scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HALIMA XUDOYBERDIYEVA TARJIMALARI HAQIDA

Pardayeva Nigora Kuysinbayevna

Full text

470 HALIMA XUDOYBERDIYEVA TARJIMALARI HAQIDA Pardayeva Nigora Kuysinbayevna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsent v.b., PhD. E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272290 Annotatsiya. Maqola badiiy asar tarjimalari, uning xalq o‘rtasidagi aloqasi haqida fikr bildirilgan. XX asrda tajima rivojiga hissa qo‘shgan adiblar shu bilan birgalikda, shoira Halima Xudoyberdiyeva tarjimalari haqida ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: tarjima, Halima Xudoyberdiyeva, “Chavandoz bolaga”, “Unutish”, “Saksovul”. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы перевода литературных произведений и их связь с народом. Также рассматриваются писатели, внесшие вклад в развитие, таджимской литературы в ХХ веке, а также переводы поэтессы Халимы Худойбердиевой. Ключевые слова: Халима Худойбердиева, «Мальчику всаднику», «Забвение», «Саксаул». Annotatsion. The article discusses the translation of literary works and their relationship with the people. It also discusses the writers who contributed to the development of translation in the 20th century, as well as the translations of the poet Halima Khudoyberdiyeva. Keywords: Halima Khudoyberdiyeva, “To the rider boy”, “Forgetting”, “Saxaul”. Qardosh va jahon xalqlari urf-odatlari, qadriyat hamda an’analarini, o‘ziga xos fazilatlarini o‘rganishda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Barcha mamlakatlarda yaratilgan asarlar millatlar birdamligini, do‘stligini, ahilligini ta’minlashda bir ko‘prik vazifasini bajaradi desak adashmagan bo‘lamiz. Adabiyot tarixidan ma’lumki, barcha davrlarda mamlakatlar o‘rtasida adabiy aloqalar hamin qadar ijobiy yo‘lga qo‘yilgan. Saroylarda podshohlarning ulug‘ olimu donolarni, shoir-u adiblarni chorlab adabiy kechalar, mushoiralar tashkil etganliklari tarix zarvaraqlarida aks etgan. Shuningdek, shohlar saroylarida tashkil etgan kutubxonalariga boshqa yurtlardagi noyob asarlarni asl nusxalarini olib kelishga, u asarlarni tarjimonlar yordamida o‘z tiliga tarjima qilishga harakat qilganlar. Badiiy asarlarni tarjima qilish ham xalqlar, millatlar orasidagi muloqotning, adabiy aloqaning muhim ko‘rinishi. Bunday asarlar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi. Tarjima [arabcha – bir tildan ikkinchi bir tilga ag‘darish, o‘girish, izohlash, sharhlash, biografiya] bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. [1:680]. 471 XX asrda yashab ijod etgan ko‘plab ijodkorlar go‘zal va betakror asarlar yaratish bilan bir qatorda badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod qilganlar. Jumladan, Cho‘lpon, G‘ofur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva va boshqalar. Iste’dodli shoira Halima Xudoyberdiyeva turli mavzularda asarlar yaratish bilan bir qatorda tarjimonlikda ham iste’dodini namoyon etgan. Shoira Dog‘iston, Armaniston, Qoraqalpoq adabiyotining yirik adiblari she’rlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Halima Xudoyberdiyevaning 2008-yilda nashr etilgan besh jildli “Saylanma” kitobining II jildiga uchta tarjima asarlari kiritilgan. Shoiraning birinchi tarjimasi 1932-yili 5-dekabrda Dog‘istonning Xunzax tumanida joylashgan Ginichutl qishlog‘ida tug‘ilgan avar shoirasi, Dog‘iston xalq shoirasi, yozuvchi Aliyeva Fazu Hamzatovna ijodidan. Halima Xudoyberdiyeva uning “Chavandoz bolaga” nomli she’rini mohirlik bilan tarjima qiladi. She’r 32 misradan iborat bo‘lib, shoiraning chavandoz bolaga murojaati bilan boshlanadi. Bolajon, Egarsiz va uzangisiz Ot qamchilab borayotgan chavandoz bola, Senga hasad qilayapman. She’rni o‘qigan kitobxon beixtiyor bolalik olamiga qaytadi. She’r boshidan oxirigacha samimiy, beg‘ubor tuyg‘ular ustuvorlik qiladi. Ijodkorning “Saylanma”dagi ikkinchi tarjimasi o‘zbek shoiralari bilan yaqin aloqada bo‘lgan, 1919-yil 20-yanvarda Yerevanda tavallud topgan arman ijodkori Silva (Sivard) Kaputikyan Barunakovna she’riyatidan. Shoira uning “Unutish” sarlavhali she’rini ona tiliga o‘giradi. She’r 23 misradan iborat. Unda Olloh tomonidan insonga berilgan eng buyuk tuyg‘u muhabbat qalamga olingan. Xayolimdan tamom unutilgan xonadon, Burchimni unutsam, qiynamasa vijdon. Unutilsa sharaf, bor nasl-u nasab – Dilimda tugilgan muhim gap. Halima Xudoyberdiyevaning uchinchi tarjima asari Qoraqalpoq adabiyotidan. U Qoraqalpoq adabiyotining yetuk vakili Ibroyim Yusupovning “Saksovul” she’rini tarjima qiladi. She’r 6 band 24 misradan iborat. Shoir badiiy niyatini saksovul obrazi orqali ifodalashga harakat qiladi. Misralarda qo‘llanilgan tashbeh – u topilmalar fikr ta’sirchanligini oshishirga xizmat qilgan. Chayir qo‘llarin unsiz ko‘kka cho‘zgan – Eldan chetda kimlar ul, qaysi botir? 472 Hech kim emas, ul qadim saksovullar Poyoni yo‘q dalani qoplab yotir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Koysinboyevna, Pardayeva Nigora. “MY COUNTRY, I SAW HAPPINESS ON YOUR FOREHEAD TODAY!” Modern Science and Research. 4 (7), 367-372, 2025. 2. Pardaeva Nigora. Bilingual poet – Anbar Otin. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ. 3(3), 2021. 3. Xudoyberdiyeva H. Saylanma. 1-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom, 2018. – b 232. 4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopidiyasi, 2007.