XUSUSIY OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INVESTITSIYALARINI BOSHQARISH VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Abstract
Ushbu maqolada xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’limga jalb qilinayotgan investitsiyalarni boshqarish mexanizmlari va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Investitsiya resurslaridan oqilona foydalanish, raqamli transformatsiya, o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlil ham beriladi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INVESTITSIYALARINI BOSHQARISH VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Muallif: Alimov Javlon Sabriddin o‘g‘li 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17310599 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’limga jalb qilinayotgan investitsiyalarni boshqarish mexanizmlari va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Investitsiya resurslaridan oqilona foydalanish, raqamli transformatsiya, o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlil ham beriladi. Kalit so‘zlar: investitsiya, xususiy oliy ta’lim, samaradorlik, ta’lim sifati, boshqaruv, raqamli texnologiyalar, inson kapitali. KIRISH O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish doirasida xususiy oliy ta’lim muassasalari (XOTM) faoliyati jadal rivojlanmoqda. XOTMlar o‘z faoliyatini asosan o‘z mablag‘lari yoki xususiy investitsiyalar evaziga yuritadi. Shu sababli investitsiyalarni oqilona boshqarish va ularning natijadorligini ta’minlash ta’lim sifati va raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Investitsiya – bu foyda olish yoki ma'lum bir ijobiy natijaga erishish maqsadida pul, moddiy yoki nomoddiy resurslarni ma’lum bir loyihaga, faoliyatga yoki sohaga kiritishdir. U uzoq yoki qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Investitsiya iqtisodiyotning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, chunki u orqali ishlab chiqarish rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va inson kapitali shakllanadi. 1 bu hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan resurslar (pul, mehnat, vaqt, ta’lim va bilim)ni ma'lum bir faoliyatga yo‘naltirib, kelajakda undan foyda yoki foydali natija olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu foyda moliyaviy (pul), ijtimoiy (aholi farovonligi), iqtisodiy (ishlab chiqarish samaradorligi), yoki intellektual (bilim va ko‘nikma orttirish) shaklida bo‘lishi mumkin. Investitsiyaning asosiy turlari bir nechta bo‘lib: Moliyaviy investitsiya – bu pul mablag‘larini obligatsiyalar, aksiyalar, bank omonatlari yoki boshqa moliyaviy vositalarga kiritish orqali foyda olish maqsadida qilinadigan sarmoyadir. Real investitsiya – bu ishlab chiqarish vositalari (uskunalar, binolar, texnologiyalar)ga yo‘naltirilgan sarmoya bo‘lib, ular orqali moddiy mahsulotlar yaratiladi. 1 Shuls T. V. (1961). Investitsii v chelovecheskiy kapital . – M.: Ekonomika “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Inson kapitaliga investitsiya – bu ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan sarmoya bo‘lib, uzoq muddatli foyda keltiradi. Innovatsion investitsiya – yangi texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion mahsulotlar yaratish uchun kiritiladigan sarmoyadir. Ushbu tadqiqotda bilim olish, kasbiy ko‘nikmalar egallash, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy faol ishtirokni rag‘batlantirish, madaniy va axloqiy tarbiya kabi faoliyatlarga yo‘naltiriladigan har qanday sarmoyani anglatadi. Ushbu investitsiyalar insonning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, jamiyat farovonligini ta’minlaydi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 2 rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, inson kapitaliga sarmoya bu – bugun bilim va ko‘nikmaga sarflanayotgan resurslar, kelajakda yuqori daromad, mehnat unumdorligi, innovatsion faoliyat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun qilinadigan uzoq muddatli investitsiyadir. 