JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGI ASARLARINING YUKSAK MAFKURAVIY-TAFAKKUR YO'NALISHIGA DOIR
Full text
501 JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGI ASARLARINING YUKSAK MAFKURAVIY-TAFAKKUR YO‘NALISHIGA DOIR Vohidova Mushtariy Toshkent amaliy fanlar universiteti mustaqil izlanuvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272323 Annotatsiya. Mazkur maqolada Sharq va G‘arb adabiy aloqalari insoniyatning tarixiy taraqqiyoti va sivilizatsiya jarayoni, ikki qit’a mutafakkirlarining jahon taraqqiyot tamadduniga qo‘shgan hissasi borasida mulohazalar yuritilgan. Xususan, adabiy aloqa shakllari hamda uning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish hamda badiiy asarlardagi obrazlarni qiyosiy va chog‘ishtirma tahlil qilishning amaliy ko‘nikmalarini egallashini umumgumanitar dunyoqarashni kengayishiga xizmat qilishi atroflicha yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Sharq, G‘arb, aloqa, adabiyot, mutafakkir, shoir, asar. Аннотация. В этой статье рассматриваются литературные связи Востока и Запада в историческом развитии человечества и процессе цивилизации, вклад мыслителей двух континентов в мировое развитие. В частности, подробно освещено формирование представлений о формах литературного общения и его закономерностях, а также приобретение практических навыков сравнительного и сравнительного анализа образов в художественных произведениях, способствующих расширению общегуманитарного мировоззрения. Ключевые слова: Восток, Запад, коммуникация, литература, мыслитель, поэт, произведение. Annotation. This article examines the literary connections between East and West in the historical development of mankind and the process of civilization, as well as the contribution of thinkers from the two continents to world development. In particular, the formation of ideas about the forms of literary communication and its patterns, as well as the acquisition of practical skills in comparative and comparative analysis of images in works of art, contributing to the expansion of the general humanitarian worldview, is highlighted in detail. Keywords: East, West, communication, literature, thinker, poet, work. Sharq va G‘arb insoniyatning tarixiy taraqqiyotini, sivilizatsiya markazlarini o‘zida ifoda etgan. Bu yerdan ilm-fan, texnika va texnologiyalar sohasida katta kashfiyotlar qilgan mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning qo‘lga kiritgan yutuqlari bugun butun insoniyatning mulkiga aylangan va ularga xizmat qilib kelmoqda. Bu yutuqlar jamiyatning rivojlanishini yangi yuksak darajaga ko‘tarilishida o‘tkazgan ta’siri bilan ilm-fanda sivilizatsiyalar sifatida e’tirof etilmoqda. Bizga ma’lumki, bugungi kunda adabiyotlarni qiyoslab o‘rganish - bu zamonaviy filologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Xususan, qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi bo‘lajak filologlarda adabiy aloqa shakllari hamda uning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish hamda badiiy asarlardagi
502 obrazlarni qiyosiy va chog‘ishtirma tahlil qilishning amaliy ko‘nikmalarini egallashini umumgumanitar dunyoqarashni kengayishiga xizmat qiladi. Har bir sohada bo‘lgani kabi adabiyotshunoslik sohasi ham o‘ziga xos tushunchalar va zaruriy nazariyalarga egadir. Adabiyotshunoslikda ham shu kabi termin, tushuncha, qonuniyatlar va konsepsiyalarni uchratishimiz mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy tadqiqot ishimizning yanada aniqroq tushunchalar va nazariyalar bilan boyitishimizni ta’minlab beradi. Shu bilan birgalikda, ilmiy tadqiqot ishimizning maqsadini analitik-qiyosiy o‘rganishimizga ham yordam beradi. Tadqiqot ishimizning mavzusidan kelib chiqib adabiyotshunoslikda ko‘p uchraydigan Sharq va G‘arb adabiyotining