scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLARNING MA'NAVIY-INTELLEKTUAL SALOHIYATINI YUKSALTIRISHDA BADIIY IJODNING O'RNI

Bekimbetova Dilfuza Oralbaevna

Full text

540 YOSHLARNING MA’NAVIY-INTELLEKTUAL SALOHIYATINI YUKSALTIRISHDA BADIIY IJODNING O‘RNI Bekimbetova Dilfuza Oralbaevna, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272369 Annotatsiya: Maqolada yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish jarayoni, yoshlar sohasidagi siyosat, uning huquqiy asoslari, badiiy ijod rivojlanishining tizimli, qonuniy jarayon ekanligi, yoshlarning ma’naviy kamolotida estetik ong, estetik madaniyat, estetik qadriyatlar, badiiy ijodning tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari tahlil qilingan. Yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirishning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot sohalari bilan bog‘liqligi masalalari ko‘rib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Badiiy ijod, yoshlar siyosati, huquqiy asos, tizimli, qonuniy jarayon, ma’naviy kamolot, estetik ong, madaniyat, qadriyatlar, badiiy ijod va ijtimoiy-falsafiy masalalar. Аннотация: В статье анализируется процесс развития художественного творчества молодежи, молодежная политика, ее правовая основа, то, что развитие художественного творчества является системным, правовым процессом, вопросы эстетического сознания, эстетической культуры, эстетических ценностей, роли и значения художественного творчества в духовном развитии молодежи. Рассматриваются вопросы связи развития художественного творчества молодежи с политическими, социальными и духовными сферами жизни общества. Ключевые слова: Художественное творчество, молодежная политика, правовая основа, системный, правовой процесс, духовное развитие, эстетическое сознание, культура, ценности, художественное творчество, социально-философские вопросы. Resumi: The article analyzes the process of developing artistic creativity in young people, youth policy, its legal basis, the fact that the development of artistic creativity is a systematic, legal process, the issues of aesthetic consciousness, aesthetic culture, aesthetic values, the role and importance of artistic creativity in the spiritual development of young people. The issues of the connection of the development of artistic creativity in young people with political, social, and spiritual spheres of life are considered. Keywords: Artistic creativity, youth policy, legal basis, systematic, legal process, spiritual development, aesthetic consciousness, culture, values, artistic creativity, and socio-philosophical issues. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamoloti masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning ma’naviyatini, dunyoqarashini shakllantirish, ularda estetik ong va madaniyatni, badiiy ijodni rivojlantirish masalasi bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatda katta e’tibor qaratilayotgan masaladir. 541 O‘zbekistonda yoshlar sohasida olib borilayotgan siyosat o‘zining huquqiy asoslariga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida, “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deyilgan [1.31]. 2016-yil 14-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-406 son) qabul qilindi. Ushbu Qonunning 12.1moddasi “Madaniyat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari”, deb nomlanib, yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish masalasiga tegishli bo‘lgan vazifalar ham belgilangan edi. Moddada, madaniyat organlari - yoshlar o‘rtasida badiiy ijodiyot, xalq va havaskorlik ijodiyoti targ‘ibotini amalga oshiradi; yoshlar o‘rtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’atni, sirk, xalq amaliy san’atini va estrada san’atini rivojlantirishga, ularning g‘oyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oshirishga ko‘maklashadi; yoshlar o‘rtasidagi ommaviy-madaniy va bayram tadbirlari g‘oyaviy mazmun bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi, ijodiy uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; yoshlar o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda, konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazishda ishtirok etadi; ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z iqtidori va iste’dodini to‘laqonli namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, deyilgan edi [2]. Yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda estetik ong va madaniyatning, estetik qadriyatlarning o‘rni hamda ahamiyati ortib bormoqda. Yangi jamiyat va farovon turmush qurish, insonga munosib go‘zal hayotni barpo etish, eng avvalo, fuqarolar, yoshlarda hayotga, mehnatga, insonlararo munosabatlarga, insonning ma’naviy kamolotiga nafosatli yondashuv shakllanishini talab qilmoqda. Estetik tarbiyaning vazifasi obyektiv olam go‘zalligi xilma-xil ko‘rinishlarini ajratib yoshlar dunyoqarashini nafosat tuyg‘ulari bilan boyitib borishdan iboratdir. Estetik tarbiya insonga, eng avvalo, yoshlarga hayot va san’atdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lish, ularni baholay bilish hamda o‘zi ham go‘zalliklar yaratish tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimo aloqada 542 bo‘lib keladi. Badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang-barangliklar olamini inson tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismidir [3.459]. Yoshlarning ma’naviy kamoloti va estetik tarbiyasida badiiy ijod jarayoni muhim o‘rin tutadi. Badiiy ijod – yuksak ma’naviy voqelikni aks ettiruvchi badiiy obrazlarni turli janr va ifodaviy uslubda yaratishga qaratilgan insonning aqliy faoliyatidan iborat bo‘lib, u adabiyot, me’morchilik, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy san’at, musiqa, raqs, teatr, kino va inson faoliyatining boshqa turlarini o‘z ichiga qamrab oladi [4]. Bugungi kunda O‘zbekistonda badiiy ijodni rivojlantirish uchun barcha shartsharoitlar yaratilgan bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarida badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llabquvvatlash, O‘zbekistonda madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llab-quvvatlash hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. 2023-yil 11-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmonga 1-ilovadagi 39 –maqsad - “O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish”, deb nomlangan. Ushbu maqsadga ko‘ra O‘zbekistonda – kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish, har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish, “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” ko‘p jildlik, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini o‘zbek tilida nashr qilish, 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish belgilangan [5]. Shuning uchun bugungi kunda O‘zbekistonda jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongi-tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar, ularning ijtimoiy faolligi, ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston 543 Respublikasida 30-iyun – Yoshlar kuni deb belgilangan. 2020-yil 30-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan bo‘lib, ushbu farmonga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlikning vazifasi va faoliyat yo‘nalishi sifatida esa yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi vazifalar belgilandi. Prezident farmoniga ko‘ra O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ushbu dasturga ko‘ra O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish kabi masalalar ko‘zda tutildi. Shuni ham qayd etish kerakki, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari tuzilgani, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etilgani yurtimizda soha rivoji sari qo‘yilgan yirik amaliy qadamlar bo‘ldi. Yanada muhimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2024-yil yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi va bu borada Davlat dasturi tasdiqlandi [6]. Globallashuv, axborotlashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, fuqarolarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Ushbu jarayonda esa yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va ularda badiiy ijodni rivojlantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish ko‘p millatli O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarining amal qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa xalqlar, millatlarning madaniyati, qadriyatlari, ma’naviy boyliklari bilan tanishish xalqlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanib borishiga olib keladi. Ushbu jarayonda yoshlarda badiiy ijodni rivojlantirish masalasiga e’tibor kuchayib, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida tinchliktotuvlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 544 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023-y 31-b. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 14.09.2016 yil. O‘RQ-406-son. https://lex.uz/docs/3026246 3. Quvvatov S.I. Yosh avlodni barkamol ruhda tarbiyalashda estetik tarbiyaning tutgan o‘rni xususida. O‘zbekiston-Finlyandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plami. – Samarqand: O‘zbekiston, 2024-y 24-25-may 459bet. 4. Badiiy ijod erkinligi kafolatlanadi. https://parliament.gov.uz/oz/articles/1459 5. https://lex.uz/ru/docs/6600413 6. Yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi. https://parliament.gov.uz/oz/articles/2097