scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ADVOKATURA INSTITUTINING MUSTAQILLIGI VA UNING SUD-HUQUQ TIZIMIDA TUTGAN O'RNI: XALQARO VA MILLIY HUQUQIY ASOSLAR

Abdullayev Sanjar Boboismoilovich

Abstract

Ushbu maqolada advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni xalqaro hamda milliy huquqiy asoslar nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, BMT rezolyutsiyalari va Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti asosida advokatlarning kasbiy faoliyatini kafolatlovchi tamoyillar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun asosida advokatura institutining huquqiy maqomi, uning mustaqilligi hamda sud-huquq tizimidagi ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada advokatura faoliyatidagi dolzarb muammolar va rivojlanish istiqbollari ham yoritilib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Full text

107 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 ADVOKATURA INSTITUTINING MUSTAQILLIGI VA UNING SUD-HUQUQ TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI: XALQARO VA MILLIY HUQUQIY ASOSLAR Abdullayev Sanjar Boboismoilovich Toshkent davlat yuridik universiteti Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi uslubchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17291711 Annotatsiya. Ushbu maqolada advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni xalqaro hamda milliy huquqiy asoslar nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan, BMT rezolyutsiyalari va Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti asosida advokatlarning kasbiy faoliyatini kafolatlovchi tamoyillar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun asosida advokatura institutining huquqiy maqomi, uning mustaqilligi hamda sud-huquq tizimidagi ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada advokatura faoliyatidagi dolzarb muammolar va rivojlanish istiqbollari ham yoritilib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: advokatura, mustaqillik, sud-huquq tizimi, xalqaro huquq, milliy huquq, inson huquqlari, adolatli sudlov. THE INDEPENDENCE OF THE BAR AND ITS ROLE IN THE JUDICIAL SYSTEM: INTERNATIONAL AND NATIONAL LEGAL FRAMEWORKS Abstract. This article examines the independence of the bar (advocacy) and its role within the judicial and legal system from both international and national legal perspectives. It highlights the fundamental principles guaranteeing lawyers’ professional activities under international legal instruments, including UN resolutions and the case law of the European Court of Human Rights. Furthermore, the legal status of the bar, its independence, and its significance within the judicial system of Uzbekistan are analyzed on the basis of the Constitution and the Law “On Advocacy.” The article also addresses pressing issues and prospects for the development of the legal profession, providing recommendations for their resolution. Keywords: advocacy, independence, judicial system, international law, national law, human rights, fair trial. НЕЗАВИСИМОСТЬ АДВОКАТУРЫ И ЕЕ РОЛЬ В СУДЕБНОЙ СИСТЕМЕ: МЕЖДУНАРОДНЫЕ И НАЦИОНАЛЬНЫЕ ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ Аннотация. В данной статье анализируется независимость института адвокатуры и его роль в судебно-правовой системе с точки зрения международных и национальных правовых основ. Рассматриваются основные принципы, обеспечивающие профессиональную деятельность адвокатов в соответствии с международными правовыми актами, включая резолюции ООН и практику Европейского суда по правам человека. Также исследуется правовой статус адвокатуры, её независимость и значение в судебно-правовой системе Республики Узбекистан на основе Конституции и Закона «Об адвокатуре». В статье освещены актуальные проблемы деятельности адвокатуры и перспективы её развития, а также предложены рекомендации по их решению. Ключевые слова: адвокатура, независимость, судебно-правовая система, международное право, национальное право, права человека, справедливое судебное разбирательство. 