3 Xozirgi kunda ta’lim sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar son jihatdan ortib borayotgan bo‘lsa-da, ularni samarali boshqarish masalasi hanuz dolzarb bo‘lib qolmoqda. Investitsiya faqat mablag‘ ajratish emas, balki uning oqilona, maqsadli va natijador sarflanishini ta’minlaydigan boshqaruv tizimining mavjudligi bilan ham bevosita bog‘liqdir. Afsuski, O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ta’lim investitsiyalarini boshqarishda bir qator tizimli, tashkiliy va amaliy muammolar mavjud. Xususiy OTMlarda investitsiya boshqarishning global tajribalari Bugungi kunda ta’lim sohasining barqaror rivojlanishi va xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlashda investitsiyalar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, xususiy oliy ta’lim muassasalari (XOTM) o‘zining moliyaviy mustaqilligi, innovatsion yondashuvi va tez moslashuvchanligi bilan ta’lim tizimidagi sarmoya oqimini jalb qilish va ularni samarali boshqarish borasida ilg‘or tajribalarni shakllantirmoqda. 4 Dunyodagi bir qator davlatlarda xususiy sektorning ta’limga kiritgan investitsiyalari 2 ekker G. (1993). Chelovecheskiy kapital: Teoreticheskiy i empiricheskiy analiz . – M.: INFRA-M. 4 Xususiy OTMlarda investitsiya boshqaruvi bo‘yicha tahlillar Tojiyev A.J. tomonidan o‘rganilgan
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot va ularni boshqarish mexanizmlari o‘ziga xos yondashuvlar asosida shakllangan bo‘lib, ular muhim ijobiy natijalarni bergan. 5 Masalan, Singapur tajribasida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklik (PPP – Public-Private Partnership) asosida grantlar va moliyalashtirish mexanizmlari joriy etilgan. Bu orqali xususiy OTMlar zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim innovatsiyalariga sarmoya kiritmoqda. Raqobat muhiti va natijadorlik tamoyillari asosida shakllangan ushbu yondashuv, ta’lim sifati va bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqdi. Bugungi kunda Singapurdagi bir qator xususiy universitetlar global reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Janubiy Koreya tajribasi esa xususiy ta’lim muassasalariga beriladigan soliq imtiyozlari va yillik samaradorlik hisobotlariga asoslanadi. Davlat tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy rag‘batlar, ularning oqilona va natijador sarflanishini talab qiladi. Xususiy OTMlar faoliyati har yili ochiq hisobotlar orqali baholanadi, bu esa sarmoya jarayonining shaffofligini ta’minlaydi va investorlar ishonchini mustahkamlaydi. Natijada, xususiy OTMlar o‘z faoliyatini innovatsion texnologiyalar, startaplarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida kengaytirgan. Turkiyada esa ta’lim sarmoyalarini boshqarish jarayonida talabalarni jalb qilish mexanizmlari keng qo‘llaniladi. Xususan, ta’lim kreditlari orqali talabalarga xususiy OTMlarda o‘qish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, ko‘plab xususiy OTMlar huzurida talabalar uchun startap inkubatorlar, biznes-akseleratorlar faoliyat yuritmoqda. Bu esa yoshlarning innovatsion va tadbirkorlik salohiyatini ochish, ularni mustaqil iqtisodiy subyektga aylantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Finlyandiya esa ta’lim tizimiga sarmoyani boshqarishda o‘zining barqarorlik, ishonch va tenglik prinsiplari bilan ajralib turadi. Bu mamlakatda ta’lim — davlat siyosatining markazida turadi va barcha ta’lim muassasalari, jumladan xususiy sektor ham, sifat, teng imkoniyatlar va ta’limning insonparvarlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimi orqali moliyalashtiriladi. Finlyandiyada ta’limga investitsiyalar nafaqat moddiy infratuzilmaga, balki o‘qituvchilarni tayyorlash, o‘quv dasturlarini yangilash va o‘quv muhitini demokratlashtirishga qaratilgan. Xususiy sektor ko‘proq ta’lim texnologiyalari va metodikalari bilan innovatsion hamkorlik qiladi. Finlyandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar investitsiyalar inson kapitali rivoji va ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilsa, bu uzoq muddatda iqtisodiy yuksalish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Mamlakatda o‘qituvchilik kasbi eng nufuzli kasblardan biri bo‘lib, bu ham investitsiyaning natijasidir. Shunday qilib, global tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy oliy ta’lim muassasalarida investitsiyalarni boshqarish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagi asosiy omillar muhim hisoblanadi: grantlar va subsidiyalar tizimi, soliq yengilliklari, natijadorlikka asoslangan baholash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, ta’lim va biznes o‘rtasidagi uzviy hamkorlik. 5 UNESCO hisobotida esa nodavlat sektor ta’limdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan
12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot O‘zbekistonda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari (OTMlar) birgalikda faoliyat yuritmoqda. Har ikki turdagi ta’lim muassasalari o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, ularning o‘zaro integratsiyasi, sifat yondashuvlari va moliyaviy imkoniyatlarida jiddiy tafovutlar mavjud. Ayniqsa, xususiy OTMlar soni ortgani sari ularni davlat OTMlari bilan solishtirgan holda ko‘plab kamchilik va tizimli muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Amaliyotda eng katta kamchiliklardan biri huquqiy va reglamentativ nomutanosiblikdir. Davlat OTMlari nisbatan kengroq imtiyozlarga ega bo‘lib, ular davlat byudjeti hisobidan moliyalanadi, grantlar ajratiladi, hamda o‘quv jarayonlarini tartibga soluvchi huquqiy bazalar ularga moslashtirilgan. Aksincha, xususiy OTMlar ko‘plab rasmiylashtirish, akkreditatsiya va litsenziyalash jarayonlarida murakkab byurokratik to‘siqlarga duch keladilar. Bu esa ta’lim sifatining kafolatsizligi va investitsiya xavfini kuchaytiradi. Ta’lim sifati va o‘qituvchilar salohiyati masalasida ham sezilarli nomutanosibliklar mavjud. Davlat OTMlari uzoq yillar davomida shakllangan ilmiy maktablarga, tajribali professor-o‘qituvchilar korpusiga ega. Xususiy OTMlarda esa bu salohiyat hali yetarlicha shakllanmagan. Tajribasiz pedagoglar, malaka oshirish mexanizmlarining sustligi va ilmiy-tadqiqot faoliyatining deyarli yo‘qligi ta’lim sifatini pasaytiruvchi omilga aylanmoqda. Shu bilan birga, o‘quv rejalarining amaliyotdan uzilganligi, innovatsion yondashuvlarning kamligi raqobatbardosh bitiruvchilar yetishtirishga to‘liq xizmat qilmaydi. Material-texnik ta’minotda ham jiddiy tafovutlar mavjud. Davlat OTMlarining infratuzilmasi — kutubxonalar, laboratoriyalar, yotoqxonalar, sport inshootlari — ko‘p yillik rivojlanish natijasida shakllangan. Xususiy OTMlar esa ko‘pincha vaqtinchalik yoki ijaraga olingan binolarda faoliyat yuritadi, ularning o‘quv bazasi, ayniqsa, texnik yo‘nalishlarda yetarli emas. Bu holat ta’lim sifatiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xususiy OTMlar faoliyatida ichki sifat monitoringi tizimining yetishmasligi, baholash va ta’lim natijalarini nazorat qilishda yagona standartlarning mavjud emasligi ham muammoli jihatlar sirasiga kiradi. Ko‘plab xususiy ta’lim muassasalari faqat daromad olishga yo‘naltirilgan yondashuvni tanlaydi va bu holat ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, talabalar salohiyati va mehnat bozoridagi moslashuvchanlikka salbiy ta’sir qiladi.
