scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOPISHMOQLARDA METAFORIK TAGMA'NO VA UNING IFODALANISHI

Muyassar SAPARNIYAZOVA; Navruza MAMAJONOVA; Muhammadsodiq SHODMONOV

Abstract

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodining qadimiy va betakror namunalaridan biri bo‘lgan topishmoqlardagi metaforik tagma’no tahlil qilingan. Metaforik tagma’no topishmoqlarda axborotning yashirin bayonini ifodalovchi vosita sifatida namoyon bo‘lib, fikrlash faoliyatini rivojlantiruvchi muhim omil sifatida ko‘rilishi ochib berilgan. Shuningdek, subyekt, obyekt va predikatlarning metaforik turlari, ularning sintaktik holati va matndagi funksiyasi misollar bilan tahliliy fikrlar asosida yoritilgan.

Full text

10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 13 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 TOPISHMOQLARDA METAFORIK TAGMA’NO VA UNING IFODALANISHI METAPHORICAL IMPLICATION IN RIDDLES AND ITS EXPRESSION Muyassar SAPARNIYAZOVA, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Navruza MAMAJONOVA, Alfraganus universiteti o‘qituvchisi Muhammadsodiq SHODMONOV, Alfraganus universiteti talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodining qadimiy va betakror namunalaridan biri bo‘lgan topishmoqlardagi metaforik tagma’no tahlil qilingan. Metaforik tagma’no topishmoqlarda axborotning yashirin bayonini ifodalovchi vosita sifatida namoyon bo‘lib, fikrlash faoliyatini rivojlantiruvchi muhim omil sifatida ko‘rilishi ochib berilgan. Shuningdek, subyekt, obyekt va predikatlarning metaforik turlari, ularning sintaktik holati va matndagi funksiyasi misollar bilan tahliliy fikrlar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: topishmoq, metaforik tagma’no, yashirin ma’no, subyekt, obyekt, predikat, predikativlik, semantik komponent, xalq og‘zaki ijodi. Abstract. This article analyzes the metaphorical implication in riddles, which are one of the ancient and unique examples of folklore. Metaphorical implication is revealed as a means of expressing hidden information in riddles, and its role as an important factor in developing thinking activities is elucidated. Furthermore, the metaphorical types of subjects, objects, and predicates, their syntactic status, and their function in speech are illustrated with examples and analytical arguments. Key words: riddle, metaphorical meaning, hidden meaning, subject, object, predicate, predicative function, semantic component, oral folk literature. Topishmoqlarda fikrlash faoliyatining natijasida noma’lum voqelikning ma’lum voqelikka aylanishi uchun ifodada yashirin semantik komponent ishtirok etadi, ya’ni topishmoqda so‘zlovchi nazarda tutgan axborot oshkora bayon qilinmasdan, yashirin mazmun ko‘rinishlaridan iborat bo‘ladi. M.Hakimov yashirin mazmun ifodalash shakllari turlicha ko‘rinishlardan iborat bo‘lganligi uchun ularni umumiy va xususiy yashirin ma'nolar deb ikki guruhga ajratadi. U 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 14 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 shunday yozadi: “Umumiy yashirin ma’nolar so‘zlovchi, tinglovchi va barcha nutq ishtirokchilari anglab olishi mumkin bo‘lgan yashirin ma’nolardir. Bularga ibora, replika, maqol, matal, topishmoq va shu kabilar kiradi” [Hakimov M.X, 2001:35] Axborotning oshkora bayoni ifodaning har qanday ko‘rinishida mavjud bo‘lib, nutq predmeti haqidagi propozitsiyani anglatadi. Axborotning yashirin bayoni esa ana shu oshkora bayon tarkibiga joylashtiriladi. Topishmoqlarda berilgan axborot bayoni xuddi shunday yashirin xarakterda bo‘lib, biz bu ma’noni metaforik tagma’no (M.Qahramonov) atamasi bilan berishni ma’qul ko‘rdik. “Tagma’noning bunday ko‘rinishlarida so‘zlovchi tinglovchini ma’lum bir predmetlarga o‘xshatish asosidagi propozitsiyani berish bilan o‘zi nazarda tutgan axborot ko‘rinishiga ishora qiladi” [Hakimov M.X, 2001:35]. Topishmoqlarda metaforik tagma’no quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: 1. Gapning mazmuniy tuzilish birligi bo‘lgan subyekt “shaxs”, subyekt “noshaxs [Abdullayeva D. T., 2001:6]” yashirin ma’noga ega bo‘ladi, bunda u o‘z aniqlovchisi bilan deskriptiv holatda (bir nechta so‘zdan tashkil topgan, birikmali) bo‘ladi. 2. Subyekt