108 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 KIRISH Adolatli sudlovni ta’minlash har qanday huquqiy demokratik davlatning eng muhim vazifalaridan biridir. Ushbu jarayonda advokatura institutining o‘rni beqiyos bo‘lib, u inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning qonun oldida tengligi va sud adolatining amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi. Mustaqil advokatura nafaqat individual manfaatlarni himoya qilish, balki jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquq ustuvorligini mustahkamlash hamda davlatning demokratik rivojlanishiga hissa qo‘shishda muhim vosita hisoblanadi. Advokatura institutining mustaqilligi bu uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartdir. Advokatlar davlat hokimiyatining biron-bir tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmagan holda, sud-huquq tizimida muhim “muvozanat mexanizmi” sifatida maydonga chiqadi. Ularning vazifasi sudda taraflarning tengligini ta’minlash, davlat aybloviga qarshi himoyani tashkil etish, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Shu jihatdan, advokatura institutining mustaqilligi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim belgisidir. Adabiyotlar tahlili va metodlar Adabiyotlar tahlili Advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni masalasi xalqaro va milliy ilmiy adabiyotlarda keng o‘rganilgan. Xalqaro darajada ushbu mavzu bo‘yicha asosiy manbalar sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1990-yilda qabul qilingan “Advokatlarning asosiy printsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966), hamda Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti e’tiborga molikdir. Ushbu hujjatlar advokatlarning kasbiy mustaqilligi, himoya huquqi va adolatli sudlov prinsiplari bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, Venetsiya komissiyasining huquqiy demokratik davlat qurilishiga doir tavsiyalari, xalqaro huquqiy tashkilotlarning (masalan, International Bar Association) hisobotlari ham advokatura institutining rivojlanishi va mustaqilligini kafolatlovchi omillar sifatida tahlil qilingan. Milliy darajada, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sud-huquq islohotlariga oid farmonlari va qarorlari asosiy huquqiy manba sifatida o‘rganildi. Shuningdek, o‘zbek olimlari B.Salomov, J.Ne’matov, Davlyatov V.X., Nurumov D.D. va Matmurotov A.R. tomonidan yozilgan ilmiy ishlar, maqola va monografiyalar, xususan, advokatura institutining huquqiy maqomi, uning sud-huquq tizimidagi o‘rni hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi roli bo‘yicha tadqiqotlar muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chet el adabiyotlarida esa, masalan, M. Cappelletti, D. Luban, T. Bingham kabi mualliflarning adolatli sudlov va advokatlar mustaqilligi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, shuningdek, Rossiya va qo‘shni mamlakat olimlarining (masalan, В. Ярков, А. Гончаров) ishlarida advokaturaning tashkiliy-huquqiy asoslari keng tahlil qilingan. Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, advokatura institutining mustaqilligi huquqiy davlat tamoyillarini amalda qaror toptirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro va milliy huquqiy asoslarning uyg‘unligi mazkur institutning samarali faoliyatini belgilaydi. Metodlar Maqolani tayyorlash jarayonida nafaqat xalqaro va milliy qonun hujjatlari, sud amaliyoti 109 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 va xalqaro tashkilotlarning huquqiy pozitsiyalari o‘rganildi, balki advokatura institutining turli davlatlardagi huquqiy maqomi hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiqligi solishtirildi quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi. Shuningdek, advokatura institutining sudhuquq tizimidagi o‘rni kompleks tarzda, ya’ni boshqa huquqiy institutlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari Advokatura – bu professional yuridik yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil institutdir. U davlat hokimiyatining uch tarmog‘iga kirmagan holda, sud-huquq tizimida muhim funksiyalarni bajaradi:  huquqiy yordam ko‘rsatish;  sudlarda vakillik qilish;  inson huquqlarini himoya qilish;  huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish. Advokatura g‘oyasi qadimiy huquq tizimlaridan (masalan, Roman huquqi) boshlanib, zamonaviy demokratik davlatlarda professional tashkilotlar advokatlar palatalari yoki advokatura kollegiyalari shaklida rivojlashgan. Nazariy jihatdan advokatura ikki tomonlama tabiati bilan tavsiflanadi. Jamoat funksiyasi – adolatli sudlov, qonun ustuvorligi va inson huquqlarining himoyasini ta’minlash orqali umumiy huquqiy manfaatlarga xizmat qiladi. Kasbiy yoki xususiy faoliyat – advokatlar shaxsiy professional sub’ektlar sifatida mijozlarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatadi, to‘lov asosida ishlashi mumkin. Bu ikki tomonlama tabiati advokaturaning huquqiy maqomini aniqlashda u ham jamoat manfaatini himoya qiluvchi institut, ham mustaqil kasb ekani muhim rol o‘ynaydi. Advokatura mustaqilligi va faoliyati qonun ustuvorligi tamoyiliga xizmat qiladi. Har bir fuqaro huquqiy yordam orqali o‘z huquqini himoya eta olishi lozim. Advokatning faoliyati sud jarayonining haqqoniyligi va aniqligi uchun zarur. Zero, advokat sudlov jarayonida taraflar tengligini ta’minlaydi, davlat ayblovi va himoya o‘rtasida muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. U nafaqat shaxsiy manfaatlarni himoya qiladi, balki jamiyatda adolat, huquqiy tenglik va inson qadr-qimmatini ta’minlashning muhim kafolatiga aylanadi. Shu sababli advokatura institutining mustaqilligi – huquqiy davlatning ajralmas belgisi, demokratik jamiyatning esa zaruriy shartidir. Advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni bir qator fundamental prinsiplar asosida shakllanadi. Ushbu prinsiplar advokatlarning kasbiy faoliyatini huquqiy jihatdan kafolatlash bilan birga, sudlov jarayonining adolatli va haqqoniy o‘tishini ta’minlaydi. Quyida advokatura faoliyatining asosiy prinsiplariga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz. Mustaqillik prinsipi Advokatura institutining eng muhim tamoyili — bu uning davlat hokimiyati va boshqa tashqi ta’sirlardan mustaqilligidir. Advokatlar o‘z faoliyatida na sud, na prokuratura, na ijro etuvchi hokimiyat organlariga bo‘ysunmasdan, faqat qonun va professional etikaga asoslanib ish yuritadi. Bu prinsipning mazmuni ikki jihatga ega: Institutsional mustaqillik – advokatlar palatasi va boshqa advokatlik o‘zini o‘zi boshqaruvchi organlarining davlatdan mustaqil faoliyat yuritishi. Shaxsiy mustaqillik – har bir advokatning professional qaror qabul qilishda hech qanday tashqi bosim ostida bo‘lmasligi. 110 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Mazkur prinsip buzilsa, advokat himoya vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va sudlov jarayonining adolatliligi izdan chiqadi. Advokatlik sirining daxlsizligi prinsipi Advokatlik faoliyatining samaradorligi bevosita advokat va mijoz o‘rtasidagi ishonchga bog‘liq. Shu sababli advokatlik sirining daxlsizligi fundamental prinsip sifatida tan olingan. Bu prinsip quyidagilarni nazarda tutadi:  Advokat mijozidan olingan ma’lumotlarni oshkor etmasligi shart;  Davlat organlari advokatning ish hujjatlari yoki mijoz bilan muloqotini noqonuniy tarzda oshkor etishga majbur qilmasligi kerak;  Advokatlik sirining buzilishi nafaqat advokat va mijoz o‘rtasidagi ishonchni yo‘qotadi, balki inson huquqlarining poymol bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Tenglik prinsipi Adolatli sudlovning asosi taraflarning teng huquqliligidir. Advokatning mavjudligi aynan shu prinsipni amalda ta’minlaydi. Prokuror davlat resurslariga tayanib ayblov ilgari surar ekan, advokat himoyani mustaqil va teng sharoitda