmun va shakl muammosining mohiyatiini tashkil etadi”.[5:93] Shu ma’noda mazkur unsurlar asarda insonning muayyan holatdagi hayoti orqali uning xarakteri, o‘y-xayoli, ruhiyati, qalb kechinmalari aks ettirlgan holda o‘quvchi ma’naviyatiga ozuqa beradi. Kuzatiladiki, Salomat Vafoning hikoyalari odam va olam haqida chuqur mushohadaga chorlaydi. Adiba hikoyalari uning badiiy mahorati, inson ruhiyatini tasvirlashdagi isteʼdodi hamda ijodiy individualligini ta’minlaydi. Har bir hikoyada voqealarni oʻquvchi koʻz oʻngida jonli gavdalantirishi hamda chuqur mulohaza qilishga unday olishi alohida e’tirofga sazovor. Toʻgʻri, voqealarni mayda detallarigacha tasvirlashi biroz zerikarli boʻlishi mumkin, lekin mazkur holat tasvirlanayotgan muhit bilan birga yashashga zamin hozirlagan. Yozuvchi hikoyalarida asar qahramonlarining ichki ziddiyatlari va hissiy kechinmalari asosiy oʻrinda turadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Matyakupov S.G. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari (she’riyat va hikoyachilik). – Тошкент: Tafakkur avlodi, 2020. 2. Дўстмуҳаммедов Х. Ҳозирги ўзбек ҳикоячилигида бадиий тафаккурнинг янгиланиши: Филол. фанлари номзоди ... дис. –Тошкент: 1995. 3. Кенжаева П. Ҳозирги ўзбек ҳикояларида қаҳрамон руҳиятини тасвирлаш тамойиллари. Филол. фанлари номзоди ... дис. – Тошкент: 2008. 4. Саломат Вафо. Тилсим салтанати. – Тошкент: Шарқ, 2004. 5. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: 2004
451