13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Shuningdek, davlat OTMlari diplomlariga nisbatan xususiy OTMlar diplomi jamiyatda kamroq ishonchga ega. Ish beruvchilar orasida xususiy OTMlar bitiruvchilarining bilim darajasi va tayyorgarligiga nisbatan ehtiyotkorlik kayfiyati mavjud. Bu esa mehnat bozorida bitiruvchilarning joylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, hatto ayrim hollarda diskriminatsiyaga olib keladi.Moliyaviy tengsizlik ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Davlat OTMlari davlat byudjetidan moliyalanadi, grant asosida o‘qitish imkoniyatlariga ega. Xususiy OTMlar esa o‘z faoliyatini faqat to‘lov-kontrakt hisobidan yuritadi. Davlat tomonidan xususiy sektorga yo‘naltirilgan grantlar, subsidiyalar, yoki kredit imtiyozlarining yetishmasligi xususiy OTMlarning rivojlanishini cheklaydi. Bu esa ta’lim narxining oshib borishiga, shuningdek, faqat iqtisodiy imkoniyati bor qatlam uchun ochiqligiga sabab bo‘ladi. Demak shuni hisobga olgandaa, davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bu nomutanosibliklar va tizimli kamchiliklar mamlakatda sifatli va adolatli ta’lim tizimini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim tizimining barqaror rivoji uchun ushbu muammolarni bartaraf etish, huquqiy, moliyaviy va akademik tenglikka asoslangan muhit yaratish zarur. Aks holda, xususiy ta’lim sohasi jamiyatda ishonchsiz, sifatsiz va elitaga yo‘naltirilgan tizim sifatida shakllanib qolishi mumkin. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida davlat va xususiy OTMlar o‘rtasidagi mavjud tafovutlar, kamchiliklar va tizimli nomutanosibliklar bevosita ta’lim investitsiyalarining samarali boshqarilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Investitsiya — bu moliyaviy yoki nomoliyaviy resurslarni kelajakdagi foyda, ijobiy natija yoki ta’lim sifati evaziga yo‘naltirish demakdir. Ammo agar ta’lim tizimining tarkibiy qismlarida — ya’ni davlat va xususiy sektor o‘rtasida — barqarorlik, ishonch, qonuniy tenglik va infratuzilma jihatdan izchillik bo‘lmasa, bu investitsiyalarning o‘z vaqtida, oqilona va samarali boshqarilishiga jiddiy to‘siq bo‘lib qoladi. XULOSA Ta’lim investitsiyalarining samaradorligi — bu faqat moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan emas, balki ta’lim sifati, inson kapitalining o‘sishi, bitiruvchilarning bandlik darajasi va ta’limning ijtimoiy foydasi bilan o‘lchanadi. O‘zbekistonda davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mavjud farqlar, resurslar notengligi, tizimdagi nomutanosibliklar va boshqaruvdagi kamchiliklarga qaramay, ta’lim investitsiyalaridan samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun kompleks yondashuv, tizimli islohotlar va hamkorlikka asoslangan strategiyalar zarur. Avvalo, investitsiyalarning maqsadli va aniq yo‘nalgan bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Har bir investitsiya loyihasi aniqlik, shaffoflik va natijaviylik mezonlariga asoslanishi zarur. Ta’limga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘quv infratuzilmasidan tashqari, ayniqsa inson kapitaliga – o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, yangi pedagogik metodikalarni joriy etishga sarflanishi lozim. Bu esa ta’lim sifatini oshirish orqali sarmoyaning real ijtimoiy va iqtisodiy foydasini kafolatlaydi. Ikkinchi muhim yo‘nalish — bu ta’lim sohasida investitsiya monitoringi va baholash tizimlarini kuchaytirish. Har bir sarmoya evaziga qanday natijalar qo‘lga kelingani bo‘yicha tizimli hisobotlar, KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari), ochiq statistikalar ishlab chiqilishi zarur. Ayniqsa, xususiy OTMlar ushbu amaliyotni joriy qilsa, bu ularning sarmoyadorlar oldidagi ishonchliligini oshiradi va yangi investitsiyalar uchun yo‘l ochadi.