yuritishi lozim. Xalqaro huquqda bu tamoyil “equality of arms” sifatida mustahkamlangan va u adolatli sudlov huquqining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish prinsipi Advokatura institutining yana bir muhim tamoyili — bu professional avtonomiyadir. Advokatlar o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etadi, advokatlar palatalari va kollegiyalari esa o‘zini o‘zi boshqaruvchi organ sifatida ishlaydi. Bu prinsip advokatura institutini davlat organlaridan mustaqil bo‘lishini kafolatlaydi hamda advokatlar kasbiy faoliyatining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kasbiy erkinlik va daxlsizlik prinsipi Advokat o‘z faoliyatini amalga oshirishda erkin bo‘lishi, ya’ni ishni tanlash, sudda himoya strategiyasini belgilash, huquqiy maslahat berishda mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Shu bilan birga, advokat kasbiy faoliyati uchun ta’qib qilinmasligi, o‘z vazifalarini bajarayotganda daxlsiz huquqiy maqomga ega bo‘lishi kerak. Bu prinsip xalqaro standartlarda advokatlarning xavfsiz faoliyat yuritishining ajralmas kafolati sifatida qaraladi. Halollik, vijdonlilik va professional etikaga rioya qilish prinsipi Advokatning mustaqilligi uning mas’uliyatini ham oshiradi. Shu sababli advokat kasbiy faoliyatida yuqori darajadagi halollik, vijdonlilik va axloqiy me’yorlarga rioya qilishi shart. Professional etika qoidalari advokatning nafaqat mijoz, balki sud, prokuratura va jamiyat oldidagi burchini ham belgilaydi. Advokatura institutining mazkur prinsiplar asosida faoliyat yuritishi uning haqiqiy mustaqilligini va sud-huquq tizimidagi muhim o‘rnini ta’minlaydi. Bu prinsiplar buzilsa, advokatlar o‘z vazifalarini bajarishda qiyinchilikka duch keladi, natijada esa fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari to‘laqonli himoya qilinmaydi. Shu bois xalqaro va milliy huquqiy asoslarda ushbu prinsiplarning mustahkamlanishi advokatura institutining barqaror rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Advokatura sud-huquq tizimidagi eng muhim institutlardan biri bo‘lib, uning funksiyalari nafaqat yakka tartibdagi mijozlarni himoya qilishdan iborat, balki jamiyatdagi huquqiy madaniyatni shakllantirish, sudlovning adolatli o‘tishini ta’minlash va davlat hokimiyati organlari faoliyatiga muvozanat kiritish kabi keng qamrovli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Quyida advokaturaning asosiy funksiyalari tizimli hamda ilmiy nuqtai nazardan batafsil tavsiflanadi. 111 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Himoya va vakillik funksiyasi Advokaturaning eng ko‘zga ko‘ringan va an’anaviy funksiyasi mijozlarni sud va boshqa organlar oldida vakillik qilish va himoya qilishdir. Advokat tergov bosqichidan boshlab apellyatsiya va kasatsiyagacha ayblanuvchi huquqlarini himoya qiladi, so‘rovlarda va tergov harakatlarida professional yuridik yordam ko‘rsatadi, noqonuniy dalillarni aniqlash va rad etish bo‘yicha chora ko‘radi. Mulk, shartnoma, mehnat va boshqa fuqarolik da’volarida mijoz manfaatlarini huquqiy dalillar bilan asoslash, hujjatlarni tayyorlash va sud ishtirokini tashkil etadi. Shuningdek, xalqaro arbitraj, xalqaro sudlar yoki chet el sudlarida mamlakatlar yoki yuridik shaxslarni himoya qiladi. Ushbu funksiyaning mazmuni advokatning huquqiy bilim, taktika va protsessual mahorat orqali mijozning konstitutsiyaviy va protsessual huquqlarini haqiqatga aylantirishdan iborat. Huquqiy maslahat va preventiv xizmatlar Advokatlar sudga murojaat qilishdan oldin ham muhim rol o‘ynaydi mijozlarga huquqiy maslahat, hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni tuzish va risklarni tahlil qilish orqali muammolarni sudga borishdan oldin hal etishga xizmat qiladi. Bu funktsiyaning mazmuni qonuniy xatoliklar va nizolarni shakllanishini oldini olish orqali sud yukini kamaytiradi, murakkab iqtisodiy, korporativ yoki mehnat masalalarida yuridik restructurizatsion va maslahatlar berish. Bu