"QARG'A VA PAXTA" ERTAGI MATNI USTIDA ISHLASH
Full text
558 “QARG‘A VA PAXTA” ERTAGI MATNI USTIDA ISHLASH Boboqulova Nafosat Qaxorovna Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 3-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi E-mail:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272379 Annotatsiya. Ushbu maqolada ertaklarning tuzilishi, shakllari, ishlatilishi va turlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ushbu maqola 4-sinf o‘qish savodxonligi darsligida keltirilgan „Qarg‘a va paxta“ ertagi matni bilan ishlash usullarini aks ettiradi. Maqolada ertakni tahlil qilish, uning mazmunini tushunish, qahramonlarning harakatlarini baholash va tarbiyaviy xulosalar chiqarishga qaratilgan uslubiy yondashuvlar yoritilgan. Kalit so‘zlar. „Qarg‘a va paxta“ ertagi, matn ustida ishlash, ertak turlari, xalq og‘zaki ijodi, to‘qima, uydirma. Annotation. This article provides information about the structure, forms, usage, and types of fairy tales. It also reflects the methods of working with the text of the fairy tale “The Crow and the Cotton”, presented in the 4th-grade Reading Literacy textbook. The article highlights methodological approaches aimed at analyzing the fairy tale, understanding its content, evaluating the characters’ actions, and drawing educational conclusions. Keywords. Fairy tale, tale “The Crow and the cotton", work on the text, types of fairy tales, folk oral creativity, weaving, fiction. Аннотация. В статье рассматриваются особенности жанра сказки: её структура, формы, сферы, применения и основные виды отдельное внимание уделено анализу сказки “Ворона и хлопок" включённой в учебник по читательской грамотности для 4 класса. Раскрываются методы и приёмы работы с данным текстом, направленные на развитие у младших школьников навыков анализа понимания художественного произведения и формирования читательской компетентности. Ключевые слова. Сказка "Ворона и хлопок", работа над текстом, видами сказок, устным народным творчеством, фактурой, вымыслом. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator islohotlar Vatanimiz istiqboli, sarhadlarimiz tinchligi, eng muhimi yosh avlodning ma’nan yuksak va salohiyatli komil inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani hech kimga sir emas, albatta. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks choratadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ham yoshlarning kitobxonlik malakasini yuksak saviyaga ko‘tarish uchun, avvalo, kitobxonlik ko‘nikmasini bolalikdan shakllantirish lozimligi, demakki, ularning bo‘lg‘usi muallimlarini aynan oliygohlarda,
559 mutaxassislik kasblarini egallash jarayonida badiiy asar mohiyatini tog‘ri ilg‘ashga, adabiy janrlarni idrok eta bilishga e’tibor qaratish har jihatdan muhimligini ayonlashtiradi. Shuningdek, Prezidentimizning turli nutq va ma’ruzalarida ta’kidlanganidek, madaniyat sohasida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlarimizni haqiqiy san’atni anglashga o‘rgatish, ularning estetik olamini sog‘lom asosda shakllantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanishi diqqatga sazovor.[1] Har bir insonning bolalik chog‘larida onasi so‘zlab bergan ertaklari bir umr qalbida muhrlanib qoladi. Bir-biridan qiziq va sarguzashtlarga boy ertaklar adabiyot olamiga olib kirar ekan, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qilishi, beg‘ubor qalbli insonlarning yanada ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Ertak — xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri, toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-gʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, ertaklarni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertaklar, hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar syujeti mo‘jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol
560 harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi. Ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga boʻlinadi. Ertaklar turli mavzularda bo‘lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo‘linadi. Ertak o‘qish bilan bog‘liq holda, qo‘g‘irchoqlar, qo‘g‘irchoq teatri uchun bezaklar, soya teatri uchun hayvonlar va odamlarning haykalchalarini yasash mumkin. Ertak kompozitsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha elementar kuzatishlar o‘tkazilishi kerak, chunki bu kuzatishlar bolalar tomonidan ertakni idrok etish ongini oshiradi. I-II sinflarda bolalar uch marta takrorlashning ertak usullariga duch kelishadi va bu ertakni eslab qolishga yordam berishini payqashadi. Ertak bilan ishlashda (bolalar o‘qish, kattalar ovoz chiqarib o‘qish, ertaklarni qayta hikoya qilish va boshqa turlarga ko‘chirishning turli shakllari) uning xususiyatlarini ko‘rsatish, bolalar bilan birgalikda uning ma‘nosiga erishish, ertaklardan keng foydalanish kerak. Ertak bolalarni estetik tarbiyalash va ularning san’atdan zavqlanish manbai sifatida tan olinadi. Ertakni o‘rganishning eng yaxshi usuli - uni sahnalashtirish. Bunga ertakning dialoglar bilan boyligi yordam beradi. Bolalar kattalar rahbarligida ertak syujeti asosida senariy tuzadilar. Bu ish ertakni idrok etishning ishonchli usulidir. Ertaklarni o‘qishda intonatsiya katta ahamiyatga ega. Noto‘g‘ri intonatsiya “ertak olamining illyuziyasini yo‘q qiladi”. Ertak zerikarli, qiziq bo‘lmagan, rangsiz bo‘lib, undagi temperament, shaxsiyatning aksi, o‘ziga xos ma’no tuslari yo‘qoladi. Ertakning nutqi sodda, takrorlash matnga yaqin bo‘lishi kerak (kulgi, o‘yin yoki qayg‘u bilan).[2] O‘qituvchilar uchun ertak materiali asosida bolalarni estetik tarbiyalash muammosi ayniqsa muhimdir. Badiiy adabiyot, jumladan, ertak dunyoning obrazli aksi sifatida o‘quvchidan idrok etishning alohida sifatlarini talab qiladi: – ijodiy tasavvur, rivojlangan mushohada; – obrazli so‘zning tuyg‘ulari, muallif pozitsiyasi va asarning uyg‘un yaxlitligi; – adabiy qahramonlar xatti-harakatlarining ichki psixologik motivlarini tushunish. Bu xislatlar o‘z jamligida idrokning alohida turini – estetikani tashkil etadi. Binobarin, ertak bilan jiddiy, o‘ylangan ish o‘quvchining adabiyotga kirishishidanoq juda muhimdir.