14 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Samaradorlikka erishish uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida sheriklik va muvofiqlik muhim ahamiyatga ega. Davlat tomonidan xususiy OTMlarga grantlar, ilmiy loyihalar uchun subsidiyalar, soliq yengilliklari kabi qo‘llab-quvvatlash choralari yo‘lga qo‘yilishi, bu sohaga sarmoya jalb qilishni rag‘batlantiradi. Xususiy OTMlar esa o‘z navbatida innovatsion ta’lim modellarini, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini taklif qilib, ta’lim xizmatlarini diversifikatsiya qilishi kerak. Shuningdek, samaradorlikka erishishda raqamli texnologiyalar va ta’limdagi innovatsiyalarni keng joriy etish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari, onlayn baholash tizimlari investitsiyalarning har tomonlama, shu jumladan masofaviy va qamrovli foyda berishini ta’minlaydi. Bu yondashuv, ayniqsa, infratuzilmasi zaif xususiy OTMlar uchun katta imkoniyatdir. Nihoyat, investitsiyalarning samaradorligi — bu nafaqat tizim ichidagi boshqaruv va rejalashtirish, balki ijtimoiy ishonch va ta’limga bo‘lgan munosabat bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Agar jamiyatda ta’lim sifati, diplomlar va bitiruvchilar salohiyatiga ishonch bo‘lsa, bu o‘z navbatida investorlar ishonchini oshiradi, talabalarni ko‘proq jalb qiladi va ta’lim muassasalarining iqtisodiy barqarorligiga xizmat qiladi. Tadqiqotlar natijalari shuni ma’lum qiladi, mavjud muammolar fonida ham ta’lim investitsiyalaridan samaradorlikka erishish mumkin, agar quyidagi shartlar bajarilsa: Agar ta’limga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar aniq tahlillarga, real ehtiyojlarga va ustuvor yo‘nalishlarga asoslangan holda rejalashtirilsa, boshqaruv ochiq va natijadorlikka yo‘naltirilgan bo‘lsa, shuningdek davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik mustahkam bo‘lsa, bu holat investitsiyalarning haqiqiy samaradorligini ta’minlaydi.Bunday yondashuv, avvalo, ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi. Resurslarning o‘qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy infratuzilma va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga sarflanishi natijasida mehnat bozoriga mos, amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan bitiruvchilar yetishtiriladi. Boshqaruvda shaffoflik va natijadorlik tamoyillarining ustuvorligi sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlaydi. Bu esa korrupsiyaning oldini olib, ta’lim tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi va yangi sarmoyalarni jalb etish uchun qulay muhit yaratadi. Davlat va xususiy sektor investitsiyalar aniq va ehtiyojga asoslangan yo'nalishlarga sarflansa boshqaruv ochiq va natijaviylikka asoslangan bo'lsa davlat va xususiy sektor o'rtasida hamkorlik kuchaysa innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar ta'lim tizimiga chuqur integratsiya qilinsa ta'lim sifati va inson kapitali rivojiga ustuvor e'tibor qaratilsa
15 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot o‘rtasidagi faol hamkorlik resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Xususiy OTMlar innovatsion model va texnologiyalarni joriy etsa, davlat OTMlar o‘z ilmiy va kadr salohiyatini ulashadi. Bu esa ta’lim tizimi raqobatbardoshligini oshiradi. Raqamli texnologiyalar va onlayn platformalarning keng joriy etilishi ta’lim xizmatlarini geografik va ijtimoiy jihatdan ochiq va hamma uchun teng qiladi. Bu inson kapitalini milliy darajada kuchaytiradi. Inson kapitali rivojiga ustuvor e’tibor ta’lim tizimini faqat diplom beruvchi tizim emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori "Taʻlim sifatini oshirish va ilm-fan sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ–3775-son qarori, 2018-yil. https://lex.uz/ru/docs/3774516 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida” PF–131-son, 2022-yil. https://lex.uz/docs/5841063 3. Shuls T. V. (1961). Investitsii v chelovecheskiy kapital. – M.: Ekonomika. 4. Bekker G. (1993). Chelovecheskiy kapital: Teoreticheskiy i empiricheskiy analiz. – M.: INFRA-M. 5. Tojiyev A.J. (2020). Xususiy oliy taʻlim muassasalari rivojlanishining muammolari va istiqbollari. // TDIU ilmiy axborotnomasi, №1. 6. Joʻrayev N. R. (2021). Taʻlimga investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy mexanizmlari. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6. 7. Global Education Monitoring Report (UNESCO, 2022). Non-state actors in education: Who chooses? Who loses? https://unesdoc.unesco.org 8. Finland Ministry of Education and Culture Finnish education system: Investment in equality and quality. https://okm.fi/en/frontpage 9. Statistika agentligi huzuridagi maʻlumotlar – Oʻzbekistonda OTMlar soni, moliyalashtirish shakllari va kadrlar salohiyati statistikasi, https://stat.uz