funktsiya jamiyatda huquqiy ongni oshirish, fuqarolarning qonuniy xattiharakatlarini tartibga solish orqali barqarorlikka hissa qo‘shadi. Huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy ta’lim va pro bono Advokatlar huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarni huquqiy savodxonlikka o‘rgatish va zaif qatlamlarga bepul yordam ko‘rsatish orqali jamiyatga xizmat qiladi. Bu orqali advokatura ijtimoiy adolatni mustahkamlaydi va huquqiy yordamga kirish imkoniyatini kengaytiradi. Umuman olganda advokaturaning asosiy funksiyalari himoya va vakillik, huquqiy maslahat, protsessual kafolatlarni ta’minlash, maxfiylikni himoya qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, jamoat xizmatlari, strategik litigatsiya, ADR va qonunchilikka ta’sir bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sud-huquq tizimining barqaror ishlashi va huquqiy davlat tamoyilining amalda qo‘llanilishi uchun majburiydir. Ushbu funksiyalarning to‘liq ijrosi advokatlarning mustaqilligi, malakasi, shaffof intizomiy mexanizmlar va yetarli resurslar bilan bevosita bog‘liqdir. Advokatura institutining huquqiy kafolatlari qanchalik puxta bo‘lmasin, amaliyotda ushbu kafolatlarni ta’minlash bir qator muammolar va cheklovlarga to‘qnashadi.Tergovda advokatlar savollarini cheklash, tergovga kirishdagi imtiyozlarni bekor qilish yoki advokatlarni rasmiy tekshiruvlarga jalb etish holatlari kuzatiladi. Bunday aralashuvlar himoya vazifasining samaradorligini pasaytiradi. Sudlarning tarafkashligi, advokatlarning murojaatlarini va dalillarini baholashdagi noaniqlik yoki rad etish sabablari adolatli sudlovni xalaqit beradi. Shuningdek, yuridik xizmatlarining yuqori narxi oddiy fuqaroning malakali yordamga kirishini cheklaydi. Natijada kambag‘al va zaif guruhlar huquqiy himoyadan mahrum bo‘ladi. Takliflar Qonunchilikni takomillashtirish. Advokatning mustaqilligi, advokatlik sirining doirasi, advokatning protsessual huquqlari va ularni himoya qilish tartibini aniq, detallashtirilgan va amaliy ta’minotli normalar bilan mustahkamlash. Advokatlik faoliyatiga oid qonunlarga aniqlik kiritish advokatlik sirining konkret doirasi, undan istisnolar (aniq va tor doirada), advokatga nisbatan aralashuv choralarini qo‘llash tartibi (faqat sud buyruqi orqali va muayyan kafolatlar bilan) mustahkamlansin. Protsessual qoidalarga advokatning tergov vaqtida, sud majlisida, apellyatsiya va kasatsiya bosqichida ishtirokini kafolatlovchi normalar kiritilishi. 112 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Protseduralarda advokatning mudofaa huquqi va apellyatsiya kafolatlari aniq belgilansin. Moliyalashtirish va huquqiy yordamni kengaytirish. Bepul huquqiy yordam uchun barqaror davlat byudjeti yoki xalqaro hamkorlik asosidagi moliyalashtirish modeli ishlab chiqilishi hamda hududlarda advokatlar taqsimotini yaxshilash uchun subsidiyalar, masofaviy maslahat va mobil yuridik punktlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Advokatlar xavfsizligi va himoyasini taʼminlash. Advokatlarga nisbatan tahdid, bosim va huquqbuzarlarga qarshi samarali himoya mexanizmlarini yaratish. Tahdidlar va bosim holatlarida tezkor himoya choralari (mahalliy palata tomonidan favqulodda himoya, politsiya chora-tadbirlari, xalqaro monitoring) joriy etilsin. Advokatlarga qarshi noqonuniy ta’qiblar bo‘yicha mustaqil tekshiruv organlari hamda jamoat monitoringi tashkil etilsa o‘rinli bo‘lar edi. Yuqarida keltirilgan takliflar tizimli, o‘zaro bog‘langan va amaliy-qonuniy choralar majmui bo‘lib, ularning amalga oshirilishi advokatura institutining mustaqilligini kuchaytiradi, fuqarolarning malakali huquqiy yordamga kirishini kengaytiradi va sud-huquq tizimining umumiy samaradorligini oshiradi. Har bir chorani amalga oshirishda asosiy tamoyil advokatning mustaqilligini taʼminlab, shu bilan birga uning javobgarligi va shaffofligini muvozanatlashdir. Xulosa Advokatura instituti – huquqiy davlat va demokratik jamiyatning