metaforik tagma’no real va noreal mazmun negizida hosil bo‘ladi. Mazkur topishmoqlar “… ikki parallel ma’no sathiga (tashqi va ichki, ochiq va yashirin) so‘zlar esa ikki yoqlama aloqadorlik xususiyatiga ega, binobarin, bir vaqtning o‘zida har ikki ma’no sathida ham mavjud” [Abdullayev J.X., 1993:14]. Boshqacha qilib aytganda, topishmoq xabar, darak bildiruvchi oddiy gapdan farq qilmaydi. Rus tilshunosi A.I.Yefimovning ta’kidlashicha, “Odatda badiiy asarda obrazli figurali ma’noda qo‘llangan so‘z unga tobe bo‘lgan, mazmunan unga bog‘langan va u singari ko‘chma – metaforik ma’noda qatnashuvchi butun bir so‘z zanjirini ham o‘ziga tortib turadi. Tushunish uchun o‘ziga xos tagma’no zarur bo‘lgan yaxlit metaforik matn vujudga keladi. Metaforik matn asosida o‘ziga xos ma’noviy parallellizm, ikki mazmun qatorining mavjudlik holati sifatida tushuniladigan ma’noviy juftsathlik yotadi” [Ефимов А.И. , 1957:123]. Fotima – Zuhra urishadi, Merosini bo‘lishadi. (Qaychi) Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi. (Oshqovoq) 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 15 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Bu topishmoqlarda Fotima-Zuhra – egizaklar, qaychining ikki tig‘iga ishora; real denotat - Fotima-Zuhra, metaforik tagma’no – qaychi. Qo‘shnimning arqoni – real denotat, oshqovoq – metaforik tagma’no. Noreal mazmun negizida subyekt metaforik tagma’no hosil qiladi: Bir yaproqda o'ttiz kelin soch taraydi. (Oy, kunlar) Katta oppoq dasturxon hamma yoqni qoplagan. (Qor) Bularda bir yaproqda o'ttiz kelin soch tarashi, dasturxonning hamma yerni qoplashi noreal voqeadir. Subyekt metaforik tagma'no – topishmoqlarda topilishi kerak bo‘lgan, jumboqlanayotgan so‘z ega vazifasida keladi. 2. Ob'yekt umumyashirin ma’noga ega bo‘ladi. O‘z navbatida obyekt metaforik tagma’no ham ikki ko‘rinishda bo‘ladi: a) Real mazmunli obyekt – metaforik tagma’no: Qizil buzoqimni og‘ildan qaytarsam, chiqmaydi. (Til) Yurib, oq tovuqimni yo‘qotdim. (Tupuk) b) Noreal mazmunli obyekt – metaforik tagma’no: Esonboy akamning qissasini el yig‘ilib tikolmas. (Yer yoriği) Ajab bir gumbazlik uy ko‘rdim, na eshigi bor, na teshigi. (Yomg‘ir ko‘pigi) Obyekt metaforik tagma’no gapning to‘ldiruvchi konstruktiv bo‘lagi sifatida keladi. Subyekt va obyekt umumyashirin ma’noga ega bo‘lganda, topishmoq tarkibida real denotat sifatida ishtirok etadi. Topishmoqlarda metaforik tagma’noning yana shunday ko‘rinishi ham mavjudki, ularda metafora predmeti ishtirok etmaydi. Tinglovchi aniq kommunikativ vaziyatda so‘zlovchi tomonidan berilgan ifoda mazmunini qabul qilar ekan, ifodaning mazmunida so‘zlovchi nimani nazarda tutganligini aniqlashi zarur bo‘ladi. Buning uchun tinglovchi so‘zlovchi nutqiga xos “A” ifodasidan “B” semantik xulosani topib olishi shart hisoblanadi. Metaforik tagma’noning bu ko‘rinishini shartli ravishda predikat metaforik tagma’no deb atashni ma’qul ko‘rdik. Tutgan yerini uzar. (Ombir) Urmasdan yig‘latadi. (Piyoz) Umumyashirin ma’no kasb etgan harakat – predikatlar yashirin denotat – topishmoq javobi bilan birgalikda predikativ ifoda hosil qiladi: Ombir uzadi, piyoz yig‘latadi kabi. 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 16 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Shuni ta’kidlash kerakki, asosiy mantiqiy urg‘uni harakat, ya’ni predikat o‘z ustiga olishiga qaramasdan (uzish – ombirning, yig‘latish – piyozning asosiy xususiyati) kesim ham deskreptiv holatda bo‘lishni taqozo etadi. Axborotni tushunish jarayonida kesimning argument bo‘laklari barchasi barobar xizmat qiladi. Predikat metaforik tagma’nolarining mazmuniy va uyushtiruvchi markazi fe’l predikatlar va ot predikatlar sanaladi. Fe’l predikatlarning valentliklarini to‘ldirib kelgan sintaktik qurilmalar deskriptiv kesimning hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, predikat metaforik tagma’nolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Subyekt uzvli predikat metaforik tagma’no: Past osmondan qor yog‘ar. (Elak) Momom ketib boryapti, Kulchasi qolib boryapti. (Tuya oyog‘ining izi) O‘rin-pait uzvli predikat metaforik tagma’no: Kunu tun yuradi, doim bir joyda turadi. (Soat) Qishda yaxlamaydi, yozda yaxlaydi. (Sho‘r yer) Tarz uzvli