qiyoslanishi, ya’ni “Jahon abadiyoti” tushunchasi muhim hisoblanib, uning tub ma’nosini anglashimiz esa ishimizning asl mohiyatini ochib berishimizni ta’minlaydi. Aniq fanlarda uchraydigan atamalar va tushunchalarga nisbatan adabiyotshunoslikdagi atamalarning ko‘p ma’noli, murakkab, o‘zgaruvchan, ba’zida esa bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydigan ma’nolarga ega bo‘lishini qayd etadilar. Lekin adabiyot nazariyasida ham, tarixida ham uchraydigan ma’lum bir darajadagi isbotsiz qabul qilinadigan tushunchalar mavjud bo‘lib, ular o‘zi anglatadigan ma’nomazmunlarida yetarli darajada aniq-ravshan shakllangan bo‘ladi. Har bir tushuncha, qonuniyat yoki konsepsiyaga nisbatan o‘rganish ishlari olib borilgan, ushbu o‘rganish ishlari esa ularga bo‘lgan qiziqishlarni anglatadi. Xususan, adabiyotshunoslikda “jahon adabiyoti” tushunchasiga nisbatan ham uzoq vaqt davomida qizg‘in bahsmunozaralar bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida uning fan sifatida XIX asrda to‘liq shakllanishiga olib kelgan. XX asrning boshlaridayoq ilk bor I.V.Gyote tomonida iste’molga kiritilgan “Weltliteratur”[1] (“Jahon adabiyoti”) iborasi doimiy tarzda ishlatila boshlaydi, bu esa endilikda jahon adabiyoti tushunchasi birinchi darajali ekanligini anglatadi hamda milliy adabiyotlarga bo‘lgan qarashlar esa pasaytiradi va o‘z ahamiyatini yo‘qotayotganini anglatardi. I.V.Gyote aytgan fikrning birinchi qismi haqiqatga ancha yaqin bo‘lishi mumkin, boisi chindan ham XIX asrdan boshlab butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, G‘arb mamlakatlarida ham, ma’naviy va madaniy boyliklar bilan o‘rtoqlashish jarayoni ancha kuchaya boshladi. Lekin milliy adabiyotlarning o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaganligi haqidagi fikr-mulohazalariga qo‘shilish esa biroz qiyin edi. Chunki aynan o‘sha davrdan boshlab milliy mafkura tushunchasi rivojlana boshlaydi, qolaversa millatlarning shakllanishi va rivojlanishi mobaynida dunyo xalqlari adabiyotlarida ham chegaralar belgilangan edi. Haqiqatan ham XIX asrda bir vaqtning o‘zida ham jahon, ham milliy adabiy ongning rivojlanishi, bir-biriga
503 yaqinlashishi kuzatilgan bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan esa adabiyotlarning aniq chegaralari belgilab qo‘yilgandi. “Jahon adabiyoti” tushunchasining paydo bo‘lishi milliy adabiyotlar bilan qiyoslaganda yangi bir bosqichni boshlab beradi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, adabiyotshunoslikda umumiylikni milliylikka qarama-qarshi qo‘ymaslik kerak. Bunaqa holatda adabiy jarayonlarning hodisalarini barchasini, misol uchun milliy aspektga ega bo‘lmagan antik davr adabiyotini qamrab olib bo‘lmaydi. Jahon adabiyoti, shunchaki mahalliy yoki milliy adabiyotlarning yig‘indisi sifatida qaralmaydi, aksincha, bu kabi qarashlar juda ham keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlarda, xususan, V.Shlegel (1801-1804) ning ma’ruzalaridan boshlab O.Valsel yoki K.Vays, Yulius Xart, P.Vigler, Jakomo Prampolinilarning adabiyoti tarixiga oid asarlarida, Raymon Keno rahbarligida chop etilgan “Pleyada” ensiklopediyasida ham uchratish mumkin bo‘ladi. Jahon adabiyotini shu ma’noda tushunish esa bugungi kunlarda ham, eng avvalo G‘arb adabiyotining tarixiga oid asarlarda ham uchrab turadi, buni eski G‘arbdagi yevropotsentrik konsepsiyaning asorati deb qabul qilish mumkin, garchi davrimiz, umumjahon-tarixiy xarakterga ega ekanligi barchaga ayon bo‘lsa-da. Yuqorida keltirib o‘tilganlardan quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin, jahon adabiyoti deyilganda milliy va mahalliy adabiyotlar bilan qiyoslaganda yangi bir bosqichni tushunishimiz mumkin bo‘ladi, lekin bu milliy adabiyotlarning o‘ziga xos xususiyatlariga nisbatan bepisand qarash kerak degani