561 Boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar ko‘proq rasmli ertaklarga qiziqadi. Qolaversa, ularning ko‘z o‘ngida yanada aniqroq gavdalangandek tez va oson anglashlariga yordam beradi. Rasmli holatda berilmagan ertaklarni esa bolajonlar o‘z ixtiyorlari bilan tasvirlar ekanlar yangi kashfiyot yaratayotgandek mehr bilan yondashishlari ijodkorligini ham shakllantirishga bevosita undaydi. Bunday topshiriqlarga har bir bola o‘zining ijod namunasini yaratishda o‘z tasavvur boyligidan foydalanadi. Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi. 4-sinf o‘qish savodxonligi (I qism) darsligida berilgan Nasiba Erxonova qalamiga mansub “Qarg‘a va paxta” ertagi ham tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. Ertakni o‘qigan bolalar har bir foydalanayotgan narsalarini ortida katta mehnat evaziga tayyor bo‘lishini uqib oladilar. Ertak mazmuni bilan tanishishdan avval topishmoq va rasmli tasvirlar juda chiroyli aks ettirilgan: Ushbu tasvirlar bolalarning ertakka qiziqishini yanada uyg‘otadi. Ertakda tasvirlanishicha, qarg‘a insonlarni tilini biladi. Bu yoshdagi bolalar hayvonlar inson tilida gapira olmasligini yaxshi bilishadi, lekin ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Qarg‘a paxta dalasidan o‘tib ketayotganda, paxtakorlarning: – Bu tergan paxtalarimiz yog‘ bo‘ladi, kiyim-bosh bo‘ladi, – deya suhbatlashishayotganini eshitibdi. Shunda qarg‘a paxtadan bir dona chigitni olib, di-da: – Tikuvchi xola menga shu chigitdan ko‘ylak tikib bering, – debdi.[3]
562 Avval chigitni dehqonga olib borishini, chigitni ekkanidan so‘ng paxtaga aylanishini aytadi. Dehqon bahor, yoz, kuzda mehnat qilib, chigitni o‘stirib, g‘o‘zadagi chanoqlarda ochilgan lo‘ppi paxtalarni terib oladi. Qarg‘a paxtani olib tikuvchining yoniga borganida, shoshqaloqlik qilmasdan paxtani yigiruvchiga olib borib, ip holiga keltirishini aytadi. Ip yigiruvchi paxtani chigitlardan ajratib, urchuqda aylantirib, ip qilib beradi. Qarg‘a ipni olib borib ko‘ylak tikib berishini aytganida, ipdan ko‘ylak tikib bo‘lmasligini, uni to‘quvchiga olib borishi, to‘qilgan ipdan mato tayyorlashini aytib o‘tadi. So‘ng oppoq matoni chiroyli gazlamaga aylantirish uchun gul bosuvchiga jo‘natadi. Tikuvchi uch kunda qarg‘avoyning egniga mos chiroyli ko‘ylak tikib beradi. Qarg‘avoyning qo‘shnilari havas qilib qarashganiga bu ko‘ylakning ortida juda ko‘p insonlarning mehnati singganini aytib beradi. Hamma qushlar o‘sha insonlarning mehnatiga tasannolar aytishadi.
563 O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida ertakdagi qahramonlarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar. Bular orqali ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar. Ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. Ertak ustida ishlashda o‘quvchilarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytib berish og‘zaki nutqni o‘stiradi hamda o‘quvchilar nutqini boyitadi. Yuqoridagi savollar asosida ertak mohiyatini yanada anglab yetish uchun mustahkamlovchi savoldan foydalaniladi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.[4]
564 Ushbu topshiriqlar ertakning mazmunini yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda ertak o‘qish metodikasini axborot texnologiyalari va interfaol usullar yordamida shakllantirish o‘quvchilarning o‘qish, tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ertaklar yordamida o‘quvchilarga nafaqat til va adabiyot asoslarini, balki axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy tushunchalarni o‘rgatish mumkin. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va innovatsion metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Yoshlarning badiiy adabiyotga qiziqishi ham aslida ertaklar olamidan boshlanishini unutmasligimiz lozim. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish — xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir (O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruza) O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2017-yil, 4-avgust. 2. Jumayev R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda ertaklar o‘rni. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2024-yil. № 2). 119—b. 3. Toirova M. O‘qish savodxonligi. 4-sinf. I qism. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik. – Toshkent: 2023. 35-b. 4. Matchоn S. Kitоb о‘qishni bilasizmi? – Toshkent: О‘qituvchi, 1993.47-b. 5. Google.uz 6. Ziyonet.uz