KORPORATIV TUZILMALARDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI TA'MINLASHNING AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI ROLI
Abstract
Maqolada korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikni ta’minlashning aholi daromadlarini oshirishdagiahamiyatli jihatlari, aholi daromadlarini oshirishning korporativ tuzilmalar faoliyati uchun muhim jihatlari tadqiq etilgan,shuningdek, korporativ tuzilmalar faoliyatining aholi daromadlariga ta’sir yo‘nalishlari tahlil qilingan va bo‘yicha ilmiyxulosalar ishlab chiqilgan.
Full text
№10№10 oktyabroktyabr 20252025
Elektron nashr, 100 sahifa, oktyabr, 2025-yil. Bosh muharrir: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Shakarov Zafar G‘afforovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent Tahrir hay’ati: Abduraхmanov Kalandar Xodjayevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor Turayev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nasimov Dilmurod Abdulloyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Allayeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Odiljon Xolmirzayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamrayeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bobonazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Irmatova Aziza Baxromovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bo‘taboyev Mahammadjon To‘ychiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shamshiyeva Nargizaxon Nosirxuja kizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmuxamedov Muhsinjon Murodullayevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xodjayeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qurbonov Samandar Pulatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zikriyoyev Aziz Sadulloyevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tabayev Azamat Zaripbayevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sxay Lana Aleksandrovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ismoilova Gulnora Fayzullayevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kasimova Nargiza Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kalanova Moxigul Baxritdinovna, dotsent Ashurzoda Luiza Muxtarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Sardor Begmaxmat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Botirali Roxataliyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Tursunov Ulug‘bek Sativoldiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Bauyetdinov Majit Janizaqovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Botirov Bozorbek Musurmon o‘g‘li, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sultonov Shavkatjon Abdullayevich, Kimyo fanlari doktori, (DSc) Joʻraeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
05.01.00 – Axborot texnologiyalari, boshqaruv va kompyuter grafikasi 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalari 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqla rining matematik va dasturiy ta’minoti 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari 05.01.07 – Matematik modellashtirish 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt 05.02.00 – Mashinasozlik va mashinashunoslik 05.02.08 – Yer usti majmualari va uchish apparatlari 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti 05.04.01 – Telekommunikasiya va kompyuter tizimlari, telekommunikasiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash 05.05.03 – Yorugʻlik texnikasi. Maxsus yoritish texnologiyasi 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari 05.06.01 – Toʻqimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi 05.08.03 – Temir yoʻl transportini ishlatish 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar 05.09.04 – Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 – Makroiqtisodiyot 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 – Ekonometrika va statistika 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 – Marketing 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 – Menejment 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati Maʼlumot uchun, ОАК Rayosatining 2024-yil 28-avgustdagi 360/5-son qarori bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga texnika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha “Muhandislik va iqtisodiyot” jurnali ro‘yxatga kiritilgan. Muassis: “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ Hamkorlarimiz: 1. Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti 2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 6. Toshkent davlat transport universiteti 7. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 8. Toshkent kimyo-texnologiya universiteti 9. Jizzax politexnika instituti