predikat metaforik tagma’no: Uchib kelar g‘oz kabi, O‘rin solar muz kabi, G‘ijirlar saxtiyon kabi, Achchiq bo‘lar tuz kabi. (Qor, ayoz) Shart uzvli predikat metaforik tagma’no: Yotsa turmas, Tursa yotmas. (Qop) Bir to‘kilsa, qayta to‘lmas. (Obro‘, nomus) Xalq topishmoqlarida ko‘zda tutilgan mazmun ixcham, yashirin ifodalanadi. Shu bilan voqelikdagi narsa-hodisalarni qiyosan anglash, his etish, o‘rganishga keng imkon yaratadi, mantiqiy tafakkur taraqqiyoti uchun eng qulay va muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 17 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Topishmoqlar fikrning ichham ifodalanish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli ko‘p hollarda subyekt garchi eksplicit ifodalansa ham, u bevosita holat, belgi egasi bo‘la olmaydi. Topishmoqlarda eksplisit ifodalangan subyekt tashqi va ichki ma’no sathiga ega bo‘ladi.Masalan: Sariboy akam ichkari, soqollari tashqari. (Sabzi) Bu topishmoqda subyekt – Sariboy akam tashqi ma’no sathida real denotatni ifodalab kelganday bo‘ladi. Ichki ma’no sathida esa Sariboy aka – sariq rangli predmetga, ya’ni sabziga ishora qiladi. Bunday subyektni biz shartli ravishda mantiqiy qavola subyektlar deb nomladik. “Havola bo‘lak”, “Havola birlik” terminlariga N.Maxmudov, A.Nurmonov [Нурмонов А. Маҳмудов М., 1995:172] umumiy tilshunoslikdagi “deyksis belgilar”ga bog‘lab ta’rif berishadi, olmosh, nisbiy so‘zlar kabilarni deyksis belgilar sifatida qo‘shma gaplarda qatnashuvchi qavola bo‘laklari deb nomlaydi. Subyekt ko‘pincha mantiqiy havola bo‘laklar vazifasida keladi. Buning mohiyati shundan iboratki, ular mazmunni, voqea, belgi, narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi, shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash mumkin. [ Вейнрейх У., 1970:177-183]. Yuqoridagi topishmoqda Sariboy akam havola bo‘lagi bor. U subyekt - ega vazifasida kelgan. Mazkur subyektning topishmoq javobiga (sabzi) qavola qilinishiga ko‘ra mazmunan ega o‘rniga qo‘yib idrok qilinadi: Sabzi ichkarida, palagi tashqarida. Demak, parallel ma’no sathlari bo‘yicha mazkur topishmoq subyektlari: Sariboy aka – tashqi ma’no sathi – mantiqiy qavola bo‘lak bo‘lsa, sabzi – ichki ma’no sathida real denotatdir. Yoki: Oltmish ikki aybni oq yopar. (Qatiq). Oq – tashqi ma’no sathi – mantiqiy qavola bo‘lak bo‘lsa, qatiq – ichki ma’no sathida real denotatdir. Bu gapni: Oltmish ikki aybni qatiq yopar deb transformatsiya qilish mumkin. Xulosa qilinganda, topishmoqlarda ritorik so‘roq gapdan anglashiluvchi javobga ishora qiluvchi bo‘lakka tinglovchi e’tibori jalb qilinmaydi, balki topishmoqda jumboqlanayotgan predmetning metaforik “muqobili” logik urg‘u oladi. Natijada, ritorik so‘roq gapdan anglashiladigan javob topishmoq javobi sanaladi. Eksplisit subyekt ot va otlashgan so‘zlar orqali ifodalanadi va gapda ega, to‘ldiruvchi va qaratqich pozitsiyalarida keladi. 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 18 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 Xalq topishmoqlarida subyektning implisit, ya’ni grammatik jihatdan ifodalanmagan, mantiqan ko‘zda tutilgan holati ham mavjud, topishmoqlarda implisit sub’yekt topishmoq javobi orqali reallashadi. Shuningdek, topishmoqlarda noma’lum voqelikning ma’lum voqelikka aylanishi uchun ifodada yashirin semantik komponent – metaforik tagma’no ishtirok etishi talab etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Abdullaev J.X. O‘zbek xalq topishmoqlarining leksik-semantik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi ... dis. – T., 1993. – 114 b. 2. Abdullaeva D.T. Mazmuniy subyekt va uning o‘zbek tilida ifodalanishi: Filol. fanlari nomzodi. dis. ... avtoref. – T., 2001. – 25 b. 3. Hakimov M.X. O‘zbek tilida matnning pragmatik tasnifi Filol. Fanlari nomzodi d-ri dis. … avtoref. – T., 2001. – 35 b. 4. Nurmonov A. Mahmudov M. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – T.: O‘qituvchi, 1995. – 232. 5. Вейнрейх У. О семантической структуре язика. В кн. Новое в лингвистик Веил У. – М: Прогресс. 1970. –183 с. 6. Ефимов А.И. Стилистика художественной речи. – М.: МГУ, 1957 – 123 с. 7. Сапарниязова М. Ўзбек халқ топишмоқларининг семантикаси ва синтаксиси. – Тошкент, Низомий номидаги ТДПУ, 2009.