emas, chunki mohiyatan olganda aynan ular adabiyotshunoslikdagi umumiylikning asosini tashkil qiladi. Jahon adabiyotidagi asarlarda o‘sha davrga xos barcha adabiy xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi, asarning badiiy obrazlarining tasvirlanish metodlari hamda asarning boshqa zamonlar bilan qiyosiy tahlil qilinishi bu nodir asarlarning o‘ziga xos mafkuraviy-tafakkur qilinishini anglatuvchi muhim omillardan biri sifatida aytishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, har bir zamonning o‘zida takrorlanmas badiiy ta’sir darajasi mavjud bo‘lib, uni davrlar o‘zgarishi bilan yanada qiyosiy tahlil asosida chuqur anglashimizga imkon bo‘ladi. Jahon adabiyotshunosligida Sharq va G‘arbdagi noyob durdona asarlar bo‘lishiga ham aynan o‘z davridagi nafis badiiy-estetik tasvirlarning ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Sharqona madaniyatning o‘zgacha namoyon bo‘lishi, milliy qadriyatlarning benazir tasvirlanishi, badiiy asarlarning sujeti, badiiy obrazning qurilishi, uslubiyati hamda g‘oyaviy mazmunini qiyosan o‘rganish imkoniyati mavjudligi fikrimizning isbotida aytishimiz mumkin. G‘arbda esa qiyosiy adabiyotshunoslik tarixidagi ilk bor tajribalar XVIII asrda Germaniyada amalga
504 oshirilgan bo‘lib, unda turli millatlarning ma’naviy-madaniy hamda adabiy an’analarini qiyoslagan nemis olimlari yagona Yevropa va jahon “madaniy makoni” mavjud, degan xulosaga keladilar. Adabiyotlararo aloqalar, avvalo, tarixiy hodisa sanaladi. N.I.Konrad aloqalarning bir butun adabiy jarayondagi ko‘lami, roli, shuningdek, ayrim xalqarning adabiyotlari tarixidagi mohiyati turli davrlarda va har xil tarixiy sharoitlarda turlicha ekanligini ta’kidlaydi[4:319]. Jahon adabiyotshunosligining rivojlanishida bosqichli-tipologik o‘xshashliklar, ayniqsa, bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro uzviy bog‘lanish yoki ta’siri bilan aloqada bo‘lmagan adabiyotlardagi alohida asarlar, janrlar va uslublarda, umumiy ijtimoiy-tarixiy sabablar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan u yoki bu darajadagi o‘xshashliklar namoyon bo‘lganda aniq-ravshan ko‘rinadi. Jahon adabiyotshunosligining yuksak mafkuraviy-tafakkur bilan ajralib turishligini G‘arbda yashab ijod qilgan olimlarning fikr-mulohazalar, sharqga bo‘lgan qiziqishlari va asarlarining sharq madaniyatlarga, an’analariga yo‘naltirilganligi bilan ham anglashimiz mumkin bo‘ladi. Namuna sifatida I.V.Gyotening quyidagi gaplarini keltirishimiz mumkin bo‘ladi:[3]. “G‘arb va Sharq adabiyotlarining boyib rivojlanishi ularning bir-biri bilan yaqinlashuvidadir. Sharq bilan G‘arb, o‘tmish bilan hozirgi zamon, ularning urfodatlari, an’analari, milliy qadriyatlari, muloqot va mushohadalarini biri orqali ikkinchisini tushunishni maqsad qilib qo‘yadi.” I.V.Gyote “Mag‘ribu mashriq devoni” asarida sharqning buyuk shoirlari sifatida [5] Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy hamda Sa’diy ijodlarini nozik did bilan talqil qilib, falsafiy lirika janrlarini yaratadi. Shu bilan birga shoirning devoni Sharq va G‘arb poeziyasi bir-biriga yaqin umumbashariy adabiyot ekanligini ham isbotlab beradi. Ushbu harakatlari bilan sharq adabiyoti san’atining har tomonlama mushohada qilib, qiyosiy ta’riflab, uni jahon adabiyotshunoslikning eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida asarlardagi tafakkurning eng oliy darajasini belgilab beruvchi omildir. Aminmizki, Sharq adabiyoti o‘zining mahorati, mahobati bilan ajralib turadi. Sharqning asosiy namoyondalariga Firdavsiy, Nizomiy, Attor, Rumiy, Hofiz, Sa’diy, Umar Xayyom, Rudakiy, Jomiy, Dehlaviy kabi shoirlarni keltirishimiz mumkin bo‘lib, ularning badiiy-estetik ta’siri nafaqat Sharq xalqlari, balki dunyoning ko‘pgina ilg‘or mamlakatlarining adabiyotiga qadar yetib borgan.
