SHIFOKOR VA BEMOR MUNOSABATLARINING ASOSIY MEZONLARI
Full text
32 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz SHIFOKOR VA BEMOR MUNOSABATLARINING ASOSIY MEZONLARI A.Xolboyev Toshkent tibbiyot universiteti, Toshkent shahri, O’zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17312119 Ma’lumki, tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga qaratilgan odob-axloq, madaniyat mezonlarining biridir. Zero, har bir kasbning o‘z normalari, qoidalari va soha vakillarining kasbiy deontologiyasi mavjud. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha XVI asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I.Bentam tomonidan ilgari surilgan va kasbga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat: - shifokor bilan bemor oʻrtasidagi; - shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat; - shifokorning hamkasblari bilan munosabati va h.k. Har bir kasbning o‘ziga xos tamoyillari va qonuniyatlari mavjud. Bular orasida shifokor kasbiga qo‘yilgan talab va majmuriyatlar o‘zining jiddiyligi va mas’uliyati bilan ajralib turadi. Shifokor nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi lozim balki u mohir psixolog, notiqlik san’atidan ham xabardor bo‘lishi lozim. Shuningdek, har bir bemorning shaxsiga va kasalligiga oid ma’lumotlarni sir saqlashi bilan ham xarakterlidir. Shifokor oldidagi yana bir mas’uliyatlardan biri bemorni nafaqat hayotga qaytarish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish balki bemorlarni hayotga, yashashga bo‘lgan umidini yanada rivojlantirishdir. Bemorning o‘ziga nisbatan ishonch, umid, intilish, hayot ne’matlaridan bahrpamand bo‘lish istagini yanada oshirishda muhim ahmiyat kasb etadi. Shifokor va bemor o‘rtasida bir nechta aloqa modellari mavjud: - axborot (impassiv shifokor, butunlay mustaqil bemor); - izohlovchi (ishontiruvchi shifokor); - maslahat (ishonch va o'zaro kelishuv); - paternalistik (vasiy vrachi) T.Parsons shifokor va bemor uchun ideal rol turlarini ishlab chiqdi. Garchi shifokor va bemor, uning fikriga ko'ra, umumiy maqsad - ikkinchisining sog'lig'ini tiklash bilan bog'liq bo'lsa-da, ularning vazifalari va imtiyozlari keskin farqlanadi. Bemor: 1) sizning ahvolingizni bemor sifatida rag'batlantirish; 2) potentsial yordam so'rash; 3) shifokorga ishonish; 4) odatdagi vazifalardan va ularning holati uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Shifokorning roli quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1) o‘z manfaati uchun emas, balki bemorning farovonligi uchun harakat qilish; 2) har qanday shaxsiy munosabatlar va guruhga bog‘liqlik bilan emas, balki kasbiy xulq-atvor qoidalarini (universalizm) boshqarishi kerak; 3) kasallikni nazorat qilish maqsadida kasbiy bilimlaridan maksimal darajada foydalanish (funktsional o‘ziga xoslik); 4) obyektiv va hissiy jihatdan uzilib qolish (samarali betaraflik). Albatta, bu yerda sotsiologiyadan ko'ra ko'proq psixologiya mavjud; 5) bemorni sog‘lom turmush tarziga qaytarishda shifokordan psixologik jihatdan bilim va malakani talab etadi;
33 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz 6) har qanday vaziyatda ham bemor ruhiyatini ko‘tara olish, ishontirish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, shifokor nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi balki kasbiy deontologiyani ham o‘zlashtirmog‘i va bunga amal qilishi talab etiladi. Zero tibbiyot mas’uliyatni, tartib-intizomni, xushyorlikni, bemor bilan o‘zaro munosabatda odob-axloq normalariga rioya etishni talab qiladi.