GAZLAMALARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY KO'RSATKICHLARI
Abstract
Ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri aholini sifatli hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta’minlashdir. Buning uchun esa avvalo ishlab chiqarilayotgan buyumlarning, tashqi muhitga ta’sirini, ekologik xususiyatlarini, inson salomatligiga ta’sirini hisobga olish zarur. Zamonaviy talablarga javob beradigan buyumlarni ishlab chiqarishda ularni tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi gazlamalarning xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur. Ayniqsa, matolarning inson sog‘ligiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak.
Full text
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 88 GAZLAMALARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI M.Y.Suvonova Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] S.N.Ernaqulov Xalqaro innovatsion universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri aholini sifatli hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta’minlashdir. Buning uchun esa avvalo ishlab chiqarilayotgan buyumlarning, tashqi muhitga ta’sirini, ekologik xususiyatlarini, inson salomatligiga ta’sirini hisobga olish zarur. Zamonaviy talablarga javob beradigan buyumlarni ishlab chiqarishda ularni tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi gazlamalarning xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur. Ayniqsa, matolarning inson sog‘ligiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Kalit so‘zlar: Ishlab chiqarish, ekologik xususiyati, korxona,tikuvchilik mahsulotlari, bozor iqtisodiyoti, tashqi muhit, inson salomatligi, sifati, baholash usullari, sanoat, sifatli, sarflash, yorug‘lik, namlik, ishqalanish. Kirish. O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishi uni boshqarayotgan mutaxassislarning malakasi, tajribasi boshqaruvchanlik qobiliyati kabi qator omillarga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri aholini sifatli hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta’minlashdir. Buning uchun esa avvalo ishlab chiqarilayotgan buyumlarning, tashqi muhitga ta’sirini, ekologik xususiyatlarini, inson salomatligiga ta’sirini hisobga olish zarur. Mamlakatimizdagi tikuvchilik sanoati aholini sifatli va bejirim kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi lozim. Zamonaviy talablarga javob beradigan buyumlarni ishlab chiqarishda ularni tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi gazlamalarning xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur. Ayniqsa matolarning inson sog‘ligiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Tikuvchilik gazlamalaridan ratsional foydalana olish va yuqori sifatli kiyim-kechak tikish uchun ularning assortimentini, xususiyatlarini va sifatini yaxshi bilish zarur. Bundan tashqari, tikish uchun gazlamalarni tanlash paytida ularning tuzilishini, olish usullarini, ularga xos ekologik xossalarini aniqlash, sifatini baholash usullarini ham bilish kerak.Gazlamalarning barcha xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 89 mumkin:1-o‘lchash va vazniy xususiyatlari; 2-mexanik xususiyatlar; 3-fizik xususiyatlar; 4-gazlamalarning kirishishi; 5-gazlamalarningturli yemiruvchi omillar ta’siriga chidamliligi. Gazlamalarning uzunligi tikuvchilikda ularni bichish jarayonida katta ta’sir etadi. Bu yerda gazlamalarni tejab sarflash maqsadida tayyorlash – bichish, bir xil uzunlikdagi to‘plarni tanlash, to‘shamani taxlash, uning uzunligini belgilash ishlari to‘plar uzunligiga moslab bajariladi. To‘plar uzunligi har xil bo‘lganligi sababli, tikuv korxonalarida uni aniqlash uchun o‘lchash-saralash mashinalari yoki stollar qo‘llaniladi. To‘plarning uzunligi gazlamalarning qalinligi va og‘irligiga bog‘liq. Gazlamaning issiqni saqlash xususiyati, qattiqligi, yemirilishga chidamliligi, havo o‘tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning qalinligiga bog‘liq. Gazlamaning qalinligi iplarning yo‘g‘onligi, o‘rilish turi, gazlama zichligi va pardoziga bogliq. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gazlamalarning ekologik xususiyatlari inson salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tolalarning gigiyenik xossalari kishilarning sog‘ligini saqlashda yordam beradi. Bularga tolalarning gigroskopligi, havo o‘tkazuvchanligi, issiq saqlash xossalari va hokazolar kiradi. Tolalarning tashqi muhit ta’sirida qarshilik ko‘rsata olishi ya’ni yorug‘lik, namlik ter va shuningdek ishqalanish , yuvish, ho‘llab dazmollash va hokazo omillar ta’siriga chidamliligi buyumlarning tuzishiga chidamliligini belgilaydi. Gazlamalarning g‘ijimlanuvchanligi ularning salbiy xususiyatlaridan biridir. U buyumning ko‘rinishini buzadi.Oson g‘ijimlaniladigan gazlamalar tez ishdan chiqadi,chunki bukilgan va bo‘rmalangan joylarda ancha ishqalanadi. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligi deganda,ularning g‘ijimlanishga qarshilik ko‘rsatishi va g‘ijimlangandan keyin o‘zining dastlabki holatiga kelishi tushuniladi. Gazlamalarning gigroskopligi, havo va bug‘ o‘tkazuvchanligi, chang yutuvchanligi, elektrlanuvchanligi, optik va issiqni saqlash xususiyatlarining barchasi kiyimning inson badanini kun hamda havo issig‘i va sovug‘idan, yog‘ingarchiligidan, chang va boshka atrofdagi muhitlardan saqlay olishini, kiyim ostidagi bo‘shliqdan o‘z vaqtida ortiq namlikni, bug‘ va gazlarni chetlashtirishini va bu yerda inson badanining harakati uchun kerakli iqlimni saqlashni, ya’ni kiyimlarning gigiyenikligini tavsiflaydi. Bu xususiyatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Gazlamaning shimish qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlar; 2. Gazlamalarning o‘zidan havo, suv, bug‘ va xokazolarni o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlar; 3. Gazlamalarning turli haroratlar ta’siriga munosabatini tavsiflaydigan xususiyatlar; 4. Gazlamalarning optik xossalari;
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 90 5. Gazlamalarning elektrlanuvchanligi. Gazlamalarning elektrlanuvchanligi ularning hosil qiluvchi tolalarning kimyoviy tuzilishi va gigroskopligiga, atrofdagi havo namligiga, o‘rilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha gazlamalarning elektrlanuvchanligi - bu salbiy xususiyat. U gazlamalarni va buyumlarni tayyorlash jarayonini qiyinlashtiradi. Kiyib yurganda esa kiyim tez kir bo‘ladi, badanga yopishadi va odam o‘zini noqulay his qiladi. Inson terisiga tegib turganda gazlamalarning musbat zaryadli elektr maydoni odamning asab, yurak-tomir turkumiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada gazlamalar orasida ipak matosining ko‘rsatkichlari ijobiy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda aynan fondlardan, ayniqsa xom-ashyo va gazlamalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishni hamma bosqichlarida moddiy resurslardan nihoyatda tejamkorona foydalanish, kam xarajat qilib ko‘plab mahsulot ishlab chiqarishning asosiy omillardan biri hisoblangan. Xom-ashyolarni to‘g‘ri tanlash va tayyorlash, gazlamalarni ratsional bichish, nuqsonlarni oldini olish, uskunalardan foydalanish darajasini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish, ixtisoslashtirish va xom ashyoning chiqindilarini qayta ishlash usullarini rivojlantirish, xom ashyoning qimmatbaho, kamyob turlari o‘rniga tejamli, yangi gazlamalarni qo‘llash va chiqindilarni kamaytirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Moddiy resurslardan va chiqindilardan foydalanishni yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish uchun korxonalarda yangi texnikani, ilg‘or texnologiyani joriy etish evaziga ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish lozim. Moddiy resurslarni meyorlashtirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, uning rentabelligini oshirish, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyani takomillashtirishning asosiy vositasidir. Meyorlar ilmiy jihatdan asoslangan va o‘zining xususiyatiga ko‘ra ilg‘or bo‘lishi kerak. Bunday meyorlarni tuzish va ishlab chiqarishda qo‘llash mahsulot birligiga sarflanadigan jonli hamda buyumlashgan mehnatni tejashga sharoit yaratadi. Demak, moddiy resurslarni sarflash meyorining qisqarishi o‘z navbatida albatta, iqtisodiy samara beradi. Gazlamani texnologik hisoblar asosida aniqlangan andozaning sof yuzasidan kelib chiqib, modellar uchun texnik normani quyidagi formula yordamida aniqlaymiz: + + + − =100 1 100 1 100 1 100 100 p эб m анд T Q QQ Q S N Bu yerda: Sand – andazalarni sof yuzasi; Qm – andozalardagi joylashtirishlar buyicha chikindilar foizi,% ;
YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 91 Qb – gazlamalarni buyi buyicha yukotishlar foizi, %; Qe – gazlamalarni eni buyicha yukotishlar foizi, % ; Qr – rulon gazlamalardan koladigan koldiklar foizi, % ; Xulosa. Hisoblangan texnik normalar asosida mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan moddiy xarajatlarni hisoblab, xarajatlar tarkibini nisbiy ulushlarini taqsimlanishi asosida hisoblash kerak. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Pulatova S.U. ”Kiyimni konstruksiyalash asoslari”. T., 2001. 2. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish asoslari. T.2008. 3. G.K.Xasanboyeva, O.I. Krimova, “Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash”. Toshkent, “Oqituvchi”, 1990 4.Abbosova N.G., Mahkamova SH.N., Ahmedov B.B., Ochilov T.A. Yengil sanoat mahsulotlari gazlamashunosligi. Toshkent 2006 yil. 5.Goipova N.S.Ismatullayeva M.Z. Axmedova A.S. Ismatullayeva X.Z. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari. Toshkent 1999y. 6.Kiyimga gazlama sarflashni normalash. Metodik ko‘rsatma. M.SH. Jaborova, M.A. Shukurova, T.G. Kiryakova.Toshkent 1992y.