scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUG'URTA XIZMATLARIDA BIZNES JARAYONLARNI TRANSFORMATSIYA QILISH: O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA TA'SIRI

Ilyosov Tursunboy G'iyosjon o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishda biznes jarayonlarni transformatsiya qilish va raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Raqamlashtirish sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va mijozlarga qulaylik yaratishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sug‘urta bozorida innovatsion boshqaruv yondashuvlari, onlayn platformalar va big data texnologiyalari asosida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi hamda milliy sug‘urta tizimi uchun strategik istiqbollar yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 588 SUG‘URTA XIZMATLARIDA BIZNES JARAYONLARNI TRANSFORMATSIYA QILISH: O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI Ilyosov Tursunboy G‘iyosjon o‘g‘li “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ Bosh direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17272756 Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishda biznes jarayonlarni transformatsiya qilish va raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Raqamlashtirish sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va mijozlarga qulaylik yaratishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sug‘urta bozorida innovatsion boshqaruv yondashuvlari, onlayn platformalar va big data texnologiyalari asosida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi hamda milliy sug‘urta tizimi uchun strategik istiqbollar yoritiladi. Kalit so‘zlar: sug‘urta xizmatlari, biznes jarayonlar, transformatsiya, raqamli texnologiyalar, moliyaviy samaradorlik, innovatsion boshqaruv, onlayn platformalar, big data, O‘zbekiston sug‘urta bozori. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida sug‘urta xizmatlari bozorini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sug‘urta kompaniyalarining biznes jarayonlarini tubdan o‘zgartirishga, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirishga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga, biznesni boshqarishda innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tadqiqotlardan foydalanish moliyaviy samaradorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning raqamli iqtisodiyotga transformatsiya jarayoni, sug‘urta bozori, sug‘urta tashkilotlarining innovatsion faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, “O‘zbekiston yangi taraqqiyot sari intilmoqda, mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotda iqtisodiy, siyosiy, tuzilmaviy va ijtimoiy islohotlar keskin sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda, ilmiy innovatsion muhit, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalar rivojlanishning yangi qirralarini zabt etmoqda” [1]. Xususan, big data, sun’iy intellekt va onlayn platformalar asosida sug‘urta jarayonlarini avtomatlashtirish nafaqat xarajatlarni qisqartiradi, balki mijoz ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish va individual yechimlar taklif qilish imkonini beradi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarida raqamli transformatsiyaning moliyaviy samaradorlikka ta’siri va strategik rivojlanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Jahon iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimini takomillashtirish yuqori moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash, davlatning ijtimoiy funksional vazifalarini samarali tashkil etishda hamda moliyaviy resurslarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 589 Zero, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari, xususan, xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy tahlil instrumentlarini joriy etish orqali sug‘urta tashkilotlari faoliyatida barqaror kapitallashuv darajasiga va moliyaviy resurslar samaradorligini oshirishga imkon yaratishi mumkin. Shu o‘rinda alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihati borki, moliyaviy samaradorlikning oshishi nafaqat mamlakat iqtisodiyotining samaradorligiga, balki investitsiyaviy jozibadorlikka, investitsiya oqimlariga va sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarining yuksalishiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [2]. Dunyo bo‘ylab davom etayotgan moliyaviy inqirozlar, tabiiy va texnogen baxtsiz hodisalarga qaramay, sug‘urta tashkilotlarida riskni boshqarish, anderrayting siyosati, sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bilan ishlash amaliyoti ham davlat nuqtai nazardan hamda xususiy sektorda ham takomillashib bormoqda. Jahondagi global raqamli transformatsiya sharoitida sug‘urta biznesi va modelini tubdan o‘zgartirish, tez o‘zgarib borayotgan bozorda sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda sohaga yangi raqamli texnologiyalar va yondashuvlarni joriy qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. «2022 yilda jahon bo‘yicha sug‘urta sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,6 foizni tashkil etgan» [3]. O‘zbekistonda esa, ushbu ko‘rsatkich 0,34 foizdan 0,7 foizga oshgan. «So‘nggi yillarda dunyo aholisi jon boshiga o‘rtacha 650-700 AQSH dollari miqdorida sug‘urta mukofoti to‘g‘ri kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich taxminan 150 AQSH dollarni, O‘zbekistonda esa, o‘rtacha 15 AQSH dollarni tashkil etadi» [4]. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy samaradorligini boshqarish uning barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu jarayon to‘rtta asosiy tamoyilga asoslanadi (1-rasm). Strategik rejalashtirish uzoq muddatli maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. 1-rasm. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy samaradorligini boshqarish tamoyillari 1 Moliyaviy resurslarning optimal boshqarishi kapital va zaxiralarning samarali taqsimlanishini nazarda tutadi. 1 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarishning asosiy tamoyillari Kompaniya faoliyatini strategik rejalashtirish Korporativ boshqaruv va nazorat Kompaniya moliyaviy resurslarini (zaxiralar, xususiy kapital) optimal boshqarish Anderrayting siyosatini amalga oshirish va risklarni samarali boshqarish INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 590 Yaxshi korporativ boshqaruv shaffoflik va hisobdorlikni oshiradi, xolisona risklarni boshqarish esa kompaniyani kutilmagan yo‘qotilardan himoya qiladi. Sug‘urta tashkilotlariga moliyaviy samaradorlikni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida samaradorlikni baholash metodologiyalarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar orqali moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtirish hamda tadqiq etish kabi masalalar e‘tirof etilmoqda. Shu bilan birga, resurslardan samarali foydalanishni ta‘minlash, zarar bilan ishlayotgan sug‘urta tashkilotlarini transformatsiya qilish va faoliyat natijalarini natijaviylik va samaradorlik mezonlari asosida baholash muhim omil sifatida qaralmoqda. Ushbu tamoyillarning integratsiyasi sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamligi va bozorda muvaffaqiyatli ishlashining asosiy garovi hisoblanadi. 2-rasm. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy samaradorligini boshqarishning funksional elementlari 2 Zamonaviy sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarishda murakkab tizimli jarayon ekanligi, uning samaradorligi bir qator funksional elementlarning integratsiyasiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin (2-rasm). Ushbu elementlar tizimi, birinchi navbatda, moliyaviy va operatsion hisobot yordamida kompaniyaning joriy holati va faoliyat natijalarini aniq aks ettirishni nazarda tutadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ahamiyatli jihati axborot-ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga, ya’ni ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlashning zamonaviy usullaridan foydalanishga bevosita bog‘liq. Tezkor moliyaviy boshqaruv instrumentlari operativ moliyaviy vaziyatni nazorat qilish va kerak bo‘lganda darhol chora ko‘rish imkonini beradi. Moliyaviy monitoringning tizimli xarakteri kompaniya moliyaviy holatining uzluksiz kuzatilishi va barqarorligini ta’minlaydi. Riskni boshqarishda aktuar hisob-kitoblari va ehtimollik nazariyasiga asoslangan yondashuvlar sug‘urta risklarini baholash va ularga zarur zaxiralar ajratishning ilmiy asosini tashkil etadi. 2 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarishning funksional elementlari Moliyaviy va faoliyat yuzasidan rejalashtirish Tezkor moliyaviy boshqaruv instrumentlari majmuasi Boshqaruvda axborot ma’lumotlari bilan ishlash Tizimli moliyaviy monitoring Risklarni boshqarishda aktuar yondashuvlar INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 591 Ushbu barcha funksional elementlarning o‘zaro muvofiqlashgan holda ishlashi sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamligi, to‘lov qobiliyati va bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlaydigan yagona mexanizmni hosil qiladi. Ammo, so‘nggi yillarda sug‘urta tashkilotlarida to‘lov intizomi bilan bog‘liq muammolar natijasidagi yuqori debitorlik qarzlari, yuqori tannarx xarajatlari hisobiga past darajadagi aktivlar rentabellik, majburiyatlar va soliqlar hisobiga yuqori xarajatlar natijasidagi xususiy kapital rentabelligining past darajasi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil etish bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bu muammolarni oldini olish bilan bog‘liq bir qancha ko‘rsatkichlar orqali tahlil qilish mumkin. 3-rasm. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarish ko‘rsatkichlari tizimi umumlashgan elementlar 3 Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy samaradorligini baholashda ko‘p o‘lchovli ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanilib, tizimning asosini to‘rtta fundamental element tashkil etadi (3rasm). Birinchi navbatda, moliyaviy natijalar samaradorligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar (ROA - aktivlar rentabelligi, ROE - kapital rentabelligi, ROS - sotuvlar rentabelligi) kompaniyaning aktivlar va kapitaldan foydalanish samaradorligini, shuningdek, operatsion faoliyatning daromadliligini baholash imkonini beradi. Ikkinchi guruhga kiruvchi muvozanatlashgan moliyaviy holat ko‘rsatkichlari tashkilotning to‘lovqobilligi, likvidligi va moliyaviy barqarorligini ifodalaydi. Uchinchi komponent - ishonchlilik va obro‘ga oid ko‘rsatkichlar mijozlar ishonchi, bozordagi imidj va brend qadri kabi nomoddiy aktivlarning moliyaviy samaradorlikka ta‘siri orqali o'lchanadi. To‘rtinchi element sifatida korporativ boshqaruv ko‘rsatkichlari moliyaviy resurslarning adolatli va samarali boshqarilishi, shaffoflik va hisobdorlik darajasini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkichlar tizimi sug'urta tashkilotining moliyaviy salomatligini har tomonlama baholash, strategik qarorlar qabul qilish va raqobatbardoshligini ta’minlash imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. 3 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy samaradorlikni boshqarish ko‘rsatkichlari Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy natijalari samaradorlik ko‘rsatkichlari (ROA, ROE, ROS) Muvozanatlashgan moliyaviy holat ko‘rsatkichlari Ishchanlik obro‘si bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar Korporativ boshqaruv, moliyaviy resurslarni adolatli boshqarish INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 592 2. Karshiev N.O. Optimizing financial management in SOEs: lessons from Uzbekistan and other Central Asian countries // Journal of international scientific research. ISSN: 30303508. Volume 2. ISSUE -6. P. -275-280 3. https://www.iii.org/publications/a-firm-foundation-how-insurance-supports-theeconomy/driving-economicprogress/contribution-togdp#:~:text=A%20Firm%20Foundation%3A%20How%20Insurance%20Supports %20the%20Economy&text=Gross%20domestic%20product%20(GDP)%20is,GDP%20stoo d%20at%202.6% 20percent. 4. www.napp.uz ma’lumotlari asosida muallif hisob kitobi