TO'LOVGA QOBILIYATSIZLIK TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI
Abstract
Maqolada to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) tizimida raqamlashtirish jarayonlarining dolzarbligi yoritilgan. An’anaviy qog‘oz shaklidagi ma’lumot almashinuvi va byurokratik jarayonlarning samaradorlikni pasaytirishi, shuningdek, sun’iy bankrotlik holatlari iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sud boshqaruvchilarning faoliyati yengillashishi, kreditor va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligi ta’minlanishi, korrupsion xavflar kamayishi hamda xalqaro standartlarga mos tizim shakllanishi ilmiy asoslarda tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirishni jadallashtirishning ahamiyati ochib berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 585 TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI Ikromov Xojiakbar Akrom o’g’li Davlat aktivlarini boshqarish huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, ish yurituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17272748 Annotatsiya. Maqolada to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) tizimida raqamlashtirish jarayonlarining dolzarbligi yoritilgan. An’anaviy qog‘oz shaklidagi ma’lumot almashinuvi va byurokratik jarayonlarning samaradorlikni pasaytirishi, shuningdek, sun’iy bankrotlik holatlari iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sud boshqaruvchilarning faoliyati yengillashishi, kreditor va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligi ta’minlanishi, korrupsion xavflar kamayishi hamda xalqaro standartlarga mos tizim shakllanishi ilmiy asoslarda tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirishni jadallashtirishning ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik, raqamlashtirish, elektron reyestr, sud boshqaruvchisi, kreditor, qarzdor, sun’iy bankrotlik, shaffoflik, korrupsiya, xalqaro tajriba, elektron sud, monitoring, Raqamli O‘zbekiston – 2030. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarini qamrab olmoqda. Shu jumladan, to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) tizimi ham raqamlashtirish jarayonlariga moslashishni talab qilmoqda. An’anaviy jarayonlarda ma’lumot almashinuvi qog‘oz shaklida, sud organlari, kreditorlar va boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi aloqa esa ko‘p vaqt va resurs talab etadi. Raqamlashtirish ushbu muammolarni bartaraf etish va tizim samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2020-yildagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020-yildagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvoffiq mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [1,2]. Barchamizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar kuchli raqobat muhitida faoliyat yuritadi. Raqobatbardosh bo‘lolmagan korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim hollarda korxona ochilishidan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy faoliyat yuritish emas, balki boshqa manfaatlarni ko‘zlash bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda korxonalar qisqa muddatli faoliyatdan so‘ng sun’iy tarzda to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga olib kelinadi. Bu jarayon esa nafaqat kreditorlarning manfaatlariga zarar yetkazadi, balki umumiy iqtisodiy muhitning barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday sharoitda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimining shaffof va tezkor ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamlashtirish ushbu jarayonlarda kreditor va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarni ochiq-oydin yuritish, sun’iy bankrotlik holatlarini erta aniqlash va oldini olish
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 586 imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, to‘lovga qobiliyatsizlik tizimida raqamlashtirish masalasi nafaqat dolzarb, balki iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida qaralishi zarur. Sud boshqaruvchilarning faoliyati murakkab va ko‘p bosqichli jarayonlardan iborat bo‘lib, ular qarzdor korxona moliyaviy ahvolini o‘rganish, aktivlarni hisobga olish, kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish hamda sud organlariga muntazam hisobot taqdim etish kabi mas’uliyatli vazifalarni bajaradi. Raqamlashtirish ushbu faoliyatni sezilarli darajada yengillashtiradi. Avvalo, yagona elektron reyestr va ma’lumotlar bazalari orqali sud boshqaruvchisi korxona haqidagi zarur moliyaviy ma’lumotlarni tezkor va aniq tarzda olishi mumkin bo‘ladi. Bu qog‘oz hujjatlar bilan ishlashdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytiradi va vaqtni tejaydi. Shuningdek, elektron platformalar kreditorlar yig‘ilishlarini tashkil etish, ovoz berish jarayonlarini o‘tkazish va qarorlarni hujjatlashtirish imkoniyatini beradi. Natijada inson omiliga bog‘liq xatoliklar kamayadi, jarayonning shaffofligi va aniqligi oshadi. Raqamli tizimlar yordamida sud boshqaruvchisi masofadan turib ham korxona faoliyatini kuzatishi, sud majlislarida onlayn qatnashishi va zarur hujjatlarni elektron shaklda topshirishi mumkin. Bu esa ularning ish yuklamasini sezilarli darajada kamaytiradi. Eng muhimi, raqamlashtirilgan tizimlar orqali qarzdor korxonalarda sun’iy bankrotlik alomatlarini erta aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Moliyaviy oqimlar va qarzdorlik dinamikasini avtomatik kuzatish sud boshqaruvchisiga tezkor tahlil qilish va noqonuniy harakatlarning oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, hisobotlarni elektron shaklda shakllantirish va topshirish jarayoni nafaqat ishni soddalashtiradi, balki ularning aniqligi va to‘liqligini ham ta’minlaydi. Natijada, sud boshqaruvchilarning faoliyati yanada samarali va shaffof bo‘lib, ularning ishiga bo‘lgan ishonch kuchayadi. Raqamlashtirish orqali kreditorlar va davlat organlari boshqaruvchi faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa korrupsion xavflarni kamaytirib, tizimning umumiy ishonchliligini oshiradi. Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, elektron platformalar sud boshqaruvchilari uchun qulayliklar yaratibgina qolmay, butun to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. To‘lovga qobiliyatsizlik tizimida raqamlashtirishning dolzarbligi bir necha yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: - Shaffoflik va tezkorlik. Elektron platformalar orqali kreditorlar va qarzdorlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan ma’lumot almashinuvi aniq va tez amalga oshadi. Bu sud jarayonlarida ham samaradorlikni oshiradi. - Ma’lumotlar bazasi va monitoring. Yagona elektron reyestr orqali bankrotlikka oid barcha ishlar, qarorlar va statistik ma’lumotlar jamlanadi. Bu esa davlat organlariga monitoring va tahlilni soddalashtiradi. - Raqamli sud jarayonlari. Masofaviy sud majlislari, elektron ariza topshirish, onlayn kuzatuv mexanizmlari tizimning ochiqligini ta’minlaydi. - Korrupsion xavflarni kamaytirish. Jarayonlarning avtomatlashtirilishi inson omilini kamaytiradi, bu esa halollikni kuchaytiradi. - Xalqaro tajriba. Rivojlangan davlatlarda bankrotlik tizimida elektron reyestrlar va masofaviy boshqaruv tizimlari keng joriy qilingan bo‘lib, bu tajriba O‘zbekiston uchun ham dolzarb.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 587 To‘lovga qobiliyatsizlik tizimida raqamlashtirish nafaqat samaradorlik va shaffoflikni oshiradi, balki ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish, xalqaro standartlarga moslashish hamda investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi. Shu boisdan, O‘zbekiston sharoitida mazkur jarayonni jadallashtirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020 yildagi PQ-4699-son - https://lex.uz/docs/-4800657 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son - https://lex.uz/docs/-5030957