KIYIM DETALLARINING YOYILMASINI HOSIL QILISHNING MULYAJ USULI VA KIYIMGA QО'YILGAN TALABLAR
Abstract
Kiyimni konstruksiyalash uchun proporsiya (mutanosiblik) ning katta ahamiyati bor. Proporsiya deganda, tananing turli qismlarining o’lchamlarini boy (rost) ga nisbati tushuniladi; bu nisbat foizlar bilan ifodalaniladi. Tana proporsiyalari yoshga va jinsga qarab o’zgaradi. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarini biri Mulyaj metodi bo’lib, bu metodda maneken yoki kishi gavdasiga maket asosiy gazlama yoki yengil yumshoq qog’oz modelning formasiga moslab, to’g’nog’ich bilan qadab qoyilib, kiyim detallarining konturlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy ish qadashdir.
Full text
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 46 KIYIM DETALLARINING YOYILMASINI HOSIL QILISHNING MULYAJ USULI VA KIYIMGA QО‘YILGAN TALABLAR Suvonova Ma’mura Yusupovna Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchisi ORCID:https://orcid.org/0009-0007-8269-1931 E-mail: suvonova8100 @gmail.com Yakubova Larisa Sobirovna Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Annotatsiya: Kiyimni konstruksiyalash uchun proporsiya (mutanosiblik) ning katta ahamiyati bor. Proporsiya deganda, tananing turli qismlarining o’lchamlarini boy (rost) ga nisbati tushuniladi; bu nisbat foizlar bilan ifodalaniladi. Tana proporsiyalari yoshga va jinsga qarab o’zgaradi. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarini biri Mulyaj metodi bo’lib, bu metodda maneken yoki kishi gavdasiga maket asosiy gazlama yoki yengil yumshoq qog’oz modelning formasiga moslab, to’g’nog’ich bilan qadab qoyilib, kiyim detallarining konturlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy ish qadashdir. Kalit so‘zlar: Konstruksiyalash, o‘lchov,model, mulyaj usuli, kiyim, gavda, kostyum, detallar, xom-ashyo,bichim, loyihalash, tikish texnologiyasi, kiyim vazifalari, estetik talablar, mulyaj metodi, qadash usullari, tana proporsiyasi, kiyim turlari, gazlama, yoyilmasi,pidjak, razmer,yangi model. Kirish. Kiyimning gazlamasi, qanday ko’rinishida va bichimiga qarab, kishining turmush tarzi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy farovonligi to’g’risida fikr yuritish lozim. Kiyimning hamma turlari masalan, pidjak, shim, jiletka poyabzal va boshqa qo’shimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy qilishini, milliy qiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini xarakterlaydi. Kiyimni kostruksiyalash uni loyihalashning eng muhim qismi va murakkab ijodiy ishi bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarining yechimini qamrab oladi. Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda, kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek, ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan razmerdagi va formadagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Turli xil va modelli kiyimning konstruksiyasi uning tikish texnologiyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib turadi. Bu hol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni birmuncha murakkablashtiradi. Ishni yengillashtirish uchun tipaviy va
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 47 bazaviy konstruksiyalardan keng foydalaniladi. Konstruksiyaning texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushini qo’shadi. Vazifa jihatidan o’xshash va model-konstruktiv yechimi jihatidan bir-biriga yaqin buyumlarning gruppa-xillarining majmui: palto; kalta palto; koylak;erkaklar koylagi va hokazo. Xomashyo turi boyicha esa quyidagilar bo‘linadi:1-ip gazlamalar; 2zig’ir tolasi va aralash toladan to’qilgan gazlamalar; 3-shoyilar, sintetik va aralash tolalardan to’qilgan gazlamalar. Kiyimni loyihalash talablar: istemolchilar talablari va sanoat-ekonomika nuqtai nazaridan qoyiladigan talablarga bo‘linadi. Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, istemolchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qor-yomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, kostruksiyasining qulayligi kiradi. Gigiyenik talablar bir muncha umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z ichiga oladi. Ergonomik talablar esa antropometrik, gigiyenik va psixo-fiziologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek, istemolchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi. Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizma-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’zlanadigan asosiy maqsad, detallarning shakli va o’lchamini mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa, kiyim detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan formasi rassom formasiga mos keladi. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarini gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin: 1. Mulyaj metodi; 2. Hisoblash-o’lchamlar metodi; 3. Proporsional metodi; Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki, maniken yoki kishi gavdasiga maket materiyal (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz) modelning formasiga moslab, to’g’nog’ich bilan qadab qoyilib, kiyim detallarining konturlari chizib chiqiladi.Bunda asosiy usul qadashdir. Yakka buyurtma boyicha kiyim tikishda hisoblash-o’lchamlar metodi qo’llaniladi. Bu metodda kishi gavdasining o’lchamlari olinadi va kiyimning to’kisligi uchun qo’shiladigan chok haqi aniqlanadi. Gavdani o’lchab olingan ma’lumotlardan foydalanib, konstruksiya asosiy elementlarning o’lchami belgilanadi. Konstruksiya chizmalarining kam-ko’sti kiyimni kiygizib ko’rib yani o’lchov olish vaqtida aniqlanadi va bartaraf etiladi.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 48 Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi. Bu metodlar hisoblash-o’lcham metodlarining bir turidir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan. Gavdani (jussani) belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar umumiy belgilarini, mutanosiblikni, gavda tuzilishi va qad-qomadni o’z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda, tananing uzunligi (odamning boyi, yani rost), ko’krak aylanasi hamda vazn (massa) kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Xulosa. Odam tanasining murakkab shakliga mos kiyim loyihalash uni xarakterlaydigan a’zolarining anatomik tuzilishi hamda tashqi shakliga xos xususiyatlari, aholining tanasiga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari va razmerli standartlar tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda asoslangan. Kiyimning konstruktiv tuzilishi, uning bichimi va silueti, detallarining shakli, birikma choklar turi va materiallar xili bilan xarakterlanadi. Ayollar va qizlar kiyimining old bo‘lak konstruksiyasiga ko‘krak atrofida hajmiylikni ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘krak vitachkasi xosdir. Ko‘krak vitachkasi nafaqat konstruktiv ahamiyatga ega, balki u model uchun turli ko‘rinishlarni ta’minlaydigan asosiy dekorativ vosita hisoblanadi. Aynan ushbu ko‘rinishdagi modellarni loyihalashda Mulyaj usulidan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Pulatova S.U. ”Kiyimni konstruksiyalash asoslari”. T., 2001. 2. Pulatova S.U. “Ayollar yengil kuylagini konstruksiyalash”. T.,2001 3. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish asoslari. T.2008. 4. G.K.Xasanboyeva, O.I. Krimova, “Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash”. Toshkent, “Oqituvchi”, 1990 5. Komilova X.X.,Hasanboyeva H.K.Tikuv buyumlarini konstruksiyalash., T.” - 2003.