ajralmas elementi sifatida adolatli sudlovning kafolatlaridan biridir. Uning mustaqilligi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimining haqqoniy faoliyatini ta’minlovchi poydevor hisoblanadi. Xalqaro huquqiy manbalar, jumladan, BMTning “Advokatlarning roliga doir asosiy tamoyillari”, Yevropa Kengashining tavsiyalari va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi amaliyoti advokatura faoliyatining mustaqilligi, daxlsizligi va huquqiy himoyasi global miqyosda tan olingan tamoyil ekanini tasdiqlaydi. Milliy qonunchilikda ham advokatura faoliyati uchun muayyan huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lib, advokatning daxlsizligi, advokatlik sirining maxfiyligi, protsessual huquqlar va kafolatlar belgilangan. Biroq amaliyotda bu normalarni to‘liq amalga oshirishda ayrim muammolar – davlat organlarining aralashuvi, advokatlik sirining buzilishi, moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, malaka oshirish tizimining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, bepul huquqiy yordamning keng qamrovli emasligi kabi cheklovlar mavjud. Ushbu muammolar advokatura institutining real mustaqilligini zaiflashtiradi, jamiyatda unga bo‘lgan ishonchni kamaytiradi va fuqarolarning huquqiy himoya mexanizmlariga erkin kirish imkoniyatini toraytiradi. Shu nuqtai nazardan, advokatura institutini yanada takomillashtirish, uning mustaqilligini kafolatlash va sud-huquq tizimidagi o‘rnini mustahkamlash uchun quyidagilar muhim hisoblanadi:  qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish;  advokatlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirish;  advokatlik sirini daxlsiz saqlashni qat’iy kafolatlash;  bepul huquqiy yordam tizimini kengaytirish va hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish;  advokatlarning doimiy malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish;  advokatlar xavfsizligini ta’minlash hamda kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish. 113 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Xalqaro va milliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil advokatura nafaqat shaxsning huquqiy manfaatlarini himoya qiladi, balki sud-huquq tizimining adolatli ishlashini, davlat va jamiyatning huquqiy-demokratik taraqqiyotini ta’minlovchi muhim ustunlardan biridir. Shu bois, advokatura institutining mustaqilligini ta’minlash – O‘zbekistonning huquqiy davlat qurish yo‘lida eng asosiy strategik vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-6445145 2. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonun. Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-54503 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2018 yildagi PF-5441-son Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida https://lex.uz/en/docs/-3731060 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida https://www.lex.uz/docs/- 3908401 5. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura. Darslik. / T.: “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti, 2024. – 448 b. 6. Davlyatov V.X. Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining maqomi masalalari. Monografiya // Mas’ul muhrarrir yu.f.d. B.Salomov. – Toshkent: TDYU, 2021. – 292 bet. 7. Qodiraliyev S.B. Advokatura institutini takomillashtirish imkoniyatlari. Monografiya // Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023. – 124 bet. 8. United Nations. Basic Principles on the Role of Lawyers. Adopted by the Eighth United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders, Havana, Cuba, 27 August – 7 September 1990. 9. European Court of Human Rights, Michaud v. France, no. 12323/11, Judgment of 6 December 2012. 10. International Covenant on Civil and Political Rights (ICCPR), adopted 1966, entered into force 1976. 11. Council of Bars and Law Societies of Europe (CCBE). Charter of Core Principles of the European Legal Profession and Code of Conduct for European Lawyers, 2006.