505 Xususan, shu o‘rinda I.V.Gyote Sharqning yetti ulkan shoirlari haqida juda baland fikrlarni bayon qilgan: “Sharqning 7 ulug‘ shoiri bor, bu safga kirmaganlarning allaqanchasi ham mendan buyukroqdir... Yana jahon she’riyatida 7 yulduz bor, ularning barchasi Sharq shoirlaridir.” Sharq adabiyotshunosligidagi asarlarning mafkurasi - bu yoshlarning ma’naviy barkamol, sharqona odob-axloqli, faol, ma’suliyatli, ona Vatanga sadoqatli bo‘lib yetishishi jamiyat, davlat taqdiri uchun g‘oyat muhimligida namoyon bo‘ladi. Adabiyotning o‘ziga xos belgilari hozirgi kungacha muhokama qilib kelinmoqda. Lingivistikaning qo‘shimcha darajalari, gapdan amaliy kontekstning ajratilishi, dunyoga badiiy bog‘liqlik - hammasi “Tilning estetik vazifasi” nomli umumiy sarlavha ostida kelishi mumkin. Estetika san’at nazariyasining tarixiy nomi bo‘lib, go‘zallik san’atning obyektiv xususiyatini, yoki tomoshabinlarning subyektiv javobini, go‘zallikning haqiqat va yaxshilikka bog‘liqligi degan muhokamalarga sabab bo‘lgan [2:23]. Zamonaviy G‘arb adabiyotida estetikaning asosiy nazariyachisi bo‘lgan Immanuel Kant uchun estetika bu - moddiy-ma’naviy dunyo, kuchlar dunyosi va g‘oyalar dunyosi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga urinishdir. Jahon adabiyotining qiyosiy-tipologik tarixining asosiy dastlabki sharti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy jihatdan rivojlanish jarayonining birligi bo‘lib, u o‘z navbatida g‘oyaviy mafkuralardan biri bo‘lgan adabiyot rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Adabiyot hamda mafkura o‘rtasidagi munosabati qanday bo‘lishini quyidagicha izohlashimiz mumkin bo‘ladi: Muayyan mafkura ko‘zlagan maqsad ancha yaqin, faqat unga ma’lum bir vaqtda erishiladi. Ya’ni, agar asar konkret mafkuranigina targ‘ib etishga xizmat qilgudek bo‘lsa, uning umri o‘sha maqsadga yetilgunga qadar bo‘ladi xolos. Holbuki, chinakam badiiy asar esa mangulikka intilmog‘i lozim, qolaversa u vaqt e’tibori bilan davr o‘zgarishi bilan ham uning maqsadlar doirasida qolib ketolmaydi. Ya’ni zamon bilan hamnafas bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Weltliteratur - жаҳон адабиёти ана шундай тушунчалардан бири. ҳисобланади. Zur Weltliteratur werden literarische Werke gezählt, die über nationale und regionale Grenzen hinweg große Verbreitung gefunden haben und die gleichzeitig als für die Weltbevölkerung bedeutsam erachtet werden. 2. Г.Халлиева, С.Султонсаидова, Ю.Бобоқулов, Д.Расулмуҳаммедова, М.Қўчқорова. “Адабиётшунослик” фанидан Ўқув-услубий қўлланма. – ТОШКЕНТ 2018. 23 бет. 3. Иоганн Вольфганг Гете. Западно-восточный диван. – Москва: "Наука", 1988. 4. Конрад Н.И. Запад и Восток. – М.: Наука, 1972. - С.319. 5. Қаюмов О. ва Азизов Қ. Чет эл адабиёти тарихи. (XVIII XX асрлар) – Тошкент: Ўқитувчи. 1987 й.