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 2025-yil, oktyabr. № 10-son 4 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS JAHON MOLIYA TIZIMIDA “YASHIL” MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANISHINING MUAMMOLARI VA SHARTLARI .................................................................................................................. 12 Quliyev Begimqul Melikovich EKOLOGIK MIGRANTSIYANI MINTAQAVIY MIQYOSDA MUVOFIQLASHTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI ............................................................................................................................ 18 Bahtiyor Ismoilov Ulug‘bek o‘g‘li, Kadirova Zulayxo Abduxalimovna O‘ZBEKISTONDA BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH HOLATI ................................................... 25 Davletova Nilufar Tulanovna EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHDA MINTAQANI IQTIЅОDIY RIVОЈLАNIЅHIGА TА’ЅIR ЕTUVСHI ОMILLАR TAHLILI ....................................................................................................................... 30 Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI ........................................................................................................................................ 37 Kadirxodjayeva Nilufar Raxmatullayevna PECULIARITIES OF THE IRRIGATION WATER DELIVERY PAYMENT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ........................................................................................................................................ 41 Muminov Sherzod Kholmirzaevich MAHALLIY XOMASHYO BAZASIDAN FOYDALANISH ORQALI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISH YO‘LLARI ................................................................................................ 46 Sultanov Dilshod Normamatovich IQTISODIYOTI RIVOJLANGAN DAVLATLARDA INSON KAPITALIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ................................................................................ 50 Akhmadaliyeva Nikholakhon RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI ..................................................................................................................... 55 Vohobov Hikmatillo Ma’mirjon o‘g‘li O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR UCHUN INNOVATSION TA’LIM DASTURLARINI ISHLAB CHIQISHDA XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHUV MEXANIZMLARI ..................................... 62 Yuldashev Iskandar Bahromovich YER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQLARNING ILMIY-TADQIQOTLAR SHARHI ....................................................................................................................................................... 68 Zoxidov Ismatjon Yunusjon o‘g‘li RESPUBLIKA IQTISODIY TARAQQIYOTIDA OLIY TA’LIMNI MODERNIZATSIYA QILISH VA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINING O‘RNI .................................................................................... 74 Jonuzokov Mirzabek Kulmamatovich DAVLAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI MUSTAHKAMLASHDA SIYOSIY INSTITUTLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI .............................................................................. 80 O. Nurmuradov ICHKI AUDIT SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA BUXGALTERIYA MA’LUMOTLARINING ICHKI AUDIT JARAYONIDA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI ................................................................................................... 85 Xamidov Javoxir Shavkat o‘g‘li, Muxitdinov Shoxijaxon Xudoyor o‘g‘li XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI ...................................................................................... 90 Xuramov Zafar Rajabaliyevich
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT2025-yil, oktyabr. № 10-son 5 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS KORPORATIV TUZILMALARDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI TA’MINLASHNING AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI ROLI ................................................................................................... 95 Qurbonov Javlonbek Jurabekovich, Raxmatov Faxriddin Xasanovich
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 95 2025-yil, oktyabr. № 10-son KORPORATIV TUZILMALARDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI TA’MINLASHNING AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI ROLI Qurbonov Javlonbek Jurabekovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi professor v.b., phd, dotsent. e-mail: [email protected] https://orcid.org/0000-0002-3550-7296 Raxmatov Faxriddin Xasanovich O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Annotatsiya: Maqolada korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikni ta’minlashning aholi daromadlarini oshirishdagi ahamiyatli jihatlari, aholi daromadlarini oshirishning korporativ tuzilmalar faoliyati uchun muhim jihatlari tadqiq etilgan, shuningdek, korporativ tuzilmalar faoliyatining aholi daromadlariga ta’sir yo‘nalishlari tahlil qilingan va bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: investitsiya, investitsion jozibadorlik, aksiya, investor, daromadlilik, daromad, dividend. Abstract: This article investigates the significant aspects of ensuring investment attractiveness in corporate structures for increasing household incomes, as well as the important aspects of increasing household incomes for corporate activities. Additionally, it analyzes the ways in which corporate structures influence household incomes and develops scientific conclusions on this matter. Keywords: investment, investment attractiveness, shares, investor, profitability, income, dividend. Аннотация: В статье исследованы важные аспекты обеспечения инвестиционной привлекательности в корпоративных структурах в повышении доходов населения, важные аспекты повышения доходов населения для деятельности корпоративных структур, а также проанализированы направления влияния деятельности корпоративных структур на доходы населения и разработаны научные выводы. Ключевые слова: инвестиция, инвестиционная привлекательность, акция, инвестор, доходность, доход, дивиденд. KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadliligini oshirish hamda korporativ tuzilmalar faoliyatini samarali tashkil etish hal etilishi lozim bo‘lgan eng ustuvor masalalardan biri boʻlib sanaladi. Boshqa tomondan esa aholi daromadliligining oshishi ham korporativ tuzilmalar investitsion jozibadorligini ortishi ham mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday sharoitda davlat budjetiga soliqlar daromadlar ortish imkoniyati ham yuzaga keladi. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi va mamlakatda qo‘shimcha qiymatning yaratilishi milliy daromadlarni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, korporativ tuzilmalarda yuqori malakali xodimlarning mehnat faoliyatini tashkil etilishi, kompaniyaning daromadlarini oshirishga, bu esa o‘z navbatida kompaniyaning investitsion jozibadorligini oshirishga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Shu sababli quyida mamlakatimiz miqyosida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish aholi daromadlarini oshirishda va kompaniya rivojlanishiga taqdir jihatlarini yoritishda quyida alohida eʼtibor qaratamiz. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI B.N.Boboxojayev tomonidan tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishida mamlakatimizda aholi daromadlarini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, aholi daromadlarining so‘nggi yillardagi o‘zgarish tendensiyalari, bu jarayonda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlilik darajasini 3 ta guruhlar doirasida tahlil qilishning ahamiyatli jihatlari hamda
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 96 2025-yil, oktyabr. № 10-son aholining qishloq joylardagi natura ko‘rinishidagi daromadlari tadqiq etiulganligini va bu bo‘yicha mualliflik ilmiy xulosalarini bayon etganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari tadqiqot ishida Andijon viloyati tuman va shaharlar kesimida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha daromad darajasi o‘rganilgan [1]. N.B.Ergasheva tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishida esa aholi daromadlari va uning tarkibi nazariy jihatdan o‘rganilgan, turmush farovonligi va daromadlar darajasi mutanosibligi tadqiq qilingan. Shuningdek, aholi daromadlarining shakllanishi va farqlanish darajasini kamaytirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilib, munosib turmush darajasini ta’minlashning zamonaviy iqtisodiy vositalar bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasida 2020-2024-yillarda aholi jon boshiga to‘g’ri keluvchi umumiy va real daromadlarining o‘zgarish salmog‘i tahlil qilinganligini ko‘rishimiz mumkin [2]. F.Y.Tuxtarova tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolada aholi daromadlarini oshirishning asosiy usullari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda jahonning ilg’or rivojlangan mamlakatlarining farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan tajribalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Iqtisodiy rivojlanishning eng dolzarb omili sifatida kambag’allik darajasi va aholi turmush darajasi ko‘zda tutilgan va tahlil qilingan [3]. X.U.Po‘latov va M.Toyirova tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion jozibadorlikni oshirish, dividend siyosatini samarali tashkil etish orqali amalga oshirish mumkinligi hamda buning natijasida aksiyadorlar daromadlarini oshirish imkoniyati yuzaga kelishi ilmiy jihatdan asoslashga harakat qilingan. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida dividens siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil qilingan [4]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikni ta’minlashning aholi daromadlarini oshirishdagi rolini yoritish hamda ularning bog’liqligini o‘zaro tahlil qilishda ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, taqqoslash, induksiya va deduksiya, gorizontal va vertikal tahlil metodlaridan foydalanildi. TAHLIL VA NATIJALAR Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar faoliyatini tashkil etish ham davlat uchun ham aholi iqtisodiy farovonligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki korporativ tuzilmalar iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotlar hajmini oshiriashda, milliy daromadlarni maksimallashtirishda, mamlakatning eksport salohiyati oshirishda hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda muhim dastag bo‘lib hisoblanadi. Boshqa tomondan esa, aholining xizmat ko‘rsatish sifatida korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini tashkil etish orqali daromadlarini oshirish imkoniyati yaratilsa, investor sifatida esa daromadlarini maksimallashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Korporativ tuzilmalarda aholi uchun nisbatan olganda qiymat yaratishda ishtirok etish imkoniyati yuqoriroq baholanishi, mehnat unumdorligini oshirishga hamda oylik daromadlarini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Aholining investor sifatida korporativ tuzilmalar faoliyatida ishtirok etishida esa bozorni o‘rganish hamda o‘z o‘rniga ega bo‘lish yo‘lida amalga oshiriladigan xarajatlarni minimallashtirish hamda boshqaruv bo‘yicha xarajatlar tejamkorliligiga erishish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Agarda korporativ tuzilmalar investitsion jozibadorligi yuqori bo‘lsa, mazkur imkoniyatlar yanada oshishi va aholi daromadlari yanada ortishi mumkin. Investitsion jozibador korporativ tuzilmalar mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida nafaqat ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, balki xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va jamiyat hayotida turli daromad manbalarini shakllantirish orqali ham bevosita, ham bilvosita aholi farovonligiga ta’sir ko‘rsatadi. Avvalo, korporativ tuzilmalar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga intilganida, bu tabiiy ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Yangi ish o‘rinlarining ochilishi esa, bir tomondan, ishsizlik darajasini kamaytiradi, ikkinchi tomondan, aholining mehnat bozorida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Ayniqsa, malakali, tajribali va yuqori bilimga ega kadrlarning jalb qilinishi korporativ tuzilmalar samaradorligini oshiradi, ularning investitsion jozibadorligini kuchaytiradi va uzoq muddatda barqaror rivojlanishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, korporativ tuzilmalar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, sifat menejmenti tizimlarini qo‘llash va muntazam nazorat mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish ularning faoliyatida yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Bu jarayon ishchi-xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, ularga malakasiga mos va raqobatbardosh ish haqi to‘lash imkonini beradi. Natijada aholining xarid qobiliyati ortadi, turmush darajasi yaxshilanadi va ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanadi. Bundan tashqari, korporativ tuzilmalar kapital bozorlarida faol ishtirok etishi orqali aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantiradi. Jumladan, aksiyalarning joylashtirilishi natijasida aholiga dividend olish imkoniyati yaratiladi, shuningdek, ularni bozor sharoitida sotish orqali kapital daromad olish mumkin bo‘ladi.
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 97 2025-yil, oktyabr. № 10-son Shu tarzda, oddiy fuqarolar ham kapital bozoridagi faoliyatdan foyda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Obligatsiyalarni joylashtirish esa, aholiga foizli daromad olish imkoniyatini beradi, hamda ular ikkilamchi bozorda sotilganda qo‘shimcha daromad manbai sifatida xizmat qiladi. Bu jarayon moliyaviy savodxonlikni oshiradi, aholining investitsiyaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va ularni jamg‘armalarni iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirishga undaydi. 1-jadval. Korporativ tuzilmalar faoliyatining aholi daromadlariga ta’sir yo‘nalishlari №Yo‘nalish Izlohlar 1Yangi ish o‘rinlari yaratish Investitsion jozibador korporativ tuzilmalar ishlab chiqarish quvvatlarini doimo kengaytirishga harakat qiladi, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantiradi va natijada bir qancha yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishadi. Boshqa tomondan malakali, tajribali va taniqli xodimlarning ishga olinishi ham korporativ tuzilamalarning kelgusidagi investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. 2 Ish haqi va mehnat unumdorligini oshirish Korporativ tuzilmalar yangi texnologiyalarni joriy etishi, sifat menejmentini joriy etish, uzluksiz nazorat tizimini joriy qilinishi korporativ tuzilmalar faoliyat samaradorligini oshiradi. Buning natijada ishchi va xodimlarning mehnat unumdorligi oshib, malakasiga mos ravishda yuqori ish haqi to‘lash imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa korporativ tuzilmada mehnat faoliyatini yuritayotgan aholining xarid qobiliyatini oshiradi va turmush darajasini yaxshilaydi. 3 Aksiya bo‘yicha daromadlarni oshirish Korporativ tuzilmalar tomonidan kapital bozoriga aksiyalarning joylashtirilishi aholining aksiya bo‘yicha dividend olish hamda bozorda aksiyalar oldi-sotdisi natijasida daromad olish imkoniyatini yaratadi. 4 Obligatsiya bo‘yicha daromadlarini oshirish Korporativ tuzilmalar tomonidan kapital bozoriga obligatsiyalarning joylashtirilishi aholining obligatsiya bo‘yicha foizli daromad olish hamda bozorda ularni oldi-sotdisi natijasida daromad olish imkoniyatini yaratadi. 5Hududiy rivojlanish Hududlarda faoliyat yuritayotgan investitsion jozibadorligi yuqori korporativ tuzilmalarning mahsulotlari xaridorgir bo‘ladi. Bunday sharoitda hududdagi aholining ushbu mahsulotlarni sotib olish hamda tijrat maqsadlarida foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa ularning qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini oshiradi. 6 Soliq tushumlari orqali bilvosita daromadlarni oshirish Yirik korporativ tuzilmalar davlat byudjetiga katta miqdorda soliq va majburiy to‘lovlarni to‘laydi. Ushbu mablag‘lar ta’lim, sog‘liqni saqlash, pensiya va nafaqa tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, korporativ tuzilmalar bilvosita barcha aholining daromadlariga ta’sir ko‘rsatadi. Manba: Iqtisodiy adabiyotlar asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi. Hududiy rivojlanish ham korporativ tuzilmalar faoliyatining muhim natijalaridan biridir. Investitsion jozibadorligi yuqori bo‘lgan korporativ tuzilmalar faoliyat yuritayotgan hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat xaridorgir bo‘ladi, balki mahalliy aholi uchun qo‘shimcha savdo va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini ham yaratadi. Shu yo‘sinda, hudud aholisi ushbu mahsulotlarni sotib olish, ularni qayta ishlash yoki tijorat maqsadlarida foydalanish orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa hududiy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi va mahalliy aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, yirik korporativ tuzilmalar faoliyati davlat byudjetiga ham katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar, majburiy to‘lovlar va turli yig‘imlar davlatning ijtimoiy sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Soliq tushumlari ta’lim, sog‘liqni saqlash, pensiya va nafaqa tizimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, bu esa butun aholining bilvosita daromadlariga va ijtimoiy himoya tizimlarining mustahkamlanishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, investitsion jozibador korporativ tuzilmalar nafaqat o‘zining moliyaviy va ishlab chiqarish natijalari orqali, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat unumdorligi va ish haqlarini oshirish, kapital bozorida imkoniyatlar yaratish, hududiy rivojlanishga hissa qo‘shish va soliqlar orqali davlat ijtimoiy majburiyatlarini moliyalashtirish orqali ham aholining umumiy daromadlariga va turmush darajasiga bevosita va bilvosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. XULOSA VA TAKLIFLAR Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlarimiz doirasida ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy xulosalarni keltirib o‘tamiz: Korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikning ta’minlanishi kelgusida korporativ tuzilmalarda faoliyat yuritayotgan kishilarning daromadlari oshishiga va aksiyadorlarning aksiyalar bo‘yicha daromadlarining ortishiga zamin yaratadi;
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 98 2025-yil, oktyabr. № 10-son Korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini tashkil etuvchi ishchi va xodimlarning malaka va tajribalarining ortishi kompaniya investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi; Korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikning ta’minlanishi aholi uchun yangi ish o‘rinlar tashkil etishga zamin yaratadi; Umuman olganda korporativ tuzilmalarda investitsion jozibadorlikni ta’minlash mikro darajada aholi iqtisodiy farovonligini ta’minlasa, makro darajada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim dastag bo‘lib xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Nazirxujayevich, Boboxojayev Bekzod. «Aholi daromadlarining o‘zgarish tendensiyalari». Экономика и финансы (Узбекистан) 8 (168) (2023): 11-16. 2. Baxriddinovna, Ergasheva Nafisa. «Aholi daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar va turmush farovonligini oshirishning zamonaviy jihatlari.» Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика) 9 (2024): 345-353. 3. Tuxtarova Feruzaxon Yuldashevna. O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish amaliyoti va rivojlanish yo‘nalishlari. Journal of innovations in scientific and educational research. Volume-7, Issue-6 (30June). 4. Marjona, Toyirova. “Aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirishda dividend siyosatini samarali tashkil etish masalallari.” Journal of marketing, business and management 3.1 (2024): 115-120.