"YONG'INDAN OGOHLIK" – XAVFSIZLIK VA FAROVONLIK SARI MUHIM QADAM
Abstract
Bu maqolda aholining yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va madaniyatini oshirish qoidalari haqqida sóz etilgan.
Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 19 “YONG‘INDAN OGOHLIK” – XAVFSIZLIK VA FAROVONLIK SARI MUHIM QADAM D.Amangeldiev QR FVB bo‘linma boshlig‘i mayor O.Olimboyev bo‘linma katta inspektori katta leytenant https://doi.org/10.5281/zenodo.17277939 Annotatsiya. Bu maqolda aholining yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va madaniyatini oshirish qoidalari haqqida sóz etilgan. Kalit sózler: Yong‘indan ogohlik, xavfsizlik, bilim va madaniyat. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi aholining yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va madaniyatini oshirish, turar joylar, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarida yong‘inlarning oldini olish maqsadida tashkil etiladi. Bu targ‘ibot oyligi – nafaqat favqulodda vaziyatlar xizmatlari uchun, balki har bir fuqaro uchun ham mas’uliyatli davrdir. Ushbu oylik tadbirlar doirasida aholining barcha qatlamlari, ta’lim muassasalari, ishchi-xodimlar, mahallalar va ijtimoiy obyektlar faol jalb etilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Yong‘in – ko‘z ilg‘amas xavf Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda yuz berayotgan yong‘inlarning aksariyati inson omili, e’tiborsizlik yoki oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasligi natijasida yuz beradi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumlarida yong‘inlar ko‘payadi — sababi, isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish, elektr tarmoqlarining yuklamaga dosh bera olmasligi, bolalarning nazoratsiz qolishi kabi omillardir. Yong‘in – birgina chaqmoqday paydo bo‘lib, soniyalar ichida butun hayotni izdan chiqaradigan xavf. U faqat moddiy zarar keltiribgina qolmay, balki inson salomatligi va hayotiga tahdid soladi. Shuning uchun, yong‘inning oldini olish – yong‘indan qutulishdan ancha oson va arzon. “Yong‘indan ogohlik” – bilim, amaliyot va mas’uliyat uyg‘unligi Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, maktablar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida targ‘ibot ishlari olib boriladi. Oylik davomida quyidagi chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi; Aholi orasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkaziladi, fuqarolar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazish; Uyma-uy yurib, isitish moslamalari, gaz va elektr tarmoqlari holati ko‘zdan kechiriladi. Kollej, texnikum va universitetlarda yong‘indan muhofaza mashg‘ulotlari tashkil etish; Maktab va bog‘chalarda bolalarga sodda tilda yong‘indan saqlanish qoidalari o‘rgatiladi. Yoshlar, ayniqsa talabalar orasida targ‘ibot bannerlari, video roliklar va interaktiv treninglar o‘tkazish; Mahallalarda yong‘inga qarshi jamoaviy mashg‘ulotlar uyushtiriladi. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka murojaatlar, eslatmalar, maslahatlar yetkazish.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 20 Bu tadbirlarning barchasi fuqarolarda yong‘in xavfi haqida ogohlikni shakllantirish, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaro mas’uldir Yong‘in xavfsizligini ta’minlash – bu faqat davlat xizmatlari ishi emas. Har bir fuqaro, har bir oila, har bir tashkilot o‘z hayoti va atrofdagilarning xavfsizligi uchun javobgar. Quyidagi oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qilish har qanday yong‘inning oldini oladi: Elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik; Bolalarni o‘t bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik; Isitish moslamalarini xavfsiz masofada ishlatish; Gaz va elektr qurilmalarining texnik holatini doimiy tekshirib borish; Yong‘in sodir bo‘lganda nima qilish kerakligini barcha oila a’zolariga o‘rgatish. Xulosa o‘rnida Yong‘in – inson hayotiga eng katta xavf soluvchi hodisalardan biri. Uni bartaraf etish ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ talab qiladi. Ammo yong‘inning oldini olish – bu bilim, ogohlik va mas’uliyatni talab qiladi xolos. “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi bu borada bizga yana bir bor eslatma bo‘lib xizmat qilmoqda. Har birimiz hushyor va ogoh bo‘lsak, yong‘insiz, xavfsiz hayot sari dadil odimlaymiz.