BIR TASVIR, IKKI TAFAKKUR: ERKIN VOHIDOV VA METIN ALTIOK SHE'RLARI TAHLILI
Full text
510 BIR TASVIR, IKKI TAFAKKUR: ERKIN VOHIDOV VA METIN ALTIOK SHE’RLARI TAHLILI Mamasharipova Mohiya Meliboy qizi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi, magistr. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272330 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov va mashhur Turk shoiri Metin Altiokning bir-biriga o‘xshash ikki she’rlari qiyosiy tahlil qilingan. She’rlardagi o‘xshash farqli jihatlar sharhlanib, she’rlarning asl va tarjima variantlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlari: shoir, she’r, ohang, obyekt, munosabat. Abstract: This article provides a comparative analysis of two similar poems by the people's poet of Uzbekistan Erkin Vohidov and the famous Turkish poet Metin Altıok. The similarities and differences in the poems are commented on, and the original and translated versions of both poems are presented. Keywords: poet, poem, tone, object, attitude. Аннотация: В статье проводится сравнительный анализ двух схожих стихотворений народного поэта Узбекистана Эркина Вохидова и известного турецкого поэта Метина Алтыока. Комментируются сходства и различия стихотворений, приводятся оригинальные и переводные версии стихотворений. Ключевые слова: поэт, стихотворение, мелодия, объект, отношение. O‘zbek adabiyotining zabardast vakili Erkin Vohidov she’riyatdi nihoyatda jozibador va nihoyatda qimmatli. Chunki, shoir she’rlari har qaysi zamonda ham betakror va nafis. Shoir ijodida qo‘l urilgan mavzular ham xilma-xil. Shu qadar xilma-xilki, bugun u zamonimizda har qachongidan ham dolzarb. Do‘stlik, sadoqat, muhabbat singari mavzular ila boyigan she’r dunyosida insoniyat uchun muhim bo‘lgan bashariyat muammolari ham tilga olinadi. Odamzodni ogohlikka chaqiruvchi bu she’rlar zamirida ummon-ummon ma’no yotibdi. Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun
511 O‘par doim peshonasidan [2:112]. Bundan sal kam yetmish yil oldin yozilgan bu mashhur she’rni shoir “Kamtarlik haqida” deb nomlaydi. O‘qilishi ham, yod olinishi ham nihoyatda yengil. Ammo shoir bu she’rda she’riy san’at turlaridan shu qadar ustamonlik bilan foydalanganki, natijada ko‘rib turganimiz kabi biz kundalik hayotda uchratadigan, ammo e’tibor qaratmaydigan ajoyib o‘xshatish orqali insonga nasihat qiluvchi ajoyib satrlar bunyod bo‘lgan. Shu o‘rinda esa choynak va piyoladan badiiy tasvir vositasi sifatida foydalangan yana bir shoir she’riga nazar tashlasak: neden hep boş bir bardağa yüksünmeden boyun eğer sürahi? nega doim bo’sh bir piyolaga erinmasdan egiladi choynak? Mashhur Turkiyalik shoir Metin Altiok [1:375]ning yuqorida keltirilgan she’ri bir qarashda Erkin Vohidov she’ri bilan bir xildek ko‘rinadi. Ammo, shoir Erkin Vohidov ta’rif etgan choynak piyola insonlar xarakterining majoziy ko‘rinishi hisoblansa, qardosh turk shoiri Metin Altiokning she’ri esa ritorik so‘roq shaklida yozilgan bo‘lib uning javobini kitobxon o‘zi, o‘z holicha tadbiq etadi. Misol uchun bu hodisani Yaratganning insonlarga bergan ne’matlarining adog‘i yo‘qdek, u bizga beradigan tortiqlar, garchand bo‘ynimizda gunohlarimiz ko‘p bo‘lsada, nihoyasi yo‘qdek deya tadbiq etishimiz mumkin. Shoir ta’rif etgan “erinmasdan egiladigan choynak” kabi Tangri ham insonlarga beminnat tuhfalar hadya etadi. Yoki aksincha, ota-onalarning o‘z farzandlariga ko‘rsatadigan himmatlari ham choynak va piyola juftligiga yaqqol misol bo‘la oladi, bizningcha. Bir xodisaga ikki millat shoirlarining munosabatlari bir vaqtning o‘zida o‘xshash va farqli. O‘xshashligi har ikkisining ham obyekti bir turdagi narsalarning harakati bo‘lsa, farqli jihati Erkin Vohidov she’rida timsollar aniq va ravshan ko‘rsatilgan bo‘lib bu didaktik, pand-nasihat ruhida yozilgan. Insonlarni aslida qanday yashamog‘i lozim ekanligi batafsil yoritilgan. Turk shoiri Metin Altiokning she’ri esa biroz erkinlik, ohang orqali ritorik so‘roq ustiga qurilgan bo‘lib bu bizning adabiyotimizda sarbast she’r deb ataladi. Va buni o‘quvchi kitobxon o‘z holicha sharh etadi.
512 Bizning bu kichik izlanishimiz qardosh xalq shoirlarining bir hodisaga turlicha yondoshuvlarini tahlil qilmoqda. Ammo, har ikkisni ham o‘ziga xosliklarini inobatga olsak, biz bu she’rlarni bir-biridan a’lo ham, va yoki aksincha, kam ham demoqchi emasmiz. Xulosani esa, o‘quvchi kitobxonga havola qilamiz. Foydalanilgan adabiyotlari: 1. Altiok Metin. Bir Acıya Kiracı – “Şiir parki”. 2025 2. Vohidov E. Tanlangan asarlar – Toshkent: “Sharq”. 2016 3. Yo‘ldoshev M. Turk she’riyatidan tarjimalar